Sariq Dev
Открыть в Telegram
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Больше2025 год в цифрах

12 904
Подписчики
-4824 часа
-177 дней
-10030 день
Архив постов
Bugun "Venture capital roundtable" tadbiridamiz. Mahalliy va xalqaro invest fondlar va startuplar oʻrtasida muloqot boʻlayapti. Sizlarga qiziqarli maʼlumotlarni ulashib boraman.
9.92 MB
👍 56🔥 12❤ 4🤩 2
Tanishing, Mohirdevdagi yana bir muhim bo’lim - Ma’lumotlar tahlili bo’limi.
To’g’ri qaror qabul qilishda ma’lumotlarning o’rni juda katta. Mohirdevda ma’lumotlar bilan ishlash uchun alohda Ma’lumotlarni tahlil qilish bo’limi bor.
Bu bo’limning vazifasi bizda jamlangan ichki va tashqi ma’lumotlarni bizga chiroyli taqdim etish va muhim qarorlarni qabul qilishda kerakli sonlar va statistikani yetkazib berish.
Masalan, hozir bozorda aynan qaysi mutaxassislarga talab katta? Backend dasturchi yoki Sun’iy intellekt muhandisidan qanday ko’nikmalarga rga bo’lishi kerak? Bozorda Loyiha menejerlarining o’rtacha maoshi qancha? Shu kabi savollarga tahlilchimiz minglab ma’lumotlar asosida aniq javob bera oladi.
Bu esa bizga aynan qaysi kurslarni yozish va kurslarda aynan qaysi bilim va ko’nikmalarga urg’u berishni ko’rsatib beradi.
Xullas, bizda hammasi jiddiy. Talabalarga eng zamonaviy va muhimi dolzarb bilimlarni yetkazishga mas’uliyat bilan yondoshamiz.
IMG_5126.MOV36.44 MB
IMG_5132.MP46.90 MB
👍 117🔥 23😁 2❤ 1👏 1🤩 1
Mohirdevda ish jarayoni bilan tanishamiz.
Ushbu videoda taʼlim boʻlimi bilan tanishamiz. Bu boʻlimda 10 kishidan ortiq xodim doimiy ofisda, yana bir nechta mutaxassislarimiz masofadan ishlashadi.
Mohirdevda chiqayotgan har bir kurs malakali metodistlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Oʻquv rejalar, kontent va materiallar, ekspertning darsga yondoshuvi, mavzuni toʻgʻri yetkazib berishi, barchasi nazorat qilib boriladi.
Bu Mohirdev uchun ham aslida yangi tajriba. Darslarimiz sifatini yanada oshirish uchun, ekspertlar bilan yelkama-yelka ishlayapmiz.
Yangi maxfiy kursimiz metodistlar nazorati ostida ishlandi va tez orada sizlarga taqdim qilinadi.
Videoda Mohirdevning yana bir sirli loyihasi — maktablar uchun informatika dasturi koʻrsatilgan.
Loyiha haqida koʻproq bilishni istasangiz postga 👍 bosing.
4.90 MB
33.97 MB
👍 275🔥 15❤ 7😁 1
Bugun kunim mana shu joydan boshlandi. Ertalabdan 3 ta uchrashuv shu yerda.
Alisher Sadullayev Yoshlar Ishlari Agentligi rahbari boʻlganidan beri bu joyga fayz kirdi. Agentlik va uning yonidagi Kitob Olami hozir jamiyatning faol va kreativ insonlarini bir joyda jamlaydigan, millat uchun manfaatli ajoyib gʻoyalar tugʻilib, unib-oʻsadigan joyga aylangan.
Bu yerga adashib kelib qolsangiz ham, albatta biror mashhur inson yoki qiziqarli tadbir va loyihalar ustidan chiqib qolasiz.
Aytgancha, bizning Ibrat Farzandlari loyihasiga qoʻshilib qolishimiz ham mutlaqo tasodifan, mana shu kafeda Alisherni uchratib qolishdan boshlangan. Hozir bu loyihada foydalanuvchilarimiz soni 1 milliondan oshdi. Ingliz tilini oʻrganayotganlarning oʻzi 490ming 🤯. Va bularning hammasi mutlaqo bepul.
Bugun ham Agentlik homiylik qilayotgan yangi loyihaga qiziqish bildirib keldim. U haqida alohida.
Xullas, kun yaxshi boshlandi.
2.70 MB
👍 164🔥 39❤ 9👎 2👏 1
00:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
18:15 Ish vaqti tugadi (lekin ish 24/7 davom etadi).
Bugun reja qilgan, lekin sizlarga koʻrsata olmagan videolar:
1. Bevosita Mohirdevdagi ish jarayonlar.
2. Xodimlar va ular nima bilan band?
3. Sumkamda nima bor?
4. Sizlar bilan jonli savol javob.
Bularning barchasini Alloh nasib qilsa ertangi kunga qoldiramiz.
Agar sizni qiziqtirgan savollar boʻlsa izohda qoldiring, ertaga jonli efirda javob olasiz 👇
1.38 MB
👍 176🔥 20😁 19❤ 6🤔 1
17:00 Ingliz tilidagi kitoblarni qayerdan olaman? (Kutilmagan reklama, mabodo biznes egasi keyingi buyurtmalarga chegirma qilib bersa yoʻq demayman. Situation marketing, guys).
47.76 MB
👍 112😁 16🔥 9👎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
16:00 Rasul aka bilan ekologiyaga oid katta loyiha haqida gaplashib oldik. Yurtimiz va muhimi tabiat uchun manfaatli boʻladi deb umid qilamiz.
👍 176🔥 33❤ 14🥰 2👏 1🎉 1
15:00 AI Hackathon 2024 gʻoliblari bilan uchrashuv.
Videodagi jamoa Bilim Heal loyihasi bilan 2-oʻrinni egallashdi.
8.38 MB
7.24 MB
7.96 MB
🔥 166👍 46❤ 6
00:18
Видео недоступноПоказать в Telegram
13:30 IT parkda tok oʻchdi. Koʻzilar tegdi 😒
IMG_5124.MOV6.19 MB
😁 140🤯 13😱 11😢 7❤ 4👍 1🔥 1
00:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
11:30~13:00 Navbatidagi uchrashuv. Yuristlarimiz bilan hujjatlarimizni koʻrib chiqayapmiz. Bu online uchrashuvda shartnomalarning sharʼiy tomondan toʻgʻriligi ham muhokama qilinayotgani uchun, uchrashuvda taniqli ahli ilm ustozimiz ham borlar.
Mohirdevda barcha xizmatlar va hujjat-shartnomalar shairtaga mosligi koʻrib chiqiladi.
Endi savol, nima uchun monitor ostida iPhone aynan shu holatda turibdi?
1.32 MB
👍 103🔥 19❤ 7🤔 1
10:30 Kunning ikkinchi uchrashuvi. Muhim bir loyiha muhokamasi ketayapti. Mehmonimizni tanimagan odam bormi? Sizga bitta savolim bor, oydan tushganmisiz 😅
6.30 MB
2.02 MB
👍 127😁 24🔥 12❤ 1
00:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
9:00 Kunning birinchi uchrashuvi. Rahbar sifatida asosiy qiladigan ishim uchrashuvlar. Kun boʻyi, soatma-soat turli odamlar bilan uchrashuvlar belgilangan: jamoa bilan, xodimlar bilan, mehmonlar va biznes hamkorlar bilan.
2.21 MB
👍 174🔥 15❤ 4👏 4🤯 4
8:00 Kun kitob oʻqishdan boshlanadi. Tinch ofisda, hech kim halaqit qilmasdan, xotirjam.
9.49 MB
17.76 MB
👍 186🔥 38🤩 13❤ 11👏 4😱 1
