ru
Feedback
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

Открыть в Telegram

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuzinstagram.com/xushnudbekyoutube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevx.com/xushnudbecktiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
629 197
Подписчики
-14624 часа
+6 5987 дней
-7 21130 день
Архив постов
Surishtiruvni mana bu havola orqali o’qishingiz mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Daryo nashrida “iMarat” qurilish kompaniyasi haqida jurnalist Otabek Qo‘ldoshevning surishtiruvi e’lon qilingan edi. Kompaniya rahbari Marat Hamdamov ushbu surishtiruvga javoban jurnalistni va Daryo nashrini cho’chqaga qiyoslabdi. Jurnalistning o’zi holat yuzasidan 102 ga shikoyat yo’llaganini ma’lum qildi.
“Maratjonga haddini bildirib qo’yishsa kerak, degan umiddamiz. Kutamiz…”, — deb yozadi jurnalist Otabek Qo’ldoshev.
👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
IMG_2080.MP48.88 MB
star reaction 1
❗Sirdaryodagi ovqatlanish shoxobchasida gaz balloni portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi Hodisa kecha, 2-dekabr kuni Guliston shahri “Taraqqiyot” MFYdagi ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 29 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan, ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan. Hozirgi paytda 1 nafar bemorning ahvoli “o’ta og’ir” bo’lib, u sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Jarohatlanganlarning 5 nafari “stabil og’ir” va 15 nafari “qoniqarli” holatda. Ahvoli qoniqarli bo’lgan 3 nafar bemorga yordam ko’rsatilib, uyiga javob berilgan. Bemorlardan 2 nafari homilador bo’lgani sababli Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga ko‘chirilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi (odam o‘lishiga olib kelgan mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 kishi protsessual tartibda qamoqqa olingan. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
05:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov byudjet taqchilligi haqida: ➖ Byudjet taqchilligining nominal oshib borishi real hisoblarni ko‘rsatmaydi. 2023-yilda taqchillik YIMga nisbatan 5% bo‘lgan, 2026-yilda 59 trln so‘mlik byudjet taqchilligi 3% ni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. ➖ Taqchillik (defitsit) doim bo‘lishi kerakmi? Biz ko‘p yillar byudjetni profitsit bilan bajarganmiz. U zo‘rmidi? Sohada uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan odam sifatida “yo‘q”, deb javob berishga majburman. Chunki o‘sha paytlar byudjet profitsit bilan bajarilganining sababi shuki, o‘sha byudjet taqchilligini moliyalashtirishga bizga hech kim kredit bermagan. ➖ Buni rasmiy aytishim mumkin. Hech kim qarz bermagan. Chunki islohotlar yo‘q edi, so‘m erkin konvertatsiya qilinmas edi, soliq siyosati murakkab edi. Umuman, oxirgi 8-yilda nimalar qilingan bo‘lsa, o‘sha narsalar yo‘q edi. Shuning uchun ham hech kim bizga byudjet taqchilligini moliyalashtirishga kredit bermas edi. ➖ Taqchillikning katta bo‘lishi yaxshi emas, bizning fikrimizcha. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham shu fikrda. 3%lik taqchillik nazariyada ham, mamlakatlar amaliyotida ham optimalligi tasdiqlangan. Bu davlat qarzining mo‘tadil oshishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, hukumatning defolt, bankrot bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. ➖ Byudjet taqchilligi qachon o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi? Qachonki o‘sha mamlakatda iqtisodiy o‘sish bo‘layotgan bo‘lsa. Taqchillik qo‘shimcha pul olib, iqtisodiyotni rag‘batlantirish degani. Fiskal rag‘batlantirish. Agar biz qarz olsak-da, uni iqtisodiyotga chiqarsak va iqtisodiyot o‘smasa — bu noto‘g‘ri. Xudoga shukr, biz har yili yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishyapmiz, bu yil 7%dan kam bo‘lmaydi deyapmiz, lekin XVJ O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 7,3% bo‘ladi, deb aytyapti. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
IMG_0899.MOV30.07 MB
star reaction 1
00:57
Видео недоступноПоказать в Telegram
O’quv markazlar forumining 2-mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda ⚡️Bu yilgi forum “2+6” dasturi va “Ko’mak” loyihalari asosida o’quv markazlarining faoliyatini rivojlantirishga urg‘u beradi. Forum davomida tajribali ma’ruzachilar o‘z bilimlari bilan bo‘lishib, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish va o‘quv markazini yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha biznes treninglar o‘tkazishadi. Forumda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o‘ting:👇 forum.kelajakkasblari.uz Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
01111111111.mp410.51 MB
01:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
“Bu jarayonda hammamiz birlashishimiz kerak” Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha Maxsus komissiya yig’ilishidan oldin Ekologiya milliy qo’mitasida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati bilan tanishdi. Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov ekologik barqarorlikni nazorat qilish maqsadida yaratilgan axborot texnologiyalari tizimlarini taqdimot qildi. Jumladan, ko’chalarga chiqindi tashlash holatini nazorat qiluvchi onlayn kameralar qanday ishlashi namoyish etildi. Issiqlik elektr stansiyalari, qozonxonalardagi gaz bosimini doimiy nazorat qiluvchi tizim ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Agar qayerdadir gaz bosimi pasayib ketsa, mazut yoqmaslikning oldini olish maqsadida tezda choralar ko’riladi.
“Men ko’rmoqchiman, sizlar nimalar qilyapsizlar, qanaqa natijalarga erishyapsizlar. Mayli, bugun havo yaxshi bo’libdi, sal-pal yaxshi bo’libdi. Balki shamol kegandir, men ishonmayman sizlarga hozir, 1 kunda nimadir qildik desangiz. Ahvolni ko’ryapman-ku, shuncha yildan buyon qaramaganmiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
IMG_2078.MP414.70 MB
01:07
Видео недоступноПоказать в Telegram
❗️“Odamlarning sog’lig’i, bolalarimizning sog’lig’i juda muhim. Bunaqa qilishingiz yaxshimas” Saida Mirziyoyeva tungi reydlarda qatnashdi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
IMG_2073.MOV12.86 MB
Umuman olganda, ekologik vaziyat hamda uni yaxshilash bo’yicha ko’rilayotgan choralar qandaydir bir martalik yoki vaqtinchalik aksiya emasligi, bundan keyin, garchi havo yaxshilangan taqdirda ham, mazkur yo’nalishdagi ishlar to’xtab qolmasligi, izchil hamda tizimli davom etishi, buni barcha bo’g’indagi rahbarlar to’g’ri anglashi kerakligi qat’iy ta’kidlandi.
“Eng asosiysi, Prezidentimiz xohlayotgan va doim ta’kidlaydigan masala — qilayotgan ishlarimiz ilmga asoslanishi kerak. Olimlarni eshitishimiz, ilg’or xorijiy ilmiy tajribalardan foydalanishimiz, yurtimizda ham ushbu sohadagi ilmiy maktabni yaratishimiz kerak”, — deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Yig’ilishda O’zbekistonda atmosfera nazoratiga mo’ljallangan katta ilmiy laboratoriya tashkil qilishga oid masala ham muhokama qilindi va bu bo’yicha mas’ullar uchun qat’iy muddatlar belgilandi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
❗️Yig’ilishda Farg’onadagi havo ifloslanishi bilan bog’liq muammoli holat ham muhokama qilindi. Mas’ullarning bu boradagi hisobotlari tinglandi. Saida Mirziyoyeva Farg’onada ham vaziyatni yaxshilash bo’yicha keskin choralar ko’rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 1
Maxsus komissiya yig’ilishida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, mas’ul tashkilotlar, jumladan, qurilish vazirligi, Uzgidromet markazi vakillari ham qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi. Xususan, yirik yashil hududlar va bog’lar tashkil qilish, tabiiy suv havzalari atrofini obodonlashtirish, sun’iy ko’llar qurish haqida so’z bordi. Sanoat zonalari va issiqxonalardagi ekologik holatni qat’iy nazorat qilish bilan bir qatorda, belgilangan talab doirasida ishlashni xohlovchi tadbirkorlarga davlat tomonidan har tomonlama ko’mak berish kerakligi ta’kidlandi. Lekin o’z navbatida, ekologiyani buzayotgan va qoidalarni pisand qilmaydigan har qanday subyektga nisbatan keskin qonuniy choralar ko’rilishi, bunda hech kimga istisno qilinmasligi qayd etildi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Yaponiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida oxirgi 1 haftalik tekshiruvlar shuni ko’rsatmoqdagi, havo tarkibidagi 40 foiz changlar antropogen unsurlar (odamlarning ta’siri bilan shakllangan), 60 foizi esa tabiiy changlar ekanligi ma’lum bo’lgan. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
❗️A️yni vaqtda Ekologiya qo‘mitasi binosida Toshkent shahridagi atmosfera havosi holati bo‘yicha Maxsus komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida o‘tkazilmoqda. Qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hisobot bermoqda. Yurtimizdagi havo bilan bog‘liq holat shaxsan davlatimiz rahbarining doimiy nazorati ostida bo’lib turibdi. Doimiy kuzatuv va ilmiy tahlillar olib borilmoqda, mahalliy mutaxassislar hamda xorijlik ekspertlar ham jalb qilingan, havo ifloslanishi bilan bog’liq muammoni bartaraf etishga barcha say-harakatlar safarbar qilingan.
“Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo’yicha hisobot so’rayaptilar. Xalqimizning salomatligi bilan bog’liq masala bo’lgan joyda hech birimizning sustkashlikka yo’l qo’yishimizga haqqimiz yo’q”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🚉 Jizzaxning Do‘stlik tumanidan Aydar-Arnasoy ko‘li hududigacha 45 kilometrli yangi termir yo‘l liniyasi quriladi Endilikda Arnasoy aeroportida katta samolyotlarni ham qabul qilish imkonini yaratish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, 7 mlrd so‘m hisobiga tumandagi Baxtli mahallasining infratuzilmasi yaxshilanib, turizm qishlog‘iga aylantiriladi. Hududga olib boruvchi yo‘l ta’mirlanadi, tungi yoritish chiroqlari va turizm yo‘l belgilari o‘rnatiladi, manzarali daraxtlar ekiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 7
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi. U 2024-yil 19-dekabrda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Davlatimiz rahbari yangi hokim bildirilgan ishonchni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming odamni ishli qilish, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish borasida qattiq ishlashi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi Uchrashuvda O‘zbekiston va Tatariston hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqlarimizning tarixiy yaqinligi va madaniyatlar mushtarakligiga asoslangan gumanitar aloqalarga alohida e’tibor qaratildi.
“Samimiy qabul va ochiq muloqot uchun minnatdorman. O‘zaro manfaatli hamkorligimiz yanada rivojlanishi va mustahkamlanib borishiga ishonaman”, - deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari.
👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚽️ Vodiy jamoalarida bosh murabbiylar o‘zgardi 🔵 Temur Kapadze Namanganning “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U milliy terma jamoadan ketganidan so‘ng, 🇮🇩Indoneziya termasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, murabbiyning o‘zi ham ushbu mamlakatga borib qaytgan edi. Lekin kelishuv amalga oshmadi va Kapadze yurtimizda faoliyatini davom ettiradigan bo’ldi. 🟢 U-17 terma jamoamizni Osiyo chempioni qilgan Islom Ismoilov Farg’onaning “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 🔵 Milliy terma jamoamizning yana bir sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan esa “Andijon”da ish boshladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga yo’l oldi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 3
Bugun Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari yo‘l-transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot va xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 2
01:06
Видео недоступноПоказать в Telegram
#55 “PANDEMIYA REJIMI”GA QAYTISH, OSHKORA TOVBA QILISH VA OZARBAYJONNING MARKAZIY OSIYOGA QO‘SHILISHI – Lolazor podcast 📹 https://youtu.be/DEtNM6YDb5E “Lolazor” podkastining navbatdagi 55-sonida ChatGPT mehmonimiz bo‘ldi. Ushbu epizodda biz Toshkentdagi ekologik vaziyat, sabab va oqibatlarni tushunish, ingliz huquqlari asosida ishlovchi hudud nima ekani, universtitetlarning shahardan tashqariga ko‘chirlishi va ularning binolari taqdiri, persona non grata ro‘yxatini tezroq shakllantirish va unga birinchilardan bo‘lib Sergey Bezrukovni qo‘shish, Javohir Sindarov va “Neftchi” jamoasining chempionliklari hamda boshqa qiziqarli mavzulardan suhbatlashdik. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex 📱 Spotify 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Teaser55LolazorCompressed.mp44.68 MB
star reaction 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
DXX: Nurafshon shahrida hokim yordamchisi 2 ming dollar bilan ushlandi Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi mahallalardan birining hokim yordamchisi fuqaroni tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan. U so‘ralgan pulni tanishlari orqali olgan vaqtida ushlandi. Ta’kidlanishicha, hokim yordamchisi muqaddam bir necha marotaba sudlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
star reaction 6