ru
Feedback
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Открыть в Telegram

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
100 010
Подписчики
Нет данных24 часа
+337 дней
+1 60430 день
Архив постов
📰📰📰📰📰📰📰 ✅Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozа Karimova Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
📊Ma'lumot uchun: KOICA bilan hamkorlikda “Maktabgacha ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish markazi hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish” grant loyihasi amalga oshirilmoqda.
🌐Uchrashuv yakunida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida o‘zaro yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
✅✅✅✅ #Fotoreportaj 🔴 Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq hasharida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ayni vaqtda umumxalq hashari vazirlik hududiy bo‘linmalari tomonidan ham joylarda o‘tkazilmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
05:33
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Ekologiya_burchagi #Maktabgacha_taʼlim ✅Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 7-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan "Ekologiya burchagi" – o‘rganish, kuzatish va tabiatga mehr uyg‘otish uchun ajoyib maskan bo‘lib xizmat qilmoqda. ♻️Bolajonlarimiz bu yerda turli o‘simliklar va hayvonot olami bilan yaqindan tanishish, hamda tabiatni asrashga oid ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
IMG_4304.MP4120.95 MB
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz ✅Poytaxtimizda joriy yilning 20-21-avgust kunlari "Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va "komplayens-nazorat" tizimi samaradorligini oshirish" mavzusida o'quv-seminar bo’lib o’tdi. ⏺Ushbu seminarda davlat organlari va tashkilotlari korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining 130 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
◾️Yangi yondashuvga muvofiq, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari endi xavflarni aniqlash, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish va davlat tuzilmalarining kundalik faoliyatiga halollik hamda shaffoflik tamoyillarini joriy etishning amaliy vositasiga aylanadi.
🔹 Ishtirokchilar soha ekspertlari bilan manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish, davlat xizmatchilarining korrupsiya xavf-xatarlariga bardoshliligini baholash va ularni kamaytirishning xorijiy usullarini qoʻllash boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazdilar. ➡️Seminar yakunida barcha ishtirokchilar faol qatnashganlari uchun maxsus sertifikatlar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Repost from TgId: 2511921971
Фото недоступноПоказать в Telegram
📣 Al-Xorazmiy universitetiga qabul imtihoni 26-avgust kuni o'tkaziladi ✅ Imtihonda qatnashish uchun ruxsatnomani yuklab olishingiz kerak. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingizga kirib, Permit Card bo'limidan yuklab olishingiz mumkin. 👉Ruxsatnoma yuklab olish uchun havola 📋 Ruxsatnomada imtihon o'tkaziladigan manzil hamda vaqt haqida batafsil ma'lumot keltirilgan. ❗️Imtihonga o'zingiz bilan quyidagilarni olib kelishingiz talab qilinadi: 🔹Ruxsatnoma (qog‘ozga chop etilgan holda) 🔹Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi (pasport yoki ID karta) ❌ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi yoki ruxsatnomangiz bo‘lmagan taqdirda, imtihonga kirishga ruxsat etilmaydi. 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #ruxsatnoma #exam 👇 Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
Показать все...
#Seminar_trening ✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Britaniya Kengashi hamkorligida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan xalqaro trening tashkil etildi. Tadbirning ochilish marosimida vazir orinbosari Sardor Radjabov ishtirok etib, trening ishida muvaffaqiyat tiladi. ➖ Ma'lumot o‘rnida: Buyuk Britaniyaning Norwich Institute for Language Education mutaxassislari xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashmoqda.
📊 Treningda O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va 12 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 41 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda. Ular PRESETT dasturini xalqaro mezonlarga moslashtirish, o‘quv dasturi xaritasini ishlab chiqish hamda refleksiya tamoyillarini ta’lim jarayoniga singdirish bo‘yicha muhokamalar olib bormoqda.
🔰 Trening jarayonlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo'lib o‘tmoqda va 3 kun davom etadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
03:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Maktabgacha_taʼlim Sog‘lom ovqatlanish — bolalar salomatligi garovi!
✅Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi davomida poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 269-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishi alohida e’tibor bilan tashkil etilgan.
🫥 Ovqatlar gigiyena talablariga qat’iy rioya qilgan holda, sanitariya qoidalari asosida tayyorlanmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
2025-08-21 09.33.55.mp460.46 MB
📰📰📰📰📰📰📰 #Seminar_trening 🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNICEF va Cambridge University Press & Assessment tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar-treninglar davom etmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
00:37
Видео недоступноПоказать в Telegram
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🔺Norvich til taʼlimi instituti mutaxassislari ishtirokida 100 soatlik malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari hamda kontent materiallarini ishlab chiqishda barcha fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruh uchun tashkil etilgan o‘quv seminar jarayonlari. 👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
NILE.mp473.50 MB
02:19
Видео недоступноПоказать в Telegram
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 #No_comment ”Oʻquvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusidagi treninglarning birinchi kunidan videolavha. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
Nizomiy Psixologlar Bilan Uchrashuv.mp428.41 MB
✅✅✅✅ 🔰 Rivojlangan davlatlar tajribasi, yosh psixologlar uchun ilmiy adabiyotlar va attestatsiya jarayonlariga oid taklif — Vazir psixologlar bilan uchrashdi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova v.v.b maktab psixologlari bilan ochiq muloqot qildi. 📊 Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, o’z savol va takliflarini bildirishdi. Muloqot davomida jumladan: ➖psixologlar uchun kasbiy rivojlanish treninglarini muntazam yo‘lga qo’yish, ➖attestatsiya sinovlarida amaliyotga bog‘langan savollar sonini ko‘paytirish, ➖ “Yil psixologi” tanlovini joriy etish kabi ko‘plab taklif hamda sohaga oid fikr-mulohazalar tinglandi.
Ma’lumot o‘rnida: ushbu muloqot “Oʻquvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusidagi treninglar doirasida bo‘lib o’tdi.
🌐 JONLI EFIR 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
📰📰📰📰📰📰📰 #Maktabgacha_taʼlim Janubiy Koreya mutaxassislari Toshkentda! ✅Bugun poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 122-sonli DMTTda Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Dong-Eui universiteti mutaxassislari ishtirokida tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan muloqat bo’lib o’tdi. 🗣Ota-onalarga sentabrdan dekabrgacha sinov sifatida amalga oshiriladigan o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim dasturining mohiyati, nazariy asoslari va amaliy tatbiqi to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.
➡️Shuningdek, ota-onalar uchrashuv davomida bola miyasi tana orqali – his qilish, ushlab ko‘rish va bevosita tajriba qilish orqali samaraliroq rivojlanishi haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda: ➖ Ta’limda xususiy sektor uchun keng yo‘l ochib berilgani hisobiga oxirgi sakkiz yilda xususiy bog‘chalar soni 31 mingga, maktablar esa 645 taga yetdi. Endilikda bog‘cha qamrovi 70-80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengillik beriladi. Avvalo, bu tumanlardagi bog‘cha va maktablarni bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi. Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30 yil davomida undirilmaydi, ularga davlat bog‘chasida har bir bolaga ko‘zda tutilgan xarajatning yarmi subsidiya qilib beriladi. Ushbu tumanlardagi boshqa joylarda bog‘cha tashkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi, tarbiyachilarining maoshi uch yilgacha to‘lab beriladi — dedi Prezident.
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
Pedagoglar navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tmoqda
➡️Xabaringiz bor, davlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan. Ushbu qarorga muvofiq, ayrim pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda. ➖19-21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur sinovlarda Toshkent shahridan 611nafar, Toshkent viloyatidan 1436 nafar pedagog o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi. ➕Nazorat sinovlarida Kasbiy sertifikat olishga daʼvogar bo‘lgan davlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotidagi stajor-o‘qituvchilar yoki attestatsiyadan o‘ta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar ishtirok etadi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
👍 A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Jasorat maktablari” o‘qituvchilari uchun maxsus malaka oshirish kurslari boshlandi.
✅Jasorat maktablarida chuqurlashtirib o‘qitiladigan fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu kurslarda Respublika umumtaʼlim maktablarida matematika, fizika, tarix, ingliz tili hamda jismoniy tarbiya fanlaridan dars berayotgan pedagoglar ishtirok etmoqda. Seminarning asosiy yo‘nalishlari: ✨ O‘qituvchilarning ilmiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish; ✨5E va 4K modellari asosida darslarni loyihalash; ✨Raqamli ta‘lim texnologiyalari va elektron platformalardan samarali foydalanish; ✨Interfaol metodlar va muammoli o‘quvchilar bilan ishlash; ✨Baholashning zamonaviy yondashuvlari — formativ va summativ usullar; ✨Kasbiy motivatsiya va muloqot madaniyatini mustahkamlash. 👍 A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
✅✅✅✅ #Seminar_trening 🔴 “Oʻquvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusidagi Respublika psixologlari oʻquv-seminaridan fotoreportaj.
📊 Ma’lumot o’rnida: trening 2 kun davom etadi. Unda sho’balar kesimida mahorat darslari va interaktiv mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
🌐 PRESS-RELIZ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
02:44
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Ekologiya_burchagi #Maktabgacha_taʼlim "Ekologik soʻqmoq" boʻylab sayohat. ✅Samarqand viloyati Ishtixon tumani 5-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Jajji ekologlar" bilan uchrashuv 📽️Maxsus tayyorlangan videorolikda bolajonlarimiz: 🌱"Smart solve" metodi orqali ona tabiatimizni asrash maqsadida chiqindilardan foydali buyumlar yasashni oʻrganishadi. Ona tabiatimizdagi biz uchun juda muhim boʻlgan suv, havo, tuproq, jonli va jonsiz tabiatni asrab avaylaydilar. ♻️ Mazkur “Ekologik soʻqmoq”ning asosiy maqsadi – tarbiyalanuvchilarda kichik yoshdan boshlab tabiatga mehr, atrof-muhitga e’tibor va ekologik madaniyatni rivojlantirishdir.
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
2025-08-20 09.30.09.mp446.23 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
✅✅ #Seminar_trening 🔴 Ayni damda “Oʻquvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusidagi Respublika psixologlari oʻquv-seminariga start berildi. 🌐 JONLI EFIR 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
✅✅✅✅ #Seminar_trening 🔴 Ayni damda Respublikamiz boʻylab yangi baholash tizimiga oʻtgan umumta'lim maktablari direktor oʻrinbosarlari uchun “Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusidagi seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan. Mahorat darslarida quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berilmoqda: mezonlarga asoslangan baholash tizimining o‘ziga xos jihatlari; baholash mezonlarini belgilash tartibi; yangi baholash tizimini amaliyotda samarali qo‘llash yo‘llari. _______ 📍 Fotolavhalarda Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan. Bizni kuzating: Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
IMG_0774.MP432.00 MB
02:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Maktabgacha_taʼlim ✅ 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 16- va 24-sonli DMTTlarda ekologik burchaklar va yo‘lakchalar tashkil etildi. 🌱 Mazkur tashabbus asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik burchaklar barpo etilib, bolalarda tabiatni anglash, ekologik ong va ijodkorlikni uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratilmoqda.
➡️Bu maskanlarda tarbiyalanuvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali gullar, daraxtlar, qushlar tasvirini chizadilar, tabiat boyliklaridan foydalanib turli maketlar tayyorlaydilar.
🌍 Shuningdek, ekologik yo‘lakchalar bolalar uchun amaliy bilim maktabi vazifasini bajarib, ularga “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob o‘simlik va hayvonlar haqida tushuncha beradi, tabiatni muhofaza qilishning ahamiyatini chuqur anglatadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показать все...
IMG_4235.MP444.29 MB