TerDU rasmiy kanali
Открыть в Telegram
Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Больше2025 год в цифрах

18 908
Подписчики
-3624 часа
-2067 дней
-59530 день
Архив постов
02:50
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda
🟢Oltinsoy tumanidagi 49-sonli maktabda Termiz davlat universiteti professor o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
vaqt 5.mp419.16 MB
🤔 2👍 1
✨Mehr ulashish — eng oliy qadriyat
🟢TerDU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti masʼullari va ko‘ngilli yoshlari Qumqo‘rg‘on tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurildi.
🟢 Tashrif davomida bolajonlar uchun qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ularning kayfiyati ko‘tarildi.
🟢Shuningdek, bolalarga o‘yinchoqlar va sovg‘alar tarqatilib, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatildi. Ushbu ezgu tashabbus bolajonlar qalbida quvonch uyg‘otdi hamda yoshlar ongida insonparvarlik va saxovat tuyg‘ularining yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_4944.MP494.01 MB
❤ 9👍 7🔥 4👏 3🎉 1
🟦🟦🟦🟦
⚡️TerDU talabasi Paraosiyo o‘yinlarida kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi!
🟢BAAning Dubay shahrida joriy yilning 7–14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan “5-Yoshlar Paraosiyo o‘yinlari” musobaqasidan quvonchli xabar!
🟢 Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti 2-bosqich talabasi Do‘syorov Hasan ushbu nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib:
🥈nayza uloqtirish bahslarida kumush medal,
🥉yadro uloqtirish bahslarida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
🏛TerDU jamoasi Do‘syorov Hasan Normengli o‘g‘lini ushbu yuksak yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda yanada katta zafarlar tilaydi!
➡️TerDU – yutuqlar maskani!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 13🔥 5❤ 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
🟢Bayramga tuhfa: Surxondaryo viloyatida 72 ta obyekt foydalanishga topshirildi
🟢 MADHIYAMIZ — YURTIMIZ G‘URURI!
🟢 Markaziy Osiyo davlatlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro yuridik konferensiyada Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi
🟢 TerDUda “Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kursi tashkil etildi.
🟢 TerDUda targ‘ibot tadbiri
🟢 Xotin-qizlar masalalari kengashi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonning demokratik islohotlari davrida gender tenglik tamoyillari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
🟢 TerDU Yuridik fakulteti talabasi — xalqaro maydonda!
🟢 TerDUda korrupsiyaga qarshi tanlov g‘oliblari taqdirlandi
🟢 TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🟢 Surxondaryo viloyati futzal jamoasi O‘zbekiston birinchi ligasidagi ilk o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi
🟢 Bitiruvchilar uchun amaliy imkoniyatlar!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 3👍 1
01:08
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi
🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_9443.MP421.19 MB
❤ 6👍 3👏 1
"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Sevinch Abdumurodova | 42-son
❤ 31👍 7🔥 6👏 4🎉 1
#Mutolaa
🔶 Hikoya: Mahalla
✏️Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyalar to‘plamidan
🕖 Davomiyligi: 12:29
🎧 Hikoya audiosini Dilbar Boboqulova o‘qidi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
mahalla.mp317.17 MB
🔥 4❤ 3👍 3🎉 1
⚡️FUTZALCHILARIMIZNING ZAFARLI ODIMLARI DAVOM ETMOQDA!
✔️Birinchi liga musobaqasining 1-turi doirasida TerDU futzal jamoasi navbatdagi uchrashuvni yirik g‘alaba bilan yakunladi.
🟢13-dekabr, shanba
🟢Birinchi liga. 1-tur, 2-kun
🟢YOSHLAR T.J. – TERDU
🟢Hisob: 2:6
➡️Gollarni koʻrish
🔥Uchrashuv davomida jamoamiz hujumkor, jips va ishonchli o‘yini bilan ajralib turdi. Maydondagi faolligi va samarali harakatlari uchun TerDU talabasi Zuxriddin Suvonov uchrashuvning eng yaxshi futzalchisi sifatida e’tirof etildi.
✨Jamoamizni navbatdagi g‘alaba bilan tabriklaymiz va chempionatdagi zafarli odimlarimiz davom etishiga ishonamiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 12👍 12🔥 4
Repost from Edu.uz
#live #forum #sunʼiy_intellekt
Tadbir davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Vazirlik huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Bahodir Ahmedovning maʼruzalari tinglandi.
Maʼruzachilar sunʼiy intellektni oʻquv jarayoniga integratsiya qilish, talabalar ehtiyojiga moslashtirilgan taʼlim modellarini rivojlantirish, taʼlim jarayonini boshqarishda katta maʼlumotlar tahlilidan foydalanish, shuningdek, akademik halollikni taʼminlashda ilgʻor intellektual texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha oʻzaro tajriba va amaliy yechimlarni taqdim etdilar.
Shundan soʻng, forum oʻz ishini “Oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish”, “Sunʼiy intellekt savodxonligi: etik meʼyorlar va amaliy koʻnikmalar”, “Oliy taʼlimda raqamli transformatsiya”ga bag‘ishlangan panel sessiyalarda davom ettirmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 10❤ 3🔥 2
#kelajakka_qadam
✅Bitiruvchilar uchun amaliy imkoniyatlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14- fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarori ijrosi doirasida mas’ullar fakultetlarida bo‘lib, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminarlar tashkil etishmoqda.TerDU qoshidagi Karyera markazi mas’ullari ATB “Milliy bank” xodimlari va Kimyo fakulteti jamoasi ishtirokida tashkil etilgan seminarlar bitiruvchi talabalarning startap loyihalarini amalda tatbiq etishda xizmat qilmoqda. Seminar davomida: Talabalar tomonidan o‘z biznes g‘oyalari bilan “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qilish tartibi; Bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan 3 turdagi kredit paketlari — “Kelajakka qadam” (10 mln so‘mgacha), “Kelajak uchun start” (100 mln so‘mgacha) “Yorqin kelajak sari” (1 mlrd so‘mgacha) haqida batafsil ma’lumot berildi. 🟢E’tiborli tomoni seminar bitiruvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va kelajakdagi faoliyatida mustahkam qadam tashlashiga katta yordam berdi. 🟢Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 12-dekabr holatiga ko‘ra universitetning 196 nafar talabalariga jami 3.6 (uch milliard olti yuz million) so'mlik tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mablag' ajratildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 5❤ 4👏 2🎉 1
#kelajakka_qadam
✅Bitiruvchilar uchun amaliy imkoniyatlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14- fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarori ijrosi doirasida mas’ullar fakultetlarida bo‘lib, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminarlar tashkil etishmoqda.TerDU qoshidagi Karyera markazi mas’ullari ATB “Milliy bank” xodimlari va Kimyo fakulteti jamoasi ishtirokida tashkil etilgan seminarlar bitiruvchi talabalarning startap loyihalarini amalda tadbiq etishda xizmat qilmoqda. Seminar davomida: Talabalar tomonidan o‘z biznes g‘oyalari bilan “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qilish tartibi; Bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan 3 turdagi kredit paketlari — “Kelajakka qadam” (10 mln so‘mgacha), “Kelajak uchun start” (100 mln so‘mgacha) “Yorqin kelajak sari” (1 mlrd so‘mgacha) haqida batafsil ma’lumot berildi. 🟢E’tiborli tomoni seminar bitiruvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va kelajakdagi faoliyatida mustahkam qadam tashlashiga katta yordam berdi. 🟢Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 12-dekabrbr holatiga ko‘ra universitetning 196 nafar talabalariga jami 3.6 (uch milliard olti yuz million) so'mlik tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mablag' ajratildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🟢Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi "Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Giyohvandlikka yo‘q deymiz!" shiori ostida tarbiyaviy-profilaktik tadbir tashkil etildi.
🟢Tadbirda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi vakillari, universitet rahbariyati va talabalar ishtirok etib, giyohvandlik va narkotik moddalarning zararli oqibatlari, ularning jamiyat va yoshlar hayotiga salbiy ta’siri haqida fikr almashdilar.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 4👍 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
#№68 #Himoya_2025
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢Termiz davlat universiteti "O'zbekiston tarixi va manbashunoslik" kafedrasi o'qituvchisi Shodmonov Anvar Akramovich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "O'zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “Qadimgi O'rta Osiyo aholisi tafakkur taraqqiyoti” mavzusida tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
✨Universitet jamoasi nomidan Anvar Akramovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👏 18👍 10❤ 8🎉 4🔥 1🤔 1
00:53
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi
🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
9.65 MB
❤ 3👍 1
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
02:56
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
IMG_4917.MP4140.55 MB
❤ 9👍 7🔥 3👏 2🎉 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇪🇺Yevropada mavsumiy ishlar, Work and Travel dasturi!
🟢Kimlar qatnashishi mumkin: Talabalar, yoshlar, ayollar, yigitlar va oilalar. Yosh chegarasi 45 yoshgacha!
✅Asosiy ma’lumotlar:
🗓️Muddati: 3–6 oy
💶 Ish haqi: 550 — 1300 yevro (kasb va tajribaga qarab)
🗣 Til talabi: rus yoki ingliz tili
🏢 Tashkilot: Get Work xususiy bandlik agentligi
📍 Ish joylari: oshpaz, bosh oshpaz, administrator, qabulxona xodimi (receptionist, hostess), gigienist va umumiy ishchilar.
✅Afzalliklar:
🏠 Yashash joyi bilan ta’minlanadi
🍽 Kuniga 2–3 mahal ovqat
🤝 Ish beruvchidan ichki ko‘mak
🌍 Xalqaro tajriba va til amaliyoti
✈️Aviachipta xarajatlari qoplanadi
💡Work and Travel dasturi orqali talabalar nafaqat ishlash, balki Yevropani o‘rganish, madaniyat bilan tanishish va ingliz tilini amaliy qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi.📞Telefon: +998 93-638-80-26 📞Telegram: @Salokhiddin_Normuminov
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 8👍 1
🟢TerDUda korrupsiyaga qarshi tanlov g‘oliblari taqdirlandi
🟢9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan universitetimizda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” hamda “Biz tahsil olayotgan ta’lim muassasasida korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzularidagi bilimlar bellashuvi, eng yaxshi insho, eng yaxshi rasm va eng yaxshi videorolik tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🟢Tadbir davomida tanlovlarda faol ishtirok etgan g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
🟢Ma’lumot o‘rnida, korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan turli tanlovlarda 1500 nafardan ortiq talabalar faol ishtirok etdi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 8❤ 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#№67 #Himoya_2025
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢Termiz davlat universiteti "O'zbek adabiyotshunosligi" kafedrasi o'qituvchisi Muxtorova Mahfuza Shavkatjon qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "O'zbek adabiyoti" ixtisosligi bo‘yicha "Shafoat Termiziy she'riyatida obrazlar poetikasi" mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
✨Universitet jamoasi nomidan Mahfuza Shavkatjon qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👏 35🎉 19❤ 9🔥 9👍 5🤔 1
00:57
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi
🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_9409.MP411.27 MB
👍 3❤ 2🔥 1
🟢TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🟢Rektor huzuridagi yig‘ilishda soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim rahbarlari, fakultet dekanlari hamda kun tartibidagi masalalarga daxldor mutasaddilar ishtirok etishdi.
🟢Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🟢O‘quv jarayonlarining borishi, ijro va mehnat intizomi holati,
Darband o‘quv bazasida GES qurilishi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar va obodonlashtirish jarayonlarining ayni holati, 5- va 3-TTJlarni qabul qilish ishlari 2026 yil uchun universitetning istiqbolliy rejasi, KPI tizimini joriy etish masalasi, investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi
🟢Yig‘ilish yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi nazoratga olindi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 20👍 16🔥 3👏 3🤔 2🫡 1
