ru
Feedback
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

Открыть в Telegram
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
56 112
Подписчики
Нет данных24 часа
+2227 дней
+1 35330 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
📣 Yangi imkoniyat!
Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali to‘langan ijtimoiy soliq to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkin bo'ladi. ✅ Mazkur hujjat yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘g‘risidagi rasmiy tasdiqdir. ❓ Ijtimoiy soliq nima? Ijtimoiy soliq — bu yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliq bo‘lib, u pensiya ta’minoti va boshqa ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 15
Фото недоступноПоказать в Telegram
🌍 Xalqaro brendlar bilan ishlashda yangi tartib va imkoniyatlar!
🔸Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestri bilan bog'liq tartiblar endilikda: ✅ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va ✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori 🔥 Endi import qilish ham oson, ham qonuniy himoyada! 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 9
Фото недоступноПоказать в Telegram
🚀 TADBIRKOR VA FERMERLAR UCHUN SUPER YANGILIK!
🔔 Davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali bir qator davlat xizmatlari YANADA OSON bo‘ladi! ✅ Yer ijaraga olganingizdayoq — dehqon xo‘jaligingiz avtomatik ro‘yxatdan o‘tadi! ✅ Fermer xo‘jaligingizni reyestrga kiritish, o‘zgartirish yoki chiqarish — hammasi bir tugma orqali! (DXM va my.gov.uz orqali) ✅ Fermer xo‘jaligingiz tugatilsa, uni reyestrdan chiqarish uchun alohida murojaat qilish shart emas — bu ham avtomatik bo‘ladi. ✅ Tashkilot tugatilganda soliq, statistika va Xalq bankiga siz emas, tizimning o‘zi xabar beradi! (ilgari uch ish kuni ichida edi) ✅ Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish jarayoni ham to‘liq raqamlashtiriladi — barcha organlar 1 ish kunida xabardor qilinadi. ✅ Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda tugatuvchi oʻzining tugatuvchi etib belgilanganligini elektron tarzda kelishadi. ✅ "Kredit tarixi" endi yuridik shaxslarga ham beriladi. Narxi esa arzonroq: BHMning 5% o‘rniga 4% bo‘ldi! Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 24
#Bilasizmi Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz? Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi. 🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. 🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 13 3
#Bilasizmi Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz? Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi. 🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qa’ridan foydalanish markazi. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 10 baravari miqdorida yig‘im undiriladi 🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 8 ish kuni. ⏳Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 5 yil. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 10 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚓️ Kichik hajmli kemalarga oid yangi qulaylik!
🚤 Endi kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish va ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha davlat xizmatlari: ✅ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va ✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. 📅 Muhim eslatma: Kema xarid qilingandan so‘ng, ariza beruvchi 30 ish kuni ichida kemani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirishi shart! ⚠️ Quyidagi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish rad etiladi: ❌ Kema kichik hajmli kemalar tarkibiga kirmasa; ❌ Hujjatlar noto‘g‘ri yoki to‘liq taqdim etilmasa; ❌ Texnik ko‘rikdan o‘ta olmasa; ❌ Kema konstruktsiyasi yoki o‘zgartirishlar kema biletiga mos kelmasa; ❌ Qutqaruv vositalari to‘liq bo‘lmasa; ❌ Identifikatsiya tamg‘asi soxtalashtirilgan yoki o‘chirilgan bo‘lsa. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-son qarori 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 10 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🚗💥 Transport ishlab chiqaruvchilari uchun yangi xizmat!
⚡️ Transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yurdik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini (VIN kod) shakllantirish uchun davlat xizmati joriy qilinadi! 📑 Arizalar: ✅ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali; ✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. 💰 VIN kod olishda WMI kodini shakllantirish va taqdim etish xizmatlari uchun BHMning 30 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 127-son qarori 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 14 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🏡 Ipoteka uchun subsidiya olishga start berildi!
Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga! 💥 2025-yil 3-martdan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli rasman boshlandi! 📥 Arizani qayerga topshirish mumkin? ✅ Davlat xizmatlari markaziga borib; ✅ Yoki my.gov.uz orqali onlayn jo‘natish mumkin. ⚠️ Muhim! Davlat xizmatlari markazalari faqat arizalarni qabul qilishda vakolatli hisoblanib, ularni ko'rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi. 📜 Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi. Komissiya va mas'ul tashkilotlarga quyidagilar kiradi: 🏥 Tibbiyot birlashmasi 💼 Soliq inspeksiyasi 👩‍👧 Oila va xotin-qizlar bo‘limlari 💰 Tuman (shahar) moliya bo‘limи 🔎 Arizangizda ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqlik bo‘yicha barcha ma’lumotlar belgilangan tartibda tekshiriladi. Bunda, Arizalar Komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan navbat asosida ularning taqdim etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi. 🚀 Orzuyingiz sari birinchi qadamni bugun tashlang! 👉 Qo‘shimcha ma’lumot va tartib haqida quyidagi havolada 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 25 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
📣 E’tiboringizga – HUQUQIY AKSIYA: “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” ⚖️
📅 3-mart – 31-avgust kunlari Adliya organlari tomonidan maxsus huquqiy aksiya o‘tkaziladi! 🔍 Aksiya davomida: ✅ “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida JShShIR shakllantirish orqali fuqarolarning oila tarkibini shakllantirish choralari ko‘riladi; ✅ “Hujjatlarni tekshirish va xatoliklarni tuzatish” burchaklari tashkil etiladi; ✅ Hujjatlardagi xatolar joyida bartaraf qilinadi. 💡 Hujjatingizda muammo bormi? Keling, barchasini hal qilamiz! 📍 Shaxsiy hujjatlar – huquqlaringiz garovi! 🛡 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 22
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz?
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi. 🏛Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar): Tuman (shahar) hokimligi. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi. 🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 ish soati. 📄Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 12 2
❗️Ayrim davlat xizmatlari turlari xususiy sektorga o’tkazilmoqda.
📍Davlat xizmatlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida 11 ta davlat xizmatlari xususiy sektorga o'tkazilmoqda. Bu esa xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi. 📌 Jamoat birlashmalari yoki uyushmalar ko'rsatadigan xizmatlar: - Rieltorlarning malaka imtihonlarini o'tkazish va ularga malaka sertifikati berish; - Baholovchilarning malaka imtihonlarini o'tkazish va ularga malaka sertifikati berish; - Sud boshqaruvchisi malaka attestatsiyasini berish; - Baholovchilarga toifalar berish; - Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo'riqchi-yo'l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish; - Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o'tkazish. 📌 Akkreditatsiyadan o'tgan tadbirkorlik subyektlari ko'rsatadigan xizmatlar: - Hisoblagichlarni qiyoslashdan o'tkazish; - Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya); - Kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish jarayonini nazorat qilish; - Yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishi hamda rekonstruktsiya qilish ishlarini nazoratdan o'tkazish; - “M” va “N” toifalardagi g'ildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini sertifikatlash. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori 👉 Davlat xizmatlari borgan sari qulay va yaqin bo'lishi uchun islohotlar davom etadi! 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 16 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
💢 Tadbirkorlar uchun muhim yangilik! Davlat xaridlari bo‘yicha Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kirish endi: ✅ Davlat xizmatlari markazi ✅ Yagona portal (my.gov.uz) orqali BEPUL amalga oshiriladi! 🔗 Ariza topshirilgach, 2 ish kuni ichida taqdim etilgan ma'lumotlar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. 🚀 Bu jarayon OCHIQ va SHAFFOF bo‘ladi! ❗️Agar qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yagona yetkazib beruvchi deb belgilangan bo‘lsa yoki maxfiy hujjatlar bo‘lsa jamoatchilik muhokamasi bo‘lmaydi. Asos: Vazirlar Mahkamasinig 2025-yil 18-fevraldagi 102-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 24 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
Talabgor “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi. 🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Undirilmaydi. 🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3 ish kuni. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 30 kun muddatga belgilangan yo‘nalish bo‘ylab bir marta yuk tashish uchun beriladi, bunda respublika hududiga kirish va qaytib chiqib ketish ko‘zda tutilishi mumkin. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 10 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
💥Yangi xizmat ishga tushdi!
Endi portlovchi materiallar bilan bog‘liq ruxsatnomalarni olish uchun qog‘ozbozlik va navbat kutish shart emas! ⬇️
💻 Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va "Litsenziya" AT tizimi (license.gov.uz) orqali ko‘rib chiqiladi. 🔹 Qaysi ishlar uchun ruxsatnoma kerak bo‘ladi? Portlovchi materiallarni olib kirish; Portlovchi materiallarni sotib olish; Portlovchi materiallarni saqlash; Portlovchi materiallarni avtomobil va temir yo'l transportida tshish. 🗓 Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Olib kirish uchun – 30 kungacha Sotib olish uchun – 6 oygacha Saqlash uchun – 3 yilgacha Tashish uchun – 1 yilgacha Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-son qarori 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 16 1🔥 1
01:03
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Davlat_xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan, yangi uchta davlat xizmati ishga tushirildi. Endilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish bo‘yicha ariza yuborish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin. Davlat xizmatidan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar foydalanishi mumkin. Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi organlar esa viloyat va tuman hokimliklari, shuningdek, davlat tashkilotlari hisoblanadi. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 oy. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha mulk huquqini beruvchi davlat orderi taqdim etiladi. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
1.new.mp440.94 MB
👍 21 2
🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun yangi qulayliklar! 2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali fuqarolar: 🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash; 🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish; 🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish; 🔹 Xizmat sifatini baholash; 🔹 Ariza natijalarini yuklab olish; 🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. ✅ Bu yangilik quyidagi qulayliklarni yaratadi: - Fuqarolar vaqtini tejaydi; - Navbatlar sezilarli darajada kamayadi; - Xizmat sifati oshadi; - Ortiqcha xarajatlar qisqaradi. Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz! 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 22 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
🔰“Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan va tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish yoki reklama xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tavsiya berishni so‘rab o‘zining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yozma, “Onlayn mahalla” elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ: Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im undirilmaydi 📌Mahalliy mehnat organi usta va dasturchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan umumiy summaning: 1 — 3-toifadagi tuman (shahar)lar uchun xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha, 4-5-toifadagi tuman (shahar)lar uchun xarajatlarning 75 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratadi hamda ikki ish kuni ichida subsidiyani ustaning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. ❕Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi bir marta beriladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 20 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
Sport pasportini olish tartibi qanday?
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) tizimidan ro‘yxatdan o‘tadi. 🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 1/6 (oltidan bir) qismi. ▫️Ariza YIDXP orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi. ▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga yig‘im miqdorining 50 foizi undiriladi. 🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 7 kun. 📌Sport pasportining amal qilish muddati 5 yil. 📑Davlat xizmatidan foydalanish uchun 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning elektron shaklda 3x4 o‘lchamli oq fondagi fotosuratini elektron nusxasini tayyorlab qo'yish maqsadga muvofiq. ✔️ Izoh: sport pasporti — yagona namunadagi hujjat bo‘lib, sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligini hamda uning sport malakasini tasdiqlaydi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyuldagi 309-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 14 3🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi 🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin. 📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. 🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar): O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. 🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
👍 15 5🔥 1
04:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Ziyo ulash” ijtimoiy loyihasida safimizga qo‘shildi. 📌 Kanalga ulanish
Показать все...
99.72 MB
👍 9