Yoshlar.edu.uz
رفتن به کانال در Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

121 261
مشترکین
-1 06624 ساعت
-7 0647 روز
+15 67830 روز
آرشیو پست ها
✅ Viktorina
❓“Kiberbulling” deganda nima tushuniladi?Anonymous voting
- Internetda sport o‘yinlari o‘tkazish
- Tarmoqlarda kimnidir tahqirlash, haqoratlash yoki kamsitish
- Onlayn reklama joylashtirish
- Xabar yuborish madaniyati
⚡ 15❤ 7🔥 6🤩 4😁 3
01:16
Video unavailableShow in Telegram
✔️Suvni asrash va suv bilan bog‘liq qadimgi an’analar
➡️Suv — hayot manbai, baraka, poklik va tozalik timsoli. Insoniyat qadim-qadimdan suvni e’zozlab kelgan. O‘zbek xalqining urf-odatlari, e’tiqodlari va qadimiy marosimlarida ham suv muqaddas ne’mat sifatida ulug‘lanadi.
➡️Qadimda suv chiqarish —buloq ochish, ariq qazish, suvsiz joylarga suv keltirish — odamlar orasida yuksak ehtirom bilan qaralgan ishlar sirasiga kirgan. Bunday insonlar nomi tarixda yaxshi niyat bilan eslab qolingan.
➡️Suvga hurmat — bu xalqning madaniyatini, tabiatga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Bugungi kunda ham biz ajdodlarimizdan o‘rnak olib, suvni isrof qilmasdan, toza saqlashga, uni kelajak avlodga yetkazishga harakat qilishimiz lozim. Chunki suv — hayotdir. Suvni asrash — hayotni asrashdir.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
suv_rolik_04.07.2025_Bunyodga.mp410.15 MB
👍 9❤ 5🔥 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov
“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovining yangi mavsumiga tayyorgarlik!Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning ilk mavsumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur tashabbusning mantiqiy davomi sifatida tanlovning navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik boshlandi. Shu munosabat bilan, yosh izlanuvchi-tadqiqotchilar va talabalarni o‘z ilmiy faoliyatlari bo‘yicha sodda va ommabop tilda maqolalar tayyorlab, e’lon qilish hamda tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan, keng jamoatchilikka ilmiy bilimlarni tushunarli va ommabop tarzda yetkazishga xizmat qiladigan eng yaxshi materiallar mualliflarini aniqlash va rag‘batlantirishdir. Tanlovga hujjatlar topshirish 2026-yil may oyida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang! 📝 Ishtirok etish uchun nima qilish kerak? ➖ 2025/2026-o‘quv yili davomida ilmiy-ommabop gazeta yoki jurnallarda maqolangizni e’lon qiling; ➖ e’lon qilingan material (PDF shaklda) va ma’lumotingiz bilan may oyining 1–10-sanasida tanlovga ariza topshiring. Tanlovda oliygohlarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — BHMning 25 baravari; 🥈 2-o‘rin — BHMning 20 baravari; 🥉 3-o‘rin — BHMning 15 baravari.Siz ham o‘z ilmiy faoliyatingizni keng ommaga taqdim etishni istaysizmi? Unda maqolangizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting! 📃Tanlov nizomi
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 5🔥 3👍 2
⏳⏳⏳⏳
Bugun 20-noyabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳BMT – Butunjahon bolalar kuni.
🌏Pediatrlar kuni.
🇻🇳Vetnam – O‘qituvchilar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1959 – BMT Bosh Assambleyasi “Bola Huquqlari to‘g‘risida”gi deklaratsiyani qabul qildi.
🔹1979 – bemorga birinchi marta sun’iy qon quyildi.
🔹1985 – Microsoft Windows 1.0 operatsion tizimi ishga tushirildi.
🔹1998 – Xalqaro kosmik stansiyaning birinchi moduli (“Zarya” moduli) ishga tushirildi.
🔹2022 – Qatarda futbol bo‘yicha 22-jahon chempionati boshlanishi.
#tavalludlar
🔹1906 – Oydin (Manzura Sobirova) – yozuvchi, dramaturg.
🔹1934 – Obid Yunusov – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1941 – Mashrab Boboyev – adib, shoir va dramaturg.
🔹 2000 – Konni Talbot – britaniyalik qo‘shiqchi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 14👍 4🔥 4🤩 1
00:20
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi
🔐 Instagramda ikki bosqichli himoya o‘rnating!
Firibgarlar sizning akkauntingizga kirish uchun turli hiylalarni qo‘llashi mumkin. Shuning uchun Instagram hisobingizni 2 bosqichli parol bilan himoya qilishni unutmang!
📲 Sozlamalar → Xavfsizlik → Ikki bosqichli autentifikatsiya bo‘limiga kiring va SMS yoki maxsus ilova orqali kod olishni yoqing.
🛡 Bu kichik qadam – katta himoya!
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
insta 2-parol.mp438.90 MB
❤ 9🔥 1🥰 1
✅ Viktorina
❓O‘zbekiston Respublikasida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” tashabbusi asosan kimlar faoliyatini qamrab oladi?Anonymous voting
- Faqat IT mutaxassislarini
- Yoshlar, talabalar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini
- Faqat davlat xizmatchilarini
- O‘qituvchilar va jurnalistlarni
❤ 29🎉 5😁 4👍 2😎 1
🗣“Islohotlar bilimdoni – 2025” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi 1-sharti bo‘yicha natijalari bilan tanishing!
✔️Eslatib o‘tamiz, yuqorida ismlari ko‘rsatilgan ishtirokchilar tanlovning 2-shartida ishtirok etib, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan innovatsion takliflar, ilg‘or tajribalar xususida o‘z taqdimotlarini o‘tkazadilar.
🏛 Respublika bosqichining 2-sharti 27-28-noyabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tashkil etiladi.
✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 20👍 8👏 2🎉 2🤩 2
#maxsus_rakurs
🇺🇿Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon yetakchilari Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdilar. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🇷🇺 Обзор важнейших событий за неделю: Президент Казахстана посетил Узбекистан с государственным визитом. Лидеры стран Центральной Азии и Азербайджана ознакомились с Центром исламской цивилизации. Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялась очередная Консультативная встреча глав государств Центральной Азии.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
52.96 MB
50.83 MB
❤ 8
00:20
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi
🔒 Telegramda ikki bosqichli himoya o‘rnating!
✅ Bugungi kunda firibgarlar turli yo‘llar bilan akkauntlarga kirishga urinmoqda. Shuning uchun Telegram foydalanuvchilari o‘z hisoblarini 2 bosqichli parol bilan himoya qilishi juda muhim.
📱 Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik → Ikki bosqichli parol bo‘limiga kiring va kuchli parol o‘rnating.
🛡 Esda tuting, bu oddiy qadam sizni katta xavflardan himoya qiladi!
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
telegram 2-parol.mp440.32 MB
❤ 3
✅ Viktorina
❓O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi har bir rang va ramz xalqning qanday milliy qadriyatlarini aks ettiradi?Anonymous voting
- Tarix, tabiat, tinchlik va yangilanish
- Kuch, siyosat, sadoqat va boylik
- Iqtisod, sanoat, qahramonlik va jasorat
- Madaniyat, din, iqtisod va siyosat
❤ 27🎉 5🥰 4👍 3🏆 3
#dayjest
🗣“17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar dayjesti
🎓 Oliy ta’lim tashkilotlarida “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan turli bayram tadbirlari o‘tkazildi. Quyida ulardan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz:
⏺O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ⏺Andijon davlat chet tillari instituti Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan qiziqarli ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. ⏺Qo‘qon davlat universitetida bayram munosabati bilan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi. ⏺Milliy estrada san’ati institutida talabalar kuni munosabati bilan talabalar bayramona kutib olindi. ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Talabalar shousi” konsert dasturi tashkil etildi. ⏺Namangan davlat texnika universitetida xalqaro talabalar kuni munosabati bilan talabalar dasturxoniga palov tortildi. ⏺O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida xalqaro talabalar kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. ⏺Qarshi davlat texnika universitetida sana munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. ⏺O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida talabalar kuni munosabati bilan psixologik aksiya tashkil etildi. ⏺Namangan davlat chet tillari institutida talabalar kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi. ⏺Urganch davlat pedagogika institutida kun munosabati bilan iqtidorli talabalar uchun tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. ⏺Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlab talaba-yoshlar o‘rtasida quvnoqlar va zukkolar koʻrik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
TKUNI222.mp429.29 MB
Talabalikka bag‘ishlov.mp421.02 MB
1 (online-video-cutter.com).mp432.51 MB
video_2025-11-18_10-40-21.mp447.43 MB
IMG_3905(1) (online-video-cutter.com).mp456.29 MB
❤ 10👍 1🔥 1👏 1
Repost from Edu.uz
01:41
Video unavailableShow in Telegram
#BeshTashabbus #final
#Guliston_2025
#1_kun_video
Guliston shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasi respublika final bosqichining ilk kunidan
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1117 (1) (1).mp416.22 MB
❤ 3👍 1
⏳⏳⏳⏳
Bugun 18-noyabr, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Butunjahon mikroblarga qarshi dorilardan to‘g‘ri foydalanish kuni.
🌏Xalqaro zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni.
🇺🇿O‘zbekiston – Davlat bayrog‘i kuni.
#muhim_voqealar
🔹1868 – D. I. Mendeleyev tashabbusi bilan Rossiya Kimyo Jamiyati tashkil etildi.
🔹1928 – Mikki Maus qahramoni yaratildi.
🔹1991 – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun.
#tavalludlar
🔹1828 – Jon Daun – Daun sindromini kashf etgan ingliz genetigi.
🔹1906 – Sait Faik Abasiyanik – buyuk hikoyalar va sheʼrlar yozgan yirik turkiy yozuvchilardan biri.
🔹1925 – Rahima Aminova – tarixchi olima, O‘zbekiston FA akademigi.
🔹1938 – Melis Abzalov – kinorejissyor va aktyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
🔹1980 – Shoira Otabekova – o‘zbekistonlik qo‘shiqchi va aktrisa.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 22👍 1
00:26
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi
⚠️ Bank karta maʼlumotlarini bermang!
🔒 Bank karta raqamingiz, CVV/CVC kodi, amal qilish muddati yoki PIN-kodni hech kimga yubormang. Banklar hech qachon SMS, Telegram yoki telefon orqali bunday maʼlumotni soʻramaydi.
🚫 Agar kimdir soʻrasa bu firibgarlik. Darhol bankingizga murojaat qiling va xabarnomani bloklang.
✅ Xavfsizlik uchun, ikki bosqichli tasdiqlashni yoqing, shubhali havolalarga bormang va shaxsiy maʼlumotlaringizni himoyalang.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Woman_UZ.mp437.93 MB
❤ 9👍 2
