ru
Feedback
IT specialist

IT specialist

Открыть в Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
9 693
Подписчики
-224 часа
-327 дней
-12830 день
Архив постов
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim Windows'ning “Проводник” fayl menejeri oynasi bilan ishlash uchun tezkor klaviatura birikmalari 📝 • * — tanlangan papka tarkibiga kiruvchi barcha papkalarni ko‘rsatish; • + — tanlangan papkaning tarkibini ko‘rsatish (раскрыть содержимое); • - — tanlangan papkaning tarkibini berkitish (скрыть содержимое); • ALT + D — manzil satrini tanlash; • ALT + P — ko‘rish sohasini ko‘rsatish / berkitish; • ALT + ENTER — tanlangan elementning xususiyatlari (Свойства) oynasini chaqirish; • ALT + — asosiy papkaga qaytish; • ALT + (ALT + ) — oldingi / keyingi papkaga o‘tish; • BACKSPACE — oldingi papkani ko‘rish; • CTRL + F — qidiruv maydoniga o‘tish; • CTRL + N — yangi oynani ochish; • CTRL + SHIFT + E — joriy papka qaysi papkalar tarkibida joylashganligini ko‘rsatish; • CTRL + SHIFT + N — yangi papkani yaratish; • CTRL + W — faol oynani yopish; • F4 — manzil satriga o‘tish; • F6 — oyna yoki ishchi stolidagi elementlar o‘rtasida siklik o‘tish; • F10 — faol ilovadagi menyu satriga o‘tish; • F11 — faol oynani butun ekranga yoyish (развернуть) / vazifalar paneliga tushirish (свернуть); • HOME — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning dastlabkisiga o‘tish; • END — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning so‘nggisiga o‘tish. ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing: Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari • Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari YouTube qaynoq klavishlari Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz... Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi Punto Switcher dasturi Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 6
Repost from TgId: 1453932568
Фото недоступноПоказать в Telegram
🎁 Honor 200 Lite – Sizniki bo‘lishi mumkin! "Smartfon yutish uchun omad kerak", deyishingiz mumkin. OMAD Siz yomonga yugurib ketmoqda, ushlab qoling! 🎥 Har seshanba va juma kuni Jonli efir orqali 7 ta smartfon va qimmatbaho sovg'alar o‘ynaladi 🗓 Avgust davomida – 56ta HONOR 200 Lite va qimmatbaho sovg'alardan biri sizniki bo'lishi mumkin. ❗️Qanday qatnashish mumkin? DISKONT do'konlariga kelasiz (yoki online buyurtma qilsangiz ham bo'ladi) Noutbuk yoki Smartfon xarid qilasiz va shaxsiy ma'lumotlaringizni @diskont_promobot ga yuborasiz. Shoshiling! Sizda Har haftada 2ta imkoniyat! 💬 Bu postni smartfon yoki noutbuk xarid qilmoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga yuboring - ular sizdan minnatdor bo‘ladi! ☺️☺️☺️☺️☺️☺️ "Qimmatga olma DISKONTdan ol!" 😉
📲 Bog'lanish uchun: 712077788 🌐 Saytimiz: diskont.uz
Telegram🌐 Instagram📍 Manzillar
Показать все...
🔥 6 2
Repost from IT specialist
#excel Bo‘sh yacheykalarni tezkor o‘chirish usuli ❌ Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, foydalanuvchi tomonidan keraksiz ma’lumotlar o‘chirilganidan keyin bo‘sh yacheykalar qolib ketadi. Oradagi hosil bo‘lgan ushbu bo‘shliqlarni olib tashlash esa unchalik murakkab emas: — 1-qadam Bo‘sh yacheykalari o‘chirilishi lozim bo‘lgan ustun yoki satrni belgilang. — 2-qadam Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Найти и выделитьВыделить группу ячеек tugmalari ustiga bosing. So‘ngra yuzaga kelgan oynada Пустые ячейки variantini tanlab, OK tugmasini bosish orqali tasdiqlang. Buning natijasida barcha bo‘sh yacheykalar belgilanadi. — 3-qadam Belgilangan yacheykalardan istalgan birining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va УдалитьЯчейки, со сдвигом вверх bandlari bo‘ylab o‘ting, tayyor. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar • Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
👍 4👏 3 1
00:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
#SonetUzStyle tanlovi davom etmoqda va endi yangi shartlar bilan! O‘zingizni namoyon qilib, bosh sovrin — Kia Sonet avtomobilini yutib olish uchun ajoyib imkoniyat! G‘oyalaringizni amalga oshirishingiz uchun ko‘proq vaqt berish maqsadida arizalar qabul qilish muddati 15-avgustgacha uzaytirildi va ishtirokchilar uchun obunachilar soni bo'yicha talab 15 000 gacha oshirildi. Tanlov shartlari: ▪️ Mavzu: “Nima uchun Kia Sonet – Oʻzbekiston uchun mos avtomobil” mavzusida 20 dan 60 soniyagacha davom etadigan Reels videosi tayyorlang. ▪️ Ishtirokchi: 18 yoshdan katta, profili ochiq va obunachilari soni 15 000 nafargacha boʻlishi kerak. Bu tanlov yangi blogerlar va mobilograflar uchun ajoyib imkoniyat! ▪️ Musiqa: E'londagi maxsus trekdan foydalaning. ▪️ Belgilar: Postni joylashda #SonetUzStyle heshtegini qoʻshing va @kia__uzbekistan akkauntini belgilang. Hali ham ariza topshirishga ulgurmagan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Eng kreativ videolaringizni kutib qolamiz! 💪🏼 📞 1333 🌐 kia.uz
Показать все...
IMG_0993.MP411.04 MB
👎 1
Repost from IT specialist
#smartfon #android Android'da saqlangan parollarni qanday ko‘rish mumkin? 🔐🤔 Android'da veb-saytlar, xizmatlar va siz tomondan o‘rnatiladigan ilovalar parollarini saqlash uchun parollar menejerining mavjudligi haqida hamma ham bilmaydi. Natijada, siz hattoki dasturni o‘chirib tashlab, so‘ngra qayta o‘rnatgan taqdiringizda ham, sizga qayd ma’lumotlarini qayta qo‘lda kiritib o‘tirish zarurati bo‘lmaydi. Xo‘sh, ushbu parollarni qanday ko‘rishimiz mumkin? 1️⃣. Smartfoningizdagi Настройки'ni oching va Google bo‘limiga o‘ting. 2️⃣. Ochilgan oynada АвтозаполнениеАвтозаполнение от Google bandlarini tanlang. 3️⃣. Пароли bandiga o‘ting. 4️⃣. Barcha saqlangan parollar ro‘yxati ochiladi, keraklisini tezroq izlab topish uchun qidiruvdan foydalanish mumkin. 5️⃣. Kerakli akkauntni tanlang va kirishni barmoq izi bilan tasdiqlang. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin? • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism • Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 4 2
🤖 Gʻoyalaringizni bir necha soniyada rasm va videoga aylantiring! 🇺🇿 Bizning loyihamizni qo'llab-quvvatlang! Endi noyob kontent yaratish uchun soatlab vaqt sarflash shart emas. Telegram Bot sizga yordam beradi: ✨ Matn yozing (istalgan tilda) — bot uni ajoyib rasmga aylantiradi. 🎥 Rasm tanlang — bot uni jonlantirib, videoga aylantiradi. 💡 Vaqtingizni tejang va auditoriyangizni hayratda qoldiring! Oʻz ijodiy salohiyatingizni kashf qilish uchun botni hoziroq ishga tushiring: 👇👇👇 https://t.me/almagen_bot?start=fromITSpecialist
Показать все...
IMG_5530.MP421.66 MB
IMG_5531.MP411.71 MB
IMG_5512.MP42.20 MB
IMG_5489.MP416.44 MB
IMG_5405.MP42.40 MB
IMG_5520.MP47.83 MB
🔥 6 2
Repost from IT specialist
#excel ⌨️ Funksional klavishlar (3-qism) F9 — barcha ochilgan ishchi kitoblaridagi barcha ishchi listlari qiymatlarini (qayta) hisoblaydi; – SHIFT + F9 birikmasi faol list tarkibidagi qiymatlarni (qayta) hisoblaydi; – CTRL + F9 birikmasi ishchi kitobi oynasini dastur belgisiga qaratib tushirib qo‘yadi (Свернуть); – CTRL + ALT + SHIFT + F9 birikmasi bir-biriga bog‘liq formulalarni tekshiradi, so‘ngra barcha ochilib turgan ishchi kitoblaridagi yacheykalar qiymatlarini qayta hisoblaydi. • F10 — klavishlar eslatmasini faollashtirish yoki o‘chirib qo‘yish (ALT klavishi harakati bilan o‘xshash); – SHIFT + F10 birikmasi tanlangan element uchun kontekstli menyuni aks ettiradi; – ALT + SHIFT + F10 birikmasi Поиск ошибок tugmasi uchun menyu yoki xabarni aks ettiradi; – CTRL + F10 birikmasi tanlangan ishchi kitobi oynasini to‘liq ekranga yoyadi yoki joriy o‘lchamini tiklaydi. • F11 — alohida listda diagramma yaratish; – SHIFT + F11 birikmasi ishchi kitobiga yangi list qo‘shadi; – ALT + F11 birikmasi makros yaratish mumkin bo‘lgan Microsoft Visual Basic muharririni ekranga chaqiradi. • F12Сохранить как oynasini aks ettirish. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📌 1-qism | 2-qism ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 6😎 2
“Raqamli texnologiyalar vazirligi” va “Mirzo Ulug’bek vorislari o’quv kurslari” GRANT (Bepul o’qish) dasturini elon qiladi! Agar siz kreativ sohaga, texnologiyalarga va san’atga qiziqqan, iqtidorli yoshlardan bo‘lsangiz — bu karyerangiz uchun noyob imkoniyat! Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi: 1️⃣ 3D modellashtirish 2️⃣ VFX Compositing 3️⃣ Animatsiya 4️⃣ O‘yin dizayni va GameDev asoslari 5️⃣ Digital Art 6️⃣ FX Simulation 7️⃣ Cinema 4D 8️⃣ Unreal Engine 📚 Ta’lim shakli: 📍 Oflayn + 💻 Onlayn (Toshkent shahrida) ⏳ Kurs davomiyligi — 6 oy 🌟 Ushbu kurs sizga nima beradi? ✅ Eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilimlar ✅ Soha yetakchi mutaxassislari bilan amaliy mashg‘ulotlar ✅ Networking va professional muhit 📈 Tanlov bosqichlari: ⁃ 20 daqiqalik onlayn test ⁃ Portfolio yuklash ⁃ 5 daqiqalik suhbat 🏆 Nima kutmoqda? - Kurs yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar xalqaro va mahaliy kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi! 🌐 Ariza topshirish: ➡️ CreativeTech.uz Loyihaga oid yangiliklar @creative_tech_official kanalida! 📞 Aloqa: +998-95-474-19-19 📱 Instagram | Telegram
Показать все...
🔥 4🤩 2
Repost from IT specialist
Фото недоступноПоказать в Telegram
#mulohaza_uchun O‘QISH VAQTIDA DIQQATNI JAMLASH BO‘YICHA MASLAHATLAR: Barcha bezovta qiluvchi va chalg‘ituvchi omillarni olib tashlang: telefonni o‘chiring, eshikni yoping, televizorni o‘chiring; Ish joyingizni tartibga soling va tozalang; O‘quv mashg‘ulotlarini 1 soatdan ortiq o‘tkazmang; O‘qish uchun mahsuldor (samarali) bo‘lgan vaqtlaringizni aniqlang; O‘qishning har soati uchun maqsadlar belgilang; O‘z maqsadlaringizga nima uchun erishmoqchi ekaningizni biling. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi: Yangi start! Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar Dasturchi uchun Time Management kerakmi? O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar Taqdirimizga ta’sir qiluvchi besh tavsiya Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi? Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 4👨‍💻 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekistonda bir oy bepul S3-xotira xizmatidan foydalanish imkoniyati! 2025-yil 15-iyundan 15-avgustgacha O‘zbekiston hududidagi kompaniyalar Toshkentdagi ma’lumotlar markazi bazasida joylashgan Servercore’ning ob’ektga asoslangan S3-xotira xizmatidan bir oy davomida mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin. Xizmatning barcha imkoniyatlarini hech qanday xarajatlarsiz sinab ko‘ring! Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Havola orqali saytga kirib, ariza qoldiring. Servercore mutaxassislari 3 ish kuni ichida siz bilan bog‘lanib, xizmatni ulab berishadi. Kimlar ishtirok etishi mumkin? Faqat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar (kompaniyalar) va ilgari Servercore S3-xotirasidan foydalanmaganlar. Servercore S3-xotira xizmatining afzalliklari: ⚡️ AWS S3 API bilan to‘liq moslik ⚡️ IAM orqali ma’lumotlarga to‘liq kirish nazorati ⚡️ Kam ishlatiladigan ma’lumotlarni saqlashda 30% gacha tejash ⚡️ Ishonchlilik darajasi — SLA 99,99% ✔️ Ariza topshirish uchun havola: http://srv.cr/0u6ri
Показать все...
🔥 4👏 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#it_humor #mulohaza_uchun 📎🐕🪄 Biz kuzatib ulg‘aygan legendalar... 📌 P.S.: Tushungan tushundi ruknidan, har holda biz fikr-mulohaza yuritib, miyani biroz ishga solib biror ishni amalga oshirardik, ushbu sizib chiquvchi personajlar uchun Windows XP'ni endi o‘rganayotgan paytimiz qancha quvonganmiz… 🙄 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 10🫡 2
Repost from IT specialist
01:27
Видео недоступноПоказать в Telegram
#excel 🔤 Excel jadvali yacheykalari tarkibidagi matnlar orasidan ortiqcha probellarni olib tashlash Matnlar orasidagi ortiqcha probel va chop etilmaydigan belgilar hayotimizni doim murakkablashtirib kelgan (negadir ko‘pchilikda ikki so‘z oralig‘ida kamida ikkita probel qoldirib ketish kasalligi bor 🥴). Bu sababli formulalar, saralashlar, yig‘ma jadvallar (сводные таблицы) va boshqalar noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Bunday xatoliklarning oldini olish uchun, odatda СЖПРОБЕЛЫ (ortiqcha probellarni o‘chiradi) va ПЕЧСИМВ (chop etilmaydigan belgilarni o‘chiradi) funksiyalari qo‘llaniladi. Xuddi shu funksiyalarni jadval yacheykalariga nisbatan shartli formatlash qoidasini yaratish uchun ham qo‘llash mumkin, u tarkibida ortiqcha belgilari mavjud bo‘lgan yacheykalarni ajratib ko‘rsatadi. Batafsil yuqoridagi videoda 👆🏻. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi: Ortiqcha probellarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin? • Ushbu rukndagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Shartli_formatlash_Ortiqcha_belgilarni_ajratish.mp43.80 MB
🔥 4 2👏 1
00:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
O‘zingizni namoyon qilish vaqti keldi! 💪🏼 #SonetUzStyle tanlovida ishtirok eting va Kia Sonet yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling. Tanlov shartlari: ▪️“Nima uchun Kia Sonet – O`zbekiston uchun mos avtomobil” mavzusida 20 soniyadan 60 soniyagacha Reels tayyorlang ▪️Ishtirokchi 18 yoshdan katta, ochiq profilga ega va 5000 dan ortiq obunachisi bo‘lmasligi kerak ▪️Quyida biriktirilgan ushbu videodagi maxsus trekdan foydalaning ▪️Postni joylashda #SonetUzStyle heshtegini qo‘ying va @kia__uzbekistan akkauntini belgilang ▪️Arizalarni qabul qilishning birinchi bosqichi 27-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi Videongiz davomiyligi bir daqiqa bo‘lsa va ashula atigi 30 soniya davom etsa ham muammo emas. Musiqa g‘oyani yanada yaxshiroq ko‘rsatib berishi va tushunarli bo‘lishi uchun videoning istalgan qismida kerakli parchadan foydalaning. Eng kreativ va noodatiy videolaringizni kutib qolamiz!⚡️ Batafsil qoidalar va qo‘shimcha savollarga javoblar kia.uz rasmiy saytida joylashtirilgan. 📞 1333 🌐 kia.uz
Показать все...
IMG_0993.MP411.04 MB
🔥 6
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat 👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar. Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz: 1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N). 2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting. 3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing). 4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing. 5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating. 6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting. 7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉 📝 Manba: @GooogleTM ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish • Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz. • Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 4👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🚀 Wi-Fi — bu oddiy: Grandstream imkoniyatlarini oching! Grandstream — bu faqat SIP-telefon emas, balki har qanday vazifa uchun kuchli Wi-Fi yechimlari hamdir. Kompaniya GWN seriyali Wi-Fi access pointlarni taklif qiladi — har xil holatlar uchun: — kichik ofis, kafe → GWN7605 / GWN7615 / GWN7605LR — yirik ofislar, biznes markazlari → GWN7630, GWN7660Е / GWN7664Е (Wi-Fi 6), GWN7670 (Wi-Fi 7) ✅ tashqi va ichki access pointlar ✅ 750 tagacha mijozni qo‘llab-quvvatlash, 300 m gacha radius ✅ ichki controller + bulutli controller + GDMS Networking Solutions bulutli yoki lokal boshqaruv tizimi + bepul radio-rejalashtirish vositasi ✅ Captive Portal-ni voucherlar va analitika bilan oddiy sozlash Biz Grandstreamning barcha imkoniyatlari, foydalanish ssenariylari va afzalliklarini ko‘rib chiqdik, shunda sizga mukammal yechimni tanlash osonroq bo‘ladi — kafedan tortib biznes markazigacha. 🔥 To‘liq maqolani shu yerda o‘qing
Показать все...
🔥 5
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim 🗜 WinRAR yordamida faylni qismlarga bo‘lish Ba’zida katta faylni biror joyga, masalan, elektron pochta, Telegram va boshqa xizmatlar orqali yuborish uchun bir xil o‘lchamdagi bir nechta qismga bo‘lishga to‘g‘ri keladi. WinRAR ushbu vazifani a’lo darajada bajaradi. Buning uchun bajariladigan qadamlar quyidagicha: 1️⃣. Kerakli fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Добавить в архив…” bandini tanlang. 2️⃣. “Общие” varaqa (вкладка)sidagi “Разделить на тома размером” maydonida joriy fayl ajratilishi lozim bo‘lgan qismlar hajmini kiriting. 3️⃣. O‘z soningiz va o‘lchov birligingizni kiriting (bayt, kilobayt, megabayt yoki gigabayt), yoki ochiluvchi ro‘yxatda keltirilgan eng mashhur qiymatlar orasidan birini tanlang. 4️⃣. “OK” tugmasini bosish orqali yuqoridagi harakatlaringizni tasdiqlang. Agar arxivlash oynasidagi parametrlarda ushbu arxivning saqlanish joyini uchun manzilni o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, papka tarkibidagi joriy faylning yonida faylning ajratilgan qismlari paydo bo‘ladi. So‘nggisidan tashqari qolgan barcha qism (том)lar bir xil o‘lchamda bo‘ladi. Yaratilgan joriy arxiv faylning tarkibini ko‘rish yoki uni qayta siqilgan holatidan qayta yaxlit fayl holatiga ajratib olish uchun, nomlanishining oxirida “part1” bilan tugagan qism (том)ning ustiga ikki marta bosib oynani ishga tushirish lozim. Fayl qayta yaxlit holatiga tiklanishi uchun faylning barcha qism (том)lari bir papka tarkibida joylashtirilishi shart. 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Kompyuterdagi ma’lumotlarimizni qanday himoyalashimiz mumkin? (WinRAR misolida) WinRAR kompyuter dasturi WinRAR mobil ilovasi Arxiv fayllar bilan ishlash bo'yicha kanaldagi postlar (Kompyuter akademiyasi) WinRAR bo‘yicha test savoli❓ • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 4👍 2 1
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim Windows 10'dagi “Калькулятор” dasturi uchun foydali klavishlar birikmalari 🧮⌨️ O‘ylaymizki, tizimning standart dasturlari orasidagi eng mashhur “Калькулятор” dasturidan hamma foydalangan bo‘lsa kerak. Bir qarashda soddadek tuyulishi mumkin bo‘lgan ushbu dasturni ham boshqarish va unda hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun bir talay klavishlar birikmasidan foydalanish mumkin ekan. 📋 Ushbu postimizda Sizning e’tiboringizga ushbu dastur bilan bog‘liq foydali klavishlar birikmalaridan iborat ro‘yxatni ulashishga qaror qildik. ⚡️Umumiy klavishlar birikmalari: ALT + 1“Обычный” rejimiga o‘tish; ALT + 2“Инженерный” rejimiga o‘tish; ALT + 3“Построение графиков” rejimiga o‘tish; ALT + 4“Программист” rejimiga o‘tish; ALT + 5, CTRL + E“Вычисление даты” rejimiga o‘tish; CTRL + M – Xotirada saqlash; CTRL + P – Xotiraga qo‘shish; CTRL + Q – Xotiradan ayirish; CTRL + R – Xotiradan chaqirish; CTRL + L – Xotirani tozalash; F9±'ni tanlash; R1/x'ni tanlash; @ – kvadrat ildizni hisoblash; DELETECE'ni tanlash; CTRL + H – Hisoblashlar tarixiga saqlashni faollashtirish yoki o‘chirish; – Hisoblashlar tarixi ro‘yxatida yuqoriga o‘tish; – Hisoblashlar tarixi ro‘yxatida pastga o‘tish; CTRL + SHIFT + D – Hisoblashlar tarixini tozalash. ⚡️“Инженерный” rejimida: F3DEG'ni tanlash; F4RAD'ni tanlash; F5GRAD'ni tanlash; CTRL + G10x'ni tanlash; CTRL + Ocosh'ni tanlash; CTRL + Ssinh'ni tanlash; CTRL + Ttanh'ni tanlash; SHIFT + Ssin'ni tanlash; SHIFT + Ocos'ni tanlash; SHIFT + Ttan'ni tanlash; CTRL + Yy√x parametrini tanlash; DMod'ni tanlash; Llog'ni tanlash; Mdms'ni tanlash; Nln'ni tanlash; CTRL + Nex'ni tanlash; Ocos'ni tanlash; PPi'ni tanlash; Qx2'ni tanlash; Ssin'ni tanlash; Ttan'ni tanlash; VF-E'ni tanlash; XExp'ni tanlash; Y, ^xy'ni tanlash; #x3'ni tanlash; ;Int'ni tanlash; !n!'ni tanlash. ⚡️“Программист” rejimida: F2 – "DWORD" parametrini tanlash; F3 – "WORD" parametrini tanlash; F4 – "BYTE"ni tanlash; F5 – "HEX"ni tanlash; F6 – "DEC"ni tanlash; F7 – "OCT"ni tanlash; F8 – "BIN"ni tanlash; F12 – "QWORD" parametrini tanlash; A-F – A, B, C, D, E, F variantlaridan birini tanlash; J – "RoL"ni tanlash; K – "RoR"ni tanlash; < – "Lsh"ni tanlash; > – "Rsh"ni tanlash; % – "Mod"ni tanlash; | – "Or"ni tanlash; ^ – "Xor"ni tanlash; ~ – "Not"ni tanlash; & – "And"ni tanlash; Probel – Bit qiymatlarini o‘tkazish/o‘zgartirish. ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi? Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 5 3👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
IT va kompyuterni o‘rganishni xohlaysizmi? Lekin qayerdan boshlashni bilmaysizmi? Raqamli Ilm bu yo‘lda sizga yo‘l ko‘rsatadi! Nega biz? – Kompyuter asoslari oddiy tilda – Word, Excel, PowerPoint, Google Forms – Canva va AI chatbotlar – Amaliy, interaktiv va qiziqarli darslar Kimlar uchun? Yangi o'rganuvchilar, talabalar, ishchilar — barchaga mos. Shiorimiz: Zamonaviy dunyo uchun zamonaviy bilimlar. Kanalga qo‘shiling va bugun boshlang! => @raqamliilm
Показать все...
👍 3🔥 2
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klavishlar birikmalari ⌨️ • CTRL + sichq.g‘ildiragi — fayl va papkalar belgilarining o‘lchami va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish; • F5 — oynani yangilash; • WIN + P — monitor (ekran)larni boshqarish; • WIN + D — barcha oynalarni vazifalar paneliga tushirish (ishchi stolini ko‘rsatish); • WIN + , — barcha oynalarni shaffof ko‘rinishga keltirish (vaqtinchalik, klavisha qo‘yib yuborilgunga qadar); • WIN + HOME — faol holda turga oynadan tashqari qolgan oynalarni vazifalar paneliga tushirish / joyiga qaytarish; • WIN + (WIN + ) — faol holda turgan oynani gorizontal bo‘ylab yarim ekranni egallaydigan qilib o‘ngga / chapga siljitish; • WIN + (WIN + ) — faol holda turgan oynani vertikal bo‘ylab ekranning to‘rtdan bir qismini egallaydigan qilib siljitish, vazifalar paneliga tushirish / joyiga qaytarish; • WIN + M (WIN + SHIFT + M) — muloqot oynalaridan tashqari qolgan barcha oynalarni vazifalar paneliga tushirish / joyiga qaytarish; • WIN + ALT + D — ishchi stolida sana va vaqtni ko‘rsatish / berkitish; • WIN + SHIFT + (WIN + SHIFT + ) — oyna yoki ilovani qo‘shni monitorga o‘tkazish ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz... Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan? “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi Punto Switcher dasturi Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari • Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism Win+R yordamida ishga tushiriladigan buyruqlar • Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati • Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat • Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati • Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari YouTube qaynoq klavishlari Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari • Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari • Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shoshiling! President Tech Award uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirildi! President Tech Award — bu sizning g‘oyangizni yirik loyihaga aylantiradigan tanlov! “Mening bir fikrim bor edi” deganlar uchun amaliy sahna va katta mukofot! 🏆 Mukofot jamg‘armasi — 1 million dollar! • 1-o‘rin — 100 ming dollar • 2-o‘rin — 50 ming dollar • 3-o‘rin — 30 ming dollar • Hakaton g‘olibi — 100 ming dollar Yo‘nalishlar: ➡️ Sun’iy intellekt texnologiyalari ➡️ Ijtimoiy yo‘nalishlarda raqamli texnologiyalar ➡️ Micro-SaaS va AdTech texnologiyalari ➡️ Kompyuter va mobil o‘yinlar ➡️ Tadbirkorlik va moliyaviy yechimlar ➡️ Maxsus yo‘nalish: Hakaton ✍️ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting 🕒 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: – Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha: 20-iyulgacha – Hakaton bo‘yicha: 10-sentabrgacha 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
🔥 5