UzReport.news
Открыть в Telegram
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Больше2025 год в цифрах

26 307
Подписчики
-824 часа
-1387 дней
-60830 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq ma’muriy talablar bekor qilinadi
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar asosida Hukumat qarori bilan qonunchilikdagi tadbirkorlikka oid 1600 ta majburiy talablar bekor qilindi. Ta’kidlash joiz, bunday katta hajmdagi cheklovlarning bekor qilinishi ilk bor amalga oshirilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tadbirkorlik-sohasidagi-1-600-dan-ortiq-ma-muriy-talablar-bekor-qilinadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘tgan to‘qqiz yilda poytaxtda xizmatlar hajmi yiliga 20 foizdan o‘sib, 30 milliard dollarga yaqinlashdi. Kelgusi yilda buni 38 milliard dollarga, 2027-yilda esa 45 milliard dollarga olib chiqish muhim ekani ta’kidlandi.
Joriy yilda shahardagi 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan ko‘chalarga aylantirildi. Bu ko‘chalarda 1 ming 200 ta savdo-servis obyektini joylashtirish hisobiga 5 ming aholi daromadli bo‘ldi.
Kelgusi yilda yana 18 ta shunday ko‘cha tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.
Banklarning 100 ta yangi yuqori qiymatli ijtimoiy, “yashil”, texnologik va turistik xizmatlarni jozibador shartlarda moliyalashtirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Chilonzorda yiliga 15 ming aholini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘qitadigan markaz ishga tushirildi. Shunday markazlarni umumiy ovqatlanish va boshqa servis sohalarida yo‘lga qo‘yib, yiliga 5 ming aholini bepul o‘qitish, 100 ta mahallada kovorking markazi, dars xonasi va o‘quv kurslarini ochish hamda 10 ming nafar yoshlarni qamrab olish topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 132🔥 10❤ 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy, Shayxontohur va Olmazorda xizmatlar, kreativ iqtisodiyot, dizayn va turizm asosiy investitsiya yo‘nalishlariga aylanadi.
Xususan, 37 gektarda 1 milliard dollarlik “Uchtepa siti” loyihasi boshlanadi. Uning doirasida zamonaviy mehmonxona, biznes markazlar, savdo-ko‘ngilochar majmua va apartamentlar barpo etiladi.
Chilonzor, Yakkasaroy, Olmazorda ham 2,5 milliard dollarlik shunday loyihalar amalga oshiriladi.
Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Mirobod va Yashnobodda esa sun’iy intellekt, startap, fintex, moliya, tibbiyot va ta’lim sohasida 1 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 60🔥 13
Фото недоступноПоказать в Telegram
Sergeli, Yangihayot, Bektemirda yuqori texnologik sanoat va logistika sohalari “o‘sish nuqtasi” bo‘ladi.
Jumladan, kelasi yili Sergelida maydoni 120 ming kvadrat metr bo‘lgan 70 million dollarlik zamonaviy agrologistika va omborxona ishga tushiriladi.
Yangihayotdagi “Yangi avlod” sanoat zonasida elektrotexnika, to‘qimachilik, avtomobilsozlik va oziq-ovqat sohasida 2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yerda Birlashgan Arab Amirliklarining “DP World” kompaniyasi zamonaviy logistika tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Ushbu sanoat zonasi Yangihayot va Bektemirdagi 640 gektar hisobidan kengaytiriladi. Buning hisobiga umumiy qiymati 3 milliard dollarlik ekologiya talablariga mos va yuqori texnologik yangi loyihalarni boshlash topshirildi.
“Yangi avlod” sanoat zonasi boshqaruviga ilg‘or xorijiy kompaniyani jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 79🔥 11
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shota Rustaveli ko‘chasida BRT yo‘lagi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hududida avtomobil tunneli ishga tushirildi.
Lekin Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Shahrisabz, Maxtumquli, Ohangaron ko‘chalaridagi tirbandlikdan aholi norozi ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Toshkent shahri aholisi yildan-yilga oshib borayotgani hisobiga 100 mingdan ziyod maktab va bog‘cha o‘rinlariga ehtiyoj bor.
“Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi. 2026-yil Toshkent shahri uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi. Bu g‘oyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha katta dastur amalga oshiriladi”,– dedi davlatimiz rahbari. Kelgusi yilda jon boshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani 3 ming, 2027-yilda esa 3,5 ming dollarga yetkazish uchun poytaxt tumanlari 3 ta yo‘nalishda rivojlantirilib, 2026-yilda 9 milliard dollar, ikki yilda 20 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 92❤ 13🔥 11
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shu bilan birga, poytaxtimizda hali yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligi qayd etildi.
“Eng avvalo, shahar aholisini tashvishga solayotgan ekologiya, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish va sifatli boshqaruv masalasida shahar mas’ullari yondashuvini o‘zgartirishi zarur”,– dedi Prezidentimiz. Misol uchun, Yunusobodda besh yilda 500 ming kvadrat metr yirik savdo komplekslari barpo etilib, savdo va xizmat ko‘rsatish hajmi joriy yilning o‘zida 76 trillion so‘mga yetdi. Shayxontohur, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ham katta o‘zgarishlar bor. Lekin Yashnoboddagi “Texnopark”da yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish uchun hali katta salohiyat borligi ta’kidlandi. Yangihayotdagi “Toshkent indeks” loyihasida esa qurilgan 6,5 mingta savdo obyektining yarmidan ko‘pi bo‘sh turgani qayd etildi. Yashnobod va Yangihayot tumanlari hokimlariga tadbirkorlarga sharoit yaratib bersa, birgina shu loyihalarni to‘liq ishga tushirish orqali yana kamida 10 mingta ish o‘rni tashkil qilish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Toshkent shahrida yashirin iqtisodiyot ulushi 9,5 foizni tashkil qilayotgani, mutasaddilar uni qisqartirish bilan tizimli shug‘ullanishi shartligi ta’kidlandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 85🔥 16❤ 15
Фото недоступноПоказать в Telegram
Toshkent shahrining doimiy aholisi har yili o‘rtacha 100 mingdan ko‘payib, 2030-yilda 3,5 milliondan oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, yalpi hududiy mahsulotni 52 milliard dollarga yetkazish, jon boshiga daromadni qariyb 2 karra oshirib, 15 ming dollarga yetkazish reja qilingan.
Ushbu marralarga erishish uchun shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari, 12 ta tuman hokimi tinimsiz izlanishi, shahar uy-joy fondi, transport, energetika, ta’lim va tibbiyot, servis infratuzilmalarini dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, shunday megapolislarda rahbar bo‘lgan mutaxassislarni hokimga maslahatchi qilib olib kelish bo‘yicha taklif ma’qullandi.
Ularning ko‘p yillik tajribasidan foydalanib, Toshkent shahrini moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizm markaziga aylantirish kerakligi qayd etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 68❤ 15🔥 10
Фото недоступноПоказать в Telegram
Uy-joylar qurish ko‘lami ham keskin oshdi. Avvallari Toshkentda yiliga ko‘pi bilan 2-2,5 ming xonadon qurilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 15,5 mingdan oshdi.
So‘nggi uch yilda 3,5 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, poytaxt aholisi va tadbirkorlarning elektr ta’minotini yaxshilash boshlandi. Kelasi yili ham bu maqsadlarga yana 1,5 trillion so‘m beriladi.
Umuman, poytaxt iqtisodiyoti oxirgi to‘qqiz yilda 2,5 barobar o‘sib, joriy yil 27 milliard dollarga yetadi. Aholi jon boshiga daromad esa 4,4 ming dollardan 8,6 ming dollarga ko‘paydi.
Natijada kambag‘allik darajasi yil boshidagi 7,3 foizdan 1 foizga, ishsizlik esa 4,5 foizdan 3,5 foizga pasayadi. Ya’ni Toshkent shahrida kambag‘allik va ishsizlik tabiiy darajaga tushadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 54🔥 23❤ 17
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
So‘nggi yillarda poytaxtimizda ulkan o‘zgarishlar yuz bergani ta’kidlandi.
O‘tgan to‘qqiz yilda Toshkent shahri iqtisodiyotiga 20 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritildi, 5 mingga yaqin yirik loyiha ishga tushdi. Jon boshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya 2017-yildagi 71 dollardan 2,2 ming dollarga oshdi.
Shaharda tijorat maydonlari 14 karra ko‘payib, 67 million kvadrat metrga yetdi, tadbirkorlar soni 140 mingga yaqinlashdi.
Bunyodkorlik ishlari, yangi qurilgan savdo-servis va ko‘ngilochar obyektlar “tungi iqtisodiyot”ni rivojlantirdi. Tun-u kun ishlaydigan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari soni 3 mingdan oshdi.
“Shahar piyodalar uchun” tamoyili asosida mahalla va ko‘chalarda ijobiy o‘zgarishlarni odamlar kundalik hayotida sezayotganini o‘zlari aytmoqda. Toshkentga 1 mingta zamonaviy elektrobus va avtobus olib kelinib, 168 ta yangi yo‘nalish ochildi. Qo‘shimcha 33 kilometr metro liniyasi va 21 ta yangi stansiya qurildi. Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Yunusoboddagi 1 millionga yaqin aholiga metro xizmatlari yaqinlashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 45🔥 12❤ 11
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Davlat rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yangi binosi va oʻquv-ilmiy faoliyati bilan tanishdi.
Prezident Akademiyaning sud protsessi imitatsiyasi uchun maxsus zallari, so‘roq va tanib olish hamda boshqa ixtisoslashtirilgan xonalari, axborot-resurs markazida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi, talabalar bilan muloqot qildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezidentimiz-huquqni-muhofaza-qilish-akademiyasiga-tashrif-buyurdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 50❤ 16🔥 15
Фото недоступноПоказать в Telegram
AQShning giyohvand moddalar bilan to'ldirilgan qayiqlarga uyushtirgan hujumlarida sakkiz kishi halok bo'ldi
AQSh harbiylari Tinch okeanining sharqiy qismida giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanayotganlikda gumon qilingan kemalarga yangi hujumlar haqida e'lon qilishdi. Hujumlarda sakkiz kishi halok bo'ldi. Tanqidchilar bu operatsiyalarni sudsiz qotilliklar deb atashmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqshning-giyohvand-moddalar-bilan-toldirilgan-qayiqlarga-uyushtirgan-hujumlarida-sakkiz-ki
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Yunusobod tumanidagi yirik savdo markazi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanida joylashgan “Yunusobod galereyasi” savdo, xizmat ko‘rsatish va biznes markaziga tashrif buyurdi.
Ikki yarim gektar maydonni egallagan ushbu yirik majmuada 53 ming kvadrat metrdan ziyod savdo va tijorat maydonlari tashkil etilgan. 14 million dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga qator xorijiy brendlar o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-yunusobod-tumanidagi-yirik-savdo-markazi-faoliyati-bilan-tanishdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 52❤ 16🔥 13
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qo‘qonlik tabib mahkamada javob beradigan bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarida qo‘qonlik tabib – Iqbol Saliyevga nisbatan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB bergan maʼlumotga ko‘ra, xalq orasida tabiblik bilan shug‘ullanib, «bio nur» sohibi sifatida tanilgan I.Saliyevning faoliyati qonuniyligi o‘rganilganda «Xalq tabobati» faoliyat turi bo‘yicha soliq organlarida 2020 yilning avgustida ro‘yxatdan o‘tgani, biroq O‘zbekiston xalq tabobati Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnoma muddati 2024 yilning 21 dekabrida tugaganligi maʼlum bo‘lgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qo-qonlik-tabib-mahkamada-javob-beradigan-bo-ldi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁 7❤ 2👍 1
00:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
video_2025-12-16_16-20-57.mp429.42 MB
👍 57🔥 35❤ 23
00:47
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
Koreyadan_yuborilgan_jo‘natmada_pregabilin_moddasi_aniqlandi.mp42.78 MB
👍 2❤ 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Poytaxtda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi.
Poytaxtda aholi va iqtisodiyot obyektlarini qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan barqaror va uzluksiz taʼminlash maqsadida bir vaqtning oʻzida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan bir qator zamonaviy kogeneratsiya qurilmalari ishga tushirildi.
Batafsil 👉https://uzreport.news/politics/poytaxtda-yirik-issiqlik-ta-minoti-markazi-ishga-tushirildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 54🔥 31❤ 15
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tramp BBC media kompaniyasiga qarshi 10 milliard dollarlik sud da'vosini qo'zg'atdi
AQSh prezidenti 2021-yil 6-yanvardagi nutqi haqidagi xabar tufayli Britaniya media kompaniyasiga qarshi ko'p milliard dollarlik sud da'vosini qo'zg'atdi. Tramp BBCni AQSh saylovlariga aralashishda va tuhmat qilishda ayblamoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-bbc-media-kompaniyasiga-qarshi-10-milliard-dollarlik-sud-davosini-qozgatdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 3❤ 2😁 1
02:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
Xalqaro va Mintaqaviy fan olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandi
2025-yilda yurtimiz o‘quvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada ishtirok etib, jami 210 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan 40 tasi oltin, 78 tasi kumush va 92 tasi bronza medaliga ega bo‘lgan. Shuningdek, o‘quvchi qizlarimiz ilk bor Yevropa qizlar matematika olimpiadalarida qatnashib1 ta kumush, 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi. 15-dekabr kuni 2024-2025-o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlari taqdirlandi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Xalqaro_va_Mintaqaviy_fan_olimpiadalari_g‘oliblari_taqdirlandi.mp47.53 MB
❤ 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ilon Mask boyligi 600 mlrd dollardan oshgan ilk insonga aylandi
SpaceX kompaniyasi qiymatining keskin o‘sishi Ilon Mask boyligini 677 mlrd dollarga olib chiqdi. Tesla va xAI’dagi ulushlarini hisobga olganda, u tarixda birinchi bo‘lib trillion dollarlik boylikka ega inson bo‘lishiga har qachongidan ham yaqinlashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 2
