ru
Feedback
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ Instagram: instagram.com/press_secretary_uz Twitter: https://twitter.com/Sherzod_Asadov

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
137 024
Подписчики
+3824 часа
+1 4637 дней
+1 35030 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ikkinchi yo‘nalish – servis loyihalarini ko‘paytirib, aholi bandligini ta’minlash. Mamlakatimizda eng yuqori o‘sish sur’atini ta’minlayotgan soha xizmatlar sohasi ekani ta’kidlandi. Lekin viloyat, tuman hokimlari xizmatlar sohasiga katta sur’at berayotgan turizmni rivojlantirish orqali ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadini ko‘paytirish imkoniyatlarini to‘liq ishga solmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Turizm salohiyati yuqori 150 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilansa, xizmatlar hajmini 10 trillion so‘mga yetkazish, 45 ming nafar odamni savdo va servisda band qilish mumkin. Shu bois, kelasi yilda 150 ta mahallaning har biriga infratuzilma uchun 3-5 milliard so‘mdan beriladi. Viloyat, tuman hokimlari, Turizm qo‘mitasiga yil yakunigacha barcha mahallalar uchun master reja qilish, yer auksionlari va loyihalarni tadbirkorlarga e’lon qilib, qurilish ishlarini boshlash topshirildi. Tuman banklari bu joylarda mehmon uylari barpo etish uchun 150 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratishni yo‘lga qo‘yadi. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Eng katta yangilik – 2026-yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m viloyatlarning o‘ziga beriladi. Lekin bu mablag‘ hamma tumanga teng taqsimlanmaydi. Chunki, Do‘stlik tumanida berilgan 5 milliard so‘m maqsadli ishlatilib, Chinobod mahallasidagi 2 kilometrli ko‘chaning infratuzilmasi yaxshilandi, kun-u tun ishlaydigan maskanga aylantirildi. Ishning samarasi ko‘ringani sababli tumanga yana 10 milliard so‘m ajratilgan edi, ko‘chaga tutashgan daryo bo‘yi obodonlashtirildi, savdo-servis uchun qo‘shimcha joy ochildi. Natijada 130 ta yangi tadbirkor ish boshlab, 700 nafar odamni band qildi. Lekin xuddi shunday “drayver” loyihalar uchun mablag‘ olgan Uchko‘prik, Bektemir, Jomboy, Kitob, Toshkent tumanlarida hali natija ko‘ringani yo‘q.
Endi qaysi hokim tez harakat qilib, aniq loyiha asosida natija ko‘rsatsa, o‘sha tuman ko‘p mablag‘ oladi”,
– dedi Prezident. Viloyat hokimlariga ish o‘rni yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga katta turtki beradigan loyihalarni saralab, barcha tayyorgarlikni shu yilning o‘zida oxiriga yetkazish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezidentimiz kelgusi yil uchun vazifalarni belgilab berdi. Birinchi yo‘nalish – qurilish orqali aholini ishli va daromadli qilish. Kelgusi yilda mamlakatimizda 675 trillion so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan 380 trillion so‘mi qurilish ishlariga to‘g‘ri keladi. Kelgusi yilda 140 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joy qurish maqsad qilingan. Har bir hokim bundan samarali foydalanib, qurilish sohasining o‘zidan kamida 20-25 ming, yaratilgan infratuzilma orqali 10 ming kishini bandligini ta’minlashi mumkinligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Umuman, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik rejalarini bajarishdagi mas’uliyatsizlik uchun yil boshidan 261 nafar mas’ul ishdan olingani, yana 492 nafariga intizomiy jazo berilgani ma’lum qilindi.
Ehtiyojmand oilalarning eng og‘ir qatlami qoldi. Bunday 400 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish uchun viloyat, tuman hokimining birinchi o‘rinbosarlari, bandlik, bank rahbarlari, “mahalla yettiligi” o‘zini dunyoqarashi va ish uslubini o‘zgartirishi kerak”,
– dedi davlatimiz rahbari. Kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizdan kamaytirish mutasaddilarning asosiy vazifasi bo‘lishi qayd etildi. Keyingi yilda iqtisodiyotga 450 trillion so‘m kredit ajratilishi, 140 trillion so‘mi mahalladagi kichik va o‘rta loyihalar uchun berilishi belgilandi. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida jiddiy kamchiliklar va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bosh vazirga ishga shunday yondashgan 20 ta - Yashnobod, Buxoro, G‘ijduvon, Koson, Xatirchi, Qumqo‘rg‘on, Yangiyo‘l, O‘zbekiston, Guliston, Yakkabog‘, Andijon, Parkent, Toshkent, Nurobod, Uchtepa, Chortoq, Davlatobod, Oltinko‘l, Qiziriq, Kogon tumanlari hokimlariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish topshirildi. Mahallalarga yaxshi loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun bankirlar biriktirilgan. Lekin, ayrim tuman bankirlari davlatning arzon resursini samarasiz loyihalarga berib yuborayotgani tanqid qilindi. Mutasaddilarga mahallalarga tushib, loyihalar samaradorligini o‘rganish, sohada nazorat va intizomni kuchaytirish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Davlatimiz rahbari Uzun tumanini namunaviy hududlardan biri sifatida qayd etdi. 51 ta mahallasi bo‘lgan tumanga joriy yil kambag‘allikni qisqartirish va bandlik dasturlari doirasida 160 milliard so‘m mablag‘ berilgan. Tumanga 70 million dollar xorijiy investitsiya olib kelindi, 47 ta korxona ishga tushirildi, 300 ta servis obyektida 1 ming nafar odam ishli bo‘ldi, 9 ta mahalla uzumchilikka ixtisoslashtirilib, tadbirkor bilan aholi o‘rtasida kooperatsiya yo‘lga qo‘yildi, 2 mingdan ziyod mikroloyihada 4 ming 200 nafar odam daromadli bo‘ldi. Shularning hisobiga Uzun tumanida yil boshidan kambag‘allik darajasi 10,5 foizdan 3 foizgacha kamaydi. Shu bilan birga, Uzun tumaniga nisbatan 4,5 barobar ko‘p mablag‘ olgan Denov tumani hokimligi ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani ko‘rsatib o‘tildi. Kambag‘al oilalar reyestriga kirganidan buyon 1200 ta oila daromadida o‘zgarish bo‘lmagan. Yoki Chiroqchi tumaniga joriy yil mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditga 309 milliard so‘m resurs berilgan. Lekin tuman hokimligi shuncha resursi bilan ham odamlarga imkoniyatiga yarasha tayyor loyiha bermagan. Shu bois, Denov tumani hokimi I.Abrorov, uning birinchi o‘rinbosari Sh.To‘raqulov, Chiroqchi tumani hokimi F.Yusupov, uning birinchi o‘rinbosari Z.Ergashev ishdan olinishi belgilandi. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Joriy yil boshidan ishsizlik 4,9 foizga tushdi (o‘tgan yili 5,5 foiz bo‘lgan). Ayniqsa, Buxoro, Kogon, Navoiy, Zarafshon, G‘ozg‘on, Samarqand, Shirin shaharlarida ishsizlik 4 foizdan pasayib, ilk bor “tabiiy ishsizlik” darajasiga yaqinlashdi. Ehtiyojmand 302 ming oila kambag‘allikdan chiqdi. Yil yakunigacha kambag‘allik darajasi 6 foizgacha kamayishi kutilmoqda (o‘tgan yili 8,9 foiz bo‘lgan). Sharoiti og‘ir bo‘lgan Xovos, Mirzaobod, Oqoltin, Do‘stlik, Paxtakor, Forish, Bo‘ston, Vobkent, Mirishkor, Mingbuloq, Uzun va Piskentda kambag‘al oilalar soni 4,5 barobargacha kamaydi. Ilgari qiyin ahvolda bo‘lgan 105 ming oila daromad ko‘rishni boshladi, kambag‘al oilalarning o‘rtacha daromadi yil boshiga nisbatan 2 barobarga oshdi. Joriy yilda ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylandi. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Kun tartibida – mahallalarda aholi daromadini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar va 2026-yildagi vazifalar. Davlatimiz rahbari bu yo‘nalishda barcha zarur moliyaviy va tashkiliy masalalar hal qilib berilganini ta’kidladi. Jumladan, pastda ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish, mahallama-mahalla yurib, yangi tashabbuslarni topib, odamlar hayotini yaxshilashga mas’ul bo‘lgan viloyat, tuman hokimlari va ular xodimlarining moddiy va texnik imkoniyatlari tubdan yaxshilandi.
Endi vazirlar, hokimlar, rahbarlar o‘ziga savol bersin: shuncha yaratilgan sharoitdan, imkoniyatdan qay darajada foydalanyapti? Nima natija qilyapti? Islohotlarimiz natijasi har bir oilaga, har bir xonadonga kirib boryaptimi? Odamlar buni qanday his qilyapti? Bunday savollar ko‘p. Barcha rahbarlar tayyor tursin. Yil tugayapti, bugun natijalarni tahlil qilib, ayrimlarga nisbatan xulosa qilaman”,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёев начнется видеоселекторное совещание по итогам проделанной работы и приоритетным задачам на следующий год в области сокращения бедности и обеспечения занятости населения. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Aziz Abdukaxarovich Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi. — Указом Президента Республики Узбекистан Абдухакимов Азиз Абдукахарович назначен на должность советника Президента Республики Узбекистан по вопросам экологии – председателя Национального комитета по экологии и изменению климата и в связи с этим освобожден от должности министра экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Главой нашего государства подписан Указ «О мерах по созданию системы управления по оперативному реагированию на требования населения в сферах экологии и туризма». В соответствии с ним: - образуется Комитет по туризму Республики Узбекистан путем реорганизации Комитета по туризму при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата; - образуется Национальный комитет по экологии и изменению климата на базе Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата путем его выведения из системы Кабинета Министров; - вводится должность советника Президента Республики Узбекистан по вопросам экологии – председателя Национального комитета по экологии и изменению климата; - Комитет по экологии наряду с основными задачами Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата является ответственным за реализацию общенациональных проектов «Территория, свободная от отходов», «Чистый воздух», «Яшил макон», «Экокультура», «Бионаследие»; - при комитете образуется «Фабрика экопроектов» с привлечением до 15 зарубежных и отечественных экспертов; - образуется Государственная инспекция экологического контроля Национального комитета по экологии и изменению климата (Экополиция). Также принято постановление Президента Республики Узбекистан «О мерах по организации деятельности Национального комитета Республики Узбекистан по экологии и изменению климата». Документом определено, что: - на базе государственного учреждения «Центр специализированного аналитического контроля в области охраны окружающей среды» Комитета по экологии создается государственное учреждение «Национальный центр экологического мониторинга»; - в срок до 1 сентября 2026 года будет налажена деятельность Единой экологической онлайн-платформы; - промышленные предприятия I и II категории по воздействию на окружающую среду должны до 1 марта 2026 года принять меры по установке на своей территории станций фонового мониторинга и их интеграции с Национальным центром экологического мониторинга Комитета по экологии, в противном случае начиная с 1 марта 2026 года к ним будут применяться компенсационные платежи с увеличением их в 5 раз; - начиная с 1 марта 2026 года все акты законодательства и имеющие правовую силу указания, связанные с предоставлением льготы в виде освобождения от компенсационных выплат по причинению ущерба природе, являются утратившими силу, а также предоставление льготы по данному вопросу осуществляется только посредством закона; - строго запрещаются выдача документов по исключению соблюдения требований законодательства в сфере экологии и охраны окружающей среды или разрешительного характера без их соблюдения, в том числе выдача заключения государственной экологической экспертизы, принятие постановлений, распоряжений, протоколов и письменных поручений Правительства, межведомственных документов, актов органов исполнительной власти на местах, предусматривающих вырубку и пересадку деревьев и кустов; - работникам Экополиции предоставляется право применять физическую силу, специальные средства (устройства электрошока) и служебное оружие (с резиновыми пулями, сетчатое), а также на их спецформу устанавливаются боди-камеры; - с 1 апреля 2026 года будет создана возможность внесения инициативы по наложению общественностью запрета на изъятие или выделение на другие цели земельных площадей населенных пунктов (городов, поселков и сельских населенных пунктов), на которых произрастают деревья, не входящие в лесной фонд. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Davlatimiz rahbari "Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq: - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi; - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etiladi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi lavozimi kiritiladi; - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining asosiy vazifalaridan tashqari, Ekologiya qo‘mitasi “Chiqindidan holi hudud”, “Toza havo”, “Yashil makon”, “Eko-madaniyat” va “Bio meros” umummilliy loyihalarini amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi; - Ekologiya qo‘mitasi huzurida 15 nafargacha xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda “Ekoloyihalar fabrikasi” tashkil etiladi; - Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tashkil etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Unda belgilanganidek: - Ekologiya qo‘mitasining “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi” davlat muassasasi negizida “Ekologik monitoring milliy markazi” davlat muassasasi tashkil etiladi; - 2026-yil 1-sentyabrga qadar Yagona ekologik onlayn platforma faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; - atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifaga mansub sanoat korxonalari 2026-yil 1-martga qadar o‘z hududlarida fon monitoring stansiyalarini o‘rnatishi va ularni Ekologik monitoring milliy markaziga integratsiya qilishi shart bo‘ladi, aks holda 2026 yil 1-martdan boshlab ushbu korxonalarga nisbatan kompensatsiya to‘lovlari besh baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi; - 2026-yil 1-martdan boshlab tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan ozod qilish tarzida imtiyoz berish bilan bog‘liq barcha qonunchilik hujjatlari va huquqiy kuchga ega ko‘rsatmalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi hamda ushbu masalada imtiyoz berish faqat qonun orqali amalga oshiriladi; - ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilishni istisno qilish yoki rioya etmasdan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini berish, daraxt va butalarni kesish va ko‘chirishni nazarda tutuvchi Hukumatning qaror, farmoyish, bayonnoma va yozma topshiriqlarini hamda idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlarini qabul qilish qat’iy taqiqlanadi; - Ekopolitsiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni (elektroshok qurilmalarini) va xizmat qurolini (rezina o‘qli, to‘r otuvchi) qo‘llash huquqi beriladi hamda ularning maxsus kiyimiga bodi kameralar o‘rnatiladi; - 2026-yil 1-apreldan boshlab, o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt bilan qoplangan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari) yer maydonlarini olib qo‘yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga jamoatchilik tomonidan taqiq qo‘yish bo‘yicha tashabbus kiritish imkoni yaratiladi. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon yetakchilari Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdilar. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Qazaqstan Prezidenti mámleketlik sapar menen Ózbekstanda boldı. Oraylıq Aziya mámleketleri hám Ázerbayjan jetekshileri Islam civilizaciyası orayı menen tanıstı. Prezident Shavkat Mirziyoyevtiń basshılıǵında Oraylıq Aziya mámleketleri basshılarınıń gezektegi Másláhát ushırasıwı bolıp ótti. — Обзор важнейших событий за неделю: Президент Казахстана посетил Узбекистан с государственным визитом. Лидеры стран Центральной Азии и Азербайджана ознакомились с Центром исламской цивилизации. Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялась очередная Консультативная встреча глав государств Центральной Азии.   — Weekly review of the most important events: The President of Kazakhstan paid a state visit to Uzbekistan. The leaders of the Central Asian countries and Azerbaijan were acquainted with the Center for Islamic Civilization. Another Consultative Meeting of the Heads of State of Central Asia was held under the chairmanship of President Shavkat Mirziyoyev. Facebook|Instagram|X
Показать все...
52.96 MB
325.75 MB
50.83 MB
45.80 MB
Главное из выступления Президента Республики Узбекистан на VII Консультативной встрече глав государств Центральной Азии Сегодняшний саммит стал историческим: главы государств единогласно поддержали присоединение Азербайджанской Республики к формату Консультативных встреч в качестве полноправного участника. Президент Шавкат Мирзиёев подчеркнул, что этот шаг открывает новый этап сотрудничества, формируя единое пространство взаимодействия Центральной Азии и Южного Кавказа. В своём выступлении Президент выделил ключевые направления дальнейшего развития региона: 1. Новый этап региональной интеграции. За короткое время Центральная Азия прошла путь от диалога к реальному партнёрству: урегулированы территориальные вопросы, открыты границы, налажено сотрудничество в энергетике, транспорте и торговле. Объём взаимной торговли достиг 10,7 млрд долларов, а инвестиции выросли на 17 процентов. 2. Усиление институциональной архитектуры. Предложено трансформировать формат встреч в стратегическую платформу «Сообщество Центральной Азии», создать Секретариат и Совет старейшин, повысить статус национальных координаторов. 3. Экономика и инвестиции. Страны региона способны увеличить взаимную торговлю в 1,5–2 раза. Президент предложил: – принять Региональную программу торгово-экономического взаимодействия до 2035 года; – разработать Декларацию об общем инвестиционном пространстве; – продвигать совместное развитие электронной коммерции. 4. Инфраструктура и транспорт. Узбекистан призвал консолидировать усилия по реализации крупных проектов - железной дороги Китай–Кыргызстан–Узбекистан, Трансафганского коридора, а также расширению транскаспийских маршрутов. Предложено создать Совет по инфраструктурному развитию. 5. Безопасность и Афганистан. На утверждение вынесены Концепция региональной безопасности и Каталог рисков. Президент подчеркнул важность вовлечения Афганистана в региональные энергетические и транспортные проекты и предложил сделать «Ферганский форум мира» ежегодным международным форматом. 6. Климат и вода. Узбекистан предложил объявить 2026–2036 годы Десятилетием практических действий по рациональному использованию воды в Центральной Азии, а также создать Региональный центр компетенций в области водного хозяйства. 7. Гуманитарная сфера. Поддержано развитие научного и культурного обмена. Президент предложил ежегодно проводить Международный конгресс по духовному наследию, создать Фонд научных исследований, а также продвигать резолюцию ГА ООН о вкладе мыслителей региона. Президент завершил речь акцентом на главном:
«Наша сила - в единстве. Наш путь к успеху -  в дружбе и сотрудничестве».
Узбекистан поздравил Туркменистан с принятием председательства в новом формате «Центральная Азия и Азербайджан» и подтвердил готовность оказывать всестороннюю поддержку. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan asosiy fikr va tashabbuslar Bugungi sammit tarixiy bo‘ldi: Maslahat uchrashuvlari formatiga Ozarbayjon Respublikasining to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilishini davlat rahbarlari bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qadam hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishini, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida hamkorlikning yagona makonini shakllantirishini taʼkidladi. Prezidentimiz oʻz nutqida mintaqani yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlariga to‘xtalib oʻtdi: 1. Mintaqaviy integratsiyaning yangi bosqichi. Qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo muloqotning maslahat shaklidan chinakam hamkorlik bosqichiga o'tdi: hududiy masalalar tartibga solindi, chegaralar ochildi, energetika, transport va savdo sohalarida hamkorlik o'rnatildi. O'zaro savdo 10,7 milliard dollarga yetib, investitsiyalar 17 foizga o'sdi. 2. Institutsional arxitekturani mustahkamlash. Uchrashuvlar formatini “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik platformasiga aylantirish, Kotibiyatni taʼsis etish, Oqsoqollar kengashini tuzish, milliy muvofiqlashtiruvchilar maqomini ko‘tarish taklif etildi. 3. Iqtisodiyot va investitsiyalar. Mintaqa davlatlari o‘zaro savdo hajmini 1,5–2 baravar oshirish imkoniyatiga ega. Prezident quyidagilarni taklif qildi: – 2035-yilgacha bo‘lgan Savdo-iqtisodiy hamkorlikning mintaqaviy dasturini qabul qilish; – Yagona investitsiya makoni to‘g‘risidagi Deklaratsiyani ishlab chiqish; – elektron tijoratni birgalikda rivojlantirishni ilgari surish. 4. Infratuzilma va transport. Oʻzbekiston "Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston" temir yoʻli, Transafgʻon yoʻlagi va Transkaspiy yoʻnalishlarini kengaytirish kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda mintaqa davlatlarini birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha Kengashni tuzish taklif qilindi. 5. Xavfsizlik va Afg‘oniston. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi va Tahdidlar va xavflar katalogi tasdiqlash uchun taqdim etildi. Prezident Afg‘onistonni mintaqaviy energetika va transport loyihalariga integratsiyasi muhimligini ta’kidladi hamda “Farg‘ona tinchlik forumi”ni muntazam o‘tkaziladigan xalqaro anjumanga aylantirishni taklif qildi. 6. Iqlim va suv. O‘zbekiston 2026-2036 yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb eʼlon qilishni deb e’lon qilishni, shuningdek, Suv xo‘jaligi sohasida kompetensiyalar mintaqaviy markazini tashkil etishni taklif qildi. 7. Gumanitar soha. Ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlandi. Prezident har yili maʼnaviy meros va maʼrifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan Xalqaro kongressni o‘tkazishni, Mintaqaviy ilmiy tadqiqotlar jamg‘armasini tuzish hamda mintaqamiz olim va mutafakkirlarining global rivojlanishga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan BMTning maxsus rezolyutsiyasini ilgari surishni taklif qildi. Prezidentimiz nutqini asosiy fikr bilan yakunladi:
"Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda".
Oʻzbekiston Turkmanistonni yangi – “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” formatida o‘tadigan davlatlar rahbarlarining Maslahat uchrashuvida raislikni qabul qilib olgani bilan tabrikladi va bo‘lajak mezbonlik qilish davridagi saʼy-harakatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq so‘zlar ekan, Ozarbayjon Respublikasini Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini e’lon qildi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ushbu strategik qadam umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, ma’naviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bog‘langan xalqlarimiz manfaatlariga to‘liq javob beradi. — Президент Шавкат Мирзиёев в своем выступлении на Консультативной встрече глав государств Центральной Азии объявил о принятии лидерами стран-участниц принципиального решения о присоединении Азербайджанской Республики к формату Консультативных встреч в качестве полноправного участника. Как отметил глава нашего государства, этот стратегический шаг полностью отвечает интересам наших народов, прочно связанных общей историей, родственными узами, духовной и культурной близостью. Facebook|Instagram|X
Показать все...
00:19
Видео недоступноПоказать в Telegram
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi sharafiga mushakbozlik uyushtirildi. — В Ташкенте дан салют в честь седьмой Консультативной встречи глав государств Центральной Азии. Facebook|Instagram|X
Показать все...
13.50 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
В преддверии очередной Консультативной встречи глав государств Центральной Азии, которая пройдёт в Ташкенте, опубликована программная статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева под заголовком «Центральная Азия на пороге новой эпохи». В статье всесторонне освещаются процессы, которые в последние годы кардинально изменили регион и вывели его на новый этап – период сотрудничества, основанного на доверии, открытости и взаимном уважении. Впервые в истории между странами Центральной Азии сложилась устойчивая и прочная атмосфера взаимопонимания. Полное юридическое оформление государственных границ, соглашения по рациональному использованию водных ресурсов, рост объёмов взаимной торговли, активизация транспортных коридоров и расширение совместных инвестиционных проектов создают прочную основу для дальнейшей региональной консолидации. Особое внимание в статье уделено укреплению роли Центральной Азии как полноправного субъекта международных отношений. В частности, отмечается, что форматы сотрудничества «Центральная Азия плюс» свидетельствуют о признании со стороны мировых партнёров региона как единого пространства стабильности, диалога и ответственности. Подчёркивается, что региональное взаимодействие должно развиваться естественным образом — на принципах суверенитета, равноправия и невмешательства во внутренние дела. Президент Узбекистана обозначил и наиболее актуальные задачи, стоящие перед странами региона. Он представил своё видение того, какими должны быть общие шаги для укрепления механизмов взаимодействия, совместного обеспечения безопасности, развития региональной торговли, экологии, гуманитарных связей и согласованных подходов во внешней политике. В целом статья раскрывает истинную суть происходящих в регионе процессов. На конкретных примерах показывает осознанность и необратимость этого курса, демонстрирует усилия и приверженность Узбекистана регионального единства и призывает братские страны быть готовыми взять на себя ответственность за общее будущее региона. Полный текст статьи опубликован на официальном сайте Президента Республики Узбекистан, а также в газетах «Правда Востока» и «Народное слово». Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi arafasida “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” nomli dasturiy maqolasi chop etildi. Maqolada so‘nggi yillarda mintaqani tubdan o‘zgartirgan jarayonlar va uni yangi bosqichga – ishonch, ochiqlik va o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlik davriga olib kelgan omillar atroflicha yoritiladi. Tarixda ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barqaror va mustahkam o‘zaro anglashuv muhiti shakllandi. Chegaralarning huquqiy jihatdan to‘liq rasmiylashtirilishi, suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar, o‘zaro savdo hajmining o‘sishi, transport yo‘laklarining faollashuvi va qo‘shma investitsiya loyihalarining kengayishi mintaqaviy jipslashuv uchun mustahkam asos yaratib bermoqda. Maqolada Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlarning to‘liq subyekti sifatida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab borayotganiga alohida ahamiyat berib o‘tilgan. Xususan, “Markaziy Osiyo plyus” formatlari jahon hamkorlari mintaqani yagona barqarorlik, muloqot va mas’uliyat makoni sifatida qabul qilayotganini ko‘rsatmoqda. Mintaqaviy hamkorlik tabiiy yo‘l bilan – suverenitet, teng huquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillari asosida rivojlanishi kerakligi alohida qayd etib o‘tilgan. Davlatimiz rahbari mintaqamiz oldida turgan eng muhim masalalarni ham sanab o‘tdi. Mavjud mexanizmlarga barqaror tus berish, xavfsizlikni birgalikda ta’minlash, mintaqaviy savdo, ekologiya, gumanitar aloqalar va tashqi siyosatda kelishib harakat qilish borasida umumiy vazifalarimiz qanday bo‘lishi kerakligi yuzasidan nuqtayi nazar bayon qilingan. Umuman, maqola mintaqamizda kechayotgan jarayonlarning asl mazmun-mohiyatini ochib beradi, bu ongli va ortga qaytmas tanlov ekanini aniq misollar asosida tushuntiradi, nafaqat O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-­harakatlari va sadoqatini tasdiqlaydi, balki qardosh hamkorlarimizni mintaqaning umumiy kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lishga chaqiradi. Maqolaning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida, “Yangi O‘zbekiston” va “Xalq so‘zi” gazetalarida tanishishingiz mumkin. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Bugun Toshkentda Kasaba uyushmalari kuni va O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kasaba uyushmalari faollari va a’zolariga chuqur hurmat va samimiy tilaklar izhor etilgan bayram tabrigini o‘qib eshittirdim. Davlatimiz rahbarining qutlovida Yangi O‘zbekistonda inson hayoti va qadr-qimmati qonun himoyasidaligi, kasaba uyushmalari esa bugungi kunda 8 million kishini birlashtirgan fuqarolik jamiyatining eng ommaviy instituti ekanligi ta’kidlangan. So‘nggi besh yil ichida kasaba uyushmalari fuqarolarning ijtimoiy va mehnat huquqlarini himoya qilishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Besh yuz ming nafar xodimning huquqlari tiklandi, korxonalarda 20 mingta jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi 21 mingdan ortiq kamchilik bartaraf etildi, 1 millionga yaqin xodim va ularning oila a’zolari sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi, 800 ming nafar bola uchun yozgi dam olish tashkil etildi. Xalqaro hamkorlik faol rivojlanmoqda: Kasaba uyushmalari federatsiyasi o‘nga yaqin global va mintaqaviy tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Prezidentimiz tabrigida kasaba uyushmalari faollari ijtimoiy adolatni mustahkamlash, odamlarning turmush sifatini yaxshilash va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishga bundan buyon ham munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirildi. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, hurmatli kasaba uyushmalari vakillari! — Сегодня в Ташкенте состоялось торжественное мероприятие, приуроченное к Дню профсоюзов и 120-летию профсоюзного движения в Узбекистане. На церемонии я огласил праздничное поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, в котором выражаются глубокое уважение и самые добрые пожелания активистам и членам Федерации профсоюзов. В своем обращении глава нашего государства подчеркнул, что в Новом Узбекистане жизнь и достоинство человека находятся под надежной защитой закона, а профсоюзы являются самым массовым институтом гражданского общества, объединяющим сегодня около восьми миллионов человек. За последние пять лет профсоюзы добились ощутимых результатов в защите социальных и трудовых прав граждан. Восстановлены права 500 тысяч работников, проведено 20 тысяч мероприятий по общественному контролю на предприятиях, устранено более 21 тысячи недостатков в сфере охраны труда, оздоровление в санаториях прошли почти 1 миллион работников и членов их семей, организован летний отдых для 800 тысяч детей. Активно развивается международное сотрудничество: Федерация профсоюзов вступила почти в десять глобальных и региональных организаций. В поздравлении Президента нашей страны выражена уверенность, что профсоюзные активисты и дальше будут вносить весомый вклад в укрепление социальной справедливости, повышение качества жизни людей и защиту трудовых прав граждан. С праздником вас, уважаемые представители профсоюзов! Facebook|Instagram|X
Показать все...