ru
Feedback
NamDU Registrator Ofis

NamDU Registrator Ofis

Открыть в Telegram

Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
11 820
Подписчики
-3524 часа
-2317 дней
-92530 день
Архив постов
⚡️Qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkin Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati. Ushbu ro'yxat asosida qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkinligi bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
244_2_2_илова_Буйрук_квалификация_19062025_ред.pdf7.26 KB
2👍 1
“Kelajak soati” darsining oliy taʼlim muassasalari uchun mashg‘ulot ssenariysi 15-mavzu: Millat qo‘shig‘i Ushbu dars talabalarga inson huquqlari va erkinliklarining mazmuni, ularning shaxsiy hayotdagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini sodda, hayotiy misollar asosida tushuntirish maqsadiga yo’naltirilgan. 1-kontent: Madhiya tarixi haqida bilasizmi? 2-kontent: Oʻzbekiston davlat konservatoriyasidan Oʻzbekiston Milliy arxiviga 3-kontent: Davlat madhiyasi qayerlarda ijro etiladi? 4-kontent: Madhiyamiz matniga sharh 5-kontent: 15 yildan beri shaxmat bilan shugʻullanaman – Javohir Sindorov @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
Kelajak soati OTM 15-mavzu (1).pdf2.39 MB
👍 3 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Namangan davlat universiteti Registrator ofisidan yangi loyiha: Hurmatli talaba! “Oliy ta’lim svetofori” qoidalariga amal qiling! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
👍 4 1
KUN TARIXI Bugun 9-dekabr, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳Xalqaro genotsid qurbonlari xotirasi kuni. 🇺🇳Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni. 🌏Kompyuter sichqonchasining tug‘ilgan kuni. 🇹🇯Tojikiston – Geologlar kuni. #muhim_voqealar 🔹1968 – Duglas Engelbart kompyuter sichqonchasini namoyish qildi. 🔹1989 – “Kommersant” gazetasi nashr etila boshladi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. 🔹2003 – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni birinchi marta nishonlandi. #tavalludlar 🔹1608 – Jon Milton – ingliz shoiri, mutafakkir. 🔹1933 – Mubinjon Baratov – faylasuf olim, O‘zbekiston FA akademigi. 🔹1938 – Qamara Kamolova – rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. 🔹1953 – Jon Malkovich – amerikalik aktyor, prodyuser va rejissyor. 🔹1978 – Komila Xo‘jayeva – “Setora” guruhi xonandasi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
👍 3 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️O'qishni ko'chirishda nikoh sanasi muhim! (Batafsil tushuntiramiz) Qanday holda o'qishni ko'chirish mumkin? Talaba (qiz yoki yigit) turmush qurgani sababli turmush o'rtog'i (eri yoki xotini)ning doimiy yashash hududi (viloyat/shahar)ga propiskaga o'tishi sababli o'sha hududdagi OTMga o'qishini ko'chirishga ruxsat etiladi. Bunda ahamiyat beradigan bo'lsak, vaqtinchalik propiska emas doimiy propiskaga ega bo'lish lozim. Masalan: Samarqandlik talaba qiz toshkentlik yigitga turmushga chiqdi. Bunda samarqandlik talaba qiz Toshkentdagi oliygohlardan biriga o'qishini ko'chirishi mumkin. Faqatgina yigit Toshkentda vaqtinchalik emas doimiy ro'yxatda turgan bo'lishi kerak. Agarda yigit Toshkentda vaqtinchalik propiskaga ega bo'lsa, unda talaba qizning o'qishini ko'chirish rad etilishga asos bo'ladi. ❕ Uzrli sabab faqat qizlargagina taalluqli emas! Agarda Toshkent shahrida yashovchi talaba yigit Samarqand viloyatida (propiska bo'yicha) yashovchi qizga uylanishi sababli Samarqandga doimiy yashash joyini o'zgartirsa, uzrli sababga ega hisoblanadi va shu talaba yigit Samarqanddagi oliygohga o'qishni ko'chirishi mumkin.O'z viloyatidagi yigit bilan turmush qursachi? Tasavvur qiling, samarqandlik talaba qiz Toshkentdagi davlat oliygohida o'qiydi va u o'zining viloyatida doimiy yashovchi yigitga turmushga chiqdi. Bu ham uzrli sabab sifatida qabul qilinadi va talabaga o'zining viloyatiga o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi. Bundan asosiy maqsad bor: davlat turmush qurgan talabaning turmush o'rtog'i bilan o'qish joyi sababli boshqa-boshqa hududda yashamasligini xoxlamoqda. Ya'ni oilaning bir butun bo'lib bir joyda yashashiga sharoit yaratib bermoqda. Bu ham qonuniy ham insoniylik nuqtaiy nazardan oqilona qaror. ❗️Diqqat: Nikoh sanasi muhim ahamiyat kasb etadi. Nikoh sababli o'qishini ko'chirish uchun nikoh sanasi o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabaning talabalikka qabul qilingan davrdan keyingi sanaga to'g'ri kelishi kerak. Ya'ni talaba abituriyentlik davrida nikohdan o'tgan va undan keyin o'qishga kirgan bo'lsa bu uzrli sababli hisoblanmaydi. Nikoh sanasi talaba bo'lganidan keyin rasniylashtirilgan bo'lsa, ana shundagina uzrli sabab hisoblanadi va o'qishni ko'chirishga ruxsat beriladi. Shu sababli ham kerakli hujjat ichida nikoh guvohnomasi talab etiladi. 📄 Uzrli sabab ya'ni nikoh bilan o'qishni ko'chirishda kerakli hujjatlar taqdim etiladi: ✅ Ariza (joyida yoziladi) ✅ Pasport nusxasi (er va xotin) ✅ Nikoh guvohnomasi ✅ Transkript ✅ Yashash joyi ma'lumotnomasi Ariza viloyatlardagi OTMlarda tashkil etilgan o'qishni ko'chirish bo'yicha ishchi guruhlar tomonidan offlayn shaklda qabul qilinadi.
Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod
Показать все...
👍 6 4

Repost from TgId: 2329295246
Показать все...
👍 3 1
Repost from TgId: 2329295246
#Final NAMDU VC - BUXDU VC final bahsi boshlanmoqda! Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan professional voleybol klublari o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi – 2025” musobaqasining ayollar oʻrtasidagi final bosqichi boshlanmoqda. “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida oʻtkazilayotgan musobaqada bugun «BUXDU VC» jamoasi bilan final uchrashuvida musobaqaning bosh sovrini uchun bahs olib boradilar! Sportchi qizlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz! Ishonch bizdan, g‘alaba sizdan! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 9 1
Repost from TgId: 1354875701
Фото недоступноПоказать в Telegram
Конституция – инсон шаъни, ҳуқуқий эркинлик ва ижтимоий адолатни уйғунлаштирувчи олий ҳуқуқий мезон! Батафсил ўқиш 📝 Namangantoday ➡️ Обуна бўлинг ➡️https://t.me/namangantoday
Показать все...
👍 11🔥 7 3👏 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kun_hikmati 🎤 O‘ylab aytilgan so‘z – davo, o‘ylanmay aytilgani – balo. 🪶 Alisher Navoiy @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
4👍 4💯 1
KUN TARIXI Bugun 8-dekabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Xalqaro rassomlar kuni. 🇺🇿O‘zbekiston – Konstitutsiya kuni. 🇦🇱Albaniya – Yoshlar kuni. 🇧🇬Bolgariya – Talabalar kuni. #muhim_voqealar 🔹1991 – Belovej o‘rmonida SSSR tugatilgani va MDH tuzilishi to‘g‘risida bitim imzolandi. 🔹1991 – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga a’zo bo‘ldi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. #tavalludlar 🔹1812 – Natalya Goncharova (Pushkina-Lanskaya) – buyuk rus shoiri Pushkinning rafiqasi. 🔹1879 – Pavel Benkov – rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. 🔹1966 – Aleksandr Shmurnov – rossiyalik sport jurnalisti, radioboshlovchi, teleboshlovchi va sharhlovchi. 🔹1993 – Anna Sofiya Robb – amerikalik aktrisa. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
7👍 2
Repost from TgId: 1354875701
Фото недоступноПоказать в Telegram
Конституция – миллий тараққиёт ва маънавий юксалиш пойдевори
Бугун юртимиз ҳаётида алоҳида қадр-қимматга эга сана Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун. Бу нафақат тарихий воқеа эсланадиган байрам, балки жамиятимизнинг ҳар бир аъзоси ўз ҳаёти, масъулияти ва келажаги ҳақида чуқур мушоҳада қиладиган кун ҳамдир. Зеро, Конституция - бу шунчаки ҳужжат эмас. Бу халқнинг иродаси, давлатнинг истиқболи, миллатнинг маънавий-ахлоқий мезонидир.
Батафсил ўқиш  ➡️  https://namangantoday.uz/2025/12/08/konstituciya-millij-taraqqiyot-va-manavij-yuksalish-pojdevori/ 📝 Namangantoday ➡️ Обуна бўлинг ➡️https://t.me/namangantoday
Показать все...
Repost from TgId: 2329295246
Фото недоступноПоказать в Telegram
Namangan davlat universiteti rektorining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tabrigi Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz talabalar va hurmatli hamkasblar! Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Asosiy qonunimiz yurtimizda inson huquq va erkinliklarini, tinchlik va barqarorlikni, birlik va hamjihatlikni ta’minlaydigan mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Yangilangan konstitutsiyamizda belgilangan demokratik tamoyillar, davlat va jamiyat boshqaruvidagi oshkoralik, xalq vakilligining kuchayishi, sud-huquq tizimining mustahkamlanishi hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlar bugun yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan bu yilgi bayram tadbirlari ushbu yo‘nalishlarda erishilgan natijalarni yanada chuqur tahlil etish va kelgusi dolzarb vazifalarni belgilashga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda barcha sohalarda, jumladan, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar Konstitutsiyamizda belgilangan ijtimoiy majburiyatlarning amaldagi ifodasidir. Aholi farovonligining oshishi, yoshlar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi, ilm-fan va innovatsiyaga e’tiborning kuchayishi — bu natijalar insonparvar va xalqparvar siyosatning samarasi ekanini ko‘rsatmoqda. Namangan davlat universiteti jamoasi ham bosh qomusimizda belgilangan maqsad va tamoyillarni amaliyotga izchil tatbiq etib kelmoqda. Universitetimizda ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsion yondashuvlar, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muhtaram hamkasblar va aziz talabalar! Konstitutsiya – bu davlatimizning eng ulug‘ qadriyati, milliy g‘ururimiz va mustaqilligimiz timsolidir. Har birimiz Asosiy qonunimizda belgilangan normalarni chuqur o‘rganish, unga sodiq bo‘lish va uni hayotimizning amaliy mezoniga aylantirish orqali Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli vazifamizni sharaf bilan ado etishimiz lozim. Ushbu qutlug‘ bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy tabriklar ekanman, Sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik, xonadonlaringizga farovonlik, faoliyatingizda esa ulkan zafarlar tilayman. Konstitutsiyamiz va bunyodkor xalqimiz doimo barhayot bo‘lsin! Hurmat bilan, Namangan davlat universiteti rektori Qirg‘izboyev Abdug‘affor Karimjanovich Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
9👍 9🔥 6🥰 2🎉 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharhКомментарий к Указу Президента Республики Узбекистан «О помиловании группы лиц, отбывающих срок наказания, чистосердечно раскаявшихся в содеянном и твердо вставших на путь исправления» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigiПраздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
👍 2
Repost from TgId: 2329295246
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Xush_xabar #PhD Namangan davlat universiteti doktoranti To‘xtasinov Shukurjon Shavkatjon o‘g‘li muddatidan avval dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi Bugun, 6-dekabr kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.30.04.2021.F.76.06 raqamli Ilmiy kengash majlisida To‘xtasinov Shukurjon Shavkatjon o‘g‘lining 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jadidchilik harakatining o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi. 🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va To‘xtasinov Shukurjon Shavkatjon o‘g‘liga falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Shukurjon Shavkatjon o‘g‘lini ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👏 30👍 13 8💯 2
Repost from TgId: 2329295246
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Xush_xabar #PhD Karimov Dilmurod Abdullaxafizovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi Bugun, 6-dekabr kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Karimov Dilmurod Abdullaxafizovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Axborotlashgan jamiyatda talabalarning vatanparvarlik kompetensiyasini milliy qadriyatlar vositasida rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi. 🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Karimov Dilmurod Abdullaxafizovichga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Dilmurod Abdullaxafizovichni ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 12👏 5 4🔥 2
#mening_konstitutsiyam 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ta’limga oid moddalari @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
👍 3 2
Repost from TgId: 2329295246
04:42
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Odamlar_nima_deydi #1son Namangan davlat universiteti Axborot xizmati huzuridagi Media markaz a’zolari tomonidan “Odamlar nima deydi?” loyihasi o‘z ishini boshladi. Loyihaning 1-sonida universitetda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir haqida odamlarning fikrlarini o‘rgandik. Batafsil videorolikda tomosha qilishingiz mumkin! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
48.83 MB
6👍 2🔥 1🥰 1
⚡️ Namangan shahri hamda Yangi Namangan tumanidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan noyabr oyidagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumot @namdu309
Показать все...
DEKABR oyi VAKANSIYA 05.12.2025.xlsx0.52 KB
👍 5