ru
Feedback
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Открыть в Telegram
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
95 958
Подписчики
-324 часа
+2887 дней
+9430 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
#uchrashuv Samarqandda tadbirkorlar uchun soliq qonunchiligidagi yangiliklarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimizning 2025-yil 10-dekabrdagi 246-son Farmonining mazmun-mohiyati soliq to‘lovchilarga kengroq tushuntirildi Seminarda 700 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etdi. Shuningdek, hududlardagi soliq to‘lovchilar bilan onlayn tarzda muloqot qilish imkoniyati yaratildi. Ochiq muloqot davomida Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i F. Babayev farmonda belgilangan asosiy yo‘nalishlar — naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda biznes faoliyatida shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — Raisning matbuot kotibi T. To‘rayev Farmonning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka sodda va tushunarli tarzda yetkazib berdi. Tadbirkorlar o‘z faoliyatiga doir savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, ularga aniq va batafsil javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bunday ochiq muloqotlar shaffof iqtisodiyot, adolatli raqobat va barqaror biznes muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
#hamkorlik JDPU va Soliq organlari o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama etildi Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi rahbari To‘rabek To‘rayev, Yirik soliq to‘lovchilar inspeksiyasi shu’ba boshlig‘i Nilufar G‘anixo‘jayeva hamda Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Bobur Ismoilov Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldashev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalar va ishchi-xodimlar uchun soliq sohasidagi yangiliklar bo‘yicha master-klasslar o‘tkazish, seminar va treninglar tashkil etish, shuningdek, namunaviy soliq to‘lovchi madaniyatini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumini 2026-yil yanvar oyida imzolashga kelishib olindi. Suhbat davomida Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi rahbari To‘rabek To‘rayev tomonidan Soliq qo‘mitasining ramziy esdalik sovg‘alari Jizzax davlat pedagogika universiteti rektoriga topshirildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
02:26
Видео недоступноПоказать в Telegram
#uchrashuv Jizzax shahrida tadbirkorlar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarni joriy etish va rivojlantirishga bagʻishlangan seminar tashkil etildi Tadbir Prezidentimizning 246-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish maqsadida oʻtkazildi. Seminar videokonferensiya aloqa shaklida ham oʻtkazilib, bu Jizzax viloyati tumanlaridagi tadbirkorlarga masofadan turib ishtirok etish va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish imkonini yaratdi. Seminar davomida mutaxassislar yangi tartiblar biznes yuritish hamda iqtisodiy rivojlanish uchun qanday imkoniyatlar yaratishini batafsil tushuntirdilar. Tadbirkorlar ushbu yangiliklarning dolzarbligini taʼkidlab, ilgari surilayotgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar. Naqd pulsiz hisob-kitoblarga oʻtish orqali faoliyat shaffofligi oshishi va biznesni yuritish ancha soddalashishi alohida qayd etdilar. _____________ #встреча В Джизаке прошёл семинар для предпринимателей о внедрении и развитии безналичных расчётов Мероприятие было посвящено разъяснению положений Указа Президента №246, направленного на популяризацию безналичных расчетов и сокращение доли теневой экономики. Семинар прошёл также в формате видеоконференц-связи, что позволило предпринимателям из районов Джизакской области принять участие и задать интересующие вопросы. В ходе встречи эксперты разъяснили преимущества новых правил для бизнеса и для экономики в целом. Предприниматели отметили важность таких нововведений и выразили поддержку инициативам, подчеркивая, что переход на безналичные расчёты повышает прозрачность деятельности и облегчает ведение бизнеса. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
Seminar_Jizzax.mp478.31 MB
02:00
Видео недоступноПоказать в Telegram
#yangi_yil_pochtasi Soliq qo‘mitasi raisining Yangi yil sovg‘alari farg‘onalik bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi Xabaringiz bor, joriy yil 20-noyabr kuni Soliq qo‘mitasi tomonidan “Raisga Yangi yil maktubi” deb nomlangan ezgu aksiyaga start berildi. Mazkur loyiha doirasida Farg‘ona viloyati soliq xizmati organlarida mehnat qilayotgan xodimlarning 14 nafar farzandlari ishtirok etdilar. Bolajonlar yil davomida o‘zining qo‘lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlari, ota-onasining kasbini qanday tushunishi va tasavvur qilishi haqida yozgan hikoyalari, chizgan rasmlari, kichik qo‘l mehnati buyumlari bilan o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar. Shu munosabat bilan, har bir maktub egalariga Soliq qo‘mitasi raisining javob xati hamda Yangi yil sovg‘alari yetkazildi. Kichkintoylar tabrik va sovg‘alardan bag‘oyatda mamnun bo‘lib tashakkurlar aytdilar hamda kelajakda Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan insonlar bo‘lib ulg‘ayishga vada berdilar. _____________ #новогодняя_почта Праздник детских писем в Фергане Награждение участников новогодней акции "Письмо председателю" продолжается, наполняя декабрьские дни чередой маленьких чудес. Праздничные встречи уже прошли для ребят из Ташкента и Ташкентской области, Бухарской, Андижанской и Сурхандарьинской областей. И вот эстафету подхватила Ферганская область, где письма написали 14 детей сотрудников органов государственной налоговой службы. Юные участники с большим воодушевлением рассказывали о школьных победах, первых достижениях, делились размышлениями о профессии родителей и трогательными детскими мечтами. Строчки были наполнены искренностью, душевным теплом и верой в новогоднее волшебство. Каждый ребенок получил в ответ персональное письмо от имени председателя Налогового комитета и праздничный подарок. Ребята с большой радостью принимали поздравления и пообещали вырасти честными и ответственными гражданами своей страны, чтобы в будущем тоже внести свой вклад в ее развитие. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
yangi yil-rais sovgasi_Farg'ona.mp436.34 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#AOS ✅ Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada toʻlovchilar diqqatiga! 2026-yil 1-yanvardan boshlab Soliq kodeksining 470¹-moddasi oʻz kuchini yoʻqotadi. 👉OʻRQ-1014-son 24.12.2024-yil Shu munosabat bilan, amalda qatʼiy belgilangan summadagi soliq toʻlash tartibida faoliyat yuritayotgan soliq toʻlovchilar 2026-yil 1-yanvardan boshlab Soliq kodeksining 467-moddasida belgilangan stavkalar asosida aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash tartibiga oʻtkaziladi. ‼️ Mazkur oʻzgarishlar soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks ettiriladi va qoʻshimcha arizalar taqdim etish talab etilmaydi. ______ #налог_с_оборота ✅ Вниманию плательщиков налога с оборота в фиксированной сумме! С 1 января 2026 года утрачивает силу статья 470¹ Налогового кодекса. 👉 ЗРУ №1014 от 24.12.2024 г. В связи с этим налогоплательщики, уплачивающие налог с оборота в фиксированной сумме, с 1 января 2026 года автоматически переводятся на уплату налога по ставкам, предусмотренным ст. 467 Налогового кодекса. ‼️Изменения автоматически отразятся в персональном кабинете налогоплательщиков. Подача дополнительных заявлений не требуется. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
01:39
Видео недоступноПоказать в Telegram
#yangi_yil_pochtasi Surxondaryo – navbatdagi quvonchli manzil ✅Soliq qoʻmitasi Raisi tashabbusi bilan tashkil qilingan "Raisga Yangi yil maktubi" loyihasida surxondaryolik soliq xodimlarining farzandlari ham faol ishtirok etishdi. 📨Ular oʻzlarining samimiy maktublarini yoʻllab, soliq xizmatidagi ota-onalarining mehnatlari va yil davomidagi shaxsiy yutuqlari haqida fikr bildirishdi. Har bir maktub egalariga Raisning javob xati va esdalik sovgʻalar topshirildi. Bu esa ular uchun yodda qolarli va xursandchilikka toʻla lahza boʻldi. Shu tariqa, loyiha nafaqat bolalarni quvontirmoqda, balki kattalarga ham birday quvonch ulashmoqda. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
СОЛИҚ_ҚЎМИТАСИГА_ЛАВҲА_РАИСГА_МАКТУБ_телеграм.mp436.19 MB
#uchrashuv Jizzaxda naqdsiz iqtisodiyotni kengaytirish va yashirin iqtisodiyotga barham berish masalalari yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazildi Jizzax viloyati soliq boshqarmasida Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokida tadbirkorlar uchun amaliy seminar tashkil etildi. Unda viloyatning turli hududlaridan 350 nafarga yaqin tadbirkorlar qatnashdi. Seminarda Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi Bobir Ismoilov Prezident farmonining asosiy yoʻnalishlari naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va biznesda shaffoflikni taʼminlash masalalariga alohida toʻxtaldi. Soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi – Raisning matbuot kotibi Toʻra Toʻrayev ushbu farmon mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka sodda va xalqchil tarzda yetkazish yuzasidan barcha hududlarda tadbirkorlar bilan bevosita ochiq muloqot formatida seminarlar tashkil etilayotganligini taʼkidladi. Tadbirning eng muhim jihati, tadbirkorlar oʻz faoliyatiga doir savollariga mutaxassislardan aniq va batafsil javoblar oldi. Bunday ochiq muloqotlar orqali shaffof iqtisodiyot, adolatli raqobat va barqaror biznes muhiti shakllanadi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
01:37
Видео недоступноПоказать в Telegram
#naqdsiz_tolov ✅Naqdsiz iqtisodiyotni rivojlantirish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan Farmoni. 👉 PF-246-son 10.12.2025-y. Asosiy maqsadlar (2030-yilgacha): ▪️Yashirin iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga qisqartirish; ▪️ Savdo va xizmatlar sohasida naqdsiz to‘lovlar ulushini 75 foizga yetkazish; ▪️ Rasmiy bandlik darajasini 64 foizga oshirish; ▪️ Iqtisodiy erkinlik va korrupsiyani idrok etish indekslarida O‘zbekiston o‘rnini kamida 30 pog‘onaga yaxshilash. 💳2026-yil 1-apreldan boshlab faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladigan to‘lovlar: ▫️ Davlat xizmatlari; ▫️ Elektr energiyasi, gaz va suv uchun to‘lovlar; ▫️ Alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi; ▫️ Yoqilg‘i quyish shoxobchalari hamda elektromobillarni zaryadlash xizmatlari; ▫️ Qiymati 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar; ▫️ Ko‘chmas mulk hamda ayrim transport vositalari oldi-sotdisi. 📲Yagona QR-kod tizimi 2026-yildan boshlab barcha savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari to‘lovlarni yagona QR-kod orqali qabul qiladi. Tadbirkorlar uchun kafolatlar: ▪️ sayyor soliq tekshiruvlar bodi-kameralar orqali o‘tkaziladi; ▪️ soliq va bojxona jarayonlari soddalashtiriladi; ▪️ Asossiz aralashuvlar cheklanadi. 📊Yashirin iqtisodiyotga qarshi tizimli nazorat: ▪️ Hududiy va sohaviy mas’ullar belgilanadi; ▪️ Daromadlarni deklaratsiyalash tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi; ▪️ Yashirin iqtisodiyot indikatorlari ochiq e’lon qilib boriladi. 📎Maqsad - shaffof iqtisodiyot va adolatli biznes muhitini shakllantirish. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
246+.mp421.92 MB
02:52
Видео недоступноПоказать в Telegram
#yangi_yil_pochtasi Soliq qo‘mitasi Raisining Yangi yil sovg‘alari andijonlik bolajonlarga yetib bordi 🎄Soliq qo‘mitasi Raisining tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Raisga Yangi yil maktubi” loyihasi doirasida Andijon viloyatida 7 nafar soliq xodimlari farzandlari Raisga o‘zlarining samimiy maktublarini yo‘lladi.
✉️ Kichkintoylar o‘z maktublarida kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishi, soliq xizmati xodimining mehnatdagi mashaqqatlari hamda joriy yilda erishgan o'zlarining shaxsiy yutuqlari haqida fikrlarini bayon qilishgan.
🎁 Bolajonlarga Soliq qo‘mitasi Raisining javob xati va esdalik sovg‘alari topshirildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
Raisga xat rolik.mp421.51 MB
#uchrashuv Tadbirkorlik faoliyatida yangi bosqich: qonunchilikdagi muhim yangiliklar muhokama qilindi Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlarni yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi. Tadbirda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Mirzayev hamda Soliq boshqarmasi boshlig‘i X. Bekchanovlar ishtirok etib, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdilar. Xususan, naqd pulsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish orqali biznes muhitini yanada yaxshilash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 👉 PF-246-son 10.12.2025-y. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, batafsil va tushunarli javoblar oldilar. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2025-yil 23-dekabr dekabr oyi uchun: - jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 20 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni. 👉Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi 👉 PF-138-son, 19.08.2025-yil _____________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️23 декабря 2025 года - последний день за декабрь: - уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 20 млрд сумов. 👉ч.2 ст.340 Налогового кодекса 👉№ УП-138 от 19.08.2025 г. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
01:40
Видео недоступноПоказать в Telegram
#ЭСФ #НДС Сегодня, с 22 декабря 2025 года для налогоплательщиков в тестовом режиме запускается автоматизированная система «Оценка уровня риска ЭСФ» .До 1 января 2026 года, пока система работает в тестовом режиме, какие-либо меры применяться не будут. По ЭСФ с высоким уровнем риска сумма НДС автоматически принимается к зачету после уплаты налога в бюджет продавцом или покупателем. 📱 В ходе онлайн-семинара специалистами предоставлены ответы на вопросы по теме. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
Система_по_определению_уровня_риска_ЭСФ.mp432.43 MB
02:02
Видео недоступноПоказать в Telegram
#EHF #QQS Bugun, 2025-yilning 22-dekabridan “EHF xavf darajasini baholash” axborot tizimi soliq to‘lovchilar uchun test rejimida ishga tushirildi. ✅ Test rejimi davrida, yaʼni 2026-yil 1-yanvarga qadar, tizim orqali aniqlangan holatlar boʻyicha hech qanday choralar qoʻllanilmaydi. Xavfi yuqori boʻlgan EHF boʻyicha QQS summasi sotuvchi yoki xaridor tomonidan budjetga toʻlanganda QQSni avtomatik ravishda hisobga olinadi. 📱 Onlayn-seminarda mavzuga doir savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
Soliq_qoʻmitasi_tomonidan_soliq_maʼmurchiligini_takomillashtirishga.mp437.07 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#rasmiy_munosabat Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar bir haftadan beri Ijara.soliq.uz sayti (ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmati) ishlamayotganligidan shikoyat qilishmoqda mazmunida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi: 2025-yil 18-dekabr kuni soat 18:35 da tizimda texnik nosozlik yuzaga kelgan. Biroq, ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni odatiy tartibda ishlab turgan. Mutaxassislar ishtirokida muammo aniqlanib, qoʻshimcha vaqt talab qilinganligi sababli zarur tuzatish ishlari 22-dekabrga qadar olib borildi. Bugun soat 09:00 dan boshlab tizim toʻliq ish rejimida faoliyat yuritmoqda. Bugunning oʻzida tizim orqali 700 tadan ortiq ijara shartnomalari onlayn roʻyxatdan oʻtkazildi. Maʼlumot uchun: soliq tizimidagi barcha elektron xizmatlar bilan bogʻliq texnik nosozliklar va ularni bartaraf etilishi qoʻmita mutaxassislari tomonidan doimiy nazoratga olingan. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. _______________ #официальное_сообщение В некоторых социальных сетях распространились сообщения о том, что предприниматели на протяжении недели жалуются на то, что сайт ijara.soliq.uz (сервис для учета договоров аренды) не работает. По этой ситуации пресс-служба Налогового комитета сообщает следующее: 18 декабря 2025 года в 18:35 в системе возникла техническая неисправность. Однако процесс регистрации договоров субаренды продолжал работать в штатном режиме. При участии специалистов причина сбоя была установлена, и в связи с необходимостью дополнительного времени соответствующие работы по устранению неисправности проводились до 22 декабря. С сегодняшнего дня, с 09:00 часов, система функционирует в полном рабочем режиме. Только за сегодняшний день через систему в онлайн-режиме было зарегистрировано более 700 договоров аренды. Для сведения: все технические неисправности, связанные с электронными услугами налоговой системы, а также их устранение находятся под постоянным контролем специалистов комитета. Приносим извинения за доставленные неудобства. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 22 декабря 2025 года последний день за ноябрь: - представления отчетности и уплаты НДС (ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса); - представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в ноябре были начислены дивиденды и проценты (ч.5 ст.345 Налогового кодекса); - представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов (ч.1 ст.355 Налогового кодекса); - представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами (ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса); за декабрь: - уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога (ч.3 ст.448 Налогового кодекса); за IV квартал: - представления отчетности и уплаты НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме (ч.3-4 ст.281 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющихся плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.3 ст.448 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.6 ст.417 Налогового кодекса); - уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.1 ст.432 Налогового кодекса). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 22-dekabr noyabr oyi uchun: - QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari); - agar noyabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi); - norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi); - yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari); dekabr oyi uchun: - suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi); IV-chorak uchun: - elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS xisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 281-moddasi 3- va 4-qismi); - suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi); - aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi); - aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
01:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
Soliq Qo‘mitasi Raisining Yangi yil sovg‘alari Buxorolik bolajonlarga etib bordi Xabaringiz bor, joriy yilning 20-noyabridan Soliq qo‘mitasi tomonidan «Raisga Yangi yil maktubi» deb nomlangan ezgu aksiyaga start berilgan edi. Mazkur aksiyada Buxoro viloyati soliq organlari xodimlarining 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan 16 nafar farzandlari faol ishtirok etdilar. E’tiborlisi, viloyatimizdan ishtirok etgan barcha bolajonlar o‘zlari chizgan rasmlari, kichik qoʻl mehnati buyumlari hamda hikoyalari bilan o‘z iste’dodlarini namoyon etib, e’tirofga loyiq deb topildilar. Buxoro viloyati soliq boshqarmasida mazkur aksiya Komissiya qarori bilan ijodiy ishlari yuqori baholangan qatnashchilarga “Soliq Qo‘mitasi Raisining Yangi yil sovg‘asi” tantanali topshirildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
ролик.mp4139.37 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
KUN FOTOSI Bolam, kasbingni to‘g‘ri tanlading — chunki kasb faqat rizq manbai balki, u insonning kim ekanini ko‘rsatib beradigan yo‘ldir. Inson o‘z qobiliyatiga mos yo‘lni tanlasa, mehnat majburiyatga emas, ma’noga aylanadi. Shu ma’noda kasb — ichki ovozingga quloq solish, hayot oldidagi javobgarlikni anglash demakdir. Agar niyating pok, mehnating halol bo‘lsa, tanlagan yo‘ling seni nafaqat o‘zingga, balki boshqalarga ham naf keltiradigan insonga aylantiradi. Kasbing orqali tizimga foydang tegsa — mana shu sening eng katta yutug‘ingdir. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
01:51
Видео недоступноПоказать в Telegram
#halollik Agar Siz bo‘lmaganingizda, davlatga xizmat qilish – xalq uchun xizmat qilish ekanini bilmagan boʻlardim... Hammasi uchun Sizga rahmat! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
Rolik_ota-onalarga.mp433.17 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
KUN FOTOSI Ota, sizga ming tashakkur bergan tarbiya va o‘gitlaringiz uchun, chunki ular menga faqat qanday yashashni emas, nima uchun yashashni ham o‘rgatdi. Sizning sukutingiz — sabr darsi, so‘zlaringiz esa vijdon tarozisi bo‘ldi. Siz o‘rgatgan halollik — boyligim, mehnat — tayanch ustunim, insof esa qalbimning qonuni bo‘ldi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...