Edu.uz
Открыть в Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Больше2025 год в цифрах

130 731
Подписчики
-13524 часа
-1 1407 дней
-3 41530 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi
20-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Berlin shahrida Germaniya Federal tadqiqot, texnologiya va kosmik vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti direktori (vazir o‘rinbosari) Mattias Oel bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot, kadrlar tayyorlash va talaba hamda mutaxassislarning o‘zaro mobilligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarni keng tatbiq etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103955
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 6👍 3
TIKA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Turkiyaning Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Ajar Ergin bilan uchrashdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar oliy ta’limda qo‘shma loyihalar, malaka oshirish dasturlari va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha amaliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi.
#xalqaro_hamkorlik
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 7👍 4😁 2
Repost from TgId: 1522034220
Фото недоступноПоказать в Telegram
🎓 DIQQAT, MUZEYSHUNOSLIK SOHASI MUTAXASSISLARI, TALABALAR VA IJODKOR YOSHLAR!
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tashabbusi bilan Madaniy meros agentligi va hamkor tashkilotlar tomonidan respublika miqyosida ijodiy tanlovlar e’lon qilinadi!
🖋 Tanlov yo‘nalishlari:
1️⃣ “Madaniy merosni saqlash” mavzusidagi eng yaxshi esse – bakalavr talabalari uchun.
📌 Nominatsiyalar:
– eng yaxshi ijodiy yondashuv;
– eng yaxshi tahliliy yechim;
– huquqiy bilimlarni chuqur aks ettirish.
2️⃣ “Madaniy merosni saqlash: huquqiy va iqtisodiy yondashuvlar” mavzusidagi eng yaxshi ilmiy maqola – sohaga oid mutaxassislar uchun.
💰 Mukofotlar:
🏆 essening har bir yo‘nalishi uchun 500 AQSh dollaridan;
🏆 ilmiy maqola yo‘nalishi uchun 1000 AQSh dollari;
🎁 Shuningdek, barcha g‘olib va ishtirokchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshiriladi!
🗓 Tanlov muddati: 2025-yil 15-noyabrdan 10-dekabrgacha
📩 Ishlaringizni yuborish manzili: info@madaniymeros.uz
📞 Murojaat uchun: +998 71 200-01-18
💡 Bu imkoniyat — sizning ijodingizni, fikrlaringizni va madaniy merosga bo‘lgan mehringizni namoyish etish uchun ajoyib maydon!
Ishtirok eting va o‘z nomingizni respublika miqyosida taniting!
🟢batafsil
✅ Telegram ✅ Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
🔥 8❤ 4👍 2
Xotin-qizlar ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova raisligida xotin-qizlar ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazirlik mutasaddilari, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Z.Mahkamova xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish va yangi tashabbuslarni har bir mahalla kesimida aniq oʻrganish muhimligini taʼkidladi.
Shuningdek, xotin-qizlarning ilmiy faolligini oshirish, ularni innovatsion izlanishlarga jalb etish va zamonaviy kasblarga oʻqitish dolzarb vazifa ekani qayd etildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103889
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 9👍 1👏 1😁 1🤔 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
😚😋😛😝
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda IIV tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning sabablari, shart-sharoitlari va omillarini chuqur tahlil qilish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
✅ Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️
➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️
❤ 7
#Besh_tashabbus #yakun #natija
Gulistonda oʻtgan “Besh tashabbus” olimpiadasi ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi
Bellashuvlar mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning final bosqichida umumiy hisobda 700 nafarga yaqin sportsevar yoshlar ishtirok etdi.
Bugun barcha g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar, medallar hamda kuboklar tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vazirligi va viloyat hokimligi mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar “Besh tashabbus” olimpiadasi yuqori saviyada o‘tganini ta’kidlab, mazkur sport tashabbusi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdilar.
Sport musobaqalarining barcha natijalari bu yerda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 8👍 4👏 1😱 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Vazirlar_murojaati
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan
QOʻSHMA MUROJAATI ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Qadrli yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Farzand — insonning dunyodagi eng aziz neʼmati. Ota-ona boʻlish juda katta baxt. Shuning uchun ota-ona bolasini koʻz qorasiday asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun koʻksini qalqon qiladi. Maʼnaviyatli oʻgʻil-qizlar buni yaxshi bilgan holda aziz ota-onalarini boshlariga koʻtarib, ardoqlaydilar.
Azizlar!
Bu zamonda yoshlarga koʻz tikkan tahdidlar koʻp. Shulardan biri– giyohvandlik balosi. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik “zavq” izlab yoxud oson pul topay, deb bu illatga aralashib qolib, oʻzlarining kelajagini barbod qilmoqdalar. Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sogʻligini, balki boʻlajak oilalarni, hattoki butun jamiyat kelajagini barbod qiladi. Shunday ekan, har birimiz bu illatga qarshi qatʼiy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.
Ardoqli yoshlar!
Sizdagi sogʻlom fikr, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir. Hech qachon “bir marta sinab koʻraman” deb o‘zingizni aldamang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni oʻgʻirlovchi illat ekanligini unutmang. Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib keladi. Butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik! Ularga har kuni g‘amxo‘rlik va mehr koʻrsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik va muammolaridan boxabar boʻlaylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni oʻrgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarni farqlashni oʻrgataylik. Ularning qalbida mehr, ishonch va maʼnaviyat boʻlsa, hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydilar.
Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor boʻlib, birgalikda kurashishimiz lozim.
Muhtaram ustozlar!
Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyos. Taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sogʻlom fikr va masʼuliyat tuygʻusini uygʻotishi lozim. Shogirdlarimizni oʻz farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
Barchamiz birlashaylik! Мillat xoinlari boʻlmish narkojinoyatchilarga murosasiz va keskin munosabatda boʻlib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol koʻmaklashaylik.
❗️Unutmang! Oʻzbekistonning tinch va sogʻlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga bogʻliq!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 28❤ 16😁 2😱 2🤔 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qonunchilik_yangiliklari
🔖 Turizmda nimalar o‘zgaradi? Prezident qaroridagi 5 ta asosiy yangilik
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Eng muhim yangiliklar:
1️⃣ “Tax Free” naqd pulda: 2026-yildan sayyohlar QQS summasini chegarada naqd ko‘rinishda qaytarib olishi mumkin.
2️⃣ Transport: Turistik shaharlar o‘rtasida qatnov vaqti 3 barobarga qisqaradi.
3️⃣ Kadrlar: Samarqandda BMT shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi ochiladi.
4️⃣ Ijara: Uy va dala hovlilarni sayyohlarga ijaraga berish soddalashtiriladi.
5️⃣ Maqsad: 2030-yilga borib yiliga 20 mln sayyoh va minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Bu islohotlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan. Mehmonxona, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi aholi daromadini oshirib, turmush darajasini yuksaltiradi. Infratuzilmaga kiritilayotgan sarmoyalar esa nafaqat sayyohlar, balki mahalliy aholi uchun ham qulay sharoitlar yaratadi.🖥 BATAFSIL
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 8👍 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Vazirlar_murojaati
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan
QOʻSHMA MUROJAATI ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Aziz yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Farzand — insonning dunyodagi eng aziz neʼmati. Ota-ona boʻlish juda katta baxt. Shuning uchun ota-ona bolasini koʻz qorasiday asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun koʻksini qalqon qiladi. Maʼnaviyatli oʻgʻil-qizlar buni yaxshi bilgan holda aziz ota-onalarini boshlariga koʻtarib, ardoqlaydilar.
Azizlar!
Bu zamonda yoshlarga koʻz tikkan tahdidlar koʻp. Shulardan biri– giyohvandlik balosi. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik “zavq” izlab yoxud oson pul topay, deb bu illatga aralashib qolib, oʻzlarining kelajagini barbod qilmoqdalar. Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sogʻligini, balki boʻlajak oilalarni, hattoki butun jamiyat kelajagini barbod qiladi. Shunday ekan, har birimiz bu illatga qarshi qatʼiy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.
Aziz yoshlar!
Sizdagi sogʻlom fikr, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir. Hech qachon “bir marta sinab koʻraman” deb o‘zingizni aldamang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni oʻgʻirlovchi illat ekanligini unutmang. Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib keladi. Butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik! Ularga har kuni g‘amxo‘rlik va mehr koʻrsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik va muammolaridan boxabar boʻlaylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni oʻrgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarni farqlashni oʻrgataylik. Ularning qalbida mehr, ishonch va maʼnaviyat boʻlsa, hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydilar.
Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor boʻlib, birgalikda kurashishimiz lozim.
Qadrli ustozlar!
Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyos. Taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sogʻlom fikr va masʼuliyat tuygʻusini uygʻotishi lozim. Shogirdlarimizni oʻz farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
Barchamiz birlashaylik! Мillat xoinlari boʻlmish narkojinoyatchilarga murosasiz va keskin munosabatda boʻlib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol koʻmaklashaylik.
❗️Unutmang! Oʻzbekistonning tinch va sogʻlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga bogʻliq!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
“IPC-CUP” kibersport musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniq bo‘ldi
19-noyabr kuni Xalqaro press klub tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “IPC-CUP” kibersport musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.
Final bellashuvlari yakuniga ko‘ra quyidagi g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
FIFA Solo (yakkalik) yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin – Shohrux Shermatov (O‘zbekiston milliy universiteti) 2-o‘rin – Muzaffar Smailov (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) 3-o‘rin – Shingiz Ahmedov (Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali) FIFA Duo (jamoaviy) bo‘yicha 1-o‘rin – Javlon Esonov va Qahramon Solihboyev (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti) 2-o‘rin – Diyor Umirzakov va Asilbek Asadov (Vebster universiteti) 3-o‘rin – Sardorxo‘ja Akromxo‘jayev va Azizxon Toirxonov (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) PUBG bo‘yicha jamoaviy natijalar 1-o‘rin – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-o‘rin – Vebster universiteti 3-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti CS2 bo‘yicha jamoaviy natijalar 1-o‘rin – Vebster universiteti 2-o‘rin – Inha universiteti 3-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiMusobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 9👍 6🤩 6😁 2
Repost from TgId: 1931522914
Фото недоступноПоказать в Telegram
#diqqat_tanlov
Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️
📥“SI: g‘oyadan – amaliyotga” amaliy tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025
📥“INNOVO” fundamental tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍 4❤ 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📢 ESLATMA!
Bugun xalqaro konferensiya va ilmiy-ta’lim forumiga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni!
Joriy yil 27–28-noyabr kunlari Toshkent shahrida oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, xalqaro hamkorlik va ilmiy nashrlar mavzusiga bag‘ishlangan ikki yirik xalqaro tadbir o‘tkaziladi:
🟢Erasmus+ Milliy ekspertlar jamoasining (HEREs) yillik xalqaro konferensiyasi – “O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” mavzusida;
🟢Yillik ilmiy-ta’lim forumi – “Ilmiy axborotdan foydalanish va nashr faolligi” mavzusida.
Tadbirlar oliy ta’lim tizimida tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda Erasmus+ dasturi doirasida raqobatbardosh loyiha takliflarini ishlab chiqishga qaratiladi.
Sana: 27–28-noyabr 2025-yil
Joy: Sarbon universiteti, Toshkent shahri
Format: oflayn va onlayn (O‘zbekiston viloyatlari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun)
Rasmiy tillar: o‘zbek, ingliz, rus
Asosiy yo‘nalishlar:
✔️Oliy ta’limda raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalar;
✔️Bolonya jarayoni va xalqaro hamkorlik;
✔️Erasmus+ dasturlari doirasida mintaqaviy loyihalar;
✔️Ilmiy nashrlar, bibliometrika va universitetlar reytingi;
✔️Kutubxonalarning zamonaviy axborot xizmatlaridagi o‘rni.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Tadbir materiallari “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”, “INFOLIB” va “KUTUBXONA.UZ” jurnallarida chop etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/Unddhxxsj9f4GdEt7
So‘nggi muddat: 20-noyabr 2025-yil
Batafsil 👈
🔁 English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 6👏 6👍 2😱 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#tanlov
“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovining yangi mavsumiga tayyorgarlik!Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning ilk mavsumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur tashabbusning mantiqiy davomi sifatida tanlovning navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik boshlandi. Shu munosabat bilan, yosh izlanuvchi-tadqiqotchilar va talabalarni o‘z ilmiy faoliyatlari bo‘yicha sodda va ommabop tilda maqolalar tayyorlab, e’lon qilish hamda tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan, keng jamoatchilikka ilmiy bilimlarni tushunarli va ommabop tarzda yetkazishga xizmat qiladigan eng yaxshi materiallar mualliflarini aniqlash va rag‘batlantirishdir. Tanlovga hujjatlar topshirish 2026-yil may oyida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang! 📝 Ishtirok etish uchun nima qilish kerak? ➖ 2025/2026-o‘quv yili davomida ilmiy-ommabop gazeta yoki jurnallarda maqolangizni e’lon qiling; ➖ e’lon qilingan material (PDF shaklda) va ma’lumotingiz bilan may oyining 1–10-sanasida tanlovga ariza topshiring. Tanlovda oliygohlarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — BHMning 25 baravari; 🥈 2-o‘rin — BHMning 20 baravari; 🥉 3-o‘rin — BHMning 15 baravari.Siz ham o‘z ilmiy faoliyatingizni keng ommaga taqdim etishni istaysizmi? Unda maqolangizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting! 📃Tanlov nizomi
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 17👍 5
Germaniya universitetlari bilan 60 dan ziyod hamkorlik hujjatlari imzolandi
Berlinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi yakunida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.
Forum doirasida O‘zbekiston va Germaniya oliygohlari o‘rtasida 64 ta o‘zaro hamkorlik kelishuvi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Anhalt Amaliy fanlar universiteti o‘rtasida O‘zbekiston–Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103551
#xalqaro_forum #natija #memorandum
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 14👍 7🎉 3🔥 2
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari prorektorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida pedagogika oliy ta’lim muassasalari Akademik faoliyat bo‘yicha prorektorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, akademik muloqot va tajriba almashuvini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan o‘quv-amaliy laboratoriyalar, kreativ markazlar, Registrator ofisi va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103550
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 5👏 1
Berlinda xalqaro forum doirasida muhim uchrashuvlar o‘tkazildi
18-noyabr kuni O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov Germaniyaning yetakchi akademik tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tadbir ikki davlat o‘rtasida ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish va ilmiy integratsiyani jadallashtirishga qaratildi.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim hamjamiyatlari o‘rtasida shakllanayotgan strategik hamkorliklar ikki davlatda ilmiy izlanishlar, innovatsion faoliyat va kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, forum doirasida Germaniyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, talabalarning ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyat bo‘yicha taassurotlari tinglandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103538
#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Yosh_muhandislar #Talabaga_imkoniyat
Yosh muhandislar maktabi ochildi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Bepul ta’lim — teng imkoniyat” shiori ostida Yosh muhandislar maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rahbariyati, Yoshlar akademiyasi vakillari bilan bir qatorda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S. Sayfullayeva hamda O‘ZLIDEP yoshlar qanoti vakili J. Umarov ishtirok etdi. Ular ushbu tashabbus yoshlarning kasbiy yo‘nalish tanlashida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidlashdi.
Mazkur maktabda matematika, fizika, kimyo, ingliz tili va zamonaviy kasblar yo‘nalishida darslar yo‘lga qo‘yildi. Mashg‘ulotlar institutning tajribali o‘qituvchilari tomonidan nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borilmoqda.
Tashabbus yoshlar uchun muhandislik sohasiga kirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 11👍 5
Berlinda O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi o‘tkazildi
18-noyabr kuni o‘tkazilgan mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan bo‘lib, unda ikki tomondan 200 ga yaqin universitet va ilmiy tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekistonning Germaniyadagi favquloddagi va muxtor elchisi Dilshod Axatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Germaniya Federal ta’lim va tadqiqot vazirligi (BMBF) xalqaro hamkorlik departamenti rahbari o‘rinbosari Sandra Leneke ikki davlat o‘rtasidagi ilm-fan va ta’lim sohalarida shakllanib borayotgan ishonchli aloqalar va istiqboldagi loyihalar haqida so‘z yuritdilar.
Forum doirasidagi “Ta’lim va akademik hamkorlik” hamda “Tadqiqotlar va innovatsiyalar” panel ygʻilishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, O‘zbekiston talabalari uchun Germaniyada amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish, strategik ilmiy yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy markazlar tashkil etish va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish kabi tashabbuslar muhokama qilindi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston–Germaniya rektorlari forumi ikki davlat ta’lim tizimlari o‘rtasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 18👍 9🔥 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное подведению итогов работы и приоритетным задачам на следующий год по сокращению бедности и обеспечению занятости населения.
#Mirziyoyev #videoselektor #kambagallik #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 7
