ru
Feedback
IT specialist

IT specialist

Открыть в Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
9 693
Подписчики
-524 часа
-307 дней
-12930 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
#operatsion_tizim #maslahat #internet #ict_news Microsoft rasman 2021-yil oktyabrda nashr etilgan Windows 11'ning 21H2 versiyasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Joriy yilning 10-oktyabridan boshlab operatsion tizimning ushbu versiyasi har oylik xavfsizlik yangilanishlari va xatoliklarni tuzatish bo‘yicha patch'larni qabul qilmayapti. Kompaniya kompyuterdan xavfsiz foydalanishda va yangi funksiyalarni qabul qilishda davom etish uchun operatsion tizimni yangiroq versiyasiga yangilashni tavsiya etadi. 📝 Manba: @pcteapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
#test #excel Havola kiritilgan katakni, havola bo‘ylab o‘tmasdan turib qanday belgilash mumkin?Anonymous voting
  • CTRL + Sichqonchaning chap tugmasi (SChT)
  • Plyus yorlig‘i paydo bo‘lmagunga qadar katak ustiga SChT'ni bosib biroz ushlab turish
  • SHIFT + SChT
0 votes
Repost from IT specialist
#word 📄 Word'ning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan 5 sirli xususiyati Ma’lum bo‘lishicha, barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Word matn muharririda juda ko‘p foydali kichik xususiyatlar yashiringan bo‘lib, ular bir jihatdan hayotni sezilarli darajada soddalashtirsa, ikkinchi tomondan esa eng keng tarqalgan muammolar va foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ba’zi xatolarning oldini oladi. Ushbu postimizda biz ular orasidan eng qiziqarli 5 tasini keltirishga qaror qildik: 1️⃣. Sana va vaqtni joylashtirish Bugungi sana va vaqtni tezkor ravishda oddiy klavishlar birikmasi yordamida joylashtirish mumkin, boz ustiga ushbu hujjat saqlangan holda har kuni ochib foydalanilsa, sana/vaqt ham mos ravishda yangilanib boradi. Ushbu vaziyatda hujjatga sanani kiritish uchun SHIFT + ALT + D (day), vaqtni kiritish uchun esa SHIFT + ALT + T (time) birikmasi bosiladi. 2️⃣. Satr osti va satr usti ko‘rinishida matn kiritish Ko‘pchiligimiz hujjatda formulalarga ro‘baro‘ bo‘lganda satr osti va satr usti simvollarini kiritishni qulaylashtirish borasida bosh qotirganimiz aniq. Buni amalga oshirish juda oson! Satr usti simvollari uchun SHIFT + CTRL + =, satr osti simvollarini kiritish uchun esa CTRL + = klavishlari birikmasini bosish kifoya. Ushbu birikmalarni qayta bosish evaziga oddiy matn kiritish rejimiga qaytiladi. 3️⃣. Sonlarni so‘z ko‘rinishda keltirish Agarda hujjatda qo‘shimcha tarzda so‘z ko‘rinishida keltirilishi lozim bo‘lgan sonlar ko‘p bo‘lsa (hisob-kitob va shartnomaviy hujjatlar), ushbu ishni ancha qulaylashtirish mumkin. Buning uchun CTRL + F9'ni bosamiz, figurali qavslar ichiga sonni ushbu formatda kiritamiz: =4589\*cardtext. F9'ni bosamiz va tenglik belgisidan keyin turgan son hujjatda so‘z ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 4️⃣. Harf katta-kichikligi (registri)ni tezkor almashtirish Agarda ehtiyotsizlik bilan matnning aksariyat qismini “Caps Lock” faollashgan holatda kiritganingizga guvoh bo‘lsangiz, bundan fojia yasab matnni o‘chirishga shoshilmang. Shunchaki hujjatda o‘zingizga kerakli matn fragmentini belgilash va SHIFT + F3 birikmasini bosish orqali harf registrini katta harfdan kichik harf ko‘rinishiga o‘tkazing (va aksincha). 5️⃣. Ro‘yxat elementlari o‘rnini oson almashtirish Siz ham ro‘yxat elementlari tartibini o‘zgartirishda matnni belgilab, kesib olib, so‘ngra kerakli satrga joylashtirasizmi? Unda ushbu tavsiyamiz aynan Siz uchun! Yuqorida keltirilgan an’anaviy harakatning o‘rniga satr tarkibini belgilang va SHIFT + ALT + / klavishlarini bosib, ro‘yxat elementlarini mos tarzda yuqoriga/pastga qaratib siljiting. 📝 Manba: @tech_lifehacks ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish • Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚠️ Ortga surishni bas qiling! Dasturlashni oʻrganish vaqti keldi! Biz bilan Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING! Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani. 👨‍💻 6 yillik tajribaga ega, ko‘plab loyihalarda faoliyat yuritgan Javohir Berdiyev bilan 7 oylik onlayn kurs davomida Siz dasturlashning: ▫️ HTML5, CSS3, Sass; ▫️ BootStrap, jQuery; ▫️ JavaScript(ES6); ▫️ ReactJS, Redux, Typescript ▫️ Birinchi dars tekin ) ▫️ Kurs narxi 60$ oyiga (boshlang'ich 5 kishi uchun 20% chegirma 48$) 📌 Kurs yakunida eng yaxshi tinglovchilar qatorida boʻlsangiz, Ish topishguncha yordam qilamiz. Dasturlashni o‘rganib, kelajagingizni o‘zgartirish uchun hoziroq murojaat qiling) Administrator: @frontend_admin
Показать все...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware 📀 Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz Yuklanuvchi fleshkani yaratish uchun biz qo‘shimcha dasturiy ta’minotlardan, masalan, Rufus yoki UltraISO'lardan foydalanishimiz mumkin. Biroq tajribali foydalanuvchilar buni doimiy ravishda konsol oynasi orqali amalga oshirib keladi. Buning uchun WIN + R birikmasini bosib, ochilgan Выполнить oynasiga cmd buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosing va ochilgan Buyruq satri (Командная строка) oynasiga diskpart buyrug‘ini bajaring (ENTER). So‘ngra navbat bilan quyidagi buyruqlarni bajaring: 1️⃣. list disk - disklar ro‘yxatini ko‘rsatib beradi. 2️⃣. select disk X - fleshkani tanlaymiz, bu yerdagi X'ning o‘rnida 1-qadamda qo‘llanilgan buyruq orqali hosil bo‘lgan disklar ro‘yxatidagi diskning raqami ko‘rsatiladi. 3️⃣. clean - ma’lumotlarni tozalaymiz (fleshkadagi). 4️⃣. create partition primary - asosiy bo‘limni yaratamiz. 5️⃣. select partition 1 - yaratilgan bo‘limni tanlaymiz. 6️⃣. active - bo‘limni faollashtiramiz. 7️⃣. format fs=NTFS - fleshkani NTFS fayl tizimida formatlaymiz (jarayonni tezlashtirish uchun ushbu buyruqning oxiriga probel belgisi hamda quick qo‘shimchasini kiritishingiz mumkin). 8️⃣. assign letter=T - fleshka uchun T harfini tayinlaymiz (yoki boshqa bo‘sh harfni qo‘llashingiz mumkin). 9️⃣. exit - dasturni yopamiz. Shundan so‘ng Windows'ni o‘rnatuvchi .ISO kengaytmali obraz faylini virtual diskka ulab, uning tarkibidagi barcha fayllarni fleshkaga nusxalang. Tayyor! ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Toza Windows 10'ni o‘rnatish • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#mulohaza_uchun #hardware 🆕⌨️ Ispaniyada barcha tillar uchun umumiy klaviaturani o‘ylab topishdi Dizayner Xorxe Paez bo'sh klavishlarga yo‘naltirilgan, ichiga mini-proyektor berkitilgan klaviaturani taqdim etdi. Kerakli til tanlanadi (masalan, yapon tili) va iyerogliflar klavishlarda namoyish etiladi. 📝 Manba: @znayuvse ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
📋 “IT specialist” kanalida shu kunga qadar ulashilgan foydali maqolalardan iborat #mundarija'larimiz ushbu postimizda jamlangan: 01. #operatsion_tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism. 02. Linux operatsion tizimi eslatib o‘tilgan postlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz. 03. Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz. 04. Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz. 05. Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz. 06. Windows'da oynalarni boshqarishga oid mavzular ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz. 07. Tizim bilan ishlashni tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 08. Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz. 09. PDF-fayllari bilan ishlash bo‘yicha mavzular, dastur va mobil ilovalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz. 10. Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz. 11. Berkitish va ko‘rsatishga doir turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 12. Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 13. Uyqu rejimi, gibernatsiya va kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirishga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz. 14. Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 15. Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 16. #word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism. 17. #excel rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism. 18. #powerpoint rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism. 19. #security rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism. 20. #internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism. 21. Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 22. Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 23. YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 24. #tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism. 25. 🖥 Foydali kompyuter dasturlari ro‘yxati keltirilgan postimiz. 26. 📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism. 27. Turli turkumlarga doir mobil ilovalar ro‘yxati ulashilgan postimiz. 28. 🎮 O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz. 29. #smartfon, #android, #iOS va #iPhone ruknlari ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism. 30. #rasm_bilan_ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz: 1-post. 31. #learn_english_with_software: rukni ostidagi postlarimiz: 1-qism. 32. #telegram, #telegramda_kanal_yuritish ruknlari ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postlar: 1-post | 2-post. 33. #mulohaza_uchun rukni ostida Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija: 1-qism. 34. Kitobga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 35. #mulohaza_uchun #maslahat ruknlari ostida salomatlikka oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 36. Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz. 📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatlarimiz muntazam ravishda yangilanib boradi, bizni kuzatishda davom eting, qiziqarli postlar hali oldinda! 😉 👨🏻‍💻@itspecuz
Показать все...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat 👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar. Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz: 1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N). 2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting. 3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing). 4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing. 5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating. 6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting. 7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉 📝 Manba: @GooogleTM ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish • Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz. • Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya 🎨🖊 AQShda 16 mln rangda yoza oladigan ruchka ixtiro qilindi Colorpik atrof-muhitdan ranglarni nusxalashga qodir — gadjet kerakli obyekt ustiga olib borilganida uning sirtidagi rangni skanerlaydi va bo‘yoqlarni aralashtirib, kerakli tusni hosil qiladi. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
Фото недоступноПоказать в Telegram
#mulohaza_uchun #tarmoq #internet #IT_humor – Allo, provayderga ulandimmi? Negadir internetim ishlamay qoldi, sababini bilish uchun ustani yubora olasizmi? 🙄 ℹ️ Tarmoq rukni ostidagi barcha postlarimiz roʻyxati: 1-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#smartfon #android #internet 🏎 Internet Speed Meter — yuqori bildirishnomalar paneli orqali internet tezligini nazorat qilish uchun qulay yordamchi mobil ilova. To‘liq versiya 📎 Internet Speed Meter v1.6.2 mobil ilovasini yuklab olish. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiluvchi mobil ilovalar: Speedtest Net Speed Indicator • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
Фото недоступноПоказать в Telegram
#smartfon #android 📚 FBReader Premium — Android bazasidagi qurilmalarda elektron kitoblarni о‘qish uchun eng ommabop ilovalardan biri. Barcha mashhur fayllarni qo‘llab-quvvatlaydi va foydalanish uchun qulay. Android 4.4+. Premium-versiya 📎 FBReader Premium v3.1.5 mobil ilovasini yuklab olish. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiluvchi mobil ilovalar: WPS Office (Kingsoft Office) OfficeSuite Pro + PDF Moon+ Reader eReader Prestigio Librera Reader • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
Фото недоступноПоказать в Telegram
#smartfon #android #learn_english_with_software 🇬🇧 Полиглот 16/32 va boshqalar — ingliz tili grammatikasini rus tili asosida o‘zlashtirish uchun puxta o‘ylangan, samarali va tezkor metodikani taqdim etuvchi mobil ilovalar. Android 4.0+. Barcha darslar va imtihonlar blokdan chiqarilgan. 📥 Yuklab olish uchun to‘plam: Полиглот (01-16) v4.53 Полиглот (17-32) v3.12 Полиглот. Английские cлова v2.16 Полиглот. Артикли v2.03 Полиглот. Аудирование v2.18 Полиглот. Мой словарь v4.9 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #internet ⚙️ Windows 10/11'da boshqa kompyuterni boshqaramiz Har qanday Windows 10/11 foydalanuvchisi tizim bilan birga keluvchi Быстрая помощь ilovasi yordamida boshqa Windows 10/11 kompyuteridagi har qanday muammoni masofadan turib hal qilishga yordam berishi mumkin. Windows 10/11'ga ichki o‘rnatilgan Быстрая помощь masofaviy boshqaruv dasturi ishlashi borasida TeamViewer'dan qolishmaydi va barcha Windows foydalanuvchilari uchun bepul va cheklovlarsizdir. Foydalanish tartibi quyidagicha: 1️⃣. “Пуск” menyusining qidiruv satri yordamida Быстрая помощь izlab topiladi. 2️⃣. Помочь другому пользователю tugmasi bosiladi, Microsoft akkaunti orqali avtorizatsiya jarayonidan o‘tiladi. Qabul qilingan kod yordam olayotgan foydalanuvchiga ulashiladi. 3️⃣. Masofadagi foydalanuvchi kodni kiritganidan so‘ng, yordam taqdim etishda muhim hisoblanuvchi – Получите полный контроль yoki Просмотр экрана umumiy foydalanuv (общий доступ) parametri tanlanadi. 📝 Manba: @komputeer ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
00:47
Видео недоступноПоказать в Telegram
#mulohaza_uchun 👀 Juda ta’sirli video. Daltonik bola umrida birinchi bor ranglarni ajrata olgan vaziyat. 📌 P.S.: Bu borada ko‘zi sog‘lom yoki ko‘rish borasida biroz muammosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq rang ajratish borasida muammosi yo‘q do‘stim, shukur qil, tez-tez to‘xtalishlar qilib tur va ko‘zlaringga dam ber! 📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar Shaxsiy kompyuter yoki smartfon bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun maxsus xizmat Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi? “Kompyuter ko‘rish sindromi” nima va undan qanday himoyalanish mumkin? Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi? • Salomatlikka oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
1.mp45.51 MB
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #software ➡️ Dasturni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan boshqa diskka to‘liq ko‘chirib o‘tkazish github.com saytidagi FreeMove — ochiq kodli bepul dasturiy ta’minot bo‘lib, o‘rnatilgan dasturlar papkalarini boshqa joyga yoki hattoki boshqa diskka funksionalligini buzmagan holda to‘liq ko‘chirish imkonini beradi. Ko‘chirib o‘tkazilishi lozim bo‘lgan papka va uning yangi joylashuvi tanlanadi, so‘ngra Move tugmasi bosiladi. Set original folder to hidden opsiyasiga ahamiyat bering. U keyinchalik sizni adashtirmaslik maqsadida, joriy (asl) papkani Проводник'da berkitish imkonini beradi. Buning boisi, yordamchi dastur barcha papkalar va fayllarni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazadi, eski joylashuvida esa ularga bo‘lgan simvolli havolalarni yaratadi. Shunday ekan, ko‘chirib o‘tkazilgan papkalarni o‘chirmasdan, shunchaki ularni berkiting. Qo‘llanilishi: Ishga tushirish uchun mo‘ljallangan .EXE kengaytmali fayl ustiga ikki marta bosing va o‘rnatish ketma-ketligidagi oynalar tavsiyasiga amal qiling. ⚠️ Izoh: ushbu dasturda to‘laqonli ishlay olish uchun administrator huquqlari talab etiladi. Tavsiyalar: Tizimli kataloglarni ko‘chirib o‘tkazishga urinmang, ular Windows'ni yangilash markazi va Windows ilovalari do‘koni kabi funksiyalarning ishlamay qolishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi: C:\Users | C:\Documents and Settings | C:\ProgramData | C:\Program Files | C:\Program Files (x86) kabi kataloglarni ko‘chirishga urinmang. Agar shunda ham buni amalga oshirish istagida bo‘lsangiz, mas’uliyatni o‘z zimmangizga olgan bo‘lasiz. Katalogni orqaga qaytarish uchun Readme'ning so‘nggi qismiga murojaat eting. Biroq, yuqorida keltirib o‘tilgan kataloglar tarkibidagi quyi kataloglarni ko‘chirishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Shunday ekan, siz C:\Program Files\HugeProgramIDontWantOnMySSD'ni muammosiz ko‘chirib o‘tkazishingiz mumkin. Ko‘chirib o‘tkazilgan dasturlarni o‘chirish: Dasturlar odatiy tarzda, ulanishni uzmagan holda o‘chiriladi. O‘chirish dasturi odatiy rejimda, dastur ko‘chirib o‘tkazilgan joyda bo‘sh katalog (papka)ni va katalogning avvalgi joylashuvidagi havolani qoldirgan holda ishlaydi, ularni keyinchalik qo‘lda o‘chirishingiz mumkin. 📥 FreeMove v2.1.0 dasturini yuklab olish. 📝 Manba: @pcTeapot 📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish Foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka o‘tkazish Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli) Windows'da virtual xotira (файл подкачки)ni sozlash: tizim samaradorligini oshirish Istalgan papka asosida virtual disk yaratish Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi? HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak? Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin? WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
00:29
Видео недоступноПоказать в Telegram
#bilasizmi #tarmoq #internet 🌏 Global kommunikatsiya tizimini tashkil etuvchi suv osti optik kabellarining umumiy joylashuvini ko‘rsatuvchi Yerning 3D-modeli Hammasi bo‘lib Yer sayyorasi bo‘ylab 426 ta faol kabel yotqizilgan. Ularning umumiy uzunligi deyarli 1,5 million kilometrni tashkil etadi. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Materiklar o‘rtasidagi Internet ta'minoti qanday yo‘lga qo‘yilganini bilasizmi? • Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Earth Submarine Fiber Optic Cable Network.MP42.44 MB
Repost from IT specialist
#powerpoint Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋 Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas. KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI F1 – Dastur ma’lumotnomasi CTRL + N – Yangi taqdimotni yaratish CTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish CTRL + C – Slayddan nusxa olish CTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirish CTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish CTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilish CTRL + S – Slaydni saqlash ESC – Slaydlar namoyishini yakunlash CTRL + D – Obyektning nusxasini yaratish CTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlash CTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish CTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalash CTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash CTRL + K – Giperhavola qo‘shish CTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llash CTRL + W – Hujjatni yopish CTRL + O – Hujjatni ochish CTRL + P – Hujjatni chop etish TAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish CTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish CTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirish CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish CTRL + F – Izlash CTRL + H – Izlash va almashtirish F4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlash F12 – … sifatida saqlash CTRL + F5 – Onlayn taqdimot MATNNI FORMATLASH CTRL + B – qalin shrift CTRL + I – kursiv shrift CTRL + U – ostiga chizilgan shrift F2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash CTRL + [ – shriftni kichraytirish CTRL + ] – shriftni kattalashtirish CTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash CTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash CTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirish CTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish CTRL + A – Barchasini belgilash ALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeks ALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeks F7 – Imloni tekshirish CTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish CTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish CTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish CTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish SHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish SLAYDLAR NAMOYISHI F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash SHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA N – keyingi slaydga o‘tish P – oldingi slaydga o‘tish B – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish W – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish CTRL + P – Ruchkani tanlash CTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlash CTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz: Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari • Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...