ru
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

Открыть в Telegram

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
18 872
Подписчики
-3624 часа
-2257 дней
-62030 день
Архив постов
Repost from TgId: 1266055930
Termiz davlat universitetida Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilot va idora vakillari ishtirokida psixologik seminar-trening tashkil etildi...👉batafsil ———— Термиз давлат университетида Ички ишлар бошқармаси ҳамда бошқа ҳамкор ташкилот ва идора вакиллари иштирокида психологик семинар-тренинг ташкил этилди...👉батафсил Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Показать все...
10👍 6🔥 1
#tafsilot TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Rektorimiz huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda prorektorlar, boshqarma va bo‘lim mudirlari, shuningdek kun tartibidagi masalalarga mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar. Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar yuzasidan axborot tinglandi va tegishli vazifalar belgilab berildi: 🟢 Universitetni TOP-1000 talik ro‘yxatiga kiritish hamda xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallash bo‘yicha qilinayotgan ishlar; 🟢 ta’lim sifati va uning eksport salohiyatini oshirish; 🟢 xalqaro hamkorlikni kengaytirish; 🟢 bitiruvchilar bandligini ta’minlash; 🟢 Termiz tumanidagi o‘quv-tajriba xo‘jaligidagi loyihalarning joriy holati. Yig‘ilish yakunida yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish maqsadida mutaxassislarni yuborish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
👍 15🤔 5 3
03:36
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV TerDU professor-o‘qituvchilari tomonidan maktablar bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
vaqt 3.mp425.88 MB
🔥 6👏 4🎉 2 1🤔 1🫡 1
TerDU professor-o‘qituvchilari Turkiyaning yetakchi universitetlarida Ayni kunlarda Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Turkiyaning “Top 1000” reytingiga kirgan yetakchi oliy ta’lim muassasalari — Hacettepe universiteti (QS–641) hamda Anqara universiteti (QS–801)larda xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Tashrif davomida: 🟢Professor-o‘qituvchilarimiz mazkur nufuzli universitetlarning talabalari va professorlari uchun maxsus ma’ruzalar o‘tkazdilar. 🟢Kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. 🟢Turkiyalik hamkorlarning boy axborot-resurs platformalaridan foydalanish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi. 🟢Oliy ta’lim jarayonini tashkil etishdagi ilg‘or tajribalar, dars jarayonlari va ilmiy muhit bilan yaqindan tanishildi. Ushbu tashrif natijasida nomoddiy investitsiyalar doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish, raqamli platformalarda hamkorlikni kengaytirish orqali universitetning ilmiy salohiyati va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
20👍 10🔥 4👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇪🇺Yevropada mavsumiy ishlar, Work and Travel dasturi! 🙋Kimlar qatnashishi mumkin: Talabalar, yoshlar, ayollar, yigitlar va oilalar. Yosh chegarasi 45 yoshgacha! ✅ Asosiy ma’lumotlar: 🗓️Muddati: 3–6 oy 💶 Ish haqi: 550 — 1300 yevro (kasb va tajribaga qarab) 🗣 Til talabi: rus yoki ingliz tili 🏢 Tashkilot: Get Work xususiy bandlik agentligi 📍 Ish joylari: oshpaz, bosh oshpaz, administrator, qabulxona xodimi (receptionist, hostess), gigienist va umumiy ishchilar. ✅ Afzalliklar: 🏠 Yashash joyi bilan ta’minlanadi 🍽 Kuniga 2–3 mahal ovqat 🤝 Ish beruvchidan ichki ko‘mak 🌍 Xalqaro tajriba va til amaliyoti ✈️Aviachipta xarajatlari qoplanadi
💡Work and Travel dasturi orqali talabalar nafaqat ishlash, balki Yevropani o‘rganish, madaniyat bilan tanishish va ingliz tilini amaliy qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi.
📞 Get Work xususiy bandlik agentligiga bog‘lanish uchun: 📱 Telefon: +998 91 789 11 66 📱 Telegram: @Getwork_termiz
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
👍 7 1
00:56
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi 🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
10.19 MB
8
Фото недоступноПоказать в Telegram
E’lon! Hurmatli talabalar! 🟢"Janub Gavhari" talabalar teatri studiyasi ijodkor va iste’dodli yoshlarni kastingga taklif etadi! 🎭 Teatr san’atiga mehr qo‘ygan, sahnada o‘z qobiliyatini sinab ko‘rishni istagan barcha talabalar uchun bu katta imkoniyat! 📅 Sana: 24-noyabr, 14:00 📍 Manzil: Axborot texnologiyalari fakulteti 110-xona Keling va iste’dodingizni keng auditoriyaga namoyish eting! "Janub Gavhari" bilan ijodiy yo‘lingizni boshlang!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
🔥 12 7🎉 1
O‘quv-tajriba xo‘jaligida loyihalar ijrosi o‘rganildi O‘tgan hafta Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Termiz tumanida joylashgan o‘quv-tajriba xo‘jaligida viloyatdagi oliygohlar olimlari va yosh tadqiqotchilarining ilmiy loyihalari taqdim etilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan edi. Topshiriqqa asosan, 3 gektar maydonda 450 dan ortiq bodom, ertapishar shaftoli va o‘rik ko‘chatlari ekilishi hisobiga yangi bog‘ barpo etildi, shuningdek, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish uchun 8 gektarlik tajriba yer maydoni tayyorlandi. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur o‘quv-tajriba xo‘jaligida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif doirasida agrotexnologiyalarni rivojlantirish, yerdan samarali foydalanish, suv va energiya resurslarini tejash, yuqori hosildorlikka erishish hamda talabalar uchun xalqaro amaliyot va ish o‘rinlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotlarda piyoz, indou, rukkola, ukrop, mosh, javdar, bug‘doy, kanop, kungaboqar kabi qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, quyosh energiyasiga asoslangan ekologik toza agrotizim yaratish, to‘qsonbosti usulida ekin ekish texnologiyasi, shuningdek, universitet va "GetWork" agentligi hamkorligida talabalarni xorijga, jumladan Bolgariyaga mehnat migratsiyasiga yuborish rejalari haqida ma’lumot berildi. O‘quv-tajriba xo‘jaligi maydonlaridan samarali foydalanish, talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlash, shuningdek, ularni ta’til davrida yuqori daromadli, qonuniy va kafolatlangan ish o‘rinlari asosida xorijga yuborish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, hududda Termiz davlat universitetiga qarashli qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot va o‘quv-tajriba bazasida baliq chovoqlari yetishtiriladigan inkubatsiya sexi hamda ko‘chat ko‘paytiradigan laboratoriya qurish rejalari bilan ham tanishildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Показать все...
👍 17 3👏 2🔥 1
04:58
Видео недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston vaqti bilan | Talabalar uchun registrator ofisi – raqamli servisning yangi modeli Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Показать все...
122.63 MB
👍 8 7🔥 6👏 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#ota_onalar_fikri | #soʻrovnoma Hurmatli ota-onalar! Ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etayotgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, universitet faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida talabalarning ota-onalari o‘rtasida “Iste’molchilarning ta’lim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi” mavzusi bo‘yicha sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazilayotganligini ma’lum qilamiz va unda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. 🔗 So‘rovnomada qatnashish uchun havola: Talaba ota-onalari uchun so‘rovnoma havolasi 🔎 So‘rovnoma anonim tashkil etilib, uning natijalari muhokama etiladi, ta’lim sifatini oshirish choralari ko‘riladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
👍 11 3
Kuz–qish mavsumida xavfsizlik: TerDUda xonadonbay profilaktika ishlari kuchaytirildi 🟢Kuz–qish mavsumini xavfsiz va betalafot o‘tkazish maqsadida TerDUda xotin-qizlar bo‘yicha inspektor hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari tyutorlar hamrohligida talabalar xonadonlarida profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi. 🟢Havo haroratining pasayishi bilan gaz, elektr yoki muqobil yoqilg‘i bilan ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanish ehtiyoji ortib borayotganligi sababli, uchrashuv davomida talabalar va xonadon egalari uchun yong‘in xavfsizligi talablari, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari, zaharlanishning oldini olish, hamda texnik nosozliklarning oldini olish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar batafsil tushuntirildi. 🟢Tadbir jarayonida ishtirokchilarga maxsus tayyorlangan eslatmalar va tarqatma materiallar topshirildi. Shuningdek, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi. 🟢Mazkur profilaktik uchrashuvlar — kuz–qish mavsumida har bir fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i va osoyishtaligini asrashga xizmat qiladigan muhim qadamdir.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
👍 8
Фото недоступноПоказать в Telegram
#№55 #Himoya_2025 ✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI Termiz davlat universiteti "Zoologiya" kafedrasi tayanch doktoranti Soatova Zarina Akvarovna Guliston davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda  "Zoologiya"  ixtisosligidan  «Boysun tog' tizmasi qorinoyoqli mollyuskalari (Mollusca: Gastropoda) faunasi, ekologiyasi va zoogeografiyasi»  mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Universitet jamoasi nomidan Zarina Akvarovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
👍 49 15👏 7🎉 7🔥 3
00:59
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi 🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
10.77 MB
👍 7 1
01:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
TerDU talabalari va "Yosh iste’dodlar" teatr studiyasi tomonidan "18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun" mavzusida videorolik tayyorlandi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
10.58 MB
👍 9 3
🇺🇿“Bir vatan — bir el — bir bayroq!” Bugun Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti hamda tarix fakulteti talabalari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan “Bir vatan — bir el — bir bayroq” shiori ostida tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Surxandaryo viloyat prokuraturasi vakillari, universitetning professor-oʻqituvchilari, faol talabalar ishtirok etishdi. Bayramona ruhda oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning maʼnosi, shuningdek, uning davlat suverenitetini ifodalovchi muqaddas belgi sifatidagi oʻrni haqida soʻz yuritildi. Soʻzga chiqqanlar bayroq — bu millatning gʻururi, Vatan mustaqilligining timsoli, el-yurt birligining ramzi ekanligini taʼkidlab oʻtishdi. Yoshlar esa oʻz chiqishlarida Davlat bayrogʻiga boʻlgan cheksiz hurmat, faxr va sadoqat tuygʻularini ifoda etishdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
👍 11 6🔥 1👏 1
Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan fakultetlarda “Bir Vatan — Bir El — Bir Bayroq” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Sportchi talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti harbiy xizmatchilarining vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi. Shuningdek, Al Xorazmiy, Al Farobiy kabi ajdodlarimizning izdoshlari bo‘lgan talabalar va ularning ustozlari qatnashgan mazkur tadbir ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tantanali tadbir doirasida turli tanlov va musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlar munosib rag‘batlantirildi. Talabalar nafaqat badiiy chiqishlari orqali bayrog‘imizni tarannum etdilar, balki kimyoviy moddalar orqali bayrog‘imiz tasvirini yaratib o‘z ijodkorliklarini namoyish etdilar.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
10👍 8👏 6🤔 2🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Buxoro xalqaro hamkorlik va gender tenglikka bag‘ishlangan nufuzli anjuman mezboni Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati, “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamda Istanbul tijorat universiteti hamkorligida “Oliy ta’lim tizimida talaba-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va oilaviy hayotga tayyorlash: Gender tenglik, milliy tajriba va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada Turkiya davlatidan tashrif buyurgan faxriy mehmonlar, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, shuningdek, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olima ayollar ishtirok etmoqda. Mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan oliy ta’lim tizimida talaba-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari, gender tenglik bo‘yicha xalqaro tajribalar hamda yangi hamkorlik istiqbollari keng muhokama qilindi. Ta’kidlash joizki, ushbu nufuzli anjumanda Termiz davlat universiteti vakillari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining ilmiy yondashuvlari, tajribasi va tashabbuslarini taqdim etmoqdalar. TerDU delegatsiyasining ishtiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
👍 5
03:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿Vatan bayrog'i 🎙Shaxriyorbek Ostonbekov
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
22.34 MB
🔥 9👍 7🎉 2🫡 2
00:59
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi 🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
IMG_8839.MP411.04 MB
👍 7
Repost from Edu.uz
02:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
#bayram_shukuhi #Kelajak_soati Respublikamiz bo‘ylab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi keng nishonlanmoqda. Bayram munosabati bilan Termiz davlat universitetida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida keng ko‘lamli tantanali tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
02.mp449.52 MB
14🎉 8🔥 4👍 2🤔 1