#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
Открыть в Telegram
⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Больше2025 год в цифрах

14 735
Подписчики
-5724 часа
-377 дней
+14130 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
📱 Aytgancha, hozir Xitoydagi do‘konlarda hali chiqmagan iPhone 17 Air’ning maketlari qo‘yilgan — ular orqali qurilmaning qalinligini boshqa modellarga solishtirish mumkin.
🎥 #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
🤮 30👾 12👎 1🥴 1🦄 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📱 Xiaomi yangi dizayndagi kuchli kamera va yuqori samaradorlikka ega Redmi A5 smartfonini taqdim etdi
ℹ️ Xiaomi o‘zining Redmi A5 smartfonini yangi dizaynda namoyish etdi. Ushbu qurilma yangilangan va kuchli kameralar, shuningdek, 120 Gs chastotaga ega kattalashtirilgan displey bilan jihozlangan.
📱 Redmi A5 smartfoni qora, oltin, yashil va ko‘k ranglarda hamda turli hajmdagi tezkor xotira va doimiy xotira konfiguratsiyalarida taqdim etilmoqda.
Narxlar:
• Redmi A5 (3 GB + 64 GB) — 1 185 000 so‘mdan
• Redmi A5 (4 GB + 128 GB) — 1 370 000 so‘mdan
🛒 Smartfonlar Xiaomi Store, CA Store, Idea, Mediapark, Texnomart, Joybox va Uzum kabi rasmiy savdo nuqtalari orqali xarid qilish uchun mavjud.
👍 32👎 20🤡 7⚡ 2👌 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📱 Aytishlaricha, Nubia Z70S Ultra shunaqa ko'rinishda bo'larmish
👀 Xo'sh, yoqdimi?
👍 69🤮 14🆒 13⚡ 3✍ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️ 10G internet endi fantastika emas!
🇨🇳 Xitoyning Syun’an tumanidagi aholiga 9834 Mbit/s tezlikdagi tarmoq ochildi.
🆚 Solishtirish uchun: bu tezlikda 8K formatdagi 2 soatlik filmni atigi 72 soniyada yuklab olish mumkin. Yaqin orada Xitoyda yana 168 ta hududda 10G tarmoq ishga tushiriladi.
🤔 “6G–9G qayerda?” deb hayron bo‘lish mumkin. Aslida bu mobil aloqa avlodlari emas, balki 10 gigabitli tezlikni bildiruvchi texnologik belgi, xolos. Generation ma'nosida yozmadik xullas))
👍 70⚡ 8👎 5
👟 Nike yangi Hyperboot krossovkalarini taqdim etdi — ular kompressiya va qizitish tizimlariga ega!
ℹ️ Hyperice brendi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu model professional sportchilar uchun mo‘ljallangan.
🏃♂️ Hyperboot mashg‘ulot oldidan mushak va bo‘g‘imlarni tezroq qizitishga, mashg‘ulotdan so‘ng esa tiklanishga yordam beradi — bu issiqlik va kompressiyali massaj orqali amalga oshadi.
🔋 Ichki akkumulyatorlar 1,5 soatgacha ishlaydi, butun juftining og‘irligi esa 1,7 kg.
🌡 Uchta harorat darajasi mavjud: 44 °C, 48 °C, 52 °C.
👟 Kompressiya bosimi ham uch xil: 50, 130 va 210 mm rt. ust.
📱 Bularni krossovkaning tugmalari orqali yoki mobil ilova orqali boshqarish mumkin.
💸 Narxi — $899
📅 Sotuvlar 17-maydan boshlab Shimoliy Amerikada, keyinchalik boshqa hududlarda ham boshlanadi.
🎥 #nike #sport | Birinchi raqamli IT-Blog
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️ GPT-o3 chiqdi — neyrotexnologiyalar olamining yangi qiroli!
⚠️ Qisqa va lo‘nda tushuntiramiz:
— GPT-o1 endi tarixda. Yangi model uni to‘liq almashtirdi va har jihatdan ustun.
— Bu endi oddiy chat-bot emas, to‘laqonli sun’iy intellekt tizimi.
— Kodni yozishda yirtqich. OpenAI dasturchilari ham tan oldi — bu model ularning o‘zlaridan ham yaxshiroq yozmoqda.
— Codeforces va boshqa platformalarda masalalarni chempion darajasida hal qiladi, raqobatchilarni yanchib tashlaydi.
— Ilmiy maqolalarmi? Bir zumda o‘qib, tahlil qiladi, asosiy fikrni topadi va xulosa chiqaradi.
— G‘oyangizni davom ettiradi — kontekstni yo‘qotmaydi, mantig‘iy rivojlantirishni taklif qiladi.
— Formulalardan qo‘rqmaydi: fizika, matan, kimyo, iqtisod — nima bo‘lsa ham yuklayvering.
— GPT-o3 va o4-mini — bugundan boshlab pullik obunachilar uchun mavjud.
🤯 Bu oddiy vosita emas. Bu — insoniyatning keyingi bosqichi.
🎥 #chatgpt #openai | Birinchi raqamli IT-Blog
Фото недоступноПоказать в Telegram
🍎 iPhone’ingizni zudlik bilan yangilang — Apple barcha qurilmalar uchun favqulodda yangilanish chiqardi
❕ Yangilanishlar iPhone, iPad, Mac, Apple TV va Vision Pro uchun taqdim etildi — tizimlarda ikki jiddiy xavfsizlik zaifligi topildi va ular haqiqiy xakerlik hujumlarida allaqachon ishlatilgan.
🍏 Tahdid ostida — iPhone XS va undan keyingi barcha modellari.
⚠️ Agar yangilanishni keyinga qoldirgan bo‘lsangiz — hozir aynan yangilash vaqti.
🎥 #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
🗿 22👍 12👾 3❤ 2🤮 2
🔴 RedMagic 10 Air — yangi avlod o‘yin smartfoni taqdim etildi!
💡 Asosiy xususiyatlar:
Protsessor: Snapdragon 8 Gen 3
Ekran: 6.8 dyuymli AMOLED, FHD+ (2480x1116), 120Hz yangilanish tezligi
Operativ xotira: 12GB yoki 16GB
Doimiy xotira: 256GB yoki 512GB
Kameralar: Orqa — 50MP + 50MP; Old — 16MP (ekran ostida joylashgan)
Batareya: 6000 mAh, 80W tezkor quvvatlash
Operatsion tizim: RedMagic OS 10.0 (Android 15 asosida)
🎮 O‘yinchilarga mo‘ljallangan imkoniyatlar:
- 520Hz sensorli yelkama tugmalar
- Red Core R3 yordamchi chipi — ovoz, tebranish va yoritishni real vaqt rejimida sozlaydi
- “Composite Liquid Metal 2.0” sovutish tizimi — grafit, termogel va bug‘ kamerasi bilan jihozlangan
🎨 Rang variantlari: Shadow Black, Frost Blade White, Flame Orange
Heyup
💵 Narxlar:
12GB/256GB — 3499 yuan (~$476)
16GB/512GB — 4199 yuan (~$571)
📦 Sotuvlar Xitoyda mavjud, xalqaro versiyasi 23-aprelda boshlanadi.
🎥 #redmagic | Birinchi raqamli IT-Blog
⚡ 22👍 7❤ 5🆒 4😁 2
📱 Samsung kompaniyasi Android 16 asosidagi One UI 8 interfeysining dastlabki skrinshotlarini taqdim etdi
🆕 Bu yangilanishda dizayn o‘zgarishlari minimal bo‘lib, asosan mavjud funksiyalarni takomillashtirishga qaratilgan.
🔍 Asosiy yangiliklar:
- Now Brief funksiyasi: Endilikda 2024-yilgi barcha flagman modellarda mavjud bo‘lib, foydalanuvchining tanlangan ilovalaridan shaxsiylashtirilgan qisqacha ma’lumotlar lentasini shakllantiradi.
- Log video yozuvi: Avval faqat Galaxy S24 va S25 seriyalarida mavjud bo‘lgan bu professional video yozish rejimi endi boshqa qurilmalarda ham qo‘llab-quvvatlanadi. Bu rejimda yozilgan videolar kengaytirilgan dinamik diapazonga ega bo‘lib, tahrirlashda ko‘proq moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
- Quick Share menyusi: Fayl almashish funksiyasi endi "Qabul qilish" va "Yuborish" bo‘limlariga ajratilgan, bu esa qurilmaning ko‘rinuvchanligini boshqarishni osonlashtiradi.
- Ilovalar interfeysi: "My Files" va "Gallery" ilovalari dizaynida kichik o‘zgarishlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchi tajribasini yanada yaxshilaydi.
📱 Yangilanishni qabul qiladigan qurilmalar:
One UI 8 yangilanishi quyidagi Samsung qurilmalari uchun taqdim etilishi kutilmoqda:
- Galaxy S seriyasi: S22, S23, S24, S25 va ularning FE modellari.
- Galaxy Z seriyasi: Z Fold 4, 5, 6, 7 va Z Flip 4, 5, 6, 7.
- Galaxy Tab seriyasi: Tab S9, S10 va ularning variantlari.
- Galaxy A seriyasi: A35, A55 va boshqa tanlangan modellari.
📅 Chiqarilish sanasi:
Google Android 16 versiyasini 2025-yil iyun oyida chiqarishi kutilmoqda. Samsung esa One UI 8 yangilanishini Galaxy Z Fold 7 va Z Flip 7 qurilmalari bilan birga iyul yoki avgust oylarida taqdim etishi mumkin.
🎥 #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 39🤬 6❤ 3🤡 3🤮 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
📱 Android qurilmalari endi har 3 kunda avtomatik ravishda "perezagruzka" bo'ladi
🔐 Nima uchun? Qurilma 72 soat davomida umuman ochilmasa (ya’ni, parol bilan blokdan chiqarilmasa), u avtomatik tarzda qayta ishga tushadi va “birinchi ochilishgacha” holatiga qaytadi. Bu holatda ma’lumotlar kuchliroq shifrlanadi va begonalarga kirish qiyinlashadi.
▶️ Bu yangilik Google Play Services 25.14 versiyasi orqali joriy etiladi, Android operatsion tizimining yangilanishisiz ham ishlaydi.
🍏 iOS 18 tizimida ham shunga o‘xshash funksiya bor (4 kunlik interval bilan).
☑️ GrapheneOS foydalanuvchilari bu muddatni 10 daqiqadan 72 soatgacha sozlashi mumkin.
🛡 Yangi funksiya smartfon xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Smartwatch va Smart TV qurilmalarga taalluqli emas.
🎥 #android | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 37🤬 21🤷♂ 8⚡ 2👎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Keng qamrovli IT xavfsizlik: tashkilotni tahdidlardan qanday himoya qilish mumkin?
30-aprel kuni soat 19:00 da Toshkentda IT-infratuzilma provayderi @servercorenews tomonidan yopiq IT-kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Tadbirda kompaniya mutaxassislari O‘zbekiston IT-bozor yetakchilari bilan birgalikda har bir biznesni tashvishga solayotgan asosiy mavzu – xavfsizlikni muhokama qiladi.
Havola orqali bepul ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/qkxzv
Servercore - Toshkent, Olmaota va Nayrobida mavjud bo‘lgan xalqaro IT-infratuzilma provayderi. Kompaniya biznes uchun IT- infratuzilmasini — bulutli yechimlarni, shuningdek ijara uchun mahsus serverlarni taqdim etadi.
👍 6☃ 1👾 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🤦♂️ Xullas, tartibsiz bo'lib ketgan transport sohamizda yana bir kulgili ish...
⚠️ "Road24" o'rniga davlatning rasmiy "Safe Road YHXX" ilovasi chiqdi deyishdi. Tekshirdim, ro'yxatdan ham o'tmasdan qotib qoldi.
😏 Tuppa-tuzuk ishlab turgan "Road24" ilovasini ham ko'ra olishmadi. Erta-indin yangi tizim abonent to'lovi bilan ishlaydigan bo'lib ketsa ham ajablanmayman (unday bo'lmasin ham ishqilib).
➡️ #avto | Birinchi raqamli IT-Blog
😁 78🤡 19👍 16🤬 11👾 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shunchaki kulib qo'ydim... Qaytaraymi?)
😁 75🤡 28🤣 11👾 3👎 2
