"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Открыть в Telegram
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Больше2025 год в цифрах

100 755
Подписчики
-8624 часа
-3647 дней
+60930 день
Архив постов
02:03
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌
“Euronews” telekanali “O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha keskin o‘sishi iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlamoqda” sarlavhali reportajni namoyish etdi.
Unda O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov yurtimizda “yashil” energetikani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida intervyu berdi.
Batafsil
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
aj7XM8zOccKGsppqCge0+WcVx8FdA_no.mp437.26 MB
📌📌📌📌📌📌
TOSHKENT VILOYATIDA 2,7 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xodimlari hamda Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “G‘afur G‘ulom” MFY hududida joylashgan “I M” korxonasi tekshirilganda yangi ishlab chiqarish liniyasi uchun shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulangan holda hisolagich ma’lumotlarini “HET BILLING” dasturiy kompleksini bazasiga kiritmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi fosh etildi.
Natijada davlat manfaatlariga 2,7 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
Mirzaobod tumanida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, qisqa uzilishlarni kamaytirish hamda energetika tizimining ishonchliligini oshirish maqsadida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlarini olib bormoqda.
Bu ishlar nihoyasiga yetgach, nafaqat yog‘ingarchilik kunlarda, balki boshqa vaqtlarda ham aholini qiynab kelgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarga o‘rin qolmaydi.
👉 https://uza.uz/posts/787422
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
“HET BILLING” dasturiy kompleksini takomilashtirish doirasida texnik ishlar tо‘liq yakunlandi.
Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “HET BILLING” mobil ilovasi hamda rasmiy veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” tо‘liq ishga tushirildi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun yana bir bor uzr so‘raymiz.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Repost from Rasmiy xabarlar I Официальные новости
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.
📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Markaziy tashkilotlar
Vazirliklar
Hokimliklar
Qo‘mitalar
Agentliklar
Inspeksiyalar
Markazlar
Boshqa tashkilotlar
Aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalar
Banklar va sug‘urta kompaniyalari
Uyushmalar
Sport federatsiyalari
📌📌📌📌📌📌
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ HUDUDIY FILIAL VA KORXONALARI TOMONIDAN “YASHIL MAKON” UMUMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHAT EKISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali jamoasi tomonidan keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida filial xodimlari tomonidan belgilangan hududlarda manzarali va mahalliy iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur tashabbus nafaqat shahar va tumanlarning obodonlashtirilishiga, balki ekologik muvozanatni saqlashga ham munosib hissa qo‘shdi.
Ko‘chat ekish jarayonida xodimlar bir-biri bilan hamjihatlikda ishlashdi, ekilgan nihollarga sifatli parvarish ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Shuningdek, ushbu ezgu tadbir aholining ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga mehr va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
MARG‘ILONLIK FUQARO ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANIB KELGANLIGI ANIQLANDI
Avval xabar berganimizdek, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti, “Energosavdo” bo‘limi xodimlari va Bosh prokuratura mutasaddilari ishtirokida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari davom etmoqda.
O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, kuni kecha Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Gо‘ravol” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan elektr energiyasi hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazib, noqonuniy holatda foydalanib qelganligi aniqlandi.
Moddiy zararni aniqlash bo‘yicha qayta hisob-kitob natijalariga ko‘ra, fuqaro tomonidan davlat manfaatlariga jami 473 million so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
Tezkor!
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “HET BILLING” dasturiy kompleksini takomilashtirish doirasida texnik ishlar olib borilmoqda.
Shu sababli, Jamiyatning “HET BILLING” mobil ilovasi hamda rasmiy veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
02:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan viloyatda barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish va kuz–qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish ishlari bosqichma-bosqich samarali tarzda amalga oshirilmoqda.
Hududda olib borilayotgan ishlar tahlili “Sevimli” telekanalining "Zamon" informatsion dasturi lavhasida.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
7G.m4v10.74 MB
📌📌📌📌📌📌
"Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali xodimlari xorijda malaka oshirmoqda
Mamlakatimizda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish jarayonida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini yer osti kabel tarmoqlari sifatida qurish ishlari xavfsizlik va iqtisodiy jihatdan yuqori natijalarni bermoqda.
Shu jarayonda 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini muftalash va xizmat kо‘rsatish sohasida yurtimizda malakali xodimlarga ehtiyoj yuqori ekanligi sababli, bu masalada katta mablag‘ evaziga xorijiy mutaxassislarni jalb etib kelinayotgan edi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini muftalash bо‘yicha xizmatlarni mahalliylashtirish hamda Jamiyat tarkibida kabel tarmoqlariga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha ilg‘or xodimlardan iborat brigada shakllantirish maqsadida "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filialining bir guruh xodimlari ayni paytda Rossiya Federatsiyasining ishlab chiqarish korxonasi о‘quv bо‘limida 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini muftalash va xizmat kо‘rsatish bо‘yicha amaliy о‘quv kursida ishtirok etmoqda.
О‘quv kursi natijalariga kо‘ra, xodimlar tegishli litsenziyaga ega bо‘lishlari va bu orqali yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda xizmat kо‘rsatishlari nazarda tutilgan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
MANFAATLAR TO‘QNASHUVI VA KORRUPSIYA – RIVOJLANISHGA TO‘SIQ
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) hamda viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan boshqa mas’ul xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashishda, shu jumladan, maishiy sohadagi korrupsiya illatlariga qarshi kurashishda, hamjihatlikda bo‘lish, bu muhim ishda mas’uliyat va fidoiylik ko‘rsatish, har bir ishga to‘g‘ri yondoshish lozimligini ta’kidladilar.
Batafsil
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Фото недоступноПоказать в Telegram
Farmonga muvofiq, maydoni 200 kvadrat metr va undan yuqori boʻlgan issiqxonalarda:
– CHANG-GAZ TOZALASH USKUNALARI NOSOZ ISHLASHI YOKI MAVJUD BOʻLMAGANLIGI UCHUN MAʼMURIY JARIMALAR MIQDORLARINI YURIDIK SHAXSLARNING MANSABDOR SHAXSLARIGA 5 BARAVARGA VA JISMONIY SHAXSLARGA 3 BARAVARGA OSHIRISH;
– YOQILGʻI MODDALAR, MATERIAL VA CHIQINDILAR (SHINA, BITUM, MAZUT, ISHLATILGAN AVTOMOBIL MOYI PLYONKA, REZINA, JUN TOLASI VA BOSHQALAR) YOQILGANI ANIQLANGANDA ISITISH QOZONXONASINI DAVLAT FOYDASIGA MUSODARA QILISHNI NAZARDA TUTUVCHI JINOIY JAVOBGARLIKNI JORIY ETISHGA DOIR QONUN LOYIHALARI ISHLAB CHIQILADI.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Фото недоступноПоказать в Telegram
Farmon bilan:
ENERGETIKA VAZIRLIGIGA BIR HAFTA MUDDATDA TOSHKENT SHAHRI VA UNGA TUTASH BOʻLGAN HUDUDLARDAGI BARCHA ISSIQXONA OBYEKTLARIGA TABIIY GAZ YETKAZIB BERISH BOʻYICHA SHARTNOMALAR TUZILISHINI TASHKIL ETISH VA UZLUKSIZ TABIIY GAZ YETKAZIB BERILISHINI TAʼMINLASH TOPSHIRILDI.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
FARMONGA MUVOFIQ, TOSHKENT SHAHRIDA EKOLOGIK VAZIYATNI YAXSHILASH YUZASIDAN KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA MAXSUS KOMISSIYA TUZILDI.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
01:13
Видео недоступноПоказать в Telegram
📌📌📌📌📌📌
YAKKASAROYDA MAVSUMGA HOZIRLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Yakkasaroy tuman elektr ta'minoti bо‘limi tomonidan “Rakatboshi” MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻidagi eski ochiq turdagi simlar о‘rniga SIP rusumidagi kabel tarmoqlari tortilmoqda.
Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-sonli Qaroriga muvofiq bajarildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
video_2025-11-24_16-39-52.mp442.98 MB
📌📌📌📌📌📌
HUDUDLARDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHAT EKISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning barcha korxona va filiallari tomonidan “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish, ekologik muhitni yanada yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bu borada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan ham bir qator amaliy harakatlar olib borilmoqda.
Bugun Karmana tumani Uyrot mahallasi hududida filial xodimlari tashabbusi bilan navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi. Tadbir davomida hududda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, tuman yashil hududlari kengaytirildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
HET.mp452.98 MB
