Yoshlar ishlari agentligi
Открыть в Telegram
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Больше2025 год в цифрах

247 678
Подписчики
-91324 часа
-6 7657 дней
-36 02130 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Yoshlar front ofisi” loyihasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
⚡️Mamlakatimizdagi yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi immunitetni mustahkamlash hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan yangi tashabbus — “Yoshlar front ofisi” loyihasiga start berilmoqda.
Mazkur loyiha yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli illatlarga qarshi kurash va huquqiy madaniyatni oshirishga xizmat qiladi. Loyihaga a’zo bo‘lgan koordinatorlar profilaktik tadbir va ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi.
✔️Loyiha nizomi
👉A’zo bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tish
Jamiyat xavfsizligi va sog‘lom kelajak sizdan boshlanadi!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 38❤ 20
O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kitob badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 37⚡ 8👍 8🎉 5
⚡️⚡️⚡️Talabalar uchun muhim yangilik!
Uzbekistan Airways kompaniyasi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga 50% gacha chegirmalar e’lon qildi.
✔️Chegirma davlat ta’lim muassasasida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida beriladi. Bunday ma’lumotnomani quyidagi usullar bilan olish mumkin:
🟢YIDXP orqali onlayn;
🟢ta’lim muassasasida;
🟢yoki “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DMning elektron tasdiqnomasi shaklida.
✔️Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi. Aviachiptalarni 50% gacha chegirma bilan Uzbekistan Airways Sales filialida, O‘zbekiston hududidagi agentlardan va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.
✔️Yo‘lovchi tarifiga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi, ularga 50% gacha chegirma qo‘llanilmaydi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 45👍 16🔥 13❤🔥 3⚡ 1
Kitobxonlar navbatdagi bosqichda
📚“Yosh kitobxon” tanlovi 2025-yilgi mavsumining mahalla bosqichi yakunlandi. Kitobxonlik tanlovida o‘z bilimini sinab ko‘rishga bel bog‘lagan yoshlarimiz soni bu yil 950 ming nafarga yetdi.
Ilk bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 27 024 nafar kitobxon navbatdagi sinov sektor bosqichiga yo‘llanma oldi. Endi ular 12-dekabr kuni quyidagi manzillarda o‘tadigan bahsda o‘z mahoratini namoyish etadi.
✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
✔️Andijon viloyati;
✔️Buxoro viloyati;
✔️ Jizzax viloyati;
✔️Qashqadaryo viloyati;
✔️Navoiy viloyati;
✔️Namangan viloyati;
✔️Samarqand viloyati;
✔️Sirdaryo viloyati;
✔️Surxondaryo viloyati;
✔️Toshkent viloyati;
✔️Farg‘ona viloyati;
✔️Xorazm viloyati;
✔️Toshkent shahar.
⚡️Keyingi sinovda ham kuch, bilim va topqirlik sizga hamroh bo‘lsin!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 51👍 11🎉 5👌 4🏆 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Natijalar qog‘ozda emas, amalda!
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, qabul qilinayotgan qaror va topshiriqlar “qog‘ozda emas, amalda natija berishi” kerak. Bu tamoyil ijro intizomiga yuksak amaliy ahamiyat bag‘ishladi.
🗞“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning ushbu mavzuga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi.
Ushbu maqolani o‘qib chiqish, yoshlar bilan ishlayotgan mutaxassislar uchun amaliy yondashuv va kerakli xulosalarni olishda foydali bo‘ladi.
To‘liq maqola 👉 gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 41❤ 24🏆 4⚡ 2🤩 2
🇺🇿🇹🇷O‘zbekiston yoshlari “Take Off” 2025 startap sammitida
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi hozirda Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan 8-“Take Off” startap sammitida ishtirok etmoqda.
Sammit dasturida panel muhokamalar, startaplar namoyishi, investorlar bilan uchrashuvlar hamda texnologiya, sun’iy intellekt, fintech va barqaror rivojlanish bo‘yicha dolzarb mavzular belgilangan.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida xorijlik hamkorlar bilan istiqbolli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yoshlar manfaatiga xizmat qiluvchi muhim kelishuvlarni imzolashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2026-yilda ushbu nufuzli “Take Off” startap sammiti Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 45👍 21🔥 9🕊 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
🗞 Yurtimiz yoshlari va jamiyat hayotiga oid barcha eksklyuziv xabarlarni “Yoshlar ovozi” da o’qing!
Gazetaning navbatdagi sonida:
🟢Yosh kitobxonga start berildi;
🟢Prokuror va yoshlar uchrashuvi;
🟢Yetakchilik – hayot tarzim;
🟢Men donorman;
🟢Baloga qolgan tandir
📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 21👍 12🔥 3👌 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Bugun yurtimiz tarixida muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan madhiyamiz xalqimizning g‘ururi, orzu-intilishlari va Vatanga sadoqatini mujassam etgan eng muqaddas ramzlardan biridir.
Madhiyamizning har bir misrasi yosh avlod qalbida yurtga muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, ezgu maqsad va xalqimizning mustahkam birdamligini tarannum etadi.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Sizlarni ushbu muhim sana bilan muborakbod etadi!
🎶Madhiyamizning 33 yilligi barchamiz uchun muborak bo‘lsin!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 45👍 19🎉 14🔥 1
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh: yoshlarga oid loyihalar bo‘yicha yangi istiqbollar
Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.
⚡️Uchrashuv avvalida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.
Muloqot davomida AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda tadbirkorlik, fan, innovatsiya va ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, shuningdek o‘zbekistonlik yoshlar uchun maqsadli almashinuv dasturlarini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, elchi janoblari “Yoshlar Ventures”, “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi”, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Vikistipeniya”, “1000KITOB”, “UzChess”, “Qizlar akademiyasi” kabi loyihalar tanishdi.
Ta’kidlash joizki, AQSh vakillari Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar faoliyatini yuksak baholadilar.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tayinlov
🇺🇿Yusupxo‘jayev Hasanxon Alisher o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar H. Yusupxo‘jayev Raqamli texnologiyalar vazirligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamentida faoliyat olib borgan.
Uning Buyuk Britaniyaning Durham universitetida zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv bo‘yicha orttirgan tajribasi yoshlar bilan ishlash jarayoniga yangi yondashuvlar va samarali yechimlar olib kirishiga ishonamiz.
🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Hasanxon Yusupxo‘jayevni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!
#Tayinlov
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
01:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
Navoiyda o‘quv markazlari bir maydonga jamlandi
Ayni kunlarda respublikamizning barcha hududlarida “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” o‘tkazilmoqda. Forumning asosiy maqsadi yoshlarning kamida 2 ta xorijiy tilni mukammal egallashi va 1 ta zamonaviy kasbni o‘rganishi uchun keng imkoniyat yaratish.
Navoiydagi forumda “2+6” dasturi doirasida yoshlarni o‘qitish, “Ko‘mak” loyihasi orqali chekka hududlarda yangi o‘quv markazlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Respublika o‘quv markazlari forumi 12-13-dekabr kunlari poytaxtimizda Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘ladi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: forum.kelajakkasblari.uz
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Navoiy tg.mp419.86 MB
Prokuror va yoshlar uchrashuvi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda prokuratura tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida prokuratura tizimidagi yangiliklar, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Xorijiy til bilimdoni” marafoni g‘oliblari va “Qalqon” guruhlari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqasi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.
Tadbir yakunida yoshlarga Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining faoliyati tanishtirildi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 42👍 24❤🔥 11🔥 4👏 3
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️@yoshlarventures bilan super loyihaga start berayapmiz!
Qishki ta’til davomida bir hafta eng zo’r sharoitli Bo’stonliqdagi yoshlar oromgohida “startup ambassadors” loyihasiga start bermoqchimiz!
Eng kuchli, bilimli, o’z tuman/shaharlarida startup ekotizimini klublarni ochmoqchi bo’lgan yoshlar loyihada qatnasha oladilar.
Batafsil bu yerda!
❤ 57👏 14⚡ 9👍 6👌 4
🩸Bir tomchi mehr – minglab hayotlarga nur
“Yoshlar tashabbuslari” marafoni doirasida butun respublika bo‘ylab “Men donorman” xayriya qon topshirish aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya dekabr oyining ilk haftaligida barcha hududlarda bir vaqtda start oldi.
Aksiyaga 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, harbiy xizmatchilar, talaba-yoshlar, ko‘ngillilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, 2 786 litr qon topshirdi. Ushbu donorlik qoni shifoxonalarda muhtoj bemorlarga bepul yetkaziladi.
Yoshlarning ezgulikka bo‘lgan bunday yondashuvi jamiyatda mehr, birdamlik va mas’uliyat madaniyatini yanada kuchaytiradi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 68👍 33⚡ 6🔥 2👌 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!
Siz, azizlarni, 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!
Konstitutsiya – barchamizning huquq va erkinliklarimiz, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik, birlik va hamjihatlik, ortga qaytmas demokratik islohotlarimizning kafolatidir.
⚡️Barchamiz uchun milliy mustaqilligimiz, g‘urur va iftixorimiz timsoli bo‘lgan Konstitutsiyamiz sharaflanadigan ushbu quvonchli ayyom muborak bo‘lsin!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 48🎉 13👍 7🕊 4💯 3
⚡️Poytaxtimizda kitob festivali bo‘lib o‘tdi!
Avval xabar berganimizdek, Yoshlar ijod saroyida ikki kun davomida “Kitob olami” festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu festival yoshlar uchun haqiqiy ilm-ma’rifat bayramiga aylandi!
Festival doirasida yangi kitoblar taqdimotlari, arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi, yosh ijodkorlar va tarixchi olim Adib Xolid bilan samimiy uchrashuv hamda qiziqarli viktorinalar tashkil etildi.
📚20 ga yaqin nashriyot o‘zining yangi kitoblari va loyihalarini taqdim qildi. Eng quvonarli jihati, festivalga tashrif buyurgan har bir ishtirokchi badiiy yoki tarjima asaridan bepul sovg‘a oldi.
Ikki kun davom etgan festivalda 8000 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi. Bunday festivallar yoshlarning bilimga intilishini kuchaytirib, o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratishiga yordam beradi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 57🔥 19🤩 12👍 5
“Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” Jizzaxda
Jizzax viloyatida o‘quv markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish, tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forumda viloyatdagi turli o‘quv markazlari rahbarlari, mutaxassislar hamda yoshlar ta’limi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 40👍 14🔥 7⚡ 4🎉 2
