TerDU rasmiy kanali
Открыть в Telegram
Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Больше2025 год в цифрах

18 872
Подписчики
-3624 часа
-2257 дней
-62030 день
Архив постов
Dasturini quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy/live/18068155265607262
00:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
“Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostidagi gala-konsert boshlanish arafasida...
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_8763.MP443.83 MB
👍 27❤ 7🔥 5👏 4
✅TerDUda ijara xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
🟢TerDUda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mas’ulligida tashkil etilgan profilaktik tadbirda dastlab, fakultet tyutorlariga xavfsizlik choralariga oid ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng ularga biriktirilgan xodimlar fakultetlar kesimida ijara xonadonlarini o‘rganishga chiqishdi.
🟢Tadbir davomida xonadonlarda yong‘in xavfsizligi, is gazidan himoyalanish, elektr va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar o‘tkazildi.
🟢Ushbu sa’y-harakatlar talabalar hayot faoliyatini xavfsiz muhitda tashkil etish, favqulodda holatlarning oldini olish, shuningdek mas’ul xodimlar va tyutorlar o‘rtasida uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 17👍 3🔥 3
00:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
🌎 Hurmatli ustozlar, aziz talabalar!
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Termiz Davlat universiteti stadionida “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida gala-konsert tashkil etilmoqda. Dastur mehmoni Oʻzbekiston xalq artisti, vohadoshimiz Mahmud Namozov.
🙋 Vatanni madh etish, yoshlarni bir bayroq ostida birlashtirishdek ezgu maqsadni koʻzlagan koʻngilochar tadbirga barchangizni, yaqinlaringiz va oila aʼzolaringizni ham taklif etamiz.
⏰️Soat 17:30,
📍 Termiz Davlat universiteti stadioni.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2222222.mp443.05 MB
👍 29❤ 13🎉 7🤔 3🔥 1👏 1
✅ Milliy qadriyat — millat iftixori
TerDUning tarix fakulteti va yuridik fakulteti talabalari ishtirokida “Osh festivali” tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, an’anaviy taomlarimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, talabalarda jamoaviylik va do‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbirga Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri ijodiy jamoasi tashrif buyurib, talabalar tomonidan tayyorlangan milliy taomimiz — palovga baho berishdi, ular bilan samimiy suhbatlashishdi hamda o‘z ijro va chiqishlari orqali bayramona kayfiyat ulashishdi.
Ushbu festival yoshlarimizning faolligini oshirish, do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va milliy an’analarimizni yanada keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
TerDU — qadriyatlarni e’zozlaydigan maskan!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 19❤ 6🔥 2👏 1
01:02
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi
🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_8755.MP412.35 MB
❤ 5👍 5👏 2
Repost from TgId: 2974002786
Показать все...👍 39🔥 11👏 5❤ 2🫡 1
#tafsilot
TERDU KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
2025-yil 13-sentyabr kuni Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan professor-o‘qituvchilarga ehtirom ko‘rsatildi.
Shuningdek, A. Toshqulov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi mazmun-mohiyati haqida fikr yuritib, unda ilgari surilgan g‘oyalarni chuqur o‘rganish va siyosiy bilimlarni boyitib borish zarurligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng Kengash raisi yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalar xususida to‘xtalib o‘tdi. “Surxon tongi” va “Termiz universiteti” gazetalarida e’lon qilingan vakant lavozimlar bo‘yicha tanlov natijalarini tasdiqlash. Bu jarayon inson omilisiz shaffof ovoz berish orqali amalga oshirildi unda nomzodlarning o‘zlari ham ishtirok etishdi.
Kengash yig‘ilishi kun tartibidan o‘rin olgan turli masalalarda Kengash a’zolarining e’tiboriga “Amaliy san’at: badiiy kulolchilik” yo‘nalishidan “Rangtasvir: dastgohli” yo‘nalishiga o‘tgan talabalar uchun fanlar farqini bepul o‘zlashtirishga ruxsat berish;
2026-yil uchun rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingentini belgilash; • Kontrakt to‘lov muddatini uzaytirish; • Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish; • Akademik litseyda tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash; • Innovatsion rivojlanish strategiyasi doirasidagi ayrim loyihalarni moliyalashtirishni bekor qilish; shuningdekk, nomli stipendiyalarga nomzod bo‘lgan talabalar ro‘yxati ham a’zolar tasdig‘idan o‘tkazildi.Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 18👏 16👍 3🔥 2
Repost from Edu.uz
01:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasidan
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
9.40 MB
👍 11❤ 1
Repost from TgId: 3003635911
Фото недоступноПоказать в Telegram
#foydali
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Ilmiy maqolalar yozishda kerak bo‘ladigan eng muhim bazalar va vositalar
Ilmiy tadqiqotlar olib borishda ushbu resurslar sizga muhim maqolalarni topish, o‘z sohangizdagi yetakchi olimlarning ishlarini o‘rganish va maqolalaringizni sifatli yozishda yordam beradi:
⭐ Scopus – ilmiy maqolalar va iqtiboslar bazasi (https://www.scopus.com)
⭐ Web of Science – tadqiqotlar va iqtiboslar monitoringi (https://mjl.clarivate.com)
⭐ ScienceDirect – fan va texnika bo‘yicha maqolalar (https://www.sciencedirect.com)
⭐ ORCID – tadqiqotchilar profilingiz va maqolalar bilan bog‘lanish (https://orcid.org)
⭐ Sci-Hub – ilmiy maqolalarni bepul yuklab olish (https://www.sci-hub.se)
⭐ Scimago – jurnallar reytingi va tahlil (https://www.scimagojr.com)
⭐ Overleaf – LaTeX asosida maqolalar yozish (https://www.overleaf.com)
⭐ TeXStudio – LaTeX muharriri (https://www.texstudio.org)
⭐ MikTeX – LaTeX paketlarini boshqarish (https://miktex.org)
⭐ Scribbr – matnlarni tahrirlash va tekshirish (https://www.scribbr.co.uk)
⭐ QuillBot – matnni qayta yozish va paraphrasing (https://quillbot.com)
⭐ GrindEQ – matematik formulalarni Wordga ko‘chirish (https://www.grindeq.com)
⭐ Preprint – maqolalarni preprint shaklida nashr qilish (https://www.preprints.org)
⭐ ArXiv – fizika, matematika va informatika maqolalari (https://arxiv.org)
⭐ Grammarly – matnni grammatik jihatdan tekshirish (https://www.grammarly.com)
⭐ Scispace / Typeset – maqolalarni formatlash va tahrirlash (https://typeset.io)
⭐ Consensus – tezkor ilmiy tahlil va xulosalar (https://consensus.app)
⭐ Premium Plagium – plagiatni tekshirish (https://premium.plagium.com)
⭐ Mendeley – adabiyotlar boshqaruvi va iqtiboslar (https://www.mendeley.com)
⭐ ResearchGate – tadqiqotchilar hamjamiyati va maqolalar (https://www.researchgate.net)
🌐 TerDU Registrator ofisi
👍 14❤ 3👏 3🔥 2🎉 2
#Ilmiy_faoliyat
TerDUda talaba qizlar uchun ilmiy seminar-trening tashkil etildi
Termiz davlat universitetida talaba qizlar ishtirokida “Maqola yozish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni to‘g‘ri jurnallarda chop ettirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TerDU Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi mutaxassisi Tilovov Mirqosim ishtirok etib, talabalarga ilmiy maqola yozish jarayonining muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
✅ Seminar davomida talaba qizlar:
🟢 ilmiy maqola tuzilishi;
🟢 ilmiy uslub talablari;
🟢 maqolalarni to‘g‘ri jurnalga yo‘naltirish tartibi kabi masalalarda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Ushbu seminar-trening talaba qizlarning ilmiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlash va izlanishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassis tomonidan batafsil javoblarga ega bo‘ldilar.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 27👍 13👏 7🔥 5🫡 2🤔 1🎉 1
04:40
Видео недоступноПоказать в Telegram
Termiz shahrida o‘zbek va jahon adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
voha 1.mp431.19 MB
👍 4❤ 3
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Фото недоступноПоказать в Telegram
Toshkent shahrida bo‘lajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
—
В преддверии седьмой Консультативной встречи глав государств Центральной Азии в Ташкенте опубликована статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Центральная Азия на пороге новой эпохи".
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 6❤ 4
✅ XVIII Nemis tili o‘qituvchilari anjumani bo‘lib o‘tdi!
🟢Kuni-kecha Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan Shveytsariya elchixonasi, Gyote instituti, Xorijdagi maktablar bo‘yicha Markaziy boshqarma (ZfA) hamda Germaniya akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) hamkorligida “Malakali, amaliyot bilan uzviy bog‘liq, kelajakka yo‘naltirilgan” shiori ostida 18-Nemis tili o‘qituvchilari anjumani bo‘lib o‘tdi.
🟢Unda O‘zbekistonning turli hududlaridan 250 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
🟢TerDUdan roman-german tillari kafedrasi dotsenti Imomova Umida va kafedra katta o‘qituvchisi Amanova Yulduz ham mazkur anjumanda faol ishtirok etishdi.
Bunday xalqaro darajadagi uchrashuvlar o‘qituvchilarimizning malakasini oshirish, ilg‘or tajriba almashish va nemis tilini o‘qitish sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👏 16❤ 10🔥 8👍 2🎉 1🫡 1
01:02
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi
🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_8656.MP412.23 MB
👍 5❤ 2🔥 1
Xalqaro hamkorlik doirasida yangi mahorat darslari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-son qarorida belgilangan oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Termiz davlat universitetida yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi.Eron Respublikasining Sheyda instituti musiqa o‘qituvchisi Tahmineh Fakhravari qariyb bir oy davomida “Musiqa ta’limi” kafedrasi talabalariga: “O‘zbekiston va Eron musiqa san’atining bog‘liqligi”, “Eron klassik musiqasi” mavzularida mahorat darslarini o‘tdi. Safar yakunida Tahmineh Fakhravari xonim Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov bilan uchrashib, berilgan imkoniyat va samimiy munosabat uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi. O‘z navbatida rektor ham mehmonni ehtirom bilan qabul qilib, musiqiy ta’lim sohasida xalqaro tajriba almashinuvi muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Tahmineh Fakhravari “Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik” yo‘nalishidagi talabalarga “Solfedjio” fanidan 30 soatlik dars mashg‘ulotlarini o‘tdi. Bu tashabbus ikki xalq musiqiy madaniyatining o‘zaro yaqinligini yanada mustahkamlash, talabalar ijodiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajriba almashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 17👏 8❤ 6🔥 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
✅9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan,
Termiz davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan quyidagi tanlovlar tashkil etiladi:
➡️“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!”
➡️“Biz tahsil olayotgan ta’lim muassasida korrupsiyaga o‘rin yo‘q!”
Tanlov yo‘nalishlari:
🟢Eng yaxshi insho — 📍Axborot-resurs markazi binosida
🟢Eng yaxshi rasm — 📍“Milliy libos va san’at” fakulteti hududida
🟢Eng yaxshi videorolik — onlayn va oflayn formatlarda qabul qilinadi
📅 Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2025-yil 25-noyabr
🟪 G‘oliblar rag‘batlantiriladi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
🟢 Tanlov tafsilotlari fakultet dekanatlari hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi orqali taqdim etiladi.
Keling, korrupsiyasiz ta’lim muhitini birgalikda yarataylik!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 8👍 7
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryoda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi
Bugun Surxon vohasida yurtimiz ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega tadbir — O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi.
Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, viloyat ijodkorlari, mutasaddilar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Tadbirda viloyat rahbari ardoqli shoirni Surxondaryo ahli nomidan samimiy tabriklab, uning asarlarida yurtimizning go‘zalligi, xalqimiz ruhi va milliy qadriyatlarimiz chuqur ifoda etilganini ta’kidladi. Shuningdek, shoir ijodida insonparvarlik, Vatanga muhabbat va inson sha’nini ulug‘lash g‘oyalari muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
Tadbir davomida yozuvchi va ijodkorlar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari shoir asarlaridan namunalar o‘qishdi. Shu bilan birga, Usmon Azimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etildi.
Ayni paytda viloyatning barcha hududlarida atoqli ijodkorimiz, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’naviy uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim 1950-yil 13-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 16❤ 3
