Ta'lim nazorati
Открыть в Telegram
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Больше2025 год в цифрах

112 127
Подписчики
-15124 часа
-1 5127 дней
-6 81930 день
Архив постов
⚡️ Umumta’lim maktablari o‘rtasida Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etilmoqda. Ushbu maktablarga bolalar imtihon asosida saralab olinadi va Davlat byudjeti hisobidan o‘qitiladi.
Ularda “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik ta’lim dasturi joriy qilinadi. O‘quv jarayoni 5-yillik dastur asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi.
2026-yildan boshlab, har yili umumta’lim maktablari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi.
Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishni yaxshilash maqsadida barcha hududlarda ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil qilinadi. Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab bu yo‘nalishda tayanch maktab sifatida xizmat qiladi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman va shaharlarda xususiy sektor ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman va shaharlarda xususiy sektor ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi.
Xususan, bog‘cha va maktablarning bo‘sh maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti qurishga ruxsat etiladi.
Tadbirkorlarga faoliyatni o‘zgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalari bepul beriladi hamda 7-yilgacha bo‘lgan imtiyozli kredit ajratiladi.
2026-2028-yillarda respublikaning 14 ta hududida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini o‘z ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Bog‘chalarda ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar uchun dual ta’lim va malaka oshirish tizimi joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, so‘nggi sakkiz yilda bog‘chalarda o‘rinlar soni 2,5 milliontaga ko‘paytirilib, maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetdi. Bu qamrovni oshirish maqsadida har yili 20 ming o‘rin ochish rejalashtirilgan.
Buning uchun yangi ko‘p qavatli uylar qurilishida ulardagi aholi soniga mutanosib maktabgacha ta’lim tashkiloti ham bo‘lishi nazarda tutiladi. Bog‘chalarda ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar uchun dual ta’lim va malaka oshirish tizimi joriy etiladi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ “Barkamol avlod” bolalar maktabi va “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidori va intilishini yuzaga chiqarish bo‘yicha ham yagona vertikal tizim joriy etiladi.
Shu maqsadda “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.
O‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❗️Pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi
📑Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (26.08.2025 №312 ) qabul qilindi.
Mazkur buyruqning 1-ilovada koʻrsatilgan maktablarda 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf oʻquvchilari uchun pedagogik sinflar tashkil etiladi.
Shuningdek, ushbu buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:
2-ilova –– Oʻzbek tilida taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch oʻquv reja, oʻquv rejaga tushuntirish xati 2a-ilova; 3-ilova –– Rus tilida taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch oʻquv reja, oʻquv rejaga tushuntirish xati 3a-ilova; 4-ilova –– Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch oʻquv reja, oʻquv rejaga tushuntirish xati 4a-ilova; 5-ilova –– Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun ikkinchi namunadagi oʻquv reja ikkinchi namunadagi oʻquv rejaga tushuntirish xati 5a-ilovaga.📌Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari pedagogik sinflar tashkil etilgan maktablarda dars mashgʻulotlarini olib borish uchun 2 nafardan professor-oʻqituvchilar biriktirish choralari koʻradi. ✅Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Pedagog sinf buyruq va ilovalar (@uztdi).pdf1.69 KB
umumta'lim fanlaridan taqvim-mavzu rejalar ro‘yxati:
Alifbe 1-sinf
Yozuv daftari 1-sinf
Informatika va AT 1–3-sinf, 5–10-sinf
Tarbiya 1–4-sinf, 5-sinf
Texnologiya 1–4-sinf
Texnologiya (Qishloq xo’jaligi texnologiyasi) 5-sinf, 6-7-sinf
Texnologiya (Servis xizmati) 5-sinf, 6–9-sinf
Texnologiya (Texnologiya va dizayn) 5-sinf, 6–9-sinf
Musiqa 1–4-sinf, 5-sinf
Tasviriy san'at 1–4-sinf, 5-sinf, 6-7-sinf
Chizmachilik 8-9-sinf
Tabiiy fanlar 1–4-sinflar, 5-6-sinf
Matematika 1–4-sinflar, 5-11-sinf
Jismoniy tarbiya 1–4-sinflar
Fizika 7–11-sinf
Geografiya 7–10-sinf
Astronomiya 11-sinf
Biologiya 7–11-sinf
Iqtisodiy bilim asoslari 8-9-11-sinflar
🔹Tanlov sinflari
Kimyo 10-11-sinf
Biologiya 10-11-sinf
Fizika 10-11-sinf
Matematika 10-11-sinf
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️Bu yil maktabni 438 869 nafar o‘quvchi tamomladi. Ulardan 75 foizi OTMlarga kirish test sinovlarida qatnashdi
📍Joriy o'quv yili uchun maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar kesimida Buxoro viloyati peshqadamlik qilmoqda (96 ball).
🎓2025-yilgi maktab bitiruvchilarining 29 881 nafari (84,2 foizi) davlat granti kvotasini olgan.
Bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish imtihonlarida maksimal ballni egallash ko‘rsatkichi 5 barobarga oshgan.
📌Joriy yilda davlat granti kvotasining 84,2 foizini (29 881 nafar) bu yilgi bitiruvchilar egallagan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
00:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
Yangi o'quv yili boshlandi. Buxoro Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda!
O'qishga kirishga esa hali ham imkoniyatingiz mavjud. Universitetining Sirdaryo va Buxoro viloyatlaridagi kampusida talabalikni boshlang!
☝️Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Buxoro innovatsiyalar universiteti aynan siz istagan oliygoh!
Ro'yxatdan o'tish: qabul.bui.uz
Batafsil: 55-307-50-00
Sirdaryo filial: 78-221-00-01
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Web sahifa
0904(2).mp413.45 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Joriy yilgi bitiruvchilarning 147 ming 29 nafari 56,7 bal ham to‘play olmagan
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkazilgan test imtihonlarida ishtirok etgan jami 395 482 nafar joriy yil bitiruvchilarning 37,1 foizi, ya’ni 147 ming 29 nafari minimal o‘tish bali — 56,7 balni ham to‘play olmagan.
🔴 Eng past natija ko’rsatgan hududlar uchligi:
➖ Samarqand viloyati – 17 220 nafar (11,7%);
➖ Qashqadaryo viloyati – 16 380 nafar (11,1%);
➖ Farg‘ona viloyati – 14 268 nafar (9,7%).
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
2025-yilgi o‘rtacha ball bo‘yicha doimgidek Buxoro yetakchi. Eng oxirgi o‘rinda esa — Andijon
#abituriyent
Bilimlarni baholash agentligi joriy yilda abituriyentlar to‘plagan natijalar bo‘yicha ayrim statistikalarni e’lon qildi.
Hududlar kesimida o‘rtacha ball bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatida qayd etilgan — 89,5 ball. Ya’ni joriy yilda testga kirgan buxorolik 30 ming 231 nafar abituriyent to‘plagan ballarning o‘rtachasi shunaqa chiqqan.
Keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri (82,8) hamda Navoiy viloyati (80,4) egallagan.
Eng quyi pog‘onadan esa Jizzax (73,3), Surxondaryo (71,7) hamda Andijon (70,9) joy olgan.
Respublika bo‘yicha o‘rtacha ball 76,9 ballni tashkil qilgan.
O‘z navbatida, joriy yilgi bitiruvchilarning o‘rtacha ballari barcha hududlarda nisbatan balandroq bo‘lgan. Joriy yilgi bitiruvchilarning umumiy o‘rtacha bali 81,7 ballni tashkil qilgan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❓Bahorgi attestatsiyada uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaganlar yana qaytadan murojaat yuborib, qaytadan toʻlov qilishlari kerakmi?
📕Bahorgi attestatsiyada uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaganingiz Nizomda belgilangan tartibga koʻra toʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlsa, yaʼni ish beruvchining bildirgisi mavjud boʻlib, sizning attestatsiya muddatlaringiz kuzga koʻchirilgan boʻlsa, oʻsha murojaatingiz va oʻsha toʻlovingiz asosida kuzgi toifa testlarida ishtirok etishingiz mumkin.
Asos: Nizomning 45-bandi: Pedagog kadrlar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
📌Pedagog kadrlar uzrli sabablarga koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
💬MMTVning 2025-yil 30-iyundagi 214-son buyrugʻining 6-ilovasida «Uzrli sabablarga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadrlar roʻyxati« tasdiqlangan;
Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2025-2026 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlar qabuli boshlandi
✅Arizalar joriy yilning 3-sentabrdan 2-oktyabr (shu kuni ham) sanasiga qadar qabul.dsba.uz onlayn platformasi orqali qabul qilinadi.
🗒2025-2026 o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotalari quyidagicha:
➖Davlat boshqaruvi – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to'lov-kontrakt) ➖Hududlarni kompleks rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to'lov-kontrakt) ➖Inson resurslarini rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to'lov-kontrakt)📋 Hujjatlar quyidagi tartibda qabul qilinadi: Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni istagan davlat xizmatchilari Boshqaruv samaradorligi agentligi orqali; Ochiq tanlov (to‘lov-kontrakt) asosida o‘qishni istaganlar esa bevosita Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali. 📌Test sinovlari 2025-yil 10-11-oktabr kunlari 2 smenada bo'lib o'tadi. Ruxsatnomalar onlayn tarzda taqdim etiladi. CEFR B2 (muqobil sertifikatlar ham) va undan yuqori darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar xorijiy til testidan ozod qilinadi hamda maksimal ball bilan baholanadi. 🎓 Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbatga taklif etiladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❗️Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot
1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi?
➖ yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi; ➖ o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak; ➖ davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi; ➖ O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi; ➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi; ➖ ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda (tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin; ➖ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi.2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi? Har oy uchun: ➖ Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (412 ming so‘m); ➖ Boshqa hududlarda — yarim baravar (206 ming so‘m). 3️⃣ Ijara shartnomasi bo‘lishi shart
Kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘lishi kerak, yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi. Yagona istisno: 1-kurslarga dastlabki sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart. ❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi.4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi? — Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar; — o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi. ❗️Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin. 5️⃣ Ariza qanday beriladi? Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun: ➖ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi; ➖ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi; ➖ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. 6️⃣ Rad etish asoslari
Agar soxta hujjat topshirilgan bo‘lsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bo‘lsa — rad etiladi. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi. Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin. Rad etilgan taqdirda kamchilikni tuzatib, yana murojaat qilish mumkin.7️⃣ Tugatilishi shartlari Agar talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa — to‘lov to‘xtatiladi. Ijara shartnomasi bekor qilinsa yoki manzil o‘zgarsa 3 ish kuni ichida xabar qilish kerak. ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚖️Yuridik sohada o‘qishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat
🏛Andijon Yuridik texnikumi Sizni 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida 3 ta yo‘nalishlar bo‘yicha (kunduzgi ta’lim shaklida) o‘qishga taklif qiladi.
Yo‘nalishlarimiz:
🔵Davlat-huquqiy faoliyat
🔵Yuridik xizmat
🔵Sud-huquqiy faoliyat
📌Taʼlim: davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
🎓 O‘qish muddati - 2-yil.
🏆 Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar yo‘llanma asosida "Yurisprudensiya" yoʻnalishi mavjud Oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida 2-bosqichdan o'qishga qabul qilinishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma`lumot uchun telefon raqamlari:
☎️ +998-88-975-74-77.
☎️ +998-94-979-07-74.
✅Ma'lumot uchun, 2025/2026-o'quv yili uchun Yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish my.edu.uz elektron platformasi orqali 10-avgustdan - 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzating: |•Telegram|•Instagram|•Facebook|•Veb-sayt|•You tube
01:18
Видео недоступноПоказать в Telegram
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
❗️Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: http://ijara.soliq.uz
ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Yotoqxona pulini qaytarib olish uchun ariza2.mp442.57 MB
#natija #oʻqishnikoʻchirish
📢 Ichki o‘qishni ko‘chirish natijalari eʼlon qilindi
2025/2026-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishini ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlariga mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
📌 O‘qishi ko‘chirilishiga tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibi belgilandi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (27.08.2025, 547) qabul qilindi.
Unga ko‘ra, akademiyasining magistraturasiga qabul davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Mazkur akademiyada magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2025-2026-o’quv yilidan boshlab quyidagi kadrlar tayyorlanadi:
— Hududlarni kompleks rivojlantirish;
— Davlat boshqaruvi;
— Inson resurslarini rivojlantirish.
2026-2027-o’quv yilidan boshlab esa:
— Davlat siyosati;
— Davlat moliyasini boshqarish magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.
Qarorga ko‘ra, har yili iyul-avgust oylarida akademiyada magistratura mutaxassisliklariga davlat buyurtmasi bo‘yicha tanlov ikki bosqichda:
— birinchi bosqich – nomzodlarni fanlarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari;
— ikkinchi bosqich – nomzodlarning ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Akademiyasi magistratura ta’lim dasturlari uchun qabul yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
DBA magistratura №541.pdf1.80 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿Barcha yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida o‘tayotgan bugungi shodiyona kunlarda yurtimiz ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor boʻlsin.
Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz yanada fayz-u barakaga to‘lsin.
🗿Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️ Bugun chet tili imtihonlari uchun to’lov qilishning oxirgi kuni
Ingliz, nemis, arab va turk tillaridan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro'yxatga olish 30-avgustga qadar davom etdi.
💴 To‘lovlar bugun, 31-avgustgacha(shu kuni ham) amalga oshirilishi lozim.
Ingliz, nemis, arab va turk tillaridan test sinovlari 13-14-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.
🗒Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
▶️Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
