Ta'lim nazorati
Открыть в Telegram
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Больше2025 год в цифрах

112 379
Подписчики
-35724 часа
-1 6297 дней
-6 85030 день
Архив постов
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari
📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2025-yil 18-noyabr kuni o‘tkaziladi.
Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.
⏳ Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.
📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.
👨🏻💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.
❕ Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:00)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Repost from TgId: 1224266819
⭕️ 4 ta fandan milliy sertifikat olgan o'quvchilar bilan ovozli chat boshlandi!
🔗Ushbu havola orqali chatda qatnashib, savollaringizga javob topishingiz mumkin:
https://t.me/talimxabarlari?livestream
Savollarni @talimxabarlariga_bot telegram botiga yuboring.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Repost from TgId: 1224266819
Фото недоступноПоказать в Telegram
🖼4 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin talaba bo'lgan o'quvchilar bilan onlayn muloqot
💬Talimxabarlari.uz sayti barcha milliy sertifikat talabgorlarini ovozli muloqotga taklif qiladi.
🎤Ovozli chat bugun soat 17:00 da @talimxabarlari telegram kanalida bo'lib o'tadi.
Muloqot bo'yicha savol va takliflaringizni @talimxabarlariga_bot orqali #savol heshtegi ostida yozib qoldiring!
👤Ovozli chatimizda mehmon sifatida Buxoro viloyati Peshku tumani ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari Nigina Baxshilloyeva va Nargiza Nazirova ishtirok etadi.
⏰ Boshlanish vaqti: bugun, soat 17:00
👉Obuna bo‘ling: @talimxabarlari
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 18-oktabrdan 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
🆔 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
O‘zbekistonda inson huquqlari ta’limini kuchaytirishga doir Hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi
Muhokamalar portalida “Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon taʼlim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra:
har yili dekabr oyida “Inson huquqlari haftaligi” o‘tkaziladi. Uning doirasida barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” festivali (ochiq eshiklar kuni) tashkil etiladi;
2026-yil iyundan boshlab “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tengligi, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” nomli milliy innovasion tashabbuslar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi. Tanlov uchun maxsus Nizom ishlab chiqiladi va u har yili muntazam o‘tkazilib boriladi;
2026-yil dekabrdan inson huquqlari ta’limi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovi e’lon qilinadi. Bunda ilmiy mavzular shakllantiriladi, ekspertiza asosida saralanadi va davlat ilmiy dasturlari doirasida moliyalashtiriladi;
2026-yil yanvardan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Ombudsman soati” joriy etilad;
Shuningdek, 2026–2029-yillar davomida maktablarda “Kelajak soati” darslari mazmuniga inson huquqlari mavzularini kiritish rejalashtirilgan. O‘quvchilar o‘rtasida “Mening huquqlarim” mavzusida insholar, rasmlar va videoroliklar tanlovlari o‘tkazilad;
Professional va oliy ta’lim muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” fanlarining o‘qitilishi muntazam monitoring qilinad;
Shuningdek, 2026-yil sentyabrdan “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida respublika bo‘ylab interfaol treninglar, debatlar, “Digital Rights Week” tadbirlari va #MyDigitalRights xeshteg kampaniyasi o‘tkazish taklif etilmoqda.
👉 Muhokamada ishtirok etish
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qo‘qon davlat universitetida “UniverNews” onlayn axborot dasturi ishga tushirildi
Qo‘qon davlat universiteti axborot xizmati tomonidan yangi medialoyiha – “UniverNews” informatsion dasturi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda universitet hayotiga oid so‘nggi yangiliklar, tadbirlar, intervyular va qiziqarli suhbatlarni onlayn tarzda 24/7 formatida kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Mazkur loyiha orqali talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilik universitetning rasmiy Telegram va YouTube sahifalari orqali dastur efirini bevosita tomosha qilishlari mumkin:
Telegram: https://t.me/Kokand_SU
YouTube: https://youtube.com/live/jJTT8iBm9OM?feature=share
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilinadi.
Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi.
Tanlovga oid maʼlumotlar veb-sayt orqali eʼlon qilib boriladi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️O‘zbekiston “Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qildi
Qonun bilan Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilindi.
Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish global konvensiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy ta’lim bo‘yicha global shartnomasi hisoblanadi.
O‘zbekiston “Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qilgan 39 mamlakatdan biriga aylandi.
Konvensiyaga a’zo davlatlar orasida Yaponiya, Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolligi, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar ham bor. Shuningdek, Gruziya, Litva, Luksemburg, Slovakiya va Ruminiya ham konvensiyaga qo‘shilgan.
Global konvensiyaning birinchi va yettinchi moddalariga ko‘ra, a’zo davlatlar xorijiy mamlakatda olingan oliy ta’limga oid malakalarni o‘zaro tan olish majburiyatini oladi.
O‘zbekiston talabalari chet eldagi oliygohlarda tahsil olish, magistratura va doktorantura dasturlariga teng huquqli qabul qilinishi mumkin.
Har bir davlat xorijda olingan malakalarni o‘z milliy talablariga ko‘ra baholaydi, Konvensiya esa bu jarayonni soddalashtiradi va ochiqligini ta’minlaydi.
Masalan, O‘zbekiston oliygohi bitiruvchisi o‘z malakasini Konvensiyaga a’zo davlatlardan biri — Buyuk Britaniyada soddalashtirilgan tartibda tan oldirib, shu mamlakatda malakali mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Ta'lim inspeksiyasi boshlig‘i O‘zbekistonda berilgan diplomlarning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish uchun YuNESKO va xorijiy ekspertlar bilan birgalikda Global konvensiya, Lissabon konvensiyasi hamda Tokio konvensiyasini ratifikatsiya qilish uchun o‘rganib chiqilayotgani ma'lum qilgan edi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✍️ Imtihonning yozma qismi — 15-16-noyabr kunlari;
🎤 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 17–28 noyabr va 1–5 dekabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.
🆔 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/Chet-tili-11-11
2025-yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasida ishtirok etayotgan pedagoglar uchun eʼlon!
Amaldagi toifasi Oliy va birinchi toifa boʻlgan oʻqituvchilar uchun toifa testlari yakunida ikkita natija chiqadi:
Birinchi natija — malaka toifasi uchun;
Ikkinchi natija esa — “ Yil oʻqituvchisi” tanlovi uchun.
Test boshida esa Oliy va birinchi toifali oʻqituvchilarga quyidagi mazmunda eslatma ham beriladi:
Malaka toifa (test) sinovi natijalaringiz belgilangan talablarga mos kelgan taqdirda, Umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzod sifatida inobatga olinishi mumkinligini maʼlum qilamiz.
Bunda malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirigʻiga (shu jumladan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ham) quyidagi tarzda alohida ball hisoblanadi:
➖mutaxassislik fanidan (35 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 3,1 ball (35*3,1=108,5 ball);
➖pedagogik mahorati uchun (10 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball (10*2,1= 21 ball);
➖kasb standarti uchun (5 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 1,1 ball (5*1,1=5,5 ball) beriladi.
Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball ➖ 135 ball
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi “Umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 264-son Qarori
Toifaga, 70% ustamaga va Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamga nomzodlarni tanlab olish uchun oldingidek, har bir toʻgʻri javob uchun 2 baldan, jami 100 ballik tizimi oʻzgargani yoʻq!
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
01:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
❗️Hurmatli boshlang‘ich ta’lim fidoyilari!
Sizni kasbiy faoliyatingizda yuqori cho‘qqilarni egallashni va ijodiy o‘sish sari yetaklovchi “Milliy mahorat” o‘quv kursiga taklif qilamiz!
🎯 Yo‘nalish: Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun metodik va amaliy qo‘llanmalar
✔️ Har kuni: Kunlik darslar bo‘yicha tayyor slaydlar, metodik tavsiyalar va interaktiv mashg‘ulotlar taqdim etiladi.
📌 Maqsad:
➡️ Dars jarayonida milliy qadriyatlar va zamonaviy metodikalarni uyg‘unlashtirish;
➡️ Ustozlarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish;
➡️ Bolalar bilan ishlashda yangicha, ijodiy yondashuvlarni shakllantirish.
❕Farzandlarimiz kelajagi — ustozlar qo‘lida!
Keling, birgalikda o‘rganaylik, ilhomlanaylik va o‘z kasbimizda yangi cho‘qqilarni zabt etaylik!
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish
7.31 MB
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil noyabr oyida Milliy test tizimi doirasida ona tili va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tgan imtihon materiallarining imtihondan avval tarqalganligi haqida asossiz xabarlar e’lon qilinmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan savollar o‘qituvchilar tomonidan shakllantirilgan savollar bo‘lib, ular orasida avvalgi imtihonlarda foydalanilgan test savollari ham mavjud bo‘lgan. Bu test variantlarining ekvivalentligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan holat bo‘lib, oldingi imtihondagi ayrim test topshiriqlari keyingi imtihondagi test varianti tarkibiga maqsadli tarzda kiritiladi.
Badiiy asarlar asosida shakllantiriladigan test topshiriqlari haqida shuni ta’kidlash joizki, Agentlikning rasmiy saytida mustaqil o‘qish uchun tavsiya etiladigan 40 ta badiiy asar ro‘yxati e’lon qilingan. Test variantidagi adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixini bilishga doir savollar mazkur ro‘yxatdagi asarlar asosida shakllantiriladi. Repetitorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar esa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida turlicha asarlarni ehtimoliy asarlar sifatida e’lon qilishdi – ayrimlari qaysidir to‘rt-beshta, ayrimlari boshqa uch-to‘rtta asar nomini e’lon qildi va, tabiiyki, imtihon test varianti tarkibidagi test topshirig‘i qaysidir bir taxmin qilingan asarlar bilan mazmunan mos kelgan. Bu holat test materiallari oldindan tarqatilganligini anglatmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yozma ish mavzularining oldindan oshkor qilinganligi haqidagi xabarlar ham asossizdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan esse mavzularining imtihon savollari bilan muvofiqligi agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi. Tahlil jarayonida mazkur holat turli omillar ta’sirida yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, imtihon jarayonlarida esse mavzulari sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etayotgan, omma e’tiborida bo‘lgan, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, talabgorlar ommasiga birdek tanish, dolzarb va qiziqarli mavzular tanlanmoqda. Talabgor uchun notanish mavzu uning tilni bilishga oid bilimlarini aniqlashga xizmat qilmasligi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon arafasida taxminiy mavzular sifatida yuzlab mavzular e’lon qilina boshladi.
Ayrim mavzular imtihondagi yozma ish mavzulari mazmun doirasida bo‘lsa-da, muhokama obyekti aynan bir xil emas. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda taxmin sifatida e’lon qilingan mavzulardan biri alifbo va imlo islohoti haqida, imtihonda yozma ish topshirig‘i sifatida taqdim etilgan mavzu esa imloviy savodxonlik va aqliy salohiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik borasida edi. Talabgorlarning imtihon topshirig‘i mazmuniga diqqat qaratmaganliklari oqibatida ijtimoiy tarmoqlardagi oldindan muhokama qilingan mavzuga mos esse yozib chiqqanligi esa yozma ish mavzusining oldindan tarqatilganligi haqidagi shubhalarning paydo bo‘lishi, qolaversa, ko‘plab yozma ishlarning “mavzuga mos bo‘lmagan” ish sifatida baholanishiga sabab bo‘lmoqda. Talabgorlarning yozma ishlarini baholash davom etmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘z faoliyatini amalga oshirishda xolislik, adolat va shaffoflik tamoyillariga sodiqdir.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
📃Hukumatning 2025-yil 3-noyabrda ‘‘Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi 688-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, CHQBT rahbarlariga ularning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari (KPI) asosida erishilgan natijadorligidan kelib chiqib, bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha miqdorda qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadi.
📌Ushbu ustama Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari xarajatlar smetalarida shakllantiriladigan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi doirasida toʻlanadi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Repost from TgId: 1224266819
⭕️ Attestatsiya yuzasidan Ovozli chat boshlandi!
🔗Ushbu havola orqali chatda qatnashib, savollaringizga javob topishingiz mumkin:
https://t.me/talimxabarlari?livestream
Savollarni @talimxabarlariga_bot telegram botiga yuboring.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Фото недоступноПоказать в Telegram
Kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi.
Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish.
Oliy ma’lumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib rag‘batlantiriladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.
Ayni paytda o‘rta ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham o‘zgartiriladi.
Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi.
Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bundan buyon tibbiy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha uch bosqichli tizimga o‘tilishi belgilandi.
Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida talabalarning fundamental va klinik fanlar bo‘yicha bilimi baholanadi. Rezidenturani tugatgan shifokorlar esa ixtisosligi bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Shundan keyin mutaxassis davlat ro‘yxatidan o‘tadi va unga tibbiy faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
Ko‘p vaqtini bemor oldida o‘tkazadigan ham, muolajalarni bajaradigan ham – hamshiralar.
Endilikda oddiy muolajani qiladigan emas, tashxis, davolash va profilaktikada shifokorga ko‘makchi bo‘ladigan hamshiralarni tayyorlashga o‘tish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Buning uchun Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga o‘tkazilib, negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilinadi.
Akademiya AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar oliygohlari bilan birga kelasi yildan oliy ma’lumotli hamshira tayyorlashni boshlaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Bugungi uchrashuv salkam bir asrdan buyon shifokor tayyorlab kelayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘layotgani bejiz emas.
“Tibbiyotga yuqori texnologik uskunalar olib kiryapmiz, yangi klinikalarni barpo etyapmiz. Ularda kim ishlaydi? Albatta, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz mehnat qiladi. Shu bois, tibbiy ta’limdagi islohotlarimizni davom ettirib, oilaning barcha yoshdagi a’zolariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan oilaviy shifokorlik institutini rivojlantirishimiz zarur”,– dedi Prezident. Kelgusi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida pediatriya va davolash yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti ochilishi e’lon qilindi. Ularda oilaviy shifokorlik mutaxassisligi bo‘yicha rezidentura va magistratura ham yo‘lga qo‘yiladi. Rezidenturada ta’lim olayotgan talabalar bepul o‘qish bilan birga oilaviy shifokor sifatida ishlab maosh oladi. Rezidentura bitiruvchisi oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha diplomi va 150 foizli ustama oladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
🩺 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi
Prezidentning tegishli farmoniga asosan tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi fidokorona mehnati uchun bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.Jumladan, oliy ta’lim muassasalari orasida quyidagi professor-o‘qituvchilar e’tirof etildi: I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan 🟢Gadayev Abdigaffar — Toshkent davlat tibbiyot universiteti, oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professori 🟢Kabulov Mels — Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori II daraja “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan 🟢Nurova Zamira Annakulovna — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri “Shuhrat” medali bilan 🟢Turayev Bobur Batir o‘g‘li — Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi, kardioxirurgiya bo‘limi kardiojarrohi. Ularning mehnati yurtimizda tibbiy ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun munosib e’tirof etildi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Ilmiy tadqiqot qilayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yaxshi yangilik
2026-yil 1-yanvardan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi va yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalarni chop etish bilan bog‘liq xarajatlari to‘liq qoplab beriladi — Prezident qarori.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Farzandini kontraktda o‘qitayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yaxshi yangilik
Prezidentnng "Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko'ra:
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi — Prezident qarori.
Ushbu yangilik 2026-yil 1-yanvardan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga kiritiladi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
