AlQuranuz-Shayx Alijon qori
Открыть в Telegram
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Больше2025 год в цифрах

131 953
Подписчики
-5624 часа
-3387 дней
-52130 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
#KUN_OYATI
Hech bir jon yo'qki, uning hifz qilib turuvchisi bo'lmasa. (Toriq, 4)
Tafsir:
Ya'ni har bir odamning saqlovchi farishtasi bor.
O'sha saqlovchi uni turli balo-ofatlardan muhofaza qilib turadi. Shu bilan birga, qilgan yaxshi-yomon har bir ishini ham hifz qilib - yodlab, hisob-kitob qilib turadi. Bas, shundoq ekan, har bir jon o'zini bilmog'i, to'g'ri yo'lda yurmog'i lozim. Inson bolasi hech qachon o'zidan ketib hovliqmasligi kerak. hovliqishdan oldin, o'zining nimadan paydo bo'lganiga bir nazar solsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍InstagramФото недоступноПоказать в Telegram
#KUN_OYATI
Mudom ularga o'z Robbilari oyatlaridan bir oyat kelsa, undan yuz o'giruvchi bo'ldilar. (An'om, 4)
Tafsir:
Qur'oni Karimda «oyat» so'zi Qur'onning boshlanishi va nihoyasi ma'lum bir bo'lagini, ya'ni urfda ishlatayotganimiz oyat ma'nosini anglatishidan tashqari, belgi-alomat, dalil va mo'jiza ma'nolarida ham qo'llaniladi. Bu o'rinda o'sha ma'nolarning barchasi nazarda tutilyapti, ya'ni kofir-mushriklarga Allohning yagonaligi, haqiqiy ibodatga sazovor Zot ekanligi, Robb - tarbiyachi ekanligi haqida Qur'on oyatlari nozil bo'lsa yoxud o'sha ma'nolarga ishorat qiluvchi belgi-alomatlar va mo jizalar kelsa, yuz o'giradilar.
Demak, ularning kufri va shirki dalil-hujjat va ibrat yo'qligidan emas, balki sarkashlik tufaylidir. Ular dalil, hujjat izlaganlarida har lahzada, har qadamda topar edilar. Bunday sarkashlarga qattiqroq, qo'rqitib, dahshatga soladigan qilib gapirish kerak boladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram#TILOVAT
Kahf surasi | Abdulloh qori
👉🏻https://www.youtube.com/watch?v=qLFc5HR3-IY
#TILOVAT
Kahf surasi | Abdulloh qori
👉🏻https://www.youtube.com/watch?v=qLFc5HR3-IY
12:49
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
so'ngi namozlari.mp445.58 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#KUN_OYATI
Vaqtiki, osmon yorilsa. (Inshiqoq, 1)
Tafsir:
Albatta, osmonning bu yorilishi qiyomatdagi yorilishidir. Qiyomatning dahshatidan shundoq ulkan va mustahkam osmon ham yorilib ketadi.
Aslida, osmon uncha-muncha narsaga yoriladigan narsa emas. U juda ham ulkan va juda ham mustahkam narsa. Uning yorilishi mahol edi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram09:32
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
besh ne'mat.mp431.85 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#KUN_OYATI
Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o'zingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas. (Baqara, 279)
Tafsir:
Ya'ni agar iqtisodiy muomalalaringizda o'rtadan riboni ko'tarib, uning sarqitlarini tark etmasangiz, Alloh va Uning Payg'ambari sizga qarshi gattiq urush ochadi. Agar tavba qilib, riboxo'rlikdan qaytsangiz, sarmoyangizni olasiz, shunda siz sudxo'rlik bilan birovga zulm qilmagan bolasiz va sizga ham zulm qilinmagan bo'ladi.
Ibn Hibbon va boshqa hadis olimlari Zayd ibn Aslamdan rivoyat qilishlaricha, johiliyat davrida Banu Saqif va Banu Mug'iyra qabilalari o'rtasida ribo asosida muomala bo'lgan ekan.
Islomga kirganlaridan so'ng Banu Saqif qabilasi Banu Mug'iyradan ribo olmasliklarini iltimos qilibdi. Banu Mug'iyra o'zaro
maslahatlashib, Islomda bo'lganimizdagi muomalalardan ribo olmaymiz, undan avvalgisidan olamiz, deyishibdi. O'sha paytda Makkai Mukarramada boshlia bo'lib turgan Itob ibn Usayd roziyallohu anhu bu haqda Payg'ambarimiz alayhissalotu vassalomga xat yozganlarida:
«Ey iymon keltirganlar! Agar mo'min bo'lsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling. Agar unday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo'ladigan urushga ishonavering...» oyatlari nozil bo'ldi.
Payg'ambar alayhissalotu vassalom bu haqida Itob ion Usayd roziyallohu anhuga xabar berdilar va u kishini Banu Mug'iyra riboxo'rlikni tark qilmasalar, ularga garshi urush qilishga buyurdilar. Xabar yetganda, Banu Mug'iyra:
«Tavba qilamiz, riboning sarqitini tark etamiz», dedilar.
Payg'ambar alayhissalotu vassalom Makkai Mukarramani fath qilgan kunlaridagi xutbalarida johiliyatdagi barcha ribolarni bekor qilganliklarini, birinchi bo'lib amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhuning ribolarini qarzdorlar bo'ynidan tushirganliklarini e'lon qildilar.
Demak, Islomda ribo asosida moliyaviy aloqa olib borish mutlaqo harom qilingan. Nochor holga tushib, turmush o'tkazish yoki ish yuritish uchun sarmoyaga muhtoj bo'lib qolgan shaxs bilan xayr-ehson yoki yaxshi qarz berish ila moliyaviy aloqa olib borish lozim. Keyingi oyatda ana o'sha aloqalardan biri - qarzga oid hukmlar bayoni keladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram01:52
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
muloyim bo'lib tushuntirin!.mp428.29 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#KUN_OYATI
Juftu toq bilan qasam. (Fajr, 3)
Tafsir:
Ushbu oyati karimadagi juftdan murod dunyodagi barcha maxluqotlardir. Chunki bu dunyoda - jonzot bo'lsin, jamoat bo'lsin - hamma narsa juft qilib yaratilgandir. Hatto ko'zga ko'rinmas qahrabo oqimi ham musbat va manfiydan iboratdir.
Oyati karimadagi «toq»dan murod dunyodagi barcha maxluqotlarning Xoliqi - Alloh taolodir.
Demak, ushbu oyatda Alloh taolo ham O'zi bilan, ham barcha maxlugotlari bilan qasam ichmoqda.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram08:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
Shafoat qiluvchi do'st.mp430.34 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#KUN_OYATI
Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik. (Balad, 4)
Tafsir:
Darhaqiqat, boshga maxluqotlarga nisbatan insonning bu dunyodagi ishlari mashaqqat ila ko'chadi. Sahobalardan hazrati Abdulloh ibn Abbos bu ma'noning sharhida: «Uning homilada bolishi ham, tug'ilishi ham, emishi ham, ko'krakdan ajratilishi ham, yashashi ham, hayoti ham, o'limi ham o'ziga yarasha mashaqqatli bo'ladi», degan ekanlar.
Ba'zi mufassirlarimiz: bu oyati karimada Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va musulmonlarga ularning dinu diyonat yo lida ko'rayotgan azob-uqubatlari va
mashaqqatlariga tasalli berish bor, deydilar.
Ya'ni ularga, o'zingizga yetgan
mashaqqatlardan mahzun bo'lib, tushkunlikka tushmanglar, inson o'zi kim bo'lsa ham, bu dunyoda mashaqqat tortishi bor, degan ma'nodagi tasalli berish bordir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍InstagramФото недоступноПоказать в Telegram
#KUN_OYATI
Ayollarga mahrlarini ko'ngildan chiqarib bering. (Nso, 4)
Tafsir:
Berilganda ham kuyov tomonidan chin qalbdan chiqarib berilishi talab etildi. Shunday qilib, mahr kelinning shaxsiy mulki boʻladigan boʻldi. Bu hol kelinlarni hurmatlash, taqdirlash va erkalashning muhim bir ko'rinishidir. Kelin o'ziga farz sifatida berilgan mahrning to'laqonli egasidir. Nima qilsa, o'zi biladi. Jumladan, uning hammasini yoki bir qismini kuyovga qaytarib berishi ham mumkin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram❤ 292👍 125🔥 21🥰 13
02:02
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
jannatga olib kiruvchi.mp419.93 MB
❤ 222👍 114🔥 40😢 20🥰 5
