ru
Feedback
IT specialist

IT specialist

Открыть в Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
9 691
Подписчики
+124 часа
-277 дней
-12230 день
Архив постов
💻 Yo‘nalishim: Dasturlash ❗️Fikrlarimni va o‘rganganlarimni ulashib boraman. Maqsadim: ➖ IT va dasturlashni o‘rganayotgan yoshlarga to‘g‘ri ma’lumot yetkazish; ➖ Xato va kamchiliklarni bartaraf qilish yo‘lini ko‘rsatish; ➖ Yangi boshlovchilarga yo‘l ko‘rsatish. 📌 P.S.: Barcha ma'lumotlarimni siz bilan baham ko'raman. Kamroq va foydaliroq post yozaman. 👉🏻 https://t.me/Jummayev_Islom Telegram
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#mulohaza_uchun #hardware #software #IT_humor Yo‘riqnomalarni o‘qib, amal qiladiganlar bormi oramizda? 🤔 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#learn_english_with_software #smartfon #android 🇬🇧 Beelinguapp — hikoyalarni tinglash/o‘qish orqali tillarni tez va oson o‘rganing hamda so‘z boyligingizni oshiring. Android 5.0+. Premium-versiya 📎 Beelinguapp v2.953 mobil ilovasini yuklab olish. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Duolingo Drops Memrise Busuu Полиглот 16/32 va boshqalar English LinDuo English Galaxy Rosetta Stone Lingvist IELTS Test English Level Checker English Tenses 4 pics 1 word Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
💻 Web dasturlash onlayn kurslari — Kelajak kasblarini biz bilan o'rganing ✅ Kurs narxi oyiga 250 ming so'm ✅ 1 oyda 4x bo'lib to'lash imkoniyati ✅ Haftasiga 50 ming so'mdan ✅ Freelancer jamoada 6 oylik bepul amaliyot ✅ Kurs davomida har bir o'quvchi o'zining mustaqil loyihasiga ega bo'ladi ✅ Guruhda savollarga javob berish uchun yordamchi admin. 🔻Kursda quyidagi texnologiyalar o‘rgatiladi: 🔸 HTML5 🔸 CSS3 🔸 Sass 🔸 BootStrap 🔸 JavaScript (ES6) 🔸 JQuery 🔸 Angular 🔸 Java 🔸 OOP 🔸 SpringBoot 🔸 Security 🔸 Postgresql 🔸 Github 🔸 Docker 📱 +998 91 071 34 71 📱 +998 95 103 34 71 💻 @sardorcoderuz 👇👇👇 📌Quyidagi yopiq guruhga qo‘shilishingiz mumkin: https://t.me/venasoft_new_group
Показать все...
Repost from IT specialist
#excel Tasodifiy sonni generatsiya (hosil) qilish 🎰 Excel'ning o‘zidan uzoqlashmay turib har qanday tasodifiy sonni generatsiya qilish mumkin. Buning uchun shunchaki =СЛУЧМЕЖДУ(A;B) funksiyasidan foydalanish mumkin. A = pastki chegara (masalan, 1) B = yuqori chegara (masalan, 100) Agar pastki chegaraning qiymati yuqori chegaraning qiymatidan katta bo‘lsa, u holda funksiya xatolik haqida xabar beradi. ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash 🚮 Ba’zida foydalanuvchilar Windows 10 bilan aktivatsiyasiz ishlashni ma’qul ko‘rishadi, vaholanki bu ish beradi ham (bu haqda alohida maqolani o‘qib ko‘rishingiz mumkin: Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?), ammo qandaydir vaqt o‘tganidan so‘ng ekranning pastki o‘ng burchagida – “Windows'ni aktivatsiya qilish uchun Параметры bo‘limiga o‘ting” ta’rifi bilan “Активация Windows” yozuvi paydo bo‘ladi, u Параметры -> Обновления и безопасность -> Активация bandlari bo‘ylab o‘tib, mahsulotning kalitini kiritishingizni nazarda tutadi. Biroq ekrandan yozuvni busiz ham olib tashlash mumkin. Ushbu ko‘rsatmamizda Windows 10 ekranidan “Активация Windows” yozuvini bir nechta usulda — tizim komponentlari yordamida mustaqil tarzda va chetki dastur yordamida butunlay olib tashlash xususida batafsil so‘z yuritamiz. 👉🏻 Batafsil... ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish Toza Windows 10'ni o‘rnatish Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video) Drayverlarni topish va o‘rnatish Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli) Dastur ornatish sanati Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi? Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash. Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video) Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar Aktivatsiya mavzusiga oid postlar Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#internet #rasm_bilan_ishlash 🖼 Rasmning sifatini yaxshilaymiz Zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari rasmlarni qayta ishlashni juda yaxshi uddalamoqda. Bu orqali tarmoqda sifatni yo‘qotmasdan rasmning o‘lchami (разрешение)ni oshirishga imkon beradigan ko‘plab xizmatlar yuzaga kelgan. UpscaylWindows, macOS va Linux'lar bilan mos keluvchi bepul va ochiq kodli dasturiy ta’minotdir. U oddiy va intuitiv interfeysga ega bo‘lib, fayllarni ommaviy qayta ishlash imkoniyatiga ega va JPG, PNG hamda WebP formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Kamchiligi sifatida bu dasturiy ta’minot ekanligini va kompyuterga o‘rnatilishi lozimligini keltirish mumkin. Afzalligi esa – ishlov berilgan yakuniy rasmning yuqori sifatidir. Onlayn xizmatlar hozircha bunday natijaga erishish imkonini taqdim etganicha yo‘q. 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Rasmlar bilan ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz • Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#word #maslahat 📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (2-qism) Ushbu postimizda Microsoft Word'da ishingizni osonlashtirishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar haqida ma’lumot berishni boshlagandik. Bugun hujjatni bezatish va tayyor matnning o‘qilishini yaxshilash borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 5️⃣. Bir nechta alohida matn bo‘laklarini ajratish Ketma-ket kelmagan matn bo‘laklarini ajratish imkonini taqdim etuvchi juda foydali funksiya. Bunda CTRL klavishini bosib turgan holda hujjatning turli qismlari sichqonchaning chap tugmasi bilan boshqariluvchi kursor yordamida belgilanadi. 6️⃣. Ichki almashinish buferi (Буфер обмена) Word barcha nusxalayotgan narsalaringizni eslab qoladi va ushbu elementlarning istalganini kengaytirilgan almashinish buferidan topish mumkin. Ushbu opsiya post ostidagi rasmda👇🏻 ko‘rsatilgan “Буфер обмена” tugmasini bosish orqali chaqiriladi va hujjatni ishga tushirib, uni yopguningizga qadar bo‘lgan tahrirlash davomidagi nusxalashlaringiz tarixini o‘ziga yozib borishi mumkin. Agar “Параметры” menyusidagi mos keluvchi opsiya faollashtirilsa, uni istalgan vaqtda CTRL + C klavishlari birikmasini ikki marta bosish orqali ekranga chaqirish mumkin. 7️⃣. Satr oxiridagi uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish (Расстановка переносов) Uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish – ularning o‘qilishini yaxshilaydi, shuningdek so‘zlar orasida uzun intervalli bo‘shliqlar qoldirilishining oldini oladi. Siz ularni birma-bir qo‘lda o‘rnatib chiqishingiz (matnning kerakli qismiga borib, CTRL + - klavishlari birikmasini bosish orqali, bunda harflar yuqorisida joylashgan “minus” belgisi nazarda tutilgan) yoki buni kompyuterning o‘ziga topshirishingiz mumkin. Buning uchun menyu satrining “Макет” varaqa (вкладка)siga o‘ting, “Расстановка переносов” tugmasi bosish orqali uning ro‘yxatini oching va “Авто” variantini tanlang. 📌 P.S.: Ushbu usul ko‘proq rus va ingliz tilidagi matnlar bilan ishlashda qo‘l kelishi mumkin, o‘zbek tilidagi matnlar bilan ishlashda dastur xatolik bilan yondashadi, ammo o‘zbek tilidagi uzun so‘zlarga nisbatan yuqorida keltirilgani kabi bo‘g‘inlarga qo‘lda ajratish usulini bemalol qo‘llayverishingiz mumkin. 8️⃣. Ajralmas probellar Ba’zida abzatsda familiya va ismning bosh harflari kabi so‘zlar qatnashsa va ular muayyan satrning oxiriga kelib qolsa, familiyalar yuqori satrning oxirida, ismlarning bosh harflari pastki satrning boshiga o‘tib ketadi, bunga sonlardan o‘lchov birliklarining keyingi satrda ajralib tushib qolishini ham misol o‘rnida keltirish mumkin (masalan: 5 sm, 10 kg, 25 l). Bunday holatlarda hujjatdagi matnning o‘qilishiga jabr yetmasligi uchun – ajralmas probellarni qo‘llash qulay va to‘g‘ridir. Ular tufayli matn elementlari bir-biriga “yelimlanadi” va ushbu usulda biriktirilgan ikki so‘z hech qachon turli satrlarga ajralib qolmaydi. Buning uchun ikki so‘z o‘rtasidagi oddiy probelning o‘rniga CTRL + SHIFT + PROBEL birikmasi bosiladi. Ajralmas defis (chiziqcha) ham xuddi shu tamoyilda qo‘llaniladi va bunda CTRL + SHIFT + - (harflar yuqorisidagi “minus” belgisi) birikmasi bosiladi. Misol uchun: ketma-ket, qop-qora, zim-ziyo, qarama-qarshi, birma-bir va shu kabi boshqa juftlikda keluvchi so‘zlarda. 📌 P.S.S.: Ushbu foydali opsiya haqida ushbu postimizda ham qo‘shimcha ma’lumot keltirilgan: Ajratib yozaymi yo qo‘shib? 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security ⤴️ Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish Windows 10'da Windows'ning qoida bo‘yicha o‘rnatilgan sozlamalariga qaytaruvchi “Сбросить настройки ПК” opsiyasi mavjud. Bu Windows'ni qayta o‘rnatib o‘tirgandan ko‘ra tezroq va qulayroq kechuvchi jarayondir. Kompyuteringizdagi Windows 10 sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi: 1️⃣. WIN + I klavishlari birikmasi yordamida “Настройки” oynasini ekranga chaqiring. 2️⃣. Ochilgan oynada “Обновление и безопасность” -> “Восстановление” bandlari bo‘ylab o‘ting. 3️⃣. “Перезагрузить этот компьютер” bo‘limida “Начать” tugmasi ustiga bosing. 4️⃣. Qayta tiklash (сброс)ning kerakli parametrlarini tanlang. (Fayllarni saqlash, qattiq diskni to‘liq tozalash va hokazo) “Сбросить этот ПК” opsiyasi qulay, biroq qurilmangiz ishlab chiqaruvchisi zavodda ko‘plab istalmagan dasturiy ta’minotlarni o‘rnatgan bo‘lsa, qayta tiklash ushbu dasturlarni o‘chirmaydi. 📌 P.S.: Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля) Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi? Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset) “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish CyberShredder dasturi Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin? • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar Stiv Jobs'dan omadning 6 siri 💡 01. O‘zingiz chindan yaxshi ko‘rgan ish bilan shug‘ullaning. 02. Qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasangiz ham, ishni doim qo‘lingizdan kelganicha yaxshiroq bajarishga intiling. 03. Tahlil qilishni kanda qilmang. 04. Orzuingiz katta bo‘lsin, biroq eng kichigidan boshlang. 05. Barcha manbalardan fikr-mulohaza (feedback)lar olishga intiling. 06. Xato va muvaffaqiyatsizliklardan saboq oling. ℹ️ Stiv Jobsning nomi keltirilgan ushbu postlarimiz bilan ham tanishing: Nega muvaffaqiyat omadsizlikdan boshlanadi? Farzandingiz nega axborot texnologiyalari mutaxassisi bo‘lishi kerak? Har kuni kitob o‘qish uchun 9 sabab + sovg‘a! Mashhur BRENDlarning ma’nolari iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi? Apple kompaniyasining tarixi qayerda boshlangan? Stiv Jobs Apple muhandislari tomonidan unga taqdim etilgan dastlabki iPod'ni akvariumga uloqtirgan Stiv Jobs va “Pixar” animatsion kompaniyasi Stiv Jobsning o‘limidan oldin aytgan oxirgi so‘zlari... Boshqa mashhur insonlar haqida o‘qib ko‘rish uchun havolalar qoldirilgan postimiz 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
#maslahat 📚 "Yangi asr avlodi" nashriyoti 👤 To‘xtasin Arslonov 📙 Qattiq “X”mi, yumshoq “H” (risola) 🔎 PDF (2.7 MB) Ona tilimiz boy va go‘zal. Uni sevib o‘rganish, kundalik muomalada unumli foydalanish bizdan katta mas’uliyat talab qiladi. Ayniqsa bog‘chalarda, maktablarda, o‘quv yurtlarida, ba’zan matbuotda, efir to‘lqinlarida, muomalada tilimizdagi “h” va “х” harflari qo‘llanadigan so‘zlarni ishlatishda biroz savodsizligimiz sezilib qolyapti. Ana shu bo‘shliqni to‘ldirish, tilimiz sofligiga erishish niyatida e’tiboringizga havola etilayotgan mazkur risola hojatingizni chiqarishga ko‘maklashadi, degan umiddamiz. ️👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Қаттиқ_''Х''ми,_юмшоқ_''Ҳ''_Тўхтасин.pdf2.65 MB
Repost from IT specialist
#excel Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish 👁‍🗨 Agar sizda biror ma’lumotni berkitish zarurati yuzaga kelib, biroq yacheykalarni berkitish usulidan foydalanishni istamasangiz, u holda quyidagi qadamlarni amalga oshirish tavsiya etiladi: — 1-qadam Istalgan yacheykada CTRL + K klavishlari birikmasini bosing, ochilgan muloqot oynasining chap tomonidagi ustunda tartib bo‘yincha ikkinchi o‘rinda turgan Место в документе bo‘limiga o‘ting va joriy listning boshidan uzoqroqda joylashgan biror yacheyka manzilini kiriting (masalan, GV150). — 2-qadam Yuzaga kelgan havolaga nisbatan boshqa yacheykalarda bo‘lgani kabi formatlashni (rangini qoraytirish va ostki chiziqni olib tashlash) qo‘llang. Bu havola boshqa yacheykalar fonida ajralib turmasligi uchun muhimdir. — 3-qadam Yuzaga kelgan havola bo‘ylab o‘ting, berkitilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni kiriting hamda listning boshiga qaytish maqsadida CTRL + va CTRL + klavishlari birikmasini ketma-ket bosing. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: "Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin? Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin? Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security #software ❌ Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin? Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin. Bu qanday amalga oshiriladi: 1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz. 2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz. 3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz. 4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz. ❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin. 📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля) Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi? Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset) “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish CyberShredder dasturi • Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#learn_english_with_software #android 🎓 Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova 01. Duolingo – ingliz, ispan, fransuz va nemis tillarini o‘rganishning eng yaxshi usuli! Ilovaning o‘zida barcha kerakli darslar mavjud va ularni alohida sotib olish shart emas. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchiga xorijiy til asoslarini o‘rgatish, buning uchun ilovada turlicha yutuq va bildirishnomalar o‘yin usulida qo‘llaniladi. Duolingo bilan o‘tkazilgan 34 soat, samaradorlik jihatidan universitetdagi bir semestrga teng! 02. Busuu – ilova foydalanuvchiga mos dasturni tanlaydi va kursni o‘rganishga yordam beradi. Bu yerda “Suhbat” (Разговор) funksiyasidan foydalanishingiz va haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchilar bilan gaplashishni mashq qilishingiz mumkin. Darslarni oflayn rejimda yuklab olib o‘rganish mumkin. 03. Simpler – Do you speak English? Agarda javobingiz yo‘q bo‘lsa yoki bilimingizdan shubhalansangiz, Simpler yordamida bu xatoni osongina tuzatishingiz mumkin. Ilova nafaqat ingliz tilini umuman bilmaganlar uchun, balki uni yaxshilashni istaganlar uchun ham foydalidir. 04. Cake – agar ingliz tilidagi so‘zlashuvingizni tezda yaxshilashni istasangiz, Cake sizga yordam beradi. Ilovada muloqotlarni takrorlovchi amaliy darsliklar mavjud. Bundan tashqari, ilova ingliz tilini bilmagan, lekin uni o‘rganishni orzu qiladiganlar uchun mos keladi, chunki YouTube tarmog‘idagi o‘z ona tilida so‘zlashuvchilardan turli xil iboralarni o‘rganish imkoniyati mavjud. 05. Lingualeo – ushbu xizmat turli xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Butun jarayon qiziqarli o‘yin ko‘rinishida amalga oshiriladi. Hammasi bo‘lib foydalanuvchiga beshta rejim taqdim etiladi: konstruktor, lug‘at kartalari, djungli, tinglash va tarjima-so‘z. 06. Puzzle English – ilovasi xuddi shu nomdagi sayt ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan. Manba video boshqotirmalar deb ataladigan videolari bilan mashhur. Ularning barchasi ingliz tilida. Mashg‘ulotni boshlagan foydalanuvchining vazifasi tomosha qilingan videoning mazmunini tushunish va keyin uning mohiyatini taqdim etilgan iboralardan tuzishdir. Bir so‘z bilan aytganda, ilova ingliz tilidagi nutqni eshitish qobiliyatini shakllantiradi. 07. Parla – bu yerda zerikarli ma’ruzalar yo‘q, chunki darslar o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Asosiysi kichik vazifalarni bajarish va bilimlarni mustahkamlash uchun savollarga javob berishdir. 08. CanTalk: ingliz tili grammatikasi – tilni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va o‘z malaka darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mos ilova. CanTalk'da nazariy materiallardan tashqari mavzularga bo‘lingan amaliy mashg‘ulotlar ham mavjud. 09. iSpeak – til amaliyotiga ega bo‘lmaganlar uchun ajoyib ilova. Agar grammatikani bilsangiz va yaxshi lug‘at boyligiga ega bo‘lsangiz, lekin shu bilan birga suhbat qura olmasligingizni his qilsangiz, iSpeak sizga albatta yoqadi. 10. Метод Тичера от Puzzle English – ushbu ilova ingliz tilini hali yaxshi bilmaganlar uchun juda mos keladi. Ilova 395 ta darsdan tashkil topgan bo‘lib, 10 ming mashqdan iborat. Shuningdek, dastur uch ming video darslar bilan ham maqtana oladi! Agar siz 200 soatlik darslarni o‘zlashtirsangiz, albatta o‘z bilimingizni oshirishingiz yoki ingliz tilini noldan ham o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi. 11. Английский для Начинающих: LinDuo HD – ilova yangi so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi va audioni tinglash evaziga ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatadi. Ilova Internetga doimiy ulanishni talab etmaydi, shuning uchun darsni tez boshlash yoki takrorlash kerak bo‘lsa, LinDuo HD'ni osongina ishga tushirish mumkin. 12. Английский А1 Для Начинающих! – ilova ingliz tili asoslarini tez o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ranglar, kiyim-kechak, oila, sevimli mashg‘ulotlar, hayot, kasblar, tana a’zolari, salomatlik va boshqalarni o‘z ichiga olgan juda ko‘p muhim mavzular mavjud. Ilova yordamida nafaqat yangi so‘zlarni yodlaysiz, balki ularni xatosiz talaffuz qilishni ham o‘rganasiz. 📝 Manba: @gsmgurus_FAQ ℹ️ Lifehacks, applications for PC & mobile 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#excel ↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma) Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi. Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz: 1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring. 2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting. 3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT + F11 4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) F5 Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor! 📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish. Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞. 📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉). ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#ict_news #maslahat #internet 🧳 O‘zbekistonda ish topish uchun qanday platformalar bor? So‘nggi vaqtlarda deyarli barcha ishlar internet orqali amalga oshirilmoqda. Endilikda siz ko‘chaga chiqib, har xil e’lon doskalarini topib, ish qidirib yurishingiz shart emas. Turli sohalar bo'yicha vakansiyalar va ishlar platformalarga doimiy ravishda joylab borilmoqda. Quyida siz eng ishonchli platforma va telegram kanallar bilan tanishib chiqib, ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. 1️⃣. https://it-market.uz/ IT-kompaniyalar o'z kompaniya porfoliosini va vakansiya joylashtirishlari hamda IT-sohasidagi buyurtmalarining ijrochisi bo'lishlari, IT-mutaxassislar o'z rezyumelarini yuklashlari va o'zlariga mos ishni topishlari mumkin. 2️⃣. https://vacancy.argos.uz/ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali. 3️⃣. https://jobo.uz/ Orzungizdagi ish va kompaniyangiz rivojiga hissa qoʻshuvchi xodimni topishga yordam beradi. Jobo.uz – minglab vakansiyalar bir yerda! 4️⃣. https://tashkent.hh.uz/ Eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozori yangiliklari, ekspertlar tahlillari va boshqalar! 5️⃣. https://uzjobs.uz UzJobs – O‘zbekistondagi birinchi ish qidirish va ishga yollash saytlaridan biri. 19 yillik barqaror ish davomida UzJobs “Toshkent va O‘zbekistondagi ish o‘rinlari, rezyumelar, bo‘sh ish o‘rinlari” turkumidagi eng mashhur onlayn resursga aylangan. Platformaning asosiy maqsadi mutaxassislarga ish topish va o‘qitishda, kompaniyalarga esa malakali ishchi kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirishda yordam berishdan iborat. 6️⃣. https://flagma.uz/ru/vacancies/ Platforma vazifasi – har bir mijoz biznes va hayotda foydalanishi mumkin bo‘lgan qulay xizmatlar, vositalar va vakansiyalarni yaratishdir. 7️⃣. https://imirjobs.uz/ IMIR JOBS – xalqaro mehnat, ish joylari bilan ta’minlash va ish beruvchilar uchun xodimlarni saralash agentligi 2016-yilda tashkil topgan. IMIR JOBS ish joylari bilan ta’minlash va xodimlarni saralab olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi o‘zbek kompaniyalari orasida barqaror yetakchi o‘rinni egallagan agentlik hisoblanadi. 8️⃣. LinkedIn.com LinkedIn – raqamli soha vakillari uchun ideal platforma. Hozirda dunyo bo‘ylab 65 milliondan ortiq mutaxassis o‘zlarining shaxsiy brend va bizneslarini rivojlantirish uchun aynan shu platformadan foydalanadi. Platforma vakansiya berish uchun mukammal joy bo‘lib, siz har qanday kasb uchun vakansiya berishingiz mumkin. LinkedIn orqali siz xalqaro yuqori o‘rindagi kompaniyalarga ham hujjat topshirsangiz bo‘ladi. 9️⃣. https://www.norma.uz/uz/vacancy/ NORMA kompaniyasi Oʻzbekiston elektron mahsulotlar bozorida 1999-yildan beri faoliyat yuritadi, oʻzbek va rus tillarida huquqiy va iqtisodiy mavzularda elektron axborot qidiruv tizimlarini, kartografik asosda elektron maʼlumotnomalar, turli xil vakansiyalar taqdim etishga ixtisoslashgan. 🔟. http://smartstaff.uz/ Platformaning asosiy vazifasi mijozga inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda zarur biznes yechimlari va tirik tizimlarni taqdim etishdan iborat. 📝 Manba: Mitc.uz ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: “Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketganman!” - Shahzod Magdiyev “Bizda har bir bitiruvchi 100 foiz ish bilan ta’minlanadi!” - Farruh Boltayev • Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz • Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
00:05
Видео недоступноПоказать в Telegram
#excel ➕⚡️ Butun jadvaldagi summani tezkor hisoblash Vazifa: Jadvalning barcha ustunlarida keltirilgan sonli qiymatlar summasini tezkor hosil qilish. Qanday amalga oshiladi? • To‘ldirilgan jadvalning ichki sohasidagi biror yacheyka tanlanadi; • CTRL + A tezkor klavishlari orqali butun jadval belgilanadi; • ALT + = tezkor klavishlari orqali ustunlardagi qiymatlar yig‘indisi hosil qilinadi. ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
SUM.mp43.59 KB
📱 Топ харастеристикага эга ҳамёнбоп смартфон излаяпсизми? Миршакар Файзуллаев янги HONOR X9a ни тавсия қилади: ✅ Кучли ҳимоя ойнасига эга 120 Гц.ли OLED-экран ✅ Уч хил рангдаги мат ёки силлиқ сиртга эга ингичка корпус ✅ Маълумотларни сақлаш учун 128 ГБ, ва 6+5 ГБ оператив хотирага эга Snapdragon 695 5G ✅ Батарея қуввати 5100 мА⋅с ва тезкор қувватланиш (40 Вт) 📍 HONOR X9a аллақачон Ishonch, Idea, Asaxiy ва бренднинг бошқа ҳамкор дўконларида сотилмоқда. 🎧 11 майдан 15 июнга қадар смартфонни харид қилганда совғага HONOR CHOICE Earbuds X3 Lite TWS-қулоқчинларига эга бўласиз! 📲 Бот: https://t.me/honor_uz_online_bot 📱: Instagram
Показать все...
Repost from IT specialist
#word Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish ↕️🚀 MS Word matn muharriri bilan ishlagan paytimiz, markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlarni yaratishga to‘g‘ri keladi. Biroq shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, ro‘yxatning biror elementini yuqoriga yoki pastga siljitish kerak bo‘ladi. Buni, matnni kesish/joylashtirish usuli bilan amalga oshirish mumkin, albatta, lekin bu noqulaylik tug‘diradi, ya’ni muharrir ro‘yxatning qo‘shimcha satrini yaratib yuboradi, uni esa o‘chirishga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxat elementlari o‘rnini yuqoriga yoki pastga qarab siljitish uchun qaynoq klavishlardan foydalanamiz. Sichqoncha kursorini ro‘yxatning kerakli satriga o‘rnating va ushbu satrni yuqoriga siljitish uchun ALT + SHIFT + yoki pastga siljitish uchun ALT + SHIFT + kombinatsiyasini bosing. 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Microsoft PowerPoint: • Ro‘yxatlar bilan ishlashda ENTER va SHIFT+ENTER klavishlarining vazifalari haqida Ro‘yxat elementlarining yuqoridan pastga va teskari tartibdagi yuzaga kelish animatsiyasi • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Eng so'nggi va tezkor kiberxavfsizlik yangiliklarini o'zbek tilida qaysi telegram kanalda kuzatib borish mumkin? 🚀 O'zbekistonda IT yo'nalishi yangi bosqichga chiqmoqda va ular orasida kiberxavfsizlik yo'nalishini alohida ta’kidlash joizdir. Rus, ingliz tillaridagi kontentlar yoshlarimizga shu yo'nalishdagi yangiliklarni to'laligicha tahlil qilish va tushunish imkonini bermaydi. 🦾 Shuning uchun men sizlarga @infosec_blog telegram kanalini tavsiya qilaman. Birinchilardan bo'lib endi o’zbek tilidagi dunyo kiberxafvsizlik yangiliklari va shu soha bo’yicha qiziqarli va maxsus yangiliklarini ularda kuzatib boring. Men sizlarga eng yaxshisini ilindim. Kiberxavfsizlikka qiziquvchilar darrov obuna bo'ling 😉 ⚠️ Barcha ma'lumotlar ishonchli manbaalar asosida chiqarilib boriladi Telegram: @infosec_blog Veb-sayt: https://infosec-blog.uz/
Показать все...