ru
Feedback
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

Открыть в Telegram

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuzinstagram.com/xushnudbekyoutube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevx.com/xushnudbecktiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
629 262
Подписчики
-14624 часа
+6 5987 дней
-7 21130 день
Архив постов
00:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
🥰 “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo‘yini qishki mavsumning ikkinchi o‘yini boshlandi. 🤵🏻‍♂️ Mavsumning ikkinchi o‘yinida Xudoberdi Ergashev jamoasi ishtirok etadi! Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
anons_zakovat_bugun_06.12.2025.mp459.51 MB
star reaction 5
❗️FVV Gulistondagi baxtsiz hodisadan so’ng, odamlar ommaviy yig’iladigan joylarda kuchaytirilgan profilaktik tadbirlar olib bormoqda Unda FVV va boshqa daxldor tashkilotlardan iborat ishchi guruhlar tomonidan bozorlar, ovqatlanish shoxobchalari va ijtimoiy soha obyektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, gaz-havo aralashmasi chaqnashi, yong‘in, is gazidan zaharlanish kabi noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik nazorat tadbirlari o’tkazilmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekistonliklar 2025-yilda eng ko‘p o‘qigan kitoblar reytingi e’lon qilindi Asaxiy Books 8-marotaba yil bestsellerlari reytingini e’lon qildi. Reytingda so‘nggi 12 oy davomida Asaxiy orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan kitoblar o‘rin olgan — ya’ni kitoblarga o‘zbekistonliklar hamyonlari bilan ovoz bergan. 2025-yil bestsellerlari:
1. Jeyms Klir: Atom odatlar 2. Erve Le Tellye: Anomaliya 3. Jorj Oruell: Molxona 4. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma 5. Jorj Oruell: 1984 6. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li 7. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot 8. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari 9. Yuy Xua: Yashamoq
Toʻliq ro‘yxat: https://asaxiy.uz/uz/product/asaxiy-books-yil-bestsellerlari-2025-tuplami Yangi yilga aqlli sovgʻa! 40% chegirma bilan 20 ta kitobni bitta toʻplamda xarid qiling: asaxiy.uz/u/bestseller-2025 Narxi: 899 000 soʻm. Muddatli toʻlov: 0-0-6, 150 000 soʻmdan/12 oy. Reklama
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va qardosh Qirg‘iziston xalqiga bardavom ravnaq tiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 1
01:23
Видео недоступноПоказать в Telegram
Oʻzbekistonda 2026-yil yanvardan aholini ro‘yxatga olish boshlanadi 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 🔹 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish; 🔹 4–28-fevral oralig‘ida esa maxsus tayyorlangan xodimlar tomonidan uyma-uy yurib ro‘yxatga olish. Rasmiylarga ko‘ra, barcha ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda qo‘llanadi. Tadbir natijasida shakllanadigan statistik ma’lumotlar ijtimoiy himoya, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy va investitsiya siyosatini rejalashtirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi kutilyapti. Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar @census_2026 kanalida berib boriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
IMG_3221.MP429.09 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿O‘ZBEKISTON "K" guruhidan joy oldi Guruhimizdagi o'yin taqvimi 1-tur / 17-iyun 🇵🇹Portugaliya — 🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR) 🇺🇿O‘ZBEKISTON — 🇨🇴Kolumbiya 2-tur / 23-iyun 🇵🇹Portugaliya — 🇺🇿O‘ZBEKISTON 🇨🇴Kolumbiya — 🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR) 3-tur / 27-iyun 🇨🇴Kolumbiya — 🇵🇹Portugaliya 🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR) — 🇺🇿O‘ZBEKISTON 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 31
Bizning uchinchi raqibimiz quyidagi uchta jamoadan biri bo'ladi: Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR
Показать все...
star reaction 7
Guruhimizdagi o'yin taqvimi 1-tur / 17-iyun 🇺🇿O‘ZBEKISTON — 🇨🇴Kolumbiya 2-tur / 23-iyun 🇵🇹Portugaliya — 🇺🇿O‘ZBEKISTON 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 5
Iya, Portugaliya va Kolumbiya bilan ekan!!!
Показать все...
star reaction 14
🇺🇿O‘ZBEKISTON Fransiya va Senegal bilan!!!
Показать все...
star reaction 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
2-savatcha ham tarqatib chiqildi. Bizga Meksika, AQSh, Niderlandiya, Belgiya raqib bo'lmaydi.
Показать все...
Boshlandi, post yangilanmoqda.
Показать все...
⚽️ Futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati guruhlari (post yangilanib boradi) 🔹"A" guruhi 🇲🇽Meksika 🔹"B" guruhi 🇨🇦Kanada 🔹"C" guruhi 🔹"D" guruhi 🇺🇸AQSh 🔹"E" guruhi 🔹"F" guruhi 🔹"G" guruhi 🔹"H" guruhi 🔹"I" guruhi 🔹"J" guruhi 🔹"K" guruhi 🔹"L" guruhi 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qur’a tashlash marosimi boshlanmoqda. Donald Tramp ham kelgan. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Bu degani, hurmatli yoki hurmatsiz talabalar, imtiyozli chipta olaman deb xomtama bo‘lmanglar, avval chiptalarni asl narxida hammaga sotib olaylik, keyin sizlarga sotuvda qolmagan, ya’ni yo‘q chiptalarni 50% imtiyozda taklif qilamiz, degani. Tushunmayman, masalan, bugundan imtiyozli chipta sotuvini e’lon qilsa, nima bo‘ladi? Talabalar ko‘ksiga sal shamol tegib, o‘zini yo‘qotib qo‘yadimi? Mantiq left...🤦‍♂️ 👉@xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 25
❗️Talaba va o‘quvchilar uchun ham qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi. Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. 👉@xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 7
🌐 Bugun biz uchun hayajonli va tarixiy kun. Birozdan so’ng futbol bo’yicha Jahon chempionatiga qur’a tashlanadi va unda ilk marta O‘ZBEKISTON nomi ham e’lon qilinadi. G’alati hissiyot, ochig’i. Qandaydir boshqacha. Hali qur’aga shuncha hayajon, ertaga ilk o’yinimiz kuni nima bo’ladi, hayronman… Hammani qiziqtirayotgan yagona savol: guruhda raqiblarimiz kim bo’lar ekan? Taxminlar ko’p. Bir-biridan qiziq. Shu o’rinda sun’iy idrok vakillaridan ham variant so’rab ko’rdim. ➖ Gemini: 🇵🇹Portugaliya, 🇨🇭Shveytsariya, 🇺🇿O‘ZBEKISTON, 🇳🇿Yangi Zelandiya ➖ ChatGPT: 🇪🇸Ispaniya, 🇺🇾Urugvay, 🇺🇿O‘ZBEKISTON, 🇬🇭Gana ➖ Grok: 🇧🇷Braziliya, 🇭🇷Xorvatiya, 🇺🇿O‘ZBEKISTON, 🇮🇹Italiya ➖ Copilot: 🇦🇷Argentina, 🇨🇭Shveytsariya, 🇺🇿O‘ZBEKISTON, 🇳🇿Yangi Zelandiya Sizga qaysi guruh ma’qul? 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 6
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayyan boshchiligidagi Saudiya Arabistoni kompaniyalari delegatsiyasini qabul qildi. Bugun 752 megavatt quvvatga ega 4 ta shamol elektr stansiyasi elektr tarmogʻiga ulandi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Buxoro viloyatida umumiy quvvati 2,3 gigavattni tashkil etadigan 5 ta elektr stansiyasi hamda 300 megavattli energiya saqlash tizimining qurilishi boshlandi. Bundan tashqari, Samarqand viloyatini Toshkent viloyati bilan va Qoraqalpogʻiston Respublikasini Buxoro viloyati bilan bogʻlaydigan umumiy uzunligi 1 ming 790 kilometrlik 500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini barpo etish boshlandi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
IMG_2116.MP49.64 MB
star reaction 1
Shavkat Mirziyoyev bugun bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan: ➖ 🇦🇪BAA energetika va infratuzilmalar vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda BAAning “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy, “Etihad Water & Electricity” kompaniyasi rahbari Yusuf al-Ali va “TAQA Water Solutions” kompaniyasi rahbari Ahmad al-Shamsiy ham ishtirok etdi; ➖ 🇹🇷Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayroqdor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Turkiyaning yetakchi “AKSA” kompaniyasi rahbari Jamil Kazanchi va “Cengiz Energy” kompaniyasi rahbari Ahmet Chingiz ham ishtirok etdi; ➖ 🇦🇿Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbozovni qabul qildi; ➖ 🇰🇬Qirg‘iz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qabul qildi; ➖ 🇨🇳Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyanni qabul qildi, shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari, xususan, “China Datang”, “China Energy Engineering Corporation”, “Sinoma Energy”, “Universal Energy”, “China General Technology”, “Poly Changda Engineering” rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 1
❗️Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida transport tizimini tubdan yangilashga qaratilgan qarorni imzoladi. Hujjatga muvofiq: ➖ 2030-yilgacha jamoat transportidan foydalanish ulushini 60 foizga, elektrobuslar ulushini 50 foizga, avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish, 1 ming kilometr avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, 16 ta tonnel va yo‘l o‘tkazgich, 700 ta "aqlli" chorrahani barpo etish, metropoliten tarmog‘ining uzunligini 103 kilometrga yetkazish, 170 kilometr velosiped va 200 kilometr piyoda yo‘laklarini tashkil etish maqsadli ko‘rsatkichlar sifatida belgilab olindi; ➖ poytaxtda yo‘l harakatini boshqarishning mutlaqo yangi modeli joriy etiladi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etilib, u transport, piyoda va yo‘lovchi oqimlarini real vaqtda monitoring qilish, boshqarish va xavfsizlikni ta’minlash vakolatiga ega bo‘ladi; ➖ Intellektual transport tizimi (ITT) shakllantiriladi. Kameralar, sensorlar, svetoforlar, jamoat transporti harakati, navigatsiya, vazn-hajm nazorati va barcha xizmatlar yagona platformaga ulanadi. ITT Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Situatsion markaziga integratsiya qilinadi. Avtotransport vositalarining ekologik normativlarga mosligi avtomatik baholanadi va ekologik zonasiga mos kelmaydigan transport vositalarini aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi; ➖ yo‘l va transport infratuzilmasi uchun maxsus jamg‘arma tashkil etildi. Jarimalar, "Xavfsiz shahar" tushumlari, reklama tushumlari bir qismi va boshqa manbalar jamg‘armaga yo‘naltiriladi. Mazkur jamg‘armaga kelib tushgan mablag‘lar transport master rejasi, ITT, muhandislik yechimlari, infratuzilmaviy loyihalar, avtobus yo‘laklari va svetoforlarni modernizatsiya qilishga sarflanadi; ➖ yo‘l-transport sohasidagi bir qator vakolatlar 2028-yilgacha huquqiy eksperiment sifatida markazga o‘tkaziladi. Bu Toshkentda transportni yagona markazlashgan tizim orqali samarali boshqarish imkonini beradi; ➖ Toshkent ko‘chalari, yo‘l kesishmalari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlari bo‘yicha katta infratuzilmaviy dastur amalga oshiriladi: avtobuslar uchun alohida yo‘laklar, intellektual svetoforlar joriy etiladi, ko‘chalar kompleks tarzda rekonstruksiya qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...