ru
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

Открыть в Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
80 261
Подписчики
-3424 часа
-1107 дней
-1 23930 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yangi yilda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan qo‘shimcha yoki ko‘chirilgan dam olish kunlari nazarda tutilmagan. 31 dekabr – bayramoldi qisqartirilgan ish kuni bo‘ladi. 2026 yil 2 yanvar odatdagi ish kuni hisoblanadi. 👉 https://kun.uz/69910176 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
😭 105😁 28🤯 20 14👍 12
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston milliy jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi O‘yin jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida 1 iyunda Kanadaning Edmonton shahrida bo‘lib o‘tadi. 👉 https://kun.uz/72263851 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 28 9😁 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Oltin sotish to‘xtadi, go‘sht importi keskin o‘syapti, elektr sotish 58 foizga oshdi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi 2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga 761 mln dollarlik go‘sht va go‘sht mahsulotlari olib kirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 68 foizga ko‘p. Noyabr oyida ham oltin eksport qilinmadi. Bu jahon bozorida narxlarning nisbatan arzonlashgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hisobot davrida 152 mln dollarlik elektr toki sotildi. Bu qiymat jihatdan 2024 yilga nisbatan 58,4 foizga yuqori ko‘rsatkich. 👉 https://kun.uz/61188585 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
22🔥 7👍 5🤯 4😁 1
07:19
Видео недоступноПоказать в Telegram
Grenlandiyaga ko‘z tikkan Tramp, Xitoyning yadroviy ambitsiyalari va Moskvada portlatilgan general – kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/37639112 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
Фабрика форматовДАЙЖЕСТ 23-12.mp447.70 MB
11👍 1😭 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
«Biz Grenlandiyani olishimiz kerak» - Tramp mineral resurslarga boy orolga ko‘z tikmoqda «Agar Grenlandiyaga qarasangiz, butun qirg‘oq bo‘ylab rus va Xitoy kemalarini ko‘rasiz. U bizga milliy xavfsizlik uchun zarur, uni olishimiz kerak», - dedi AQSh prezidenti. Tramp shuningdek, Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchi tayinlab, u jarayonga «bosh-qosh bo‘lishini» aytdi. 👉 https://kun.uz/30050009 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
😁 33 9🤯 6😐 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
2026 yildan bojxona yig‘imlari kamayadi va imtiyozlar joriy etiladi Prezident farmoni bilan bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini soddalashtirish choralari belgilandi. Xususan, 2026 yildan oldindan va davriy deklaratsiyalashda bojxona to‘lovlarini amalga oshirish tartibi yengillashtiriladi. 👉 https://kun.uz/91347346 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
25👍 8🔥 7
Фото недоступноПоказать в Telegram
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ishi sudda ko‘rilmoqda Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. 👉 https://kun.uz/41840272 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
🤯 62 9😐 5🔥 1
06:13
Видео недоступноПоказать в Telegram
Bashar Asadning Moskvadagi hayoti: u nimalar bilan mashg‘ul? 24 yil mobaynida Suriyani boshqargan, bir yil oldin ko‘tarilgan isyon natijasida hokimiyatdan ag‘darilib, Rossiya maxsus xizmatlari yordamida mamlakatni tark etishga muvaffaq bo‘lgan Bashar Asad Moskvada pinhona hayot kechirmoqda. The Guardian nashri Rossiya va Suriyadagi manbalariga tayanib, uning quvg‘indagi hayoti haqida ayrim ma’lumotlarni aniqladi. 👉 https://kun.uz/92856208 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
Bashar_Asadning_Moskvadagi_hayoti_u_nimalar_bilan_mashg‘ul_1.mp428.07 MB
14👍 8🤯 1😐 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Asossiz qimmatlashuvning oldi olinadi: yirik supermarket tarmoqlari ogohlantirildi Raqobat qo‘mitasi yangi yil arafasida talab keskin oshishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash zarurligi yuzasidan yirik chakana savdo tarmoqlariga ko‘rsatmalar yubordi. 👉 https://kun.uz/69922178 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 37👏 11 10😐 4🔥 3🤯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Centrum Air samolyotidagi nosozlik tufayli yo‘lovchilar bir sutka Qozon aeroportida qolib ketdi Aviakompaniya samolyotidagi texnik nosozlik tufayli Qozon-Toshkent reysining 200 dan ortiq yo‘lovchilari 27 soat aeroportda qolib ketdi. Yakshanba ertalab 9:30 ga belgilangan reys - dushanba tushdan keyin uchgan. Kompaniya rasmiylari, Rossiyaga joriy etilgan sanksiyalar sabab, samolyotning ishdan chiqqan g‘ildiragi o‘rniga yangisini olib kirish va almashtirish ko‘p vaqt olganini aytmoqda. 👉 https://kun.uz/99653025 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
🤯 20 14😁 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident qarori: ijtimoiy xizmatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi Prezident qarori bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilib, xizmatlardan foydalanishga oid barcha tartib-taomillar to‘liq elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi. 👉 https://kun.uz/79740862 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 123🔥 81 25👏 17
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tramp o‘z nomi bilan ataladigan jangovar kemalar qurilishini e’lon qildi AQSh prezidentining aytishicha, AQSh Dengiz kuchlari yangi “Tramp” sinfiga mansub kemalarni foydalanishga qabul qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular “boshqalarning barchasidan yuz barobar kuchliroq” bo‘ladi va Amerika floti flagmaniga aylanadi. 👉 https://kun.uz/72249587 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
😁 39 9🤯 4😐 3👍 1😭 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, yog‘ingarchiliklardan keyin havo haroratining nisbatan iliqlashishi fonida atmosferada inversiya jarayonlari yana faollashmoqda. Bu, ayniqsa, ertalab, kechqurun va tungi soatlarda havoning pastki qatlamlarida havo almashinuvi cheklanishiga olib kelib, ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini qiyinlashtirishi mumkin. 👉 https://kun.uz/21082329 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
11😭 8😁 4🔥 3😐 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida Kogonlik fermer o‘z misolida sohadagi muammolarni ochiqladi: hokimlik va boshqa idoralarning ishiga aralashuvi, bosimlar, moliyaviy qiyinchiliklar, sohani bo‘g‘ayotgan boshqa illatlar haqida gapirdi. Norjon Hodiyeva dardini ayta olmayotgan ko‘plab hamkasblari nomidan so‘z yuritib, islohotlar mahalliy hokimiyat tuzilmalariga yetib bormayotgani, oqibatda fermerlar omon qolish uchun doimiy kurash holatida ekanini aytmoqda. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Показать все...
23👍 22👏 3😭 2🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qayta jonlangan va bekor qilingan megaloyihalar: yilning eng katta 5 loyihasi Rekord darajadagi osmono‘par binolar va stadionlardan tortib, muzlatib qo‘yilgan loyihalargacha - quyida yilning eng muhim beshta me’moriy voqeasi keltirilgan. 👉 https://kun.uz/39024396 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
11👍 4🔥 4
04:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
Tramp 80 ga kirmoqda. 48-bo‘lish uchun zimdan kurash boshlangan 80 yoshga qarab ketgan Tramp Amerikani yana uch yil boshqaradi. 2028 yil kuzda allaqachon keyingi prezident aniqlangan bo‘ladi. Vitse-prezident Vens 48-bo‘lish uchun harakatni boshlagan ko‘rinadi. Charli Kirk xotirasiga bag‘ishlangan tadbir amalda Vensning targ‘ibot dasturiga aylanib ketdi. 📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Показать все...
Мои видео1.mp440.69 MB
12😁 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Saudiya Arabistoni bir yil ichida rekord darajada ko‘p odamni qatl qildi Saudiya Arabistonida ketma-ket ikkinchi yil rekord darajada ko‘p odam qatl etilmoqda. Ushbu mamlakatdagi qatllarni kuzatib boruvchi Britaniyaning Reprieve inson huquqlari tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil kamida 347 kishiga nisbatan oliy jazo qo‘llangan bo‘lsa, 2024 yilda 345 kishi qatl etilgan edi. 👉 https://kun.uz/41968804 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
25👍 9😐 6😭 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV Keyingi yilda pasayish haqidagi taxminlar jahon iqtisodiyoti bir tekisda o‘sa boshlashi bilan bog‘liq. 👉 https://kun.uz/44278482 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
17😐 9👏 1
04:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
Budjet hisobidan yangi yil bazmiga taqiq va Andijonda qulagan bozor rastasi – mahalliy dayjest Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/95366466 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
Мои видео.mp443.89 MB
14👏 10👍 2🔥 2🤯 2😭 1
07:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
Farg‘onada metan muammosi: shoxobchalar ochilmadi, vazir va’da qilgan konteynerlardan darak yo‘q Havo harorati pasayishi ortidan metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritilgan edi. Bungacha kunning ma’lum vaqtida ishlab turgan vodiydagi AGslar 19 dekabrga kelib faoliyat yuritishdan to‘xtadi. Energetika vazirining taqchillik paytda zapravkalarga ko‘chma konteynerlarda gaz yetkazib berilishi haqidagi va’dasi chippakka chiqdi. Farg‘onadagi zapravkalarda haydovchilar hanuz yo‘q gazga navbati kelishini kutib turishibdi. 👉 https://kun.uz/05695122 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
Мои видео.mp479.19 MB
😭 50 11😁 6🔥 4🤯 3