ru
Feedback
"El-yurt umidi" Foundation

"El-yurt umidi" Foundation

Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
33 600
Подписчики
-3424 часа
-527 дней
-13630 день
Архив постов
00:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik Anqara universiteti rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi Turkiyaga amalga oshirgan xizmat safari doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari Shuxrat Daminov mamlakatning eng yirik va nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblangan Anqara universiteti rahbariyati bilan uchrashdi.
Tomonlar taʼlim, ilm-fan va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, akademik mobillik dasturlarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar almashuvini tashkil etish, oʻzbekistonlik talabalar uchun amaliyot oʻtash imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish kabi masalalar koʻrib chiqildi. Universitet rahbariyati Oʻzbekiston bilan hamkorlikni faol rivojlantirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi va “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ishtiroki talabalar hamda tadqiqotchilarning xalqaro taʼlim dasturlariga qoʻshilishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishini taʼkidladi. Muzokaralar yakunida tomonlar aniq taʼlim loyihalar ustida ishlashni davom ettirish va yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha kelishuvga erishdilar.
🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_3157.MOV8.35 MB
11 5👍 4🔥 1🤩 1
01:57
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Diqqat_tanlov ⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilindi. Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi. Tanlovga oid maʼlumotlar 📎veb-sayt orqali eʼlon qilib boriladi. Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_2522.MP422.53 MB
22🔥 7💯 2👍 1
00:48
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan qaysi ustuvor sohalar qoʻllab-quvvatlanadi? Toʻliq suhbatni koʻrish: https://youtu.be/ScNJ6PClHr0 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_2523.MP49.13 MB
12🔥 6🤩 4🤓 3
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari “Istiqbolli davlat xizmatchisi – 2025” tanlovi gʻoliblari safida Fargʻona viloyatida ilk bor Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Istiqbolli davlat xizmatchisi – 2025” tanlovi oʻtkazildi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Saidmuxammad Toʻychiboyzoda, Gulnoza Xamidova, Aziz Rahmonov, Muhibilloh Abdurahimov, Nilufar Ahmedova, Abdushukur Olimjonov, Nasiba Madrahimova, Oʻtkirbek Islomovlar saralashning barcha bosqichlarini munosib tarzda oʻtib, gʻoliblar safidan joy olishdi. Ularning barchasi Fargʻona viloyatining istiqbolli kadrlar zaxirasining TOP-100 taligiga kiritildi. Bu esa ularga davlat boshqaruvining hududiy tuzilmalarida faoliyat yuritish yoʻlini ochadi. Gʻoliblarga ularning kasbiy salohiyatini eʼtirof etish ramzi sifatida sertifikatlar va koʻkrak nishonlari topshirildi.
🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
23🔥 8👍 5👏 1
01:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
Markaziy Osiyo texnologik diplomatiya sohasida global harakatni boshlab bermoqda: O‘zbekistonda Samarqand deklaratsiyasining tarixiy imzolanishi Samarqandda har bir davlatning raqamli kelajakni shakllantirishda diplomatik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan dunyodagi ilk xalqaro hujjat — Texnologik diplomatiya bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi (Samarkand Declaration on Tech Diplomacy) imzolandi. Ushbu nufuzli tadbirda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori, yuridik fanlar doktori, professor Gulnoza Ismailova Tech Diplomacy Forum Kuzatuv kengashi a’zo sifati ishtirok etdi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Texnologik diplomatiya boʻyicha Samarqand deklaratsiyasida belgilangan tamoyillarni amaliy joriy etish va ilgari surishda faol ishtirok etadi. Jamgʻarma xalqaro hamkorlar bilan birgalikda axloqiy va inklyuziv raqamli rivojlanish sohasida koʻp tomonlama aloqalarni mustahkamlashni, shuningdek, raqamli huquqlar va barqaror rivojlanish tamoyillarini izchil ravishda targʻib qilishni maqsad qilgan. Taʼlim dasturlari, ekspertlik tashabbuslari va xalqaro loyihalar orqali jamgʻarma yangi texnologiyalar jamiyat manfaatlariga xizmat qiladigan hamda Oʻzbekistonning texnologik diplomatiya sohasidagi global mavqeyini mustahkamlaydigan muhitni shakllantirish ishlarini davom ettiradi.
👉 Batafsil 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_2129.MP420.20 MB
11🔥 5👏 4🤩 1
03:51
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik “El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakillari AQSHga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Yuta shtatining navbatdagi universiteti — Utah Valley University faoliyati bilan tanishdi.
Universitetning rahbariyati hamda OTMning qoshidagi Gumanitar va ijtimoiy fanlar oliy maktabi, Muhandislik va texnologiyalar oliy maktabi, Gari R. Herbert nomidagi Davlat boshqaruvi instituti masʼullari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, STEM va muhandislik, davlat boshqaruvi va sogʻliqni saqlash, IT va raqamli media, aviatsiya va arxitektura yoʻnalishlarida almashinuvlar va qoʻshma dasturlarni, maqsadli stajirovkalarni tashkil etish, yuqori Xirsh-indeksiga ega universitet professorlarini Oʻzbekistonga taklif etish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Jamgʻarma vakillari universitetning moddiy-texnik bazasi va sifatli taʼlim olish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, talabalar bilan suhbatlashdi. Xizmat safari davom etmoqda.
🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_2185.MOV45.98 MB
18👍 7🔥 3🥰 3🤩 3🤓 2
#Xalqaro_hamkorlik “El-yurt umidi” jamgʻarmasi rahbariyati Yaqin Sharq texnika universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashdi Turkiyaga xizmat safari davomida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Yaqin Sharq texnika universiteti (Middle East Technical University, METU) vitse-prezidenti Toʻlin Genchoʻz bilan uchrashdi. Tomonlar akademik hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, oʻzbekistonlik talabalar va tadqiqotchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, magistratura va doktorantura sohasidagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qilib, professor-oʻqituvchilar almashuvini yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar. METU texnoparkidan oʻzbekistonlik mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi uchun foydalanish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Universitet ilmiy laboratoriyalar va innovatsion maydonchalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga tayyorligini bildirdi. Jamgʻarma ijrochi direktori, shuningdek, Toshkentdagi Turkiy davlatlar universitetida maʼruzalar oʻqish va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun yuqori Xirsh indeksiga ega boʻlgan METUning yetuk professorlarini taklif etish dasturini ishlab chiqishni taklif etdi. Ushbu tashabbus universitet vitse-prezidenti tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston taʼlim tizimini kengaytirish, xalqaro ekspertlarni jalb etish va mamlakatning ilmiy salohiyatini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. METU bilan hamkorlik milliy oliy taʼlimning jahon akademik makoniga uygʻunlashuvi yoʻlidagi muhim qadam boʻladi. Uchrashuv yakunida jamgʻarma vakillari universitetning moddiy-texnik bazasi, oʻquv infratuzilmasi, xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Universitet maʼlumotlariga koʻra, hozirgi kunda METUda Oʻzbekistondan 7 nafar talaba tahsil olmoqda.
🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
19👍 5🔥 1
Brayl Lego loyihasi bolalarga ilhom bag‘ishlamoqda Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan bolalar va yoshlar uchun inklyuziv ta’lim, teng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan “Brayl Lego” loyihasining birinchi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova ishtirok etib, so‘zga chiqdi.
“Yoshlar taʼlim olishi va oʻz salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun teng imkoniyatlar yaratish — Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Bu Barqaror rivojlanish maqsadlarining “hech kim chetda qolmasin” gʻoyasiga hamohangdir. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻzining yangi strategiyasi doirasida iqtidorli yoshlarning jinsi, kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyi yoki alohida ehtiyojlaridan qatʼi nazar, sifatli taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlishini va mamlakatimiz taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻsha olishini taʼminlashga intilmoqda. Jamgʻarma barcha bolalar va yoshlar, jumladan alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun inklyuziv, qulay va teng taʼlim muhitini yaratishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi, — deya taʼkidladi Gulnoza Ismailova. Toshkent shahar 77-sonli “Nurli maskan” internati vakillari hamrohligida 50 nafar ko‘zi ojiz bola tadbirda ishtirok etdi. Ularga maxsus Brayl alifbosi tushirilgan Lego o‘yinchoqlari topshirildi. Ushbu o‘yinchoqlar bolalarning mustaqil o‘rganishi, tasavvuri va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
14👏 7😇 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi. Ochiq stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlarda mehnat staji boʻlishi kerakmi? ✔️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasining istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli tayyorlashga qaratilgan taʼlim dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga koʻra, magistratura taʼlim dasturiga hujjat topshirishda — kamida 1 yil mehnat staji, doktorantura taʼlim dasturiga esa 2 yildan kam boʻlmagan mehnat staji talab etiladi. Bakalavr taʼlim dasturiga hujjat topshirishda mehnat staji talab etilmaydi. Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
23👍 9🔥 3 1
#Xalqaro_hamkorlik Oʻzbekistonliklar uchun “Türkiye Bursları“ stipendiya dasturi doirasidagi kvotalar oshiriladi Turkiyaga xizmat safari doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Xorijda yashovchi turklar va qardosh xalqlar agentligi (YTB — Yurtdışı Türkler ve Akraba Topluluklar Başkanlığı) raisi Abdulhadi Turus bilan uchrashdi.
Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanganligi taʼkidlandi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bu yoʻnalishda Oʻzbekiston taraqqiyotining ustuvor sohalariga zamonaviy xalqaro bilim va koʻnikmalarga ega professional kadrlarni tayyorlash tizimining muhim boʻgʻinlaridan biriga aylanmoqda. Agentlik raisi Abdulhadi Turusning aytishicha, Turkiya har yili “Türkiye Bursları” yetakchi davlat stipendiya dasturi doirasida Oʻzbekiston fuqarolari uchun oʻrtacha 230 tagacha grant ajratadi. Bu grantlar oʻqish, yashash, sugʻurta va aviachiptalarni qamrab oladi. Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusi yilda kvotani 250 tagacha koʻpaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi, bu ikki davlat oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi. Shuningdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakillari Oʻzbekistonda “Türkiye Bursları“ dasturi boʻyicha har yilgi suhbat oʻtkazish komissiyasi tarkibiga kiritiladi. Tomonlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq qoʻshma taʼlim dasturini ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Turkiyaning yetakchi oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Turkiy xalqlar tarixi, tili va madaniyati boʻyicha tadqiqotlar olib borayotgan talabalarga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bilan birga, YTB agentligi bilan oʻzbekistonlik professor-oʻqituvchilar va davlat xizmatchilari uchun “Kotib ota” uch oylik dasturi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari uchun “Oliy taʼlim menejmenti” dasturida boʻyicha qoʻshimcha kvotalar ajratilishiga kelishildi. Ijrochi direktor G. Ismailova “Oxford Uzbek Studies” modeli asosida Turkiya universitetlarida oʻzbek tili va madaniyatini oʻrganish dasturini yoʻlga qoʻyish tashabbusini ilgari surdi. Agentlik gʻoyani qoʻllab-quvvatladi va loyihani hamkorlikda ishlab chiqishga qiziqish bildirdi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Oʻzbekistonning iqtidorli yoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish va mamlakatning inson kapitalini mustahkamlashga hissa qoʻshish maqsadida xalqaro aloqalarni faol kengaytirishni davom ettirmoqda.
🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
25🔥 11👍 3🤓 3👏 1
01:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik “El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida AQSh universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Hozirda jamgʻarma xodimlari Yuta shtatida xizmat safarida boʻlib turib, muhandislik, togʻ-kon sanoati, tibbiyot va boshqa sohalarda taʼlim imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Birinchi manzil Yuta davlat universiteti boʻldi. Batafsil — videolavhada. @elvina_mustafina
Показать все...
IMG_1477.MOV41.79 MB
01:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik “El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida AQSh universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Hozirda jamgʻarma xodimlari Yuta shtatida xizmat safarida boʻlib turib, muhandislik, togʻ-kon sanoati, tibbiyot va boshqa sohalarda taʼlim imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Birinchi manzil Yuta davlat universiteti boʻldi. Batafsil — videolavhada. Ushbu xizmat safari The Stirling Foundation global xayriya jamgʻarmasi taklifi bilan amalga oshirilmoqda. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_1477.MOV41.79 MB
👏 14 6🔥 4 2🤩 2
00:39
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda Salohiyat | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi: katta ambitsiyalar, maqsadlar va rejalar Ushbu son mehmoni — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova. Ushbu 📎 suhbat xalqaro ta’lim imkoniyatlari, kadrlar tayyorlash siyosati va “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga oid muhim jihatlarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
салоҳият.MP413.28 MB
15🔥 9👍 6🤩 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi. Ochiq stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun doktorantura taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlar qanday hujjatlar topshiradi? Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
13👍 2👏 2🤩 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi. Ochiq stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlar qanday hujjatlar topshiradi? Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
14🔥 3👌 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi. Ochiq stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlar qanday hujjatlar topshiradi? Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
👍 9💯 5 3 1👌 1
02:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
Bizni osh emas, bayroq birlashtiradi! Bayrog‘imiz — mustaqil davlatchiligimizning yorqin timsoli, xalqimizning orzu-umidlari va g‘ururidir. U har bir yurtdoshimizda faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Unda milliy-tarixiy an’analarimiz, boy madaniyatimiz hamda poklik, donishmandlik, mardlik, shon-sharaf va sadoqat kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar o‘z ifodasini topgan. Jonajon O‘zbekistonimiz qaddi doim baland bo‘lsin! Bayrog‘imiz hamisha yuksak cho‘qqilarda hilpirasin! 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
rolik_bayroq_tg_new.mp473.57 MB
28🔥 13💯 5👍 2🎉 1
#MenUchunQadrli 🌍 🇺🇿 Davlatimiz bayrogʻi mustaqillik haqida, urf-odatlarimiz va biz qurayotgan kelajak haqida hikoya qiladi. Bugun Oʻzbekiston bayrogʻi stipendiatlarimiz tahsil olayotgan universitetlarda hilpirayapti — bu bilimning chegarasi yoʻqligining timsolidir. Oʻz hikoyangizni ulashing! Bayroq bilan suratni joylashtiring va #MenUchunQadrli heshtegini qoʻshing. Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi sayyoramiz boʻylab sayohatini davom ettirsin! 🌍🇺🇿 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
10🔥 7🤩 3
01:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda Salohiyat | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi qaysi xarajatlarni qoplab beradi? Ushbu son mehmoni — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova. Suhbat davomida O‘zbekiston yoshlarining xalqaro ta’limdagi ishtiroki, jamgʻarmaning qamrab oluvchi imkoniyatlari va qoplab beriladigan xarajatlar haqida so‘z bordi. Shuningdek, Gulnoza Ismailova ayol rahbar sifatida duch kelgan sinovlari, yoshlar siyosati va ta’lim sohasidagi yangi yo‘nalishlar, hamda jamg‘arma stipendiatlarining kelajakdagi o‘rni borasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu 📎 suhbat xalqaro ta’lim imkoniyatlari, kadrlar tayyorlash siyosati va “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga oid muhim jihatlarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
суҳбат.MP430.63 MB
9🔥 9 2👍 2🤩 1👌 1
#MenUchunQadrli 🌍 🇺🇿 Xorijdagi har bir “El-yurt umidi” stipendiati yuragida Oʻzbekiston bayrogʻini olib yuradi. Bu shunchaki ramz emas — bu kuch-gʻayrat, ruhlanish va birlik manbaidir. #MenUchunQadrli fleshmobiga qoʻshiling — Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi sayyoramiz boʻylab sayohatini davom ettirsin! 🌍🇺🇿 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показать все...
13👍 5🤩 2 1🔥 1👏 1🎉 1