ru
Feedback
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Открыть в Telegram

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
100 010
Подписчики
Нет данных24 часа
+337 дней
+1 60430 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
Joriy yilda bog‘cha o‘rinlarini qo‘shimcha 182 mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Ularning 82 mingi yangi bog‘chalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Tumanlar hokimlari qolgan o‘rinlar nima hisobidan yaratilishini o‘ylamayotgani tanqid qilindi. Misol uchun, 118 ta bog‘chadagi 255 ta xona ta’mirga muhtoj bo‘lgani uchun bo‘sh turibdi. Yoki joylarda 8 ta bog‘chani qurish va ta’mirlash 2-3 yildan beri cho‘zilmoqda. Chimboy, Gʻallaorol, Qiziriq, Boysundagi 1 tadan bog‘cha hali ta’mirdan chiqmagan. Dehqonobod, Sariosiyo, Bo‘stonliq, Nurafshonda 1 tadan yangi bog‘cha qurilishi yakunlanmagan. Viloyat va tumanlar hokimlariga 118 ta bog‘chadagi xonalarni ta’mirlab jihozlashga, yana 8 ta bog‘chani to‘liq ishga tushirishga 1 noyabrgacha muhlat berildi, aks holda tegishli choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ularga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi. Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.
“To‘g‘ri, maktabgacha va maktab ta’limida o‘zgarishlar bo‘lyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy ta’limga mas’ul mutasaddilar haligacha ta’limdagi islohotlar mazmunini to‘liq tushunib yetgani yo‘q”,
– dedi davlatimiz rahbari. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi. Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovasion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi. Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga o‘tib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yig‘ilishda jalb qilinayotgan investisiyalarga, yangi ochilayotgan korxonalarga yarasha munosib kadr ham tayyorlanishi lozimligi qayd etildi. O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilindi.
“E’tibor bering, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?”
– dedi Prezident. Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshdi. Yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.
“Men xalqimizga vaqti kelib o‘qituvchilarning maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.  “Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat ta’lim va muallimga bog‘liq. Sizlar bilan ish boshlagan birinchi kundan aytaman: ta’lim, ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, muallim”, – dedi davlatimiz rahbari. O‘qituvchiga munosib sharoit yaratish, bog‘cha, maktab qurish, jihozlash, chetdan mutaxassis olib kelish, zamonaviy darslik va o‘quv dasturlarini joriy qilish bo‘yicha juda ko‘p sharoitlar yaratilgani va bu yana davom ettirilishi ta’kidlandi.
“Lekin har bir tuman, viloyat hokimi, biz farzandlarimizni ishonib topshirgan bog‘cha, maktab, texnikum, oliygoh rahbarlari bir haqiqatni aniq bilishi zarur. Odamlarimiz yaxshi yashashi uchun iqtisodiyotimiz kuchli bo‘lishi kerak! Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak! Sifatli ta’lim tizimi orqaligina bularga erisha olamiz! Boshqa yo‘limiz yo‘q! Shu haqiqatni anglab, har kuni o‘zini qiynab ishlagan rahbarning tumanida, bog‘chasi, maktabi, texnikumi, oliygohida albatta o‘zgarish va natija bo‘ladi!”
, – dedi Prezident.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактабгача ва мактаб таълими соҳасидаги ислоҳотлар ижроси ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёев начнется видеоселекторное совещание по обсуждению хода реформ и дальнейших приоритетных задач в сфере дошкольного и школьного образования. Facebook|Instagram|X
Показать все...
01:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Ekologiya_burchagi #Maktabgacha_taʼlim
✅Andijon viloyati, 2-sonli DMTTda ham bolajonlar uchun “Ekologik burchaklar” va “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etildi.
🌱Atrof-muhitni asrash masalasi bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri. Shu sababli bolajonlarda tabiatga mehr va mas’uliyatni shakllantirish hamda dastlabki ekologik tushunchalarni berishga qaratilgan turli faoliyatlar yo‘lga qo‘yilmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
IMG_7754.mp427.94 MB
26:08
Видео недоступноПоказать в Telegram
Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi ——- Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам реформирования системы образования
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
22.mp4215.28 MB
01:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Prezident_iqtidorli_farzandlari_fikri
Joriy yilning 8-sentabr kuni “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi. Milliy dastur va jarayonlar haqida ishtirokchilar fikriga quloq tutdik.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
SD_NEW_.mp426.46 MB
“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Prezident iqtidorli farzandlari” dasturi ishtirokchilari va ularning ota-onalari ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Tadbirda vazirlik hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas'ullari, Toshkent shahri maktablaridan saralangan 64 nafar iqtidorli o‘quvchi va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida o‘quvchilarga Milliy dasturning maqsad va vazifalari, o‘quv dasturi haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, qo‘shimcha darslar otiladigan platformalar, loyiha va maqsadlar haqida ham taqdimot qilindi.
🔰 Ma'lumot o‘rnida: Milliy dastur 1500 nafar iqtidorli o‘quvchilar uchun 2 yil davomida top-100 oliygohlarga bepul tayyorgarlikni o'z ichiga oladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#malaka_sinovi 📣 Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi ✍️ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. ❗️Ushbu sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega. 👉 BATAFSIL 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
“Rektorlar maktabi” loyihasida faol qatnashgan nomzodlar Garvard universiteti va boshqa nufuzli xorijiy taʼlim markazlarida oʻqiydi Oliy taʼlim muassasalarida rahbarlik salohiyatini oshirish maqsadida “Rektorlar maktabi” loyihasi yoʻlga qoʻyiladi. Loyiha orqali istiqbolli kadrlar saralab olinib, “Yangi Oʻzbekiston” universitetida tayyorgarlik kurslaridan oʻtkaziladi. Eng yaxshi 30 nafar nomzod Garvard universiteti va boshqa nufuzli xorijiy markazlarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu orqali rektor va prorektorlar uchun zamonaviy menejerlar zaxirasi yaratiladi. Shu bilan birga, pedagog kadrlarning malaka oshirish tizimi ham tubdan yangilanadi. Ayni vaqtda alohida beshta tuzilma orqali amalga oshirilayotgan ushbu jarayon yagona markazlashgan tizimga birlashtiriladi. Bu orqali takrorlanishlar bartaraf etilib, yiliga taxminan 420 milliard soʻm tejaladi. Mazkur mablagʻlar zamonaviy metodikalar ishlab chiqish, taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish va pedagoglarning malakasini oshirishga yoʻnaltiriladi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilmoqda 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi. Bundan asosiy maqsad, pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan hamda bilimli va iqtidorli talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Mazkur stipendiya pedagogika yoʻnalishidagi har bir oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi. Maʼlumot uchun: Abdulla Avloniy stipendiyasi 1 461 028 soʻmni tashkil etadi hamda oddiy stipendiyadan 839 572 soʻmga koʻp. Ayni vaqtda ushbu stipendiyaga yurtimizdagi pedagogika yoʻnalishidagi mavjud 13 ta oliygohning 74 480 nafar oxirgi 2 kurs talabalari nomzod boʻlishlari mumkin.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi va uning maoshi maktab direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi “Kelajak” markazlarining umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi vertikal tizimini joriy etish hamda oʻquvchilarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Maktab maslahatchisining lavozim maoshi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi, menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan maktab maslahatchilariga har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi. Maktablarda oʻquvchilarining portfolio bazasi shakllantiriladigan erp.portfolio platformasi yaratiladi. U maktab maslahatchilari tomonidan yuritiladi hamda 2028–2029-oʻquv yilidan maktab shahodatnomalarida qayd etiladi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
3 ta yoʻnalish maqsadlarini oʻzida mujassam etgan “Kelajak” markazlari tashkil etiladi “Bogʻcha — maktab — oliygoh” tizimi asosida yagona gʻoyaviy tarbiya konsepsiyasi amaliyotga tatbiq etiladi. Bunda bogʻcha tarbiyachilari, maktab oʻquvchilari hamda oliygoh talabalari uchun tizimli yagona gʻoyaviy tarbiya tizimi yaratiladi hamda uning uzviyligi taʼminlanadi. Bu borada ishlab chiqilgan metodik materiallar “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga raqamli kontent shaklida joylashtirib boriladi. “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika oʻquvchi yoshlar markazi hamda “Ëshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari tashkil etiladi. Unda Prezident va Ijod maktablariga tayerlov, STEM, ilm-fan, xorijiy tillar va shaxmat toʻgaraklari faoliyati amalga oshiriladi. Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida zamonaviy “Bolalar sayyohlik bazalari” tashkil etiladi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Hududlarda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida tabiiy fanlar yoʻnalishida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi. Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tayanch maktab etib belgilanadi. Tayanch maktab va filiallarga rahbar va pedagog kadrlarni ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Mazkur maktablarga qabul 7-sinfdan boshlanadi hamda oʻquvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
1 milliard soʻmlik yutuqqa ega “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi 2026-yil 1-yanvardan boshlab umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi. Shu bilan birga 1-oʻrinni egallagan umumtaʼlim maktabiga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan “Innovatsion texnopark” tashkil etish uchun 1 milliard soʻm ajratiladi. Shuningdek, tanlovning ryespublika bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻqituvchi va oʻquvchilar 460 mln. soʻmgacha pul mukofotini qoʻlga kiritishlari mumkin.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Muhandislik maktablarining iqtidorli bitiruvchilari oliy taʼlim yoʻnalishiga 2-kursdan sinovlarsiz qabul qilinadi Muhandislik maktablarida oʻquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi va dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlariga, keyingi 2 yilda muhandislik fanlariga boshlangʻich tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi. Belgilangan talablarni bajargan muhandislik maktablari bitiruvchilariga muhandislik taʼlim dasturi boʻyicha tegishli oliy taʼlim yoʻnalishida bir yillik qoʻshimcha davlat granti asosida 2-kursdan test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz oʻqishni davom ettirish huquqi beriladi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida 14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi. Ushbu maktablar oʻquvchilar umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi va davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitiladi. Toshkent shahrida M.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali, “TashTech” Texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti yangi tashkil etiladi. Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar instituti, Andijon davlat texnika instituti, Qarshi Davlat texnika universiteti, Nukus Davlat texnika universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Buxoro davlat Texnika universiteti va Fargʻona davlat texnika universitetlari transformatsiya qilinadi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilayotgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit ajratiladi Maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlariga qator yengilliklar beriladi. Xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishga ruxsat beriladi. Tadbirkorlarga 7 yilgacha boʻlgan imtiyozli kredit mablagʻlari ajratiladi hamda faoliyatini oʻzgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalari tekinga beriladi. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati boshlanganidan keyin tarbiyachilarga oylik ish haqi toʻlash xarajatlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan miqdorda uch yil davomida Davlat byudjeti magʻlagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
“Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻi tashkil etiladi Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlimning (5+1) shakli tashkil etiladi. 2026-2028-yillarda ryespublikaning 14 ta hududida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini oʻz ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻi tashkil etiladi. Maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish maqsadida har yili 20 ming oʻrindan kam boʻlmagan qoʻshimcha quvvat yaratiladi. Buning uchun yangi koʻp qavatli binolar qurilishida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish eʼtiborga olinadi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...