Yoshlar.edu.uz
رفتن به کانال در Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

122 741
مشترکین
-1 14024 ساعت
-4 6657 روز
+31 31830 روز
آرشیو پست ها
02:12
Video unavailableShow in Telegram
🚫 Giyohvandlik – bu nafaqat sog‘liq, balki or-nomus, kelajak va oilaviy baxtni ham yemiruvchi xavf.
👥 Ushbu videorolik O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan tayyorlandi.
😄 Giyohvand moddalar yoshlarni aldov bilan o‘z domiga tortadi, ammo natijasi doim bir xil: kasallik, iztirob, yakkalanish va halokat.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_2061.MOV98.52 MB
❤ 11👍 5🔥 2💯 2
⏳⏳⏳⏳
Bugun 22-dekabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇿O‘zbekiston – Energetiklar kuni.
🇮🇩Indoneziya – Onalar kuni.
🇮🇳Hindiston – Matematika kuni.
🇨🇺Kuba – O‘qituvchilar kuni.
🇺🇦Ukraina – Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1808 – Venadagi teatrda Betxovenning beshinchi simfoniyasi qoʻyildi.
🔹1857 – Rossiyada birinchi pochta markasi chiqarildi.
🔹2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi.
#tavalludlar
🔹1890 – Ahmad Zaki Validiy – boshqird milliy-ozodlik harakatining rahbari, turkshunos, falsafa doktori.
🔹1908 – Rustam Abdushukurov – faylasuf olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi
🔹1963 – Mirza Azizov – oʻzbek aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti.
🔹1987 – Ozoda Abdullayeva – xonanda.
🔹1993 – Megan Elizabet Traynor – amerikalik qo‘shiqchi, qo‘shiqlar muallifi va prodyuser.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 28👍 4🥰 3
#ijodkor_talaba
☑️Muallif: Qahramon Sattixo‘jayev Namangan davlat universiteti talabasi
☑️Ijrochi: Murodjon Oʻlmasov
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
01. Onangizni extiyot qiling ( ideya ).mp34.55 MB
❤ 36👏 5⚡ 4🔥 1🤝 1
✅ Viktorina
❓Korrupsiya qaysi qadriyatlarga zid?Anonymous voting
- Halollik va adolatga
- Raqobatga
- Hamkorlikka
- Taraqqiyotga
😎 60🏆 33❤ 16🔥 6🤩 5
01:56
Video unavailableShow in Telegram
🔺Talabalar giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini tergov hibsxonasida bevosita ko‘rdilar.
🔺Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan uchinchi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxonasiga tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrif davomida talabalar narkojinoyat sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarning yashash sharoitlari bilan tanishdilar, shuningdek giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat va shaxs hayotiga ta’siri yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
7_сон_хибисхонада_талабалар_video_converter_com.mp429.92 MB
❤ 15🔥 3🎉 1
✨✨✨✨
👧 Oliy ta’lim muassasalarida tanlov g‘oliblari munosib taqdirlandi.
🔺Oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning bilim, tashabbus va faolligini rag‘batlantirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy, intellektual hamda jismoniy salohiyatini oshirish maqsadida “Eng faol yil talabasi” va “Yil talabasi” kabi tanlovlar tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda. Mazkur tanlovlar iqtidorli, faol va yetakchi talabalarni aniqlash hamda ularni munosib taqdirlashga xizmat qilmoqda.
🎅O‘zbekiston Milliy universitetida 🎅 “Eng faol yil talabasi” 🎅tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi • Samarqand davlat universitetida “Yil talabasi – 2025” tanlovining universitet bosqichi yakunlandi • Urganch innovatsion universitetida “Yil talabasi” tanlovi doirasida faol talabalar rag‘batlantirildi • Urganch RANCH texnologiya universitetida “Eng faol yil talabasi” tanlovining universitet bosqichi yakuniga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi • Toshkent Xalqaro universitetida “Yil talabasi” tanlovi g‘oliblari munosib taqdirlandi • Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yil talabasi” tanlovi doirasida faol va iqtidorli talabalar e’tirof etildi • Geologiya fanlari universitetida talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi➡️ “Eng faol yil talabasi” tanlovlari talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligi, liderlik qobiliyati va intellektual salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tanlovlar orqali yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi kuchayib, oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom raqobat va ijodiy muhit yanada mustahkamlanmoqda.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 28👍 10🔥 8🤩 2
02:19
Video unavailableShow in Telegram
#xulosa_sizdan
🗣 Ayolga mehr va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘linsa, u ham shunday javob beradi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_7015.MP447.45 MB
👍 6🔥 4❤ 3
#ijodkor_talaba
☑️1-video: Jumayeva Marjona, Buxoro davlat universiteti talabasi
☑️2-video: Nomozaliyeva Hilolaxon, Qo'qon davlat universiteti talabasi
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_2223.MP42.99 MB
IMG_2222.MP416.92 MB
❤ 43🔥 9🤩 3😁 1
✅ Viktorina
❓Korrupsiya tushunchasi nimani anglatadi?Anonymous voting
- Qonuniy tadbirkorlik faoliyatini
- Mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishni
- Jamoatchilik nazoratini
- Davlat xizmatini rivojlantirishni
🎉 52😁 42🤩 9😎 8💯 7
⏳⏳⏳⏳
Bugun 20-dekabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Xalqaro inson birdamligi kuni.
🇰🇿Qozogʻiston – Kuryerlik xizmati kuni.
🇷🇺Rossiya, 🇦🇲Armaniston, 🇧🇾Belarus, 🇰🇬Qirg‘iziston – Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1879 – Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qildi.
🔹1991 – Pokiston Islom Respublikasi va Ruminiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
🔹1996 – NeXT kompaniyasi Apple Computer bilan birlashdi, Mac OS X ni ishlab chiqish boshlandi.
🔹1996 – Tokioda O‘zbekiston elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
#tavalludlar
🔹1873 – Mehmet Akif Ersoy – turk yozuvchisi va shoiri, Turkiya madhiyasi matni muallifi.
🔹1891 – Mariya Skobsova – rus shoirasi, yozuvchi, jamoat arbobi.
🔹1896 – Rahim Pirmuhamedov – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1998 – Kilian Mbappe – fransuz futbolchisi, jahon chempioni.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 21👏 12🔥 6
✨✨✨✨
🤎 “Milliy liboslar kuni” – oliy ta’lim muassasalarida milliy qadriyatlar tantanasi
💃“Milliy liboslar kuni” doirasida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan tadbirlar yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, an’ana va urf-odatlarga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🎅🎅• Termiz davlat universiteti 🎅 🎅 • Jizzax politexnika instituti 🎉🎉🎉 • Buxoro innovatsiyalar universiteti • Urganch innovatsion universiteti • Xalqaro innovatsion universiteti • Urganch davlat universiteti • Termiz davlat pedagogika instituti • Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti • Namangan davlat texnika universiteti • Buxoro davlat pedagogika instituti • Termiz iqtisodiyot va servis universiteti • Guliston davlat universiteti • Xalqaro Nordik universiteti • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti • Andijon davlat texnika instituti • Alfraganus universiteti • Urganch davlat pedagogika institutida • Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti • Namangan davlat chet tillari instituti💃 Bunday tashabbuslar nafaqat bayramona ruh bag‘ishlaydi, balki milliy o‘zligimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishda muhim ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IC3KILLEX.mp456.71 MB
33.mp4147.88 MB
IMG_3833.MOV35.65 MB
IMG_9167.MP43.32 MB
IMG_4086.MP415.92 MB
IMG_9757.MP420.20 MB
IMG_9168.MP46.26 MB
IMG_9896.MP422.75 MB
Lapar-1.mp480.18 MB
video_2025-12-19_14-48-46.mp46.61 MB
❤ 11👍 6🤩 4
#yil_talabasi2025 #yil_o‘quvchisi2025
🗣“Eng faol yil talabasi” hamda “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovlarining 2025-yilgi mavsum yakuniy bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishtirokchilarning hujjatlari hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan baholandi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, har bir nominatsiya bo‘yicha respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan nomzodlar aniqlandi (rasmda ko‘rsatilgan).
❗️“Eng faol yil talabasi” tanlovining yakuniy bosqichi joriy yilning 25-26-dekabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkaziladi. “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovining yakuniy bosqichi esa 2026-yilning yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirildi (qo‘shimcha ma’lumot beriladi).
☑️Eslatib o‘tamiz, tanlab olingan nomzodlar sohaga doir savollar asosida suhbatdan o‘tkaziladi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarga munosib nomzodlar aniqlanadi. G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va nizom asosida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 35👍 12🔥 3🥰 3
#intellektual_olimpiada
🗣Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Intellektual olimpiada respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Unda respublikamizning 50 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari “Breyn-ring”, “Zakovat”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy o‘yin”, “Shaxmat”, “Shashka” bahslarida bellashdilar. Yakuniy natijalar bilan tanishing:
Shaxmat (erkaklar o‘rtasida):🥇Uchqun Umirov – SamDPU talabasi; 🥈Sherzod Samandarov– TDTibU talabasi; 🥉Abdulaziz Kurbanov– TDIU talabasi.
Shaxmat (ayollar o‘rtasida):🥇Sitora Saparova – TDIU talabasi; 🥈 Yuliya Xegay – TDTibU talabasi; 🥉 Zuxra Alaxonova – O‘zMU Jizzax filiali talabasi.
Shashka (erkaklar o‘rtasida):🥇 Behruz Yo‘ldoshev – FanTU talabasi; 🥈 Javohir To‘xtayev – JDPU talabasi; 🥉 Ahmad Rahimov – BuxDTI talabasi.
Shashka (ayollar o‘rtasida):🥇 Ferangiz Hasanova – TDIU talabasi; 🥈 Asal Botirova – Yangi O‘zbekiston universiteti talabasi; 🥉 Maftuna Umarova – Fan va texnologiyalar universiteti talabasi.
“Shaxsiy o‘yin” turniri g‘oliblari;🥇 Diyorbek Mahmudjonov – International school of finance technology and science talabasi; 🥈 Sardor Abdusodiqov – O‘zMU talabasi; 🥉 Shohrux Bo‘riyev – Buxoro davlat universiteti talabasi. ☑️Intellektual olimpiada doirasida o‘tkazilgan “Shaxsiy o'yin”, “Shaxmat” va “Shashka” (ayollar va erkaklar o‘rtasida) o‘yinlari g‘oliblari ham 1-o‘rin 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln. so‘m hamda 3-o‘rin 10 mln. so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
“Zakovat” o‘yini sovrindorlari:🥇 O‘zbekiston milliy universiteti; 🥈 Farg‘ona davlat universiteti; 🥉 Qoraqalpoq davlat universiteti.
“Breyn-ring” o‘yini g‘oliblari:🥇 Toshkent davlat tibbiyot universiteti; 🥈 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; 🥉 O‘zbekiston milliy universiteti.
“Erudit-kvartet” o‘yini g‘oliblari:🥇 Buxoro davlat tibbiyot instituti; 🥈 Fan va texnologiyalar universiteti; 🥉 Urganch davlat universiteti. ☑️“Erudit-kvartet”, “Breyn-ring” va “Zakovat” o‘yinlari g‘oliblari ham 1-o‘rin 100 mln. so‘m, 2-o‘rin 60 mln. so‘m hamda 3-o‘rin 40 mln. so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 🎁 Intellektual olimpiadaning umumjamoa hisobidagi g‘oliblari Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi! 🥇1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti 🥈2-o‘rin: Toshkent davlat tibbiyot universiteti 🥉3-o‘rin: Fan va texnologiyalar universiteti 🎁🤩 Ushbu talabalar o‘qiydigan oliy ta’lim muassasalariga egallagan o‘rniga mos ravishda quyidagi miqdordagi Prezident sovg‘asi 1-o‘ringa 2 mlrd so‘m, 2-o‘ringa 1,5 mlrd so‘m, 3-o‘ringa 1 mlrd so‘m miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_5552.MOV35.38 MB
IMG_5895.MOV34.65 MB
video_2025-12-19_16-40-02.mp426.69 MB
❤ 23🎉 11👍 9👏 3
#ijodkor_talaba
☑️Salimova Sevara, Samarqand davlat chet tillari instituti talabasi
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Zanjir.mp32.66 MB
❤ 19💯 6😁 1
