Yoshlar.edu.uz
رفتن به کانال در Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

122 457
مشترکین
-1 14024 ساعت
-4 6657 روز
+31 31830 روز
آرشیو پست ها
✅ Viktorina
❓“Asrni qaritgan kun” asarida To‘qayto‘sh sayyorasi mansub bo‘lgan yulduzlar turkumi nima deb atalgan?Anonymous voting
- Orion
- Halqa
- Ega
- Somon yo‘li
❤ 27🎉 5
02:32
Video unavailableShow in Telegram
✅Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga jiddiy toʻsiq boʻluvchi, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini yemiruvchi, yosh avlodning kelajagiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi eng xavfli ijtimoiy illatlardan biridir. Bugungi kunda unga qarshi kurashish faqat davlat idoralarining vazifasi emas, balki har bir fuqaroning masʼuliyati va muhim fuqarolik burchidir.
🔺Mazkur videorolikni Guliston davlat pedagogika instituti Mediastudiyasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti Boshlangʻich tashkiloti Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida taqdim etadi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
30.09 MB
❤ 15
⏳⏳⏳⏳
Bugun 19-dekabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Xalqaro muhtojlarga yordam berish kuni.
🇺🇦Ukraina – Advokatura kuni.
#muhim_voqealar
🔹1863 – Angliyalik Frederik Uolton linoleumni patentladi.
🔹1884 – Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida birinchi rus-tuzem maktabi ochildi.
🔹1991 – Peru Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti tan oldi.
🔹1994 – Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining BMT Xalqaro bolalar jamg‘armasi YUNISEFga a’zo bo‘lib kirishini nazarda tutuvchi bitim imzolandi.
🔹1997 – XX asrning eng daromadli filmi – “Titanik” katta ekranga chiqdi.
🔹2001 – Butun dunyo bo‘ylab “Uzuklar hukmdori” filmining premyerasi boshlandi.
#tavalludlar
🔹1912 – Gerbert Charlz Braun – amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1933 – Farhod Musajon – bolalar yozuvchisi.
🔹1942 – Begali Qosimov – adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor.
🔹1987 – Karim Benzema – taniqli futbolchi, Fransiya milliy terma jamoasi a’zosi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 25🔥 4🤩 1🤝 1
✨✨✨✨
👋 Oliy ta’lim muassasalarida yangi yil bayrami shukuhi!
🎄Yangi yil – yangilanish, quvonch va birdamlik ramzi. Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida ham ushbu bayram katta shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Talabalar uchun tashkil etilayotgan bayram tadbirlari, konsertlar, shou dasturlar va kreativ loyihalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
🎅🎅• Andijon davlat universitetida 🎅 yangi yil bayrami shukuhi 🎅 hukm surmoqda. 🎉🎉🎉 • O‘zbekiston Milliy universitetida “Xush kel, Yangi yil!” bayram tadbiri tashkil etildi. • Andijon davlat pedagogika institutida Yangi yil bayrami yuqori kayfiyatda nishonlanmoqda. • Urganch davlat pedagogika institutida Talabalar turar joyida yoshlar uchun Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi. • Iqtisodiyot va pedagogika universiteti (Samarqand kampusi)da Yangi yil shukuhi bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. • Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yangi yil arafasida universitetda bayramona muhit yaratildi. • Urganch davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida bayramoldi kayfiyati hukm surmoqda. • Qarshi xalqaro universitetida Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. • Andijon davlat chet tillari institutida Yangi yil shukuhi. • Olmaliq davlat texnika institutida Yangi yil bayrami munosabati bilan bayramona tadbirlar tashkil etildi. • Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida bayramona kayfiyat. • Guliston davlat universitetida Yangi yil bayrami shukuhi. • Toshkent davlat agrar universitetida Yangi yil arafasida bayramona tadbirlar. • Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotida Yangi yil shukuhi. • Toshkent kimyo-texnologiya institutida Yangi yil arafasida bayramona muhit yaratildi. • Namangan davlat pedagogika institutida Yangi yil shukuhi bilan tadbir o‘tkazildi. • O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-sonli talabalar turar joyida Yangi yil tadbiri bo‘lib o‘tdi. • Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Talabalar turar joylari Yangi yilni munosib kutib olishga tayyor. • Guliston davlat pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Yangi yil shousi tashkil etildi. • Navoiy Innovatsiyalar universitetida “New Year Carnival” nomli Yangi yil tadbiri o‘tkazildi. • Toshkent kimyo-texnologiya institutida Media markazi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida fotozona va bepul fotosessiya tashkil etildi. • Namangan davlat texnika universitetining 1-sonli talabalar turar joyida “Yangi yil karnavali” bo‘lib o‘tdi. • Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida Yangi yil archasi bayrami tashkil etildi. • UBS Toshkent filialida Yangi yil bayrami munosabati bilan bayramona muhit yaratildi. • Toshkent kimyo-texnologiya institutining talabalar turar joyida Yangi yil shukuhi.⛄️ Yangi yil munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligi, ijodkorligi va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlamoqda.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
video_2025-12-17_15-08-04.mp441.72 MB
IMG_9140.MP44.88 MB
IMG_7083.MOV25.32 MB
video_2025-12-17_15-07-26.mp418.65 MB
1216 (1).mp4188.89 MB
IMG_9139.MP47.60 MB
Yangi yil.mp443.15 MB
❤ 19🔥 3
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#yengillik #chegirma
⚡️O‘quvchi-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan boshlab 2026-yil 11-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.
❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.
Batafsil: www.uzairways.com.
___
Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся
В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 26 декабря 2025 года по 11 января 2026 года.
Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.
❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.
Подробно: www.uzairways.com.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 18
#ijodkor_talaba
☑️Toshmatova Munisxon , Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali talabasi
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Onam.mp33.54 MB
❤ 27🥰 2🔥 1
✅ Viktorina
❓“Asrni qaritgan kun” asariga ko‘ra, shubat nima?Anonymous voting
- Tuya go‘shtidan qilingan qazi
- Biya sutidan qilingan qimiz
- Tuya sutidan qilingan qimiz
- Tuya sutidan qilingan ayron
🎉 41❤ 30☃ 13🔥 10🤝 8
⏳⏳⏳⏳
Bugun 18-dekabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Xalqaro migrantlar kuni.
🇺🇳Xalqaro arab tili kuni.
🇺🇸AQSh – Egizaklar kuni.
🇰🇬Qirg‘iziston – Sug‘urta bozori ishchilari kuni.
🇰🇿Qozog‘iston – Energetiklar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1892 – Chaykovskiyning “Qarsildoq” baleti premyerasi.
🔹1958 – Dunyoda birinchi aloqa yo‘ldoshi uchirildi.
🔹1973 – Islom taraqqiyot banki tashkil qilindi.
🔹2004 – Pekinda tarixda birinchi marta plastik jarrohlik tanlovi o‘tkazildi.
#tavalludlar
🔹1856 – Jozef Jon Tomson – elektronni kashf etgan ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1921 – Yuriy Nikulin – rus aktyori va teleboshlovchisi.
🔹1940 – Lutfulla Saʼdullayev – aktyor, rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1946 – Stiven Spilberg – amerikalik rejissyor, ssenariynavis, prodyuser.
🔹1963 – Bred Pitt – amerikalik aktyor, prodyuser, “Oskar” mukofoti sovrindori.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 24👏 8🥰 4
✨✨✨✨
📌 Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan tadbirlar
🗣Korrupsiyaga qarshi kurashish, yoshlar ongida halollik, adolat va huquqiy madaniyatni shakllantirish bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
• Navoiy davlat universitetida litsey o‘quvchilari ishtirokida profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. • O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti tyutori Gulnoza Qodirova ishtirokida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. • Samarqand davlat pedagogika institutida “Pora – korrupsiya taraqqiyot kushandasi” nomli spektakl namoyish etildi. • Urganch davlat universitetida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. • Termiz davlat universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida tanlov o‘tkazildi. • Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Korrupsiya – halokatga yo‘l” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. • O‘zbekiston Milliy universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi. • Andijon davlat tibbiyot institutida Korrupsiyaning mohiyati va oqibatlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. • O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. • Jizzax davlat pedagogika universitetida “Korrupsiya – taraqqiyot yo‘liga to‘siq” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. • Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. • Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. • Namangan davlat texnika universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati va dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. • Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida videoroliklar tanlovi tashkil etildi. • Andijon davlat pedagogika institutida “Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. • O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Korrupsiya – kelajak kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida tanlov o‘tkazildi. • Guliston davlat universitetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida chorlov tadbiri tashkil etildi. • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. • Qarshi davlat universitetida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. • Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. • Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.😄 Bunday tashabbuslar orqali talaba-yoshlar orasida halollik, shaffoflik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga erishilmoqda hamda jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_7909.MP413.84 MB
11.mp425.13 MB
IMG_2340.MP434.11 MB
IMG_2341.MP428.26 MB
IMG_4305.MP414.09 MB
IMG_4760.MOV15.70 MB
IMG_6738.MOV168.56 MB
4.mp411.01 MB
rolik.mp48.92 MB
Sequence 01_1.mp425.82 MB
❤ 21
02:27
Video unavailableShow in Telegram
#ijodkor_talaba
☑️Namangan davlat universitetida tahsil oluvchi xorijlik talabalar
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
sher.mp450.03 MB
❤ 20🔥 6🥰 4👍 3
✅ Viktorina
❓“Martin Iden” asarida kim “Sharmanda bo‘lgan quyosh”ni telba odamning aljirashi deb ataydi?Anonymous voting
- Kreys
- Kipling
- German Shmidt
- Brissenden
❤ 38🤔 18🎉 13👍 7💯 7
01:07
Video unavailableShow in Telegram
🔺Axborot iste’moli madaniyati – axborotni ongli va mas’uliyat bilan qabul qilishdir. Internetda, ayniqsa diniy mavzularda, har bir ma’lumotga tanqidiy yondashish muhim.
🔺Tekshirilmagan axborot noto‘g‘ri tushunchalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday ma’lumotlarni faqat rasmiy va ishonchli manbalardan olish lozim.
🔺Yoshlarni to‘g‘ri axborot iste’moliga o‘rgatish ularning bilimli va mas’uliyatli bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qiladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
1212.mp430.01 MB
❤ 14👍 10🥰 3
⏳⏳⏳⏳
Bugun 17-dekabr, haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Tonggi illyuziya bayrami.
🇮🇱Isroil – O‘qituvchilar kuni.
🇺🇦Ukraina – Davlat ijroiya xizmati xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1237 – Buyuk shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy Kuniya shahrida vafot etdi.
🔹1903 – Aviatsiya otalari aka-uka Raytlar samolyotining ilk parvozi.
🔹1989 – AQShda “Simpsonlar” multfilmining birinchi seriyasi namoyish etildi.
🔹1993 – “Major League Soccer” tashkil topdi.
#tavalludlar
🔹1809 – Muhammad Rizo Ogahiy – shoir, tarixchi, tarjimon.
🔹1859 – Nikolay Dubovskiy – rus rassomi, o‘qituvchi.
🔹1925 – Hamza Umarov – aktyor, rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1929 – Iroda Aliyeva – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1932 – Xudoyberdi To‘xtaboyev – o‘zbek bolalar adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 41👍 6
