AlQuranuz-Shayx Alijon qori
Открыть в Telegram
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Больше2025 год в цифрах

131 928
Подписчики
-6424 часа
-3657 дней
-69230 день
Архив постов
06:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
ulamolarning xushulari.mp495.00 MB
👍 195❤ 122😢 69🔥 8🥰 7🤩 1
Janoza vaqti: 22-iyul, soat 17:45
📍Janoza manzili: 👇
https://maps.google.com/maps?q=39.942054,67.590321&ll=39.942054,67.590321&z=16
😢 888❤ 61👍 35😱 8🥰 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
SHAYX ALIJON QORINING SINGLISI VAFOTI MUNOSABATI BILAN TA’ZIYA
“AlQuran.uz” portali rahbari, O’zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi boshlig’i Ustoz Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdumning singlisi, “AlQuran.uz” portali xodimi Abdulloh qori Fayzulloh Maxdumning opasi, shuningdek, “AlQuran.uz” ilmiy xodimi Abdusamad qorining zavjalari vafoti munosabati bilan marhumaning yaqinlariga ta’ziya bildiramiz.
Marhuma al-Azhar universiteti talabasi bo’lib, Osim qiroatining Hafs va Shu’ba rivoyatlari hamda “al-Muqaddima al-jazariyya”, “Tuhfatul-atfol” va “al-Arba’iyn an-nabaviyya” kabi ko’plab asarlar bo’yicha ijoza sohibasi sifatida 20 yildan beri Qur’onga xizmat qilib kelayotgan edi. Xususan, Qur’on ta’limi yo’lida samarali mehnat qilib, ko’plab shogirdlarni yetishtirdi.
Shuningdek, “ALQURAN” mobil ilovasidagi “Al-Fatiha online” dasturining uztozalaridan bo’lib, ko’plab ayollarning qiroatini to’g’rilashga o’z hissasini qo’shganini alohida e’tirof etish lozim.
Turmush o’rtog’i Abdusamad qori bilan birga uch nafar qiz farzandni tarbiyalab, barchalarini hofizi Qur’on qilib yetishtirdi.
Uzoq vaqt og’ir dard bilan kurashganiga qaramay, Qur’on xizmatida bardavom bo’ldi. Bemorlik mashaqqatlariga sabr qilib, Allohdan savob umidida ilm tarqatishdan to’xtamadi. Shubhasiz, bu go’zal xotima, ya’ni shahidlikning bir belgisi. Zero, hadisi sharifda shunday deyilgan: “Kim bemor holatda vafot etsa, shahid holda vafot etadi, qabr fitnasidan saqlanadi va ertayu kech jannatdan rizqi kelib turadi” (Ibn Moja rahimhulloh rivoyati).
"AlQuran.uz" portali marhumaning akasi Ustoz Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum va ukasi Abdulloh qori Fayzulloh Maxdumga, shuningdek, turmush o’rtog’i Abdusamad qori va barcha oila a'zolariga hamdardlik bildiradi.
Alloh taolo marhumaning Qur’on yo’lida qilgan xizmatlarini qabul aylab, Barzax hayotida va oxiratda Qur’oni karim shafoati bilan mukofotlasin! Qur’on bilan jannatdagi darajalarini yuksak qilsin! Bemorlikda chekkan mashaqqatlari jannatdagi martabasining baland bo’lishiga sababchi bo’lsin!
Janoza marosimi ertaga seshanba kuni asr namozida, soat 17:45 da Ustoz Shayx Alijon qorining Jizzax viloyati G’allaorol tumani Boylarovul qishlog’idagi xonadonida bo’lib o’tadi.
Alloh taolo musibat ahliga sabri jamil ato qilsin! Qazo va qadarga rozi bo‘lishlarida Allohning o'zi madadkor bo‘lsin!
Marhumaga quyidagi hadisda zikr qilingan ulug’ darajalarni tilaymiz: “Qur'on sohibiga o'qi va ko'taril va dunyoda tartil qilganing kabi tartil qil. Albatta, sening manziling oxirgi o'qigan oyatingdadir", deyiladi” (Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rahimhullohlar rivoyati).
07:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
hojining sifati 9-10.mp419.69 MB
👍 156❤ 77🔥 5😢 5🥰 2
02:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
BIR OG'IZ SO'Z.mp419.10 MB
01:29
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
Najot toptilar.mp415.81 MB
❤ 271👍 109😢 41🔥 8😱 1
#TILOVAT
Kahf surasi | Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum
👉🏻https://www.youtube.com/watch?v=mzwcDoRw5Cg
39:38
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
9-augus keksalar tg.mp478.96 MB
❤ 172👍 83🥰 14🔥 10😢 1🤩 1
02:02
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
hojining sifati 8.mp415.82 MB
