ru
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

Открыть в Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
80 243
Подписчики
-1524 часа
-427 дней
-1 22930 день
Архив постов
01:26
Видео недоступноПоказать в Telegram
Toshkentda fuqaro uyini ta’mirlash chog‘ida turli qurollarni topdi U Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, uyini ta’mirlash vaqtida yerto‘ladan qurol va o‘q-dorilar topgani va ularni topshirish niyatida ekanini bildirgan. 👉 https://kun.uz/84375855 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
Toshkentda_38_yoshli_erkak_ta’mirlash_vaqtida_uyining_yerto‘lasidan.mp49.41 MB
🤯 23 19👏 18😁 13👍 5😐 5🔥 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekistonda futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatini o‘tkazish choralari belgilandi 2027 yilda O‘zbekiston va Ozarboyjonda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida FIFA Jahon chempionati o‘tkaziladi. Unga munosib tayyorgarlik ko‘rish, yuqori darajada o‘tkazish maqsadida prezident qarori qabul qilindi. 👉 https://kun.uz/18340846 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 19 18😐 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ukraina nomidan Rossiyaga ko‘rsatilayotgan bosim davom etadi – MI6 Buyuk Britaniya Tashqi razvedka xizmatining yangi rahbari Blez Metreveli o‘zining ilk nutqida Rossiyani «xaos eksporti va kengayishparastlikda» aybladi. Shuningdek, u o‘z josuslik tizimida texnologiyalardan foydalanishni keskin oshirmoqchi: «Biz kod satrlarini insonlar bilan ishlaganday erkin tushunishimiz shart», dedi Metreveli. 👉 https://kun.uz/68645404 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
21😁 8🤯 1
00:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
Hindistonlik vazir Messini yugurtirdi Argentinalik yulduzning Hindistonga turnesi sarguzashtlarga boy kechmoqda. 📸 👉 https://kun.uz/52251467 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
IMG_9904.MP49.95 MB
😁 118 16🔥 6👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bekobodda IIB xodimi mashinada odam urib o‘ldirdi. U murdani Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda 11 dekabr kuni Bekobod tuman IIB Jinoyat qidiruvi bo‘limi tezkor xodimi Nexia-3 mashinasida odam urib yuborgan. Hozirda vafot etgan shaxs murdasini qidirish ishlari davom etmoqda. 👉 https://kun.uz/03504388 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
🤯 58 15😁 8😐 4
08:07
Видео недоступноПоказать в Telegram
Sidneyda yirik otishma, Hamas amaldorini o‘ldirgan Isroil, Sudanda halok bo‘lgan BMT tinchlikparvarlari va Chilida yangi prezident – kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/45259805 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
Фабрика форматовДАЙЖЕСТ 15-12++.mp451.48 MB
10👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan vafot etdi 13-dekabr kuni Xo‘jayli tumani Samanko‘l mahallasida og‘ir oqibatli baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan: uyda ijara asosida yashab kelgan shaxs va uning maktab o‘quvchilari bo‘lgan ikki nafar nabirasi is gazining navbatdagi qurbonlariga aylangan. 👉 https://kun.uz/32901709 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
😭 52 7😁 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
«Siti»da yirik g‘alaba, «Real» futbolchilari Alonsoni qutqardi Angliyadagi qadimiy derbida g‘aroyib voqea ro‘y berdi: mezbonlar tablodan raqib nomi va logotipini o‘chirib qo‘yishdi; «Aston Villa» chempionlik poygasida. Yakshanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat. 📹👉 https://kun.uz/96712649 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
9
01:23
Видео недоступноПоказать в Telegram
“Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak” – poliglot o‘zbek qizi bilan suhbat Muhabbat Fayzullayeva Toshkentda tug‘ilib o‘sgan. Yoshi 24 da. U hozirda AQShning Illinoys shtatidagi Lyuis universitetida yozuvchilik yo‘nalishida tahsil oladi. U o‘zbek tilidan tashqari rus, ingliz, italyan, ispan hamda turk tillarida gaplasha oladi. Muhabbat Kun.uz'ga bergan intervyusida chet tillarini qanday o‘rgangani, qolaversa, Amerikaga qanday kelib qolgani, nima sabab iqtisodiyot sohasidan ketib san’at yo‘nalishida o‘qiyotgani haqida gapirib berdi. 📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Показать все...
Muhabbat tizer~1.mp49.10 MB
34👍 10😐 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Jidda–Toshkent reysi bortdagi tibbiy holat sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi Jidda – Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan 9S-3306 reysi bortda shoshilinch tibbiy holat yuzaga kelgani sabab Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Yoshi katta ayol yo‘lovchining ahvoli barqarorlashtirilib, u mahalliy klinikaga olib ketildi. 👉 https://kun.uz/19208970 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
18🔥 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Xitoy O‘zbekistonni ortda qoldirib Qozog‘istonga meva-sabzavot eksport qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi 2025 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istonga sabzavot va mevalar yetkazib berishda Xitoy O‘zbekistonni ortda qoldirdi. Hisobot davrida qo‘shni respublikaga Xitoydan import 39 foizga oshib, 181,7 mln dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan yetkazib berish 12 foizga kamayib, 128,6 mln dollargacha qisqardi. 👉 https://kun.uz/26480710 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
🤯 39 22😁 6😭 5🔥 3
01:08
Видео недоступноПоказать в Telegram
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi U yelkasi va qo‘lidan jarohatlanib, operatsiya qilingan. 👉 https://kun.uz/96492961 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
IMG_3939.mp424.07 MB
👏 52 14👍 6🔥 5😁 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Kupyanskka tashrif: Rossiya da’volariga shubha uyg‘otdi | “Geosiyosat” Volodimir Zelenskiy Kupyanskka tashrif buyurib, stela oldida suratga tushdi. Bundan avvalroq Rossiya tomoni shahar o‘z nazoratida ekanini bir necha bor e’lon qilgan edi. Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra Ukraina diplomatik muzokaralarda yaxshi natijalarga erishishi uchun front chizig‘idagi yutuqlar juda muhimdir. Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida ekspertlar ushbu mavzu xususida so‘z yuritdi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Показать все...
14😁 4🤯 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Paralimpiya harakati: Prezident yoshlar yutug‘ini “yangi yorqin sahifa” deb baholadi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik yo‘lladi. Davlat rahbari ushbu g‘alabani mamlakat paralimpiya harakati tarixida “yangi yorqin sahifa” deb baholadi. 👉 https://kun.uz/09407018 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 95 9🔥 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga o‘qishga ketmoqda? Top-10 ro‘yxat 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 26,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 ming nafarga yoki 18,9 foizga kamaygan. 👉 https://kun.uz/60509270 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 11 7🤯 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
SSV “Elektron retsept” tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish berdi Birinchi bosqichda ayrim toifadagi dori vositalari (jumladan, tizimli ta’sirga ega antibiotiklar va boshqalar) uchun elektron retsept majburiy bo‘lishi, tizim to‘liq joriy etilgunga qadar va favqulodda vaziyatlarda ayrim holatlarda qog‘oz retsept imkoniyati saqlanishi kabi masalalar belgilangan. 👉 https://kun.uz/70751401 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
10👍 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol 2024 yil dekabrida harbiy holat joriy etishni oqlash uchun Shimoliy Koreyani agressiyaga undashga uringan, deb ma’lum qildi maxsus prokuror Cho In Sok. 👉 https://kun.uz/98743626 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
12🤯 9😐 5😭 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
AQShda universitetdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi Rod-Aylend shtati, Providens shahridagi Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umrzoqov halok bo‘ldi. O‘zbekistonning AQShdagi vakolatxonasi marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada ekani va AQSh idoralari bilan hamkorlikda zarur masalalarni hal etish bo‘yicha ish olib borayotganini ma’lum qildi. 👉 https://kun.uz/79782880 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
😭 109🤯 15 9🔥 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik Berlinda Zelenskiy, Uitkoff va Kushner 20 banddan iborat tinchlik yo‘lidagi reja, iqtisodiy masalalar va boshqa mavzular bo‘yicha “chuqur muhokamalar” o‘tkazgan, deb yozdi AQSh prezidentining maxsus vakili. 👉 https://kun.uz/31758652 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
6👍 4😁 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Barcha yo‘llar Rimga eltadi”: Rim imperiyasining batafsil yo‘llar xaritasi yaratildi Arxeologlar milodiy 150 yil holatiga ko‘ra butun Rim imperiyasi bo‘ylab yo‘llarning eng batafsil xaritasini tuzdi. Yo‘llarning umumiy uzunligi qariyb 300 000 kilometrni tashkil etgan. 👉 https://kun.uz/01199496 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 13 11👏 5🔥 3😭 3