ru
Feedback
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Открыть в Telegram

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
100 779
Подписчики
+1124 часа
-3827 дней
+62730 день
Архив постов
#rasmiy_xabar Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent shahrining" Sebzor" tarafda portlash sodir bo‘ldi." mazmunidagi xabar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha soat 00:01 Shayxontohur tumanida joylashgan 110/35/10/6 kV yuqori kuchlanishli "S. Ayniy" podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli  L-Xadra-1 tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada havoda chaqnash holati yuzaga kelgan. Nosozlik qisqa vaqt ichida 00:38da bartaraf etilib, iste’molchilar qayta tarmoqqa ulangan. Ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganidek, Toshkent shahridagi hech qanday transformatorda portlash yuzaga kelmagan. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 QUYOSH PANELLARI O‘RNATGANLARGA 153 MLRD SO‘MDAN ZIYOD SUBSIDIYA BERILGAN 2025-yilning yanvar — sentyabr oylarida 35 284 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 153 mlrd 643 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi. Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda: – Xorazm viloyati – 42,6 mlrd so‘m; – Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 22,4 mlrd so‘m; – Buxoro viloyati – 15,3 mlrd so‘m. Subsidiya qanday olinadi? Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasi "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun imtiyozlar 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring! Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi. 📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Показать все...
Markaziy tashkilotlar
Vazirliklar
Hokimliklar
Qo‘mitalar
Agentliklar
Inspeksiyalar
Markazlar
Boshqa tashkilotlar
Aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalar
Banklar va sug‘urta kompaniyalari
Uyushmalar
Sport federatsiyalari
02:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 Iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Namangan hududiy filiali tomonidan hududda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Tо‘raqо‘rg‘on tumanida olib borilayotgan tizimli ishlar “Zo’r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi lavhasida. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
IMG_8096.MP4118.38 MB
01:54
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 MAHALLANING ELEKTR TAʼMINOTI BOʻYICHA MUAMMOSI HAL ETILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan  aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
Dilobar 6-1.m4v8.98 MB
01:11
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR ENERGIYASINI TEJASH BO‘YICHA 10 TA MASLAHAT 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
10 maslahat.mp49.48 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 Birozdan so‘ng Samarqand shahridagi Kongress markazida UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi boshlanadi. Umumsiyosiy munozaralarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. Tadbirni jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining YouTube, Telegram va Facebookdagi rasmiy sahifalari orqali tomosha qiling. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
02:54
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 ENERGETIKA SOHASIDAGI AMALIY ISHLAR VA VAZIFALAR MUHOKAMASI Avval xabar berilganidek, Milliy matbuot markazida “Yoqilg‘i-energetika sohasidagi amaliy ishlar, erishilgan natijalar va mavsumiy vazifalar muhokamasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir tafsilotlari haqida “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
Murodjon 5-1.m4v13.41 MB
📌📌📌📌📌📌 ISITISH MAVSUMIDA EHTIYOJMAND OILALARGA 1 MILLION SO‘MDAN MODDIY YORDAM BERILADI Prezident qaroriga ko‘ra, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun bu yil 1,1 milliondan ortiq oila ro‘yxatga olindi. Ulardan 822 mingtasi ijtimoiy reyestrda mavjud, yana 290 mingdan ortig‘i esa “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha aniqlangan. Qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi toifadagi oilalar kiradi: • boquvchisini yo‘qotganlar – 33,8 mingta; • nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar – 76,3 mingta; • og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar – 23,7 mingta; • yolg‘iz keksalar – 7 mingta; • gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar – 2 mingta; • bir uyda uchtadan ortiq oila yashaydiganlar – 26,2 mingta; • boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lganlar – 34,7 mingta; • vaqtincha ishsizlar – 15,1 mingta; • faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar – 69,7 mingta; • yolg‘iz yashovchi shaxslar – 2,3 mingta. Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 120 mingta oilaga 270 ming so‘mdan yordam berilgan edi. Bu yilgi miqdor o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p. Mazkur dastur doirasida jami 1,2 trillion so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘zbekistonliklar 7 kun davomida elektr energiyasi uchun to‘lovni to‘lay olmaydi — agar qarzingiz kechiksa, bir hafta elektr energiyasiz qolasiz." mazmunidagi xabarlar tarqaldi. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mazkur ma’lumot mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi. Ayni paytda Jamiyat tomonidan hech qanday yangi hisobga olish tizimiga o‘tish ishlari olib borilayotgani yo‘q. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
📌📌📌📌📌📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi 91-sonli “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-sonli Qarorga asosan Yunusobod tumanidagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali tomonidan  24 soatlik ish rejimi tashkil etilib, 110/35/10 kVli "Yunusobod" podstansiyasida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
1080p_1.mp428.91 MB
📌📌📌📌📌📌 Xodimlarning muntazam ravishda tajriba almashishlarini ta’minlash, ularning malaka oshirishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida, 2025-yil uchun tasdiqlangan rejaga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tizimli ishlar qilinmoqda. Xususan, ayni kunlarda "Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filiali tomonidan Jamiyat tarkibiy korxona va filiallarining tuman va shahar elektr ta’minoti bosh muhandislari va muhandis-texnik xodimlari ishtirokida о‘quv-seminarlari tashkil etilgan. Yoqilg‘i energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanish, tarmoqlardagi yо‘qotishlarni kamaytirish choralarini kо‘rish hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish mavzusida tashkil etilgan о‘quv dasturlarida tinglovchilar nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘liq tarzda о‘tkazmoqdalar. Jumladan ishtirokchilar Yashnobod tumanidagi “Olmos” podstansiyada bо‘lib, zarur amaliy kо‘nikmalarga ega bо‘lishdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
02:09
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 Iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Namangan hududiy filiali tomonidan hududda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Tо‘raqо‘rg‘on tumanida olib borilayotgan tizimli ishlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
Namangan 3-1.m4v10.29 MB
06:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 Energetika tizimi kuz-qish mavsumidagi rejimga to‘liq o‘tgan — 24/7 rejimida navbatchilik tashkil etilgan. Generatsiya quvvatlarini oshirish asosiy maqsadlarimizdan biri: 2016-yilgacha 3 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirilgan bo‘lsa, oxirgi 8 yilda 15 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirildi. Yil yakuni bilan jami ishga tushirilgan elektr stansiyalarning o‘rnatilgan quvvati 28 GVtga yetishi kutilmoqda. Bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarishda “yashil” energiya manbalarining ulushi 23 foizni tashkil qilmoqda. Yil yakuni bilan: 3 000 MVtdan ortiq quyosh va shamol, 1 167 MVt quvvatli IES, 1 500 MVtdan ortiq energiya saqlash tizimlari foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, bugungi kunga kelib, umumiy 40 MVt quvvatga ega 59 ta mikro GES ishga tushirilgan bo‘lsa, qo‘shimcha 15 MVt quvvatli 13 ta mikro GES ishga tushiriladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
3.mp452.91 MB
📌📌📌📌📌📌 SAMARQANDDA YUNESKO BOSH KONFERENSIYASINING 43-SESSIYASI BO‘LIB O‘TADI! Joriy yilning 30-oktabridan 13-noyabrigacha O‘zbekistonning qadimiy va navqiron Samarqand shahri YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi. Mazkur yirik xalqaro anjumanga tayyorgarlik jarayonida shahar infratuzilmasini, ayniqsa, elektr ta’minot tizimini ishonchli holatga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Bu borada “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning Samarqand hududiy filiali mutaxassislari tomonidan elektr uzatish tarmoqlari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur joylarda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, teplovizor nazorati orqali aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, tizimning ishonchliligi yanada mustahkamlandi. Xorijiy mehmonlar tashrif buyuradigan konferensiya majmualari, tarixiy obidalar va mehmonxonalarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash maqsadida 20 ta UPS hamda 6 ta dizel generator qurilmasi o‘rnatildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
67.55 MB
📌📌📌📌📌📌 Bektemir tumanida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda Yurtimizda har yili kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini keng kо‘lamda tashkil etish davlat siyosatidagi ustuvor yо‘nalishlardan biriga aylangan. Bu jarayonda ayniqsa, elektr ta’minotida uzluksizlik va xavfsizlikni ta’minlash aholi turmush darajasi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda, Bektemir tumanida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilib, elektr tarmoqlari, transformator punktlari va infratuzilmalar bosqichma-bosqich yangilanmoqda. 👉 https://uza.uz/posts/776390 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
04:06
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR TA’MINOTI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORMI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
TOSHKENT_VILOYATI_ELEKTR_TA’MINOTI_KUZ_QISH_MAVSUMIGA_TAYYORMI_28.mp439.17 MB
📌📌📌📌📌📌 Bugun Milliy matbuot markazida “Yoqilg‘i-energetika sohasida amaliy ishlar, erishilgan natijalar va mavsumiy vazifalar muhokamasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda OAV vakillariga joriy yilning o‘tgan davriga qadar amalga oshirilgan ishlar va yil yakunigacha belgilangan rejalar hamda istiqboldagi vazifalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimiz bo‘ylab uzunligi 7 ming 455 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 1 ming 748 ta transformator punkti yangilandi. Buning natijasida 954 ta mahalladagi 800 mingdan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi. Shuningdek, 553,8 km uzunlikdagi yuqori va o‘rta bosimli gaz tarmoqlari hamda 971 ta gaz taqsimlash punktlari yangilandi, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Joriy yil boshidan 512,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 142,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Batafsil 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 Ayni paytda Milliy matbuot markazida “Yoqilg‘i-energetika sohasidagi amaliy ishlar, erishilgan natijalar va mavsumiy vazifalar muhokamasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda Energetika vazirligi, yoqilg‘i-energetika sohasi korxonalari rahbariyati va mas’ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌 “KORRUPSIYASIZ KELAJAK – BARCHAMIZNING QO‘LIMIZDA!” Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: ☎️ Ishonch telefoni: +998781507561 ☎️ Call markaz: 1154 📧 Elektron pochta manzili: info@het.uz 📧 Korrupsiyaga qarshi kurash va komplaens nazorat xizmati elektron pochta manzili: antikor@het.uz 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показать все...