POSTDA|Rasmiy kanal
رفتن به کانال در Telegram
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

24 778
مشترکین
-124 ساعت
+17 روز
-7330 روز
آرشیو پست ها
Murojaatnoma
Jonli efir uchun havola:
https://www.youtube.com/watch?v=St1E3kxNz-w
Авф этилганлар билан очиқ мулоқот
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2025 йил 8 декабрь куни қабул қилинган “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонига асосан афв этилган Андижон вилоятида истиқомат қилувчи 39 нафар шахслар билан очиқ мулоқот бўлиб ўтди. Унда афв этилганларни жамиятга мослаштириш, иш билан таъминлаш ва касб-ҳунарга йўналтириш масалалари муҳокама қилинди. Шунингдек, уларнинг мурожаатлари тингланиб, ижтимоий қўллаб-қувватлаш ва соғлиқни сақлаш бўйича тегишли ташкилотлар билан ҳамкорликда амалий чоралар белгилаб олинди. Тадбир якунида афв этилган шахсларнинг қонуний меҳнат фаолиятига қайтиши ва жамиятда муносиб ўрин эгаллаши устувор вазифа экани қайд этилди.
Ўз мухбиримиз.
Андижон вилояти.
👉 @postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис ва халққа мурожаатномани тақдим этади
Бугун, 26 декабр, Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис ва Ўзбекистон халқига мурожаатномани тақдим этади. Мурожаатноманинг тўғридан тўғри трансляцияси соат 11:00 дан бошланади.
👉 @postdarasmiy
Yangi yil ko‘ngildagidek o‘tishi uchun
Toshkent viloyatida Yangi yil bayrami hamda bayramoldi ommaviy tadbirlarini yuqori saviyada, tinch va xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Qo‘riklash xizmati rahbariyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan kuchaytirilgan tartibda uzluksiz xizmat tashkil etildi. Va Yangi yil tadbirlari o‘tkaziladigan mazkur hududlarda xavfsizlik holati o‘rganildi.O‘rganishlar davomida xavfsizlik chora-tadbirlari, xizmatga jalb etilgan xodimlar faoliyati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jamoat tartibi, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligi holati baholandi. Yakunda bayram tadbirlarini osoyishta o‘tkazish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi. 👉 @postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
Кун ҳикмати
Илмнинг аввали сукут, сўнг эшитиш, сўнг ёд олиш, сўнг амал қилиш, сўнг уни тарқатиш.
Абу Ҳомид Муҳаммад Ал Ғаззолий
Уч авлод учрашуви
ИИВ Андижон академик лицейида ички ишлар органларида узоқ йиллар хизмат қилиб, бугунги кунда кексалик гаштини сураётган фахрий ходимлар иштирокида “Уч авлод учрашуви” тадбири бўлиб ўтди. Унда фахрийлар ўз хизмат фаолияти давомида орттирган амалий тажрибалари, масъулиятли ва шарафли касбнинг ўзига хос жиҳатлари, қонун устуворлиги ва адолат тамойилларига садоқат ҳақида самимий фикр-мулоҳазаларини ўртоқлашдилар.
Тадбир доирасида ёшларнинг ҳуқуқий саводхонлигини оширишга қаратилган суҳбатлар ҳам ташкил этилди. Унда амалдаги қонунчилик нормалари, ҳуқуқ ва мажбуриятлар, жамиятда қонунга ҳурмат руҳини қарор топтириш масалалари юзасидан атрофлича тушунчалар берилди.
Ўтказилаётган бу каби маънавий-маърифий тадбирлар ёш авлодни ҳар томонлама етук, қонунга ва Ватанга садоқатли этиб тарбиялашда муҳим аҳамият касб этади.
Ўз мухбиримиз.
Андижон вилояти.
Photo unavailableShow in Telegram
Zehningizni sinab ko‘ring!
Qadimda Eron hududida savdogarlar savdo qilishning yangi usulini o‘ylab topishgan. Bu usul ularga qaroqchilar yetkazadigan zararni oldini olishga yordam bergan. Bu usuldan bugungi kunda ham foydalanishadi.
Savol: Bu qanday usul edi?
Ushbu savolning javobini Doston, Zarina, Abduvaliyev, Rushana, Azamat Axmatov, Qurbonov Ulug'bek, Mirjalol, Mansur Jumatayev kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda ham omad tilab qolamiz.
Javob: Chek yordamida savdo qilish usuli
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
👉 Fuqarolar xavfsizligi va tinchligi birinchi o‘rinda
Bayram kunlari fuqarolar xavfsizligini va tinchligini saqlash maqsadida Uchtepa tumani O‘rikzor savdo majmuasida tuman IIO FMB boshlig'i va xodimlari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda
———
👉 Фуқаролар хавфсизлиги ва тинчлиги биринчи ўринда
Байрам кунлари фуқаролар хавфсизлигини ва тинчлигини сақлаш мақсадида Учтепа тумани Ўрикзор савдо мажмуасида туман ИИО ФМБ бошлиғи ва ходимлари томонидан амалий ишлар олиб борилмоқда
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
video_2025-12-24_19-40-28.mp429.84 MB
SURDO (ORIKZOR) TELEG.mp429.76 MB
Салмоқли натижалар тилга олинди, спорт фидойиларни тақдирланди
“Ренессанс кино” марказида волейбол спорт тури бўйича 2025 йил сарҳисобига бағишланган тадбир бўлиб ўтди.
Ички ишлар вазири ўринбосари, генерал-майор Даврон Назармухамедов ҳамда бир қатор мутасадди ташкилот раҳбарлари иштирок этган тадбирда Юртбошимиз томонидан сўнгги йилларда мамлакатимизда спортни оммалаштириш, аҳолининг спорт билан мунтазам шуғулланишлари учун кенг имкониятлар яратилаётгани таъкидланди.
Хусусан, ёшларни волейбол билан шуғулланишлари учун замонавий спорт иншоотлар фойдаланишга топширилди. Ўзбекистон волейбол федерациясининг жаҳон рейтингидаги ўрни яхшиланиб, халқаро спорт ҳамжамияти томонидан юксак эътироф этилмоқда.
Байрамона рухда ўтган тадбирда ана шундай қатор салмоқли натижалар тилга олинди ва унга ўзининг муносиб ҳиссасини қўшиб келаётган спортчилар, мураббийлар ва спорт фидойилари тақдирланди.
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy
08:49
Video unavailableShow in Telegram
“Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor-profilaktik oyligi davomida 500 kg giyohvandlik vositalari, 166.521 dona psixotrop dorilar noqonuniy muomaladan olindi. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʻnalishida 1.918 ta jinoyat aniqlandi
———
«Хавфсиз ва соғлом юрт» кенг кўламли тезкор-профилактик ойлиги давомида 500 кг гиёҳвандлик воситалари, 166.521 дона психотроп дорилар ноқонуний муомаладан олинди. Уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида 1.918 та жиноят аниқланди
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
“Xavfsiz_va_sogʻlom_yurt”_keng_koʻlamli_tezkor_profilaktik_oyligi.mp476.14 MB
Milliy armiya - Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni
IIV Qorovul qo’shinlariga qarashli harbiy qismlarda 24-dekabr kuni “Vatanparvar oyligi” doirasida maktab o’quvchilari hamkorligida “Milliy armiya - Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida davra suhbati o’tkazildi.
Mazkur tadbir yosh avlodni vatanparvarlik, milliy shon-shuhrat, Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiylar, faxriylar va talabalar o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Uchrashuvda askar va faxriylar o‘zlarining hayot yo‘llari, jangovar harakatlari, Vatanga sadoqat na’munalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, askarlar tomonidan talabalarga harbiy xizmatning sharafli burchi, yurt tinchligi, el-yurt xavfsizligi uchun g'amxo'rlik qilish mas'uliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Samimiy muloqot va savol-javob ruhida o‘tgan tadbir yoshlar uchun muhim hayotiy saboqlar manbai bo‘ldi.
👉 @postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
MING DARDGA DAVO ANOR
Anor tarkibidagi ko‘pgina foydali moddalar immunitetni oshiradi, infeksion va virusli kasalliklar davrida organizmga profilaktik va davolovchi ta’sir ko‘rsatadi. jumladan:* qonda qand miqdorini kamaytiradi, shu bois shirinliklar va ba’zi mevalar man etilgan diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun bu ne’mat foydali bo‘lib, insulinning o‘rnini bosuvchi rolida xizmat qilishi mumkin; * qon aylanishini yaxshilaydi. * undagi antibakterial moddalar milklarni mustahkamlaydi. * quvvatni tiklaydi va og‘ir xastaliklardan so‘ng organizmning umumiy holatini yaxshilaydi; * bakteriyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, shu sababdan tomoq va og‘iz sohasidagi yallig‘lanishlarni bartaraf etishga yordam beradi; * qarish jarayonini sekinlashtiradi va hujayralarni zararlanishdan asraydi; * gormonal bezlar ishini rag‘batlantiradi; * ishtahani yaxshilaydi va hazmni yengillashtiradi; * C vitaminiga boy; * pigment dog‘lar hamda husnbuzarga qarshi samarali vosita hisoblanadi. 👉 @postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
SERGAK NIGOH, QAT’IY INTIZOM
Jizzax viloyati IIB YHXB batalyoni 3-safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Olim Abdug‘aniyev 24 yil avval viloyat IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida sohadagi faoliyatini boshlagan edi. Joriy yilning o‘zida inspektor tomonidan 3100 dan ortiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu shunchaki raqam emas, balki yuzlab oldi olingan yo‘l-transport hodisalari, qanchadan-qancha saqlab qolingan inson umri.
Batafsil 👉🏻
👉 @postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
Zehningizni sinab ko‘ring!
Qadimda Eron hududida savdogarlar savdo qilishning yangi usulini o‘ylab topishgan. Bu usul ularga qaroqchilar yetkazadigan zararni oldini olishga yordam bergan. Bu usuldan bugungi kunda ham foydalanishadi.
Savol: Bu qanday usul edi?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
«Postda-На посту» газетасининг 2025 йил 25 декабрь кунги 52 (4746)-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.
Шунингдек, газетанинг интернетдаги http://postda.uz веб-сайтини ҳам кузатиб боришингиз мумкин.
©️ Газета таҳририят томонидан тақдим этилди.
📰 Мутолаа энг севимли машғулотингизга айлансин!
〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/gazetalar_sharhi
https://t.me/postdarasmiy
Postda-На посту № 52-2025.pdf6.05 MB
Photo unavailableShow in Telegram
«UCHQUR TULPOR»NI BOSHQARAYOTGAN NOZIK XILQAT
Bugungi kunda temiryo‘l sohasida yuksak mas’uliyatni o‘zida mujassam etgan, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan bilimli va tashabbuskor xotin-qizlarning borligi yaratilayotgan imkoniyatlar samarasidir. Sahifamiz qahramoni – «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tarkibidagi «Temir yo‘linfratuzilma» MCHJ «O‘zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» elektropoyezdi mashinistining ilk ayol yordamchisi Feruza Boqiyeva.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан "Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2026 году"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Photo unavailableShow in Telegram
SERGAK NIGOH, QAT’IY INTIZOM
Jizzax viloyati IIB YHXB batalyoni 3-safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Olim Abdug‘aniyev 24 yil avval viloyat IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida sohadagi faoliyatini boshlagan edi. Joriy yilning o‘zida inspektor tomonidan 3100 dan ortiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu shunchaki raqam emas, balki yuzlab oldi olingan yo‘l-transport hodisalari, qanchadan-qancha saqlab qolingan inson umri.
Batafsil 👉🏻
👉 @postdarasmiy
Maktab oʻquvchisining yonidan
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi oʻrta umumtaʼlim maktabi oʻquvchisining yonidan ikki nomdagi jami 18 dona pirotexnika vositasi topildi. Mazkur huquqbuzarlik Jizzax viloyati IIB JXX JTSB PPXB xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbiri davomida aniqlangan. Holat yuzasidan voyaga yetmaganning otasiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi tayinlangan.
Oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
👉 @postdarasmiy
03:20
Video unavailableShow in Telegram
Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan yil sarhisobi: tahlil, natija va kamchiliklar hamda ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi
———
Ички ишлар вазирлиги томонидан «Янги Ўзбекистон ички ишлар органлари фаолияти юзасидан йил сарҳисоби: таҳлил, натижа ва камчиликлар ҳамда устувор вазифалар» мавзусида матбуот анжумани ташкил этилди
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
PRESS KONFERENSIYA FULL HD.mp426.04 MB
