ru
Feedback
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Открыть в Telegram

⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
14 812
Подписчики
+2624 часа
+587 дней
+8130 день
Архив постов
00:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
🆔 iPhone Face ID orqali telefonni qulfdan chiqarishda egasini infraqizil datchik yordamida aynan shu tarzda “ko‘radi”. ℹ️ Sensor yuzning 3D xaritasini yaratish uchun taxminan 30 000 ta ko‘rinmas nuqtadan foydalanadi. Bu xarita real vaqt rejimida yangilanadi, shu sababli smartfon odamni ko‘zoynakda, soqol bilan yoki bo‘yanilgan holatda ham bemalol taniydi. ➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
Показать все...
IamKyros69-2002349056224604604-01.mp43.61 MB
star reaction 1🤮 31👍 17 3😱 1👾 1
📱 Xiaomi rasman Xiaomi 17 Ultra flagman smartfonini taqdim etdi ℹ️ Kompaniya bu modelda Leica kamerasiga va haqiqiy fotoobyektivga o‘xshash mexanik boshqaruv halqasiga katta urg‘u berdi. Bu yechim qurilmani boshqa Ultra modellardan ajratib turadi va uni mobil fotografiyaga yo‘naltirilganini ko‘rsatadi. 📸 Smartfon kamerasi: - 50 MP asosiy modul - 200 MP teleobyektiv - 50 MP keng burchakli kamera 🔍 Mexanik halqa yordamida zum, fokus va suratga olish sozlamalarini qo‘lda boshqarish mumkin. ⚙️ Texnik xususiyatlari: - Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori - 6,9 dyuymli ekran - 6800 mA·soat batareya 💵 Boshlang‘ich narxi — $970. 📅 Sotuvlar bugundan boshlab Xitoyda boshlandi. ➡️ #xiaomi | Birinchi IT-Blog
Показать все...
👍 20 4🗿 4🔥 3👾 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🧍‍♂ Tim Kuk Nike aksiyalarini deyarli 3 mln dollarga sotib oldi ℹ️ U 50 000 dona aksiyani har birini $58,97 dan olgan. Ushbu bitimdan so‘ng, kompaniya avvalgi muammolar va kurslarning pasayishiga qaramay, Nike aksiyalari yana o‘sishni boshladi. ➡️ #nike | Birinchi IT-Blog
Показать все...
🔥 26👍 6 1👾 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🎵 Qaroqchilar Spotify’dan 86 milliondan ortiq trekni yuklab olib, ularni ochiq foydalanishga chiqarib yuborishdi. ℹ️ Ma’lum qilinishicha, ushbu sizib chiqish ortida Anna’s Archive faollari turibdi. Ular bu orqali “insoniyatning raqamli merosini saqlab qolish”ni maqsad qilgan va 300 TB hajmdagi arxivni P2P orqali tarqatishni rejalashtirmoqda. ✅ Spotify sizib chiqish holatini tasdiqladi va hozirda hodisa yuzasidan faol tergov olib bormoqda.
Показать все...
23👍 17👾 4🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🎮 Rasmiy tasdiqlandi: Electronic Arts Tramp oilasi nazoratiga o‘tadi 🤝 Kompaniya aksiyadorlari kengashi 55 mlrd dollarlik bitimni ma’qulladi. Bu haqda Bloomberg jurnalisti Sesiliya Di Anastasiya xabar berdi. ℹ️ Amaldagi investorlar har bir aksiyasi uchun 210 dollardan oladi. Shundan so‘ng, videoo‘yinlar giganti birjadan chiqarilib, uchta xaridor mulkiga o‘tadi: Saudiya Arabistoni suveren investitsiya jamg‘armasi, yirik investitsiya kompaniyasi Silver Lake hamda Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerga tegishli bo‘lgan xususiy Affinity Partners kompaniyasi. 📅 Bitimni 2027-yilda yakunlash rejalashtirilgan. Yangi egalari o‘yinlar sifati hozirgi darajada saqlanishini va’da qilmoqda, biroq ayrim ishlab chiquvchilar allaqachon ehtimoliy qisqartirishlarga ma’nan tayyorlana boshlagan. ➡️ #ea | Birinchi IT-Blog
Показать все...
🤡 28premium star reaction 16🍓 2😡 2👾 1
01:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
📽 Avengers: Doomsday (“Marvel — Qiyomat kuni”) birinchi treyleri chiqdi. 📅 Xalqaro premyera 2026-yil 18-dekabrga belgilangan. ➡️ #kino | Birinchi IT-Blog
Показать все...
avengers_doomsday___teaser_trailer_agbo_zia3znfc9fo_f360ce19.mp414.72 MB
premium star reaction 45🔥 27😍 7👎 2🤔 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📦 CS 2’da keyslar olib tashlanadi — nufuzli insayderlar xabar bermoqda. ℹ️ Datamaynerlar ma’lumotiga ko‘ra, Valve keyslarni tasodifiyliksiz maxsus terminallar bilan almashtiradi. Endi o‘yinchilar kerakli skinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishlari mumkin bo‘ladi. 🎰 Bu qaror keyslarni qimor o‘yinlariga tenglashtiruvchi cheklovlarni chetlab o‘tish maqsadida qabul qilinmoqda. ➡️ #cs2 | Birinchi IT-Blog
Показать все...
👍 35 4 2👾 1
O‘zbekiston dunyoning eng yaxshi dasturchilari qatorida 🏆 O‘zbekistonlik ikki nafar dasturchi Istanbulda bo‘lib o‘tgan Yandex Cup 2025 finalida g‘olib bo‘ldi. Xalqaro chempionatda 21 davlatdan 196 nafar finalchi ishtirok etdi, tanlovga esa butun dunyo bo‘ylab 21 mingdan ortiq dasturchi ariza topshirdi. Backend va frontend yo‘nalishlarida g‘oliblikni Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug’aniyev qo‘lga kiritdi. Topshiriqlar real IT-loyihalarga maksimal darajada yaqin bo‘lib, algoritmlardan tortib mashinaviy o‘rganishgacha bo‘lgan masalalarni qamrab oldi. 🤑 Finalning sovrin jamg‘armasi 1,8 milliard so‘mni tashkil etdi. 💪 Biroq eng muhim jihat — bu O‘zbekiston mutaxassislari global darajada raqobatlasha olishlarini tasdiqlashdir. 👉 Batafsil ma’lumot va g‘oliblarning fikrlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin
Показать все...
👍 35🔥 4 3👾 2premium star reaction 1
😢 Afsonaviy Call of Duty o‘yini yaratuvchisi Vins Zampella o‘zining Ferrari avtomobilida yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi 🚨 Respawn Entertainment studiyasi bosh direktori va Call of Duty franshizasining asoschilaridan biri Vins Zampella 21-dekabr kuni Los-Anjelesda sodir bo‘lgan avtomobil halokatida vafot etdi. 📰 Xabarlarga ko‘ra, u avtomobil boshqaruvida bo‘lgan, avariya oqibatida yo‘lovchi ham halok bo‘lgan. U 55 yoshda edi. ➡️ #callofduty #game #cod | Birinchi IT-Blog
Показать все...
IMG_5652.MOV11.90 MB
😭 36🕊 9💔 9👾 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
💬 OpenAI 2029-yilgacha jahon bo‘yicha xotira ishlab chiqarishining 40 foizigacha bo‘lgan qismini band qilib qo‘ydi. 📈 Bu degani, endi xotira kartalari yanada qimmatlashadi. ➡️ #openai | Birinchi IT-Blog
Показать все...
🤬 39👾 8
Фото недоступноПоказать в Telegram
🍏 iPhone 18 Pro ranglari mana shunaqa bo'lsa, nima deysiz? ➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
Показать все...
🤬 40 22🥴 20🤣 8👍 5
🗿 Xitoy onlayn marketpleysida juda noodatiy dizaynga ega planshet topildi. 👀 Ko‘rinishi esa juda tanishdek… ➡️ #kayfiyat | Birinchi IT-Blog
Показать все...
😁 63👾 3👨‍💻 2 1 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Onlayn xarid qilib, pulingizning bir qismini qaytarib olishni xohlaysizmi? Buni imkoni bor! TBC Bank’dan Salom Card bilan AliExpress, Amazon, Taobao, Alibaba va eBay’dagi xaridlaringizdan 5% keshbek* oling. Kiyim-kechak, elektronika, kosmetika, aksessuarlar va boshqa mahsulotlarni xarid qiling va sarflagan pulingizning bir qismini qaytarib oling. Salom Card'ni bepul rasmiylashtiring va hoziroq foydali xaridlarni boshlang! *Oyiga 500 000 so‘mgacha to‘lanadi (1 bonus = 1 so‘m). Xorijda yoki xorij valyutasida xarid qilinganda, Bank kursi bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Batafsil ma’lumot tbcbank.uz saytidagi "Tariflar" bo‘limida.
Показать все...
8
⌨️ Finalmouse ichiga ekran va protsessor o‘rnatilgan Centerpiece klaviaturasini taqdim etdi ℹ️ Unda har bir tugma bosilishi jonlanadi — Unreal Engine 5 asosidagi video-skinlar klavishlarni dinamik animatsiyaga aylantiradi. 🔥 Birinchi partiya 5 daqiqada sotilib ketdi. ⚙️ Asosiy xususiyatlar: - Gateron Black Ink lineer switchlar - USB-C orqali ulanish - Ekran ichki videochip orqali ishlaydi, kompyuterga yuk bermaydi 💸 Narxi — $350 ➡️ #kompyuter | Birinchi IT-Blog
Показать все...
fLaX9izqO7d26zFN.mp49.75 MB
14👍 8 4🆒 3🤮 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
📱 Instagram iPhone'larda Liquid Glass dizaynli interfeysini sinovdan o'tkazayotgan ekan
Показать все...
🤣 85🤓 12🗿 6😁 5👾 3
🎁 Telegramga yangi bayram archasi sovg'asi qo'shildi. Narxi: 50 ⭐️ Limit: ∞ ➡️ #telegram | Birinchi IT-Blog
Показать все...
🎄 97 8👍 3👾 1premium star reaction 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📱 Samsung dunyodagi ilk 2 nanometrli mobil protsessor — Exynos 2600ni taqdim etdi. ℹ️ Ushbu flagman chip kelajakdagi Galaxy S26 smartfonlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Apple’dan oldin chiqishi kutilmoqda. 😅 Bora-bora 0 nm gayaqinlashyapmiz. ➡️ #samsung | Birinchi IT-Blog
Показать все...
star reaction 8👍 43premium star reaction 12👾 7premium star reaction 6🤩 3
00:53
Видео недоступноПоказать в Telegram
video.mp46.47 MB
16👏 5🗿 5🤩 2👎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇨🇳 Xitoyning Noextix robototexnika startapi haqiqiy ish muhitlari uchun mo‘ljallangan yangi gumanod servis robotini taqdim etdi. 🤖 Hobbs W1 nomli bu robot jamoat oldida xizmat ko‘rsatish vazifalariga moslashtirilgan bo‘lib, “ayol uslubidagi” realistik bionik bosh, interaktiv displey, 6 erkinlik darajasiga ega qo‘llar va 5DoF robot kaftlariga ega. ℹ️ Robot to‘liq avtonom harakatlanadi, shu bois odamlar orasida bemalol yurib, kutib olish, yo‘naltirish kabi vazifalarni bajarishi mumkin. 🤖 Noetix’ning aytishicha, Hobbs W1 emotsiyalarni taniy oladi, tabiiy muloqot qiladi, real vaqt rejimida ma’lumotlarni sinxronlashtiradi va turli professional sharoitlarda muammosiz xizmat ko‘rsatadi. ➡️ #robot | Birinchi IT-Blog
Показать все...
10 6👍 4👾 2premium star reaction 1
01:03
Видео недоступноПоказать в Telegram
🗣 ElevenLabs endi raqobatda qiyin ahvolda — uni ochiq manbali Chatterbox Turbo modeli o'yindan chiqarishi mumkin 🆚 Namuna yozuvlarini solishtirsangiz, bu ovoz klonlash va audio generatsiya sohasida haqiqiy portlash ekani ko‘rinadi. Asosiy afzalliklari: • Juda yengil: 350 mln parametrli modelni hatto oddiy kompyuter ham ishlata oladi. • Raqobatchilardan 6 baravar tez audio yaratadi. • Ovoz klonlash uchun atigi 5 soniya yetadi. • Emotsiyani slayderlar yoki promptlar orqali o‘zgartirish mumkin. • 23 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi. 👉 Bepul sinab ko‘rish uchun ushbu havoladan foydalaning. ➡️ #ai | Birinchi IT-Blog
Показать все...
7.77 MB
👍 6 3👾 1premium star reaction 1