NamDU Registrator Ofis
Открыть в Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
Больше2025 год в цифрах

11 812
Подписчики
-3524 часа
-2317 дней
-92530 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
#eslab_qoling
🟡Namangan davlat universiteti Registrator ofisining fakultetlarga biriktirilgan menejerlari
🔴Ushbu rasmda barcha menejerlar va ularning shaxsiy telefon raqamlari keltirilgan.
⚠️Eslatma: Ish vaqtidan boshqa vaqt menejerlarning shaxsiy telefon raqamlariga aloqaga chiqmang!
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 13❤ 2🔥 1
Repost from TgId: 2329295246
Фото недоступноПоказать в Telegram
2025-yil 6-dekabr kuni soat: 13:00 va 15:00 da Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.04.2021.F.76.06 raqamli ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
🔻1. Oʻzbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Mahmudov Bekzod Hojixonovichning “Zamonaviy dunyoda urushlarning ekologik barqaror taraqqiyotga ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi.
Ilmiy rahbar:
Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar:
Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor;
Omonov Boxodir Nurullayevich falsafa fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: O‘R MG Jamoat xavfsizligi universiteti
🔻2. Namangan davlat universiteti doktoranti To‘xtasinov Shukurjon Shavkatjon o‘g’lining “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jadidchilik harakatining o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi.
🔹Ilmiy rahbar:
Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor;
Rasmiy opponentlar:
Ismoilov Maxamadixon Isroilovich falsafa fanlari doktori, professor;
Nazarov Qiyom Normirzayevich falsafa fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🧭 Manzil: Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasi, 161-uy, Namangan davlat universiteti, 109 xona.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 9👏 2
Repost from Yoshlar.edu.uz
🇺🇿 “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.
☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.
✅Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3518.MOV22.94 MB
IMG_3627.MOV23.37 MB
❤ 2
📌Билиб_олинг
📗ДИССЕРТАЦИЯ
📒АВТОРЕФЕРАТ
©️Қандай расмийлаштирилади?
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Диссертация_ва_диссертация_автореферат.pdf9.81 KB
❤ 3👍 2
#Методик_қўлланма
🧠💡📚
📗ИЛМИЙ МАҚОЛА ҚАНДАЙ ЁЗИЛАДИ?
(Методик қўлланма)
Мазкур методик қўлланма эндигина тадқиқот соҳасига кириб келаётган талаба ёшларга ҳамда илмий изланиш оламига қадам қўя бошлаган ёш олимларга илмий натижаларни қай тартибда баён этиш, расмийлаштириш ва илмий жамоатчилик ҳукмига ҳавола этиш тартиб-таомиллари борасида зарур тушунчаларни беради. Илмий мақола ёзишда амал қилиниши лозим бўлган расмий ва норасмий қоидалар ўрин олган.✍️Ш.Якубов, С.Махсумова. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Илмий мақола қандай ёзилади.pdf6.81 MB
❤ 4👍 3🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Kun_tarixi
Bugun 2-dekabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳 Xalqaro qulchilikka qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon kompyuter savodxonligi kuni.
🌏 2D rassomlar kuni.
🇨🇦 Kanada – ayollar miya salomatligi kuni.
🇮🇳 Hindiston – atrof-muhit ifloslanishining oldini olish kuni.
#muhim_voqealar
🔹1409 – Leypsig universiteti ochildi
🔹1971 – Birlashgan Arab Amirliklari tashkil topdi.
🔹1982 – Yuta universitetida ilk bor sun’iy inson yuragi o‘rnatildi.
🔹2003 – Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.
🔹2008 – “Shashmaqom” musiqasi YUNESKO tomonidan “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi” deb tan olindi.
#tavalludlar
🔹1837 – Jozef Bell – britaniyalik xirurg, Sherlok Xolmsning prototipi.
🔹1885 – George Minot – amerikalik patofiziolog va gematolog, Nobel mukofoti sohibi
🔹1921 – Ramz Bobojon – shoir va dramaturg, Oʻzbekiston xalq shoiri.
🔹1946 – Nosir Muhammad – o‘zbek shoiri.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 5👍 1🔥 1
⚡️Bugun(1-dekabr)dan ijara shartnomaga kompensatsiya olish uchun ariza berish ochildi.
Arizalar 1-7 dekabr(shu kuni ham) kunlari soat 23:59 gacha my.gov va kontrakt.edu.uz saytidan beriladi.
Avval ariza berganlar va ijara pulini olayotganlar qayta ariza bera olishmaydi. Avvalgi oyda arizasi rad etilganlar, ijara shartnoma endi tuzganlar yoki endi asos shakllantirganlar ariza bersa boʻladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 1🎉 1
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#muhim_yangilik
Oliy ta’lim sohasida maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bo‘yicha muhim yangilik!
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining “Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan oʻtkazildi (ro‘yxat raqami – 3716, 01.12.2025-yil).
Unga ko‘ra, 6 ta yo‘nalish doirasida 31 ta mezon bo‘yicha indikatorlar belgilandi.
Barcha indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.
Bunda:
🔹 50% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”;
🔹 50% dan 70% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
🔹 70% va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi.
❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 4👍 1
2026-yil sentyabrdan Respublikadagi yuridik fakultetlarining milliy reytingni aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmonida belgilandi.
Farmonda quyidagilar yuridik ta’lim va ilm-fan rivojlanishida erishiladigan asosiy vazifalar etib belgilandi:
yuridik ta’lim jarayonlarining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyilini joriy etish;
yuridik ta’lim tizimida ta’lim-tadqiqot-amaliyot integratsiyasini yo‘lga qo‘yish, boshqaruvda akademik-kollegial yondashuvlarni yanada kengaytirish;
yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;
Toshkent davlat yuridik universitetini 2030 yilga qadar nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi bo‘yicha yuqori 1000 talik universitetlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash.
Shuningdek Farmonda:
ta’lim sifatini yanada kuchaytirish va o‘quv jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
2027/2028 o‘quv yilidan boshlab “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud boshqa davlat oliy ta’lim tashkilotlarida universitet tajribasi natijalaridan kelib chiqib, amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi yo‘lga qo‘yilishi;
2026-yil 1-iyuldan boshlab:
talabalarga fan o‘qituvchilarini tanlash uchun keng imkoniyatlar yaratish orqali professor-o‘qituvchilar o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirish;
uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalarini davlat tashkilotlariga, notariat va advokatlik tuzilmalariga ish yurituvchi, yuriskonsult yordamchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat etiladi.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:
sun’iy intellekt asosida dars sifatini baholash tartibi joriy etilib, bunda elektron ta’lim platformasida talabalarning oraliq bilimi darajasini aniqlash mexanizmi belgilanadi; yakuniy nazorat ishlarini sun’iy intellekt tomonidan baholash yo‘lga qo‘yilib, inson omili cheklanadi; sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tyutorlik faoliyati talaba ko‘makchisi sifatida joriy etiladi; fan o‘qituvchisining dars o‘tishi baholash yo‘lga qo‘yiladi.
2026-yil fevraldan yuridik ta’lim va amaliyotning o‘zaro integratsiyasi doirasida:
tajribali advokatlarni kelishuv asosida talabalarga “amaliy mentor” sifatida biriktirish amaliyotini joriy etish;
yuridik klinika faoliyatiga tajribali advokatlarni jalb qilgan holda talabalarda jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha “malakali maslahat berish” va “huquqiy ta’minlash” ko‘nikmalarini shakllantirishni yo‘lga qo‘yish.
2026-2027 yillardan prosessual fanlardan dars jarayonlarida virtual sud majlislari va tergov jarayonlarini imitatsiya va simulyasiyalarini virtual reallak texnologiyalari orqali amalga oshirish belgilandi.
Farmonning to‘liq matni: https://lex.uz/docs/7864099
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 4👍 1
Repost from TgId: 2329295246
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Tanlov
Namangan davlat universiteti talaba-yoshlar o‘rtasida 8-dekabr O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!» hamda 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston – korrupsiyasiz kelajak!» mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi o‘tkaziladi.
Ishtirok etish shartlari:
↪️Mavzu: «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!»
↪️Mavzu: «Yangi O‘zbekiston – korrupsiyasiz kelajak!»
↪️Ishlar sifatli, o‘ziga xos g‘oya va ijodiy yondashuv bilan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Ijodiy ishlar 9-dekabr soat 20:00 ga qadar qabul qilinadi.
Videoroliklaringizni @namdu_pressa manziliga yuborishingiz mumkin.
🏆 G‘oliblar universitet tomonidan taqdirlanadi va eng yaxshi videoroliklar rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi!
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 5👍 1
2025-yil dekabr oyida xalqaro va respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro'yxati
Joriy yilning dekabr oyida jami 55 ta ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar o'tkazilishi rejlashtirilgan bo'lib, shundan xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni 28 tani,respublika miqyosdagi tadbirlar soni esa 27 tani tashkil qiladi.
🔽📩 https://anjumanlar.uz/ sayti orqali anjumanlarning axborot xati bilan tanishish va ishtirok etish uchun maqola yuborish imkoniyati mavjud.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Dekabr_anjumanlari.pdf2.55 KB
❤ 2👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🙋 1-dekabr – Qoraqalpoq tili kuni
🖋 1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan.
🎉 Sana munosabati bilan, Qoraqalpog‘istonlik yurtdoshlarimizni bugungi Qoraqalpoq tilining 35 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 7👍 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
#bilasizmi
🟥Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.
BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida oʻtkaziladi.
Ma’lumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 3👍 3
Repost from TgId: 2329295246
00:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Hello_winter #Salom_qish
☃️ Qishning ilk kuni barchaga muborak bo‘lsin!
🌲 Mana ko‘z ochib yumguncha 2025-yilning eng so‘nggi oyini ham qarshiladik. Vaqt shiddat bilan o‘tib bormoqda, 31 kundan so‘ng barchamiz yana bir yoshga ulg‘ayamiz, umr o‘tmoqda.
🟥 Ertaga afsuslanmaslik uchun yoshlik davrlarimizni kelajagimiz uchun manfaatli bo‘ladigan ishlar bilan, ya’ni ilm olish bilan o‘tkazaylik. Chunki, yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqsh kabidir.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
winter.mp416.55 MB
👍 5❤ 3
Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 60530400-Geografiya (sirtqi) yo‘nalish 5-kurs talabalari uchun 1-yarim yillik dars jadvali
O‘quv jarayoni 1-dekabr kuni boshlanadi. Darslar 1-smenada tashkil etiladi.
O‘quv jarayoni Namangan shahri, Davlatobod tumani, Tadbirkor MFY, Yangi shahar ko‘chasi, 30-uy manzilida joylashgan universitet binosida olib boriladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Geografiya 5 kurs sirtqi talim dars jadvali.pdf0.55 KB
❤ 3👍 1
Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 602203000-Tarix (sirtqi) yo‘nalish 5-kurs talabalari uchun 1-yarim yillik dars jadvali
🗓 O‘quv jarayoni 1-dekabr kuni boshlanadi. Darslar 2-smenada tashkil etiladi.
📍O‘quv jarayoni Namangan shahri, Davlatobod tumani, Tadbirkor MFY, Yangi shahar ko‘chasi, 30-uy manzilida joylashgan universitet binosida olib boriladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Сиртки 5-курс 9-семестр 2025-2026.pdf5.25 KB
❤ 2👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi?
Namangan davlat universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida “Registrator ofis” faoliyat yuritmoqda.
Bu markazda 70ga yaqin turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.
📚 Talabalar uchun imkoniyatlar:
➖O‘qish jarayoniga oid hujjatlarni tez va qulay olish
➖Akademik maʼlumotnomalar rasmiylashtirish
➖Talabalik guvohnomasi, kontrakt shartnomalari, ariza va so‘rovnomalar bilan ishlash
➖Bitiruvchilar uchun diplom ilovalarini olishda ko‘mak
➖O‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan boshqa hujjatlar va boshqa xizmatlar koʼrsatiladi.
✅ Ofis registrator talabalarning vaqtini tejash va barcha xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni maqsad qiladi.
✈️Telegram: @Namdu_murojaat
☎️ Call-markaz: +998692395006
@namdu309
❤ 3👍 3🎉 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Kun_tarixi
Bugun 1-dekabr haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni.
🌏 Xalqaro nevrologlar kuni.
🌏 Antarktida kuni.
🇺🇿 O‘zbekiston – Qoraqalpoq tili kuni.
🇮🇸 Islandiya – O‘z-o‘zini boshqarish kuni.
#muhim_voqealar
🔹1887 – Sherlok Xolms haqidagi ilk kitob e’lon qilindi.
🔹1925 – “Saodat” jurnali chiqa boshlagan.
🔹1929 – O‘zbekiston arab xatidan lotin alifbosiga o‘tdi.
🔹1933 – Zangiota tumani tashkil etildi.
🔹1945 – Ayollar butunjahon demokratik federatsiyasi tashkil etildi.
#tavalludlar
🔹1792 – Nikolay Lobachevskiy – rus matematigi.
🔹1913 – Rustam Mansurov – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1982 – Hasan Baroyev – yunon-rim kurashchisi, olimpiya chempioni, ikki karra jahon va Yevropa chempioni.
🔹1992 – Sitora Alimjonova – o‘zbek kino aktrisasi, qo‘shiqchi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Kelajak_soati #Maʼrifat_darslari
Hurmatli professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, Namangan davlat universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida har hafta “Ma’rifat darslari” muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Yangi haftada inson huquqlari va erkinliklari, ularning shaxsiy hayotdagi o‘rni hamda jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini anglash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Mening huquqlarim” mavzusida ma’rifat soati darslari o‘tkaziladi.
“Ma’rifat darslari” materiallarini milliytarbiya.uz platformasi orqali olishingiz mumkin.
✍️ Mazkur jarayon “Kelajak soati” rukni samaradorligini oshirish va yoshlar ongida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 1
00:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kibermadaniyat_oyligi
⚠️ Ehtiyot bo‘ling! Firibgarliklar kundan-kunga ko‘paymoqda
Internet, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar va hatto telefon qo‘ng‘iroqlari orqali odamlarni aldash holatlari ko‘p uchramoqda. Siz ham o‘z mablag‘ingiz va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishingiz kerak!
📌 Firibgarlikning eng keng tarqalgan turlari:
Bank kartasi yoki hisob raqamingizni so‘rash;
Tez boyish va foyda va’dasi bilan pul talab qilish;
Tanish yoki do‘st ko‘rinishidagi yolg‘on shaxslar orqali pul olish.
💡 O‘zini himoya qilish usullari:
Hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni noma’lum shaxslarga bermang;
Shubhali xabar va qo‘ng‘iroqlarga e’tibor bermang;
Moliyaviy operatsiyalarni faqat rasmiy manbalar orqali amalga oshiring;
Shubhali holat yuzaga kelsa, darhol huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiling.
🛡 Unutmang: Firibgarlar har doim yangi usullar topadi, shuning uchun ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang!
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Apk файл тўғрисида видео.mp433.45 MB
❤ 3👍 3
