Edu.uz
Открыть в Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Больше2025 год в цифрах

130 808
Подписчики
-13524 часа
-1 1407 дней
-3 41530 день
Архив постов
05:53
Видео недоступноПоказать в Telegram
BuxDTU talabalari ham o‘qib, ham maosh oladi
Buxoro davlat texnika universiteti hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi “TibTexnika” O‘zbekiston–Koreya qo‘shma korxonasi o‘rtasida dual ta’lim yo‘nalishida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Mazkur hamkorlik doirasida talabalarning korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita qatnashishi ta’minlandi. Ular 11 turdagi tibbiyot buyumlarini tayyorlash bosqichlarini amaliy o‘rganish, texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishish va kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega.
Shuningdek, korxonada amaliy faoliyat olib borayotgan talabalarga belgilangan tartibda oylik ish haqi to‘lanmoqda.
Ushbu mexanizm nazariy bilimlarni amaliy jarayon bilan uyg‘unlashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va ta’lim sifati samaradorligini oshirishга xizmat qiladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
tib texnikum..mp463.04 MB
❤ 17👍 5😁 2🔥 1
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tadbirdan avval davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlari tomonidan yaratilgan sunʼiy intellekt loyihalari va startaplar taqdimoti bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari forumning ochilishida nutq soʻzlab, SI bo‘yicha islohotlar samasari va kelgusidagi vazifalarga to‘xtaldi. Jumladan:
➖AT sohasida taʼlim berayotgan oliy taʼlim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi.
➖Kelgusi yilda NVIDIA bilan hamkorlikda superkompyuter klasteri ishga tushiriladi;
➖“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi va 2030-yilgacha 4,75 mln o‘quvchi-talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi SI bo‘yicha o‘qitiladi.
➖Har yili noyabr oyi “Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi” sifatida o‘tkaziladi va “Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi” muntazam tashkillashtiriladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 19👍 6🤔 2🔥 1🎉 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#sport
FarDU talabasi - Prezident olimpiadasi g‘olibi
Prezident Olimpiadasida Yunon-rum kurashi bo‘yicha 92kg vazn toifasida FarDU Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Faxrikamol Komiljonov oltin medalni qo‘lga kiritib musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
G‘alaba muborak bo‘lsin!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 11❤ 6👏 3🔥 2🤩 1
01:43
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Fuqarolik_jamiyati
1-5-dekabr kunlari “Fuqarolik jamiyati haftaligi” bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq, har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” o‘tkazilishi belgilangan.📹 Batafsil videolavhada
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Fond anons TG.mp415.11 MB
👍 9❤ 2🎉 1
#Barkamol_avlod
#Badminton #Taqdirlash
Badminton bo‘yicha Respublika final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
25-28-noyabr kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining badminton bo‘yicha final bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Final bosqichida 14 ta jamoa, jami 154 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
🏆 Musobaqa yakuniy natijalari:
1-o‘rin — Xorazm viloyati
2-o‘rin — Sirdaryo viloyati
3-o‘rin — Buxoro viloyati
Barcha g‘olib ishtirokchilarni tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda muvaffaqqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 11🎉 3❤ 2😁 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Davlat xizmatlari SI asosida ishlaydi. Aholiga yiliga 23 mlrd so‘m tejaladi!
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi "Byurokratiyani bartaraf etish" forumida davlat boshqaruvini zamon talablariga moslashtirish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari eko-tizimini yaratish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi:
✔️ Davlat xizmatlari soni 444 tadan 1 040 tagacha oshirildi, 2030-yilgacha bu ko‘rsatkich 1,5 mingtaga yetkaziladi. ✔️110 dan ortiq hujjat va ma’lumot talab qilish to‘liq bekor qilinadi. ✔️100 dan ortiq xizmatlar muddatlari 50 foizgacha qisqartiriladi. ✔️Davlat xizmatlari portali, "Lisenziya" tizimi va koll-markazlar sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘tkaziladi. ✔️Elektron hujjat aylanmasi hisobiga aholining yiliga 23 milliard so‘m mablag‘i tejaladi. ✔️Lisenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish sohasida 300 dan ortiq xizmat soddalashtiriladi. ✔️4 ta kommunal tarmoqqa (elektr, gaz, suv, kanalizatsiya) yagona ariza orqali ulanish imkoniyati yaratiladi. ✔️"Qog‘ozsiz hukumat" tizimiga to‘liq o‘tish maqsadida mavjud 40 million hujjatdan 25 millioni raqamlashtiriladi. ✔️Proaktiv va kompozit xizmatlar soni 400 taga yetkaziladi. ✔️Byurokratiyani bartaraf etishga oid eng ilg‘or taklif kiritgan faol fuqarolar va idoralar 3 million dollarlik mukofot jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantiriladi.2023–2030-yillarda O‘zbekiston qog‘ozbozlikdan xoli, tezkor, qulay, inson manfaatlariga asoslangan raqamli davlatga aylanadi. Fuqaro, tadbirkor va davlat o‘rtasidagi barcha jarayonlar minimal vaqt, minimal hujjat va maksimal shaffoflik bilan amalga oshadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 15❤ 9
Vazirlik tizimida gender tenglik siyosati ijrosi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida 27-noyabr kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida gender tenglik siyosatini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, gender tenglikni taʼminlash hamda oila instituti barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati doirasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yigʻilish xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglikni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan boʻlib, unda vazirlik va uning tizim tashkilotlarida gender auditini oʻtkazish vazifalari belgilab olindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/106018
#gender_audit
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 15👍 5😁 3
BuxDU talabasi – Prezident Olimpiadasi g'olibi!
"Yangi O’zbekiston Olimpiya Cho’qqilari" nomli nufuzli Prezident Olimpiadasining Respublika bosqichida Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 1-bosqich talabasi Ravshanov Zayniddin g'oliblikni qo'lga kiritdi.
U yengil atletika sport turining 110 metrga g'ov osha yugurish bahslarida 14.07 soniya natija bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Zayniddin Ravshanovni, uning ustozlari va oila a'zolarini ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi zafarlar tilaymiz!
#Xushxabar #Prezident_Olimpiadasi #Sport #Chempion #Yengil_atletika
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 29👍 11😁 1
#xalqaro_hamkorlik #bitim
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Fransiyadagi Airbus markazida amaliyot oʻtaydilar
27-noyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Fransiya Transport vaziri Filipp Tabaro hamda ikki mamlakat taʼlim va aviatsiya sohasi mutasaddilari ishtirokida hamkorlik bitimini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Toshkent davlat transport universiteti, Fransiyaning Milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi (ENAC) va dunyoning yetakchi aerokosmik kompaniyalaridan biri – Airbus oʻrtasida imzolangan ushbu bitim taʼlim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilgan holda aviasozlik soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/106010
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 19👍 6😁 2😱 1
01:39
Видео недоступноПоказать в Telegram
#fan_biznes #innovatsion_gʻoya
Dotsent qurilish sohasiga energiya tejamkor yechim taklif etdi
Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Jumagul Turg‘unayeva yuqori ekspluatatsion xossalarga ega energiya tejamkor plitalarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratdi. Mazkur ilmiy ishlanma qurilish sohasini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik xavfsiz materiallardan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan.
Bu loyiha haqida videolavhada batafsil ma’lumot beriladi. Mazkur ishlanma “O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari” loyihasi doirasida ilgari surilgan.
🔗 Boshqa innovatsion g‘oyalar taqdimoti — bu yerda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1.xxxx.mp46.73 MB
👍 13❤ 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi. Jim turish — bu illatga ijozat berishdir. Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 9👍 4
01:40
Видео недоступноПоказать в Telegram
“Qalb navolari” — mahorat va ilhom uyg‘unligi
Qo‘qon davlat universitetida o‘tkazilgan “Qalb navolari” badiiy-konsert dasturida talabalar o‘zining ijodiy salohiyati, jozibali ovozi va musiqiy mahoratini namoyish etdi. Milliy va zamonaviy kuylar uyg‘unlashgan jonli ijrolar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Professor-o‘qituvchilarning chiqishlari ham dasturga rang-baranglik qo‘shib, tadbirning badiiy ruhini yanada boyitdi. “Qalb navolari” tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Qalb navolari” — mahorat va ilhom uyg‘unligi.mp420.59 MB
👏 8👍 3
Kanada elchisi bilan uchrashuvda oliy taʼlim va fan sohasida amaliy hamkorlik mustahkamlandi
27-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qildilar. Xususan, qo‘shma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchi va talaba almashinuvi, akademik va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, shuningdek, Kanada ekspertlarini startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish jarayonlariga jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan amaliy qadamlarni belgilab oldilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105996
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 10👍 4🎉 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
❗️ Yuridik ta’lim va ilm-fan yanada isloh qilinadi
“O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–232-son, 26.11.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar yuridik ta’lim va ilm-fan rivojlanishida erishiladigan asosiy vazifalar etib belgilandi, jumladan:
🔹 yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;
🔹 Toshkent davlat yuridik universitetining 2030-yilgacha nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi bo‘yicha yuqori 1 000 talik universitetlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash.
2026/2027-o‘quv yilidan Universitetda tajriba tariqasida amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi joriy etiladi.
Bunda 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizi auditoriyalarda, 50 foizi sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda o‘tkaziladi.
✅ 2027/2028-o‘quv yilidan “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud boshqa davlat oliy ta’lim tashkilotlarida Universitet tajribasi natijalaridan kelib chiqib, amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 20👍 3🔥 3🤔 1
O‘zbekiston jamoasi Osiyodagi eng yirik kasbiy mahorat musobaqasida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyodagi yirik kasbiy mahorat musobaqalaridan biri — “WorldSkills Asia Taipei 2025” chempionatida ishtirok etish maqsadida Xitoyga yetib bordi.
Delegatsiya tarkibida 16 ta kasb bo‘yicha texnikumlar va kasbga tayyorlash markazlaridan saralangan 32 nafar ishtirokchi va ekspertlar, shuningdek kuzatuvchilar, texnik xodimlar va rasmiy vakillar bilan birga jami 45 nafar delegat bor.
“WorldSkills Asia Taipei 2025” musobaqasi joriy yilning 27–29-noyabr kunlari Taypeydagi Nangang ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli chempionat ta’lim, iqtisodiyot, turizm va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Tadbirga Osiyo mintaqasidagi 29 ta a’zo va mehmon davlatlardan 500 dan ortiq ishtirokchi — ekspertlar, raqobatchilar va mutaxassislar tashrif buyurishi kutilmoqda.
O‘zbekistonlik ishtirokchilar mamlakatimiz sha’ni, yoshlarimizning salohiyati hamda kasbiy ta’lim tizimi imkoniyatlarini munosib namoyish etish uchun qatnashmoqda.
Delegatsiyamizga musobaqada omad, qat’iyat va yuksak natijalar tilaymiz.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1_kun.mp421.83 MB
001_111.mp422.14 MB
❤ 20👍 10🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Do‘stlik va hamkorlik — Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor tamoyillari
«Народное слово» gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning «Дружба и взаимодействие — приоритетные принципы отношений между государствами Центральной Азии» sarlavhali maqolasi chop etildi.
👉 Maqolani o‘qish
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 10👍 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident farmoni bilan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Javohir Sindarovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.
Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchimiz Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 22👏 10❤ 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
#xalaqaro_natija
Oʻzbekiston GTCI 2025 reytingida mintaqada 1-oʻrinni, dunyo boʻyicha 71-oʻrinni egalladi
INSEAD va Portulans Institute tomonidan eʼlon qilingan Global Talent Competitiveness Index (GTCI) 2025 — jahon talant raqobatbardoshligi reytingida Oʻzbekiston oʻz natijasini maʼlum qildi.
Yangi hisobotga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilda dunyo boʻyicha 71-oʻrinni, “Markaziy va Janubiy Osiyo” mintaqasida 1-oʻrinni egalladi.
Bu koʻrsatkich mamlakatning talantlarni tayyorlash, jalb etish va ragʻbatlantirish borasidagi salohiyati ortib borayotganini anglatadi.
Mintaqada keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston (72-oʻrin) va Qirgʻiziston (87-oʻrin) qayd etilgan.
GTCI 2025da mamlakatlar daromad guruhlari boʻyicha ham taqqoslangan. Ushbu boʻlimda Oʻzbekiston “quyi oʻrta daromadli mamlakatlar” orasidan 1-oʻringa chiqdi.
Bu O‘zbekistonning iqtisodiy toifasida kadrlar salohiyati boʻyicha eng ilgʻorlar qatoriga kirganini koʻrsatadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 13👍 4
Repost from TgId: 1445427429
Фото недоступноПоказать в Telegram
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🇺🇿 O‘zbekistonda tan olingan xalqaro sertifikatlar bo‘yicha ovozli chat
🗓 2025-yil 27-noyabr kuni soat 16:00 da Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining telegramdagi rasmiy kanali —https://t.me/IlmiyMarkazUz da ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat xorijiy sertifikatlarning tan olinishi, shuningdek Cambridge tests, TOEFL, iTEP, SAT, Attanal va boshqa xalqaro imtihonlar bo‘yicha tashkil etiladi.
🎙 Unda Ilmiy-o‘quv amaliy markazi mas’ullari ishtirok etadi va mavzu bo‘yicha savollarga batafsil javob beriladi.
❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, iltimos, ularni mana bu yerda qoldiring: USTIGA BOSING
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
📨 Telegram: @IlmiyMarkazUz
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 7👍 4
32:09
Видео недоступноПоказать в Telegram
Prezident Olimpiadasiga start berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining ochilish marosimida ishtirok etib, tantanali nutq soʻzladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 (1).mp4539.08 MB
❤ 9👍 5
