Omar Xalil
Открыть в Telegram
Shiorimiz: • Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish • Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish • Samimiylik va muhabbatni tarannum etish • Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Больше2025 год в цифрах

13 076
Подписчики
-424 часа
-367 дней
-30830 день
Архив постов
Jonli muluqotga ham 1 soatdan kam vaqt qoldi.
Tayyormisiz?
👍 55🥰 12🙈 7❤🔥 5❤ 5🍾 4🔥 3🕊 3🤩 1🦄 1
Bugun — o‘sha kun!
Soat 21:00 da ovozli suhbatimiz bo‘lib o‘tadi!
Suhbat davomida nafaqat foydali mavzular haqida gaplashamiz, balki ishtirokchilarga maxsus imkoniyat ham taqdim etamiz!
Hammani kutamiz!
Bu suhbat siz uchun yangi bosqich bo‘lishi mumkin.
@umarhalil
🔥 42👍 15❤ 8🕊 7❤🔥 4🤩 1😍 1
Men qanday qilib notiq bo‘ldim?
Bolaligimda ham, talabalik davrimda ham o‘z nutqimdan qoniqmasdim. Suhandonlarning ovoziga havas bilan quloq solardim. Ayniqsa, Afzal Rafiqov va Sanjar Sa’dullayevlarning jarangdor, ifodali nutqlari meni hayratga solar, “Qachon men ham shunday chiroyli ovozga ega bo‘laman?” degan orzu ko‘nglimda yashardi.
2015–2019 yillarda aktyorlik yo‘nalishida tahsil oldim. Darslarimiz orasida sahna nutqi degan muhim fan bor edi. Ustozimiz Ramziddin Qodirov bizga harflarni to‘g‘ri talaffuz qilish, obrazli gapirish va nutqdagi defektlarni bartaraf etishni o‘rgatdilar. Shunga qaramay, men hali o‘z ovozimni kashf qilmagandim.
2018-yilning noyabr oyida AzonTV online telekanaliga boshlovchi sifatida ishga kirdim. Bu yerda oliy toifali suhandon Shuhrat Qayumovdan suhandonlik bo‘yicha ilk saboqlarni oldik.
Shundan keyin mening asosiy bosqichim — tajriba orttirish va ko‘nikma shakllantirish davri boshlandi. AzonFM radiosida ilk bor ovoz yozganimda, aynan amaliyotning naqadar muhimligini tushundim.
Keyinchalik o‘zimga mustaqil YouTube va Telegram kanal ochdim. Turli hikoya va matnlarni ovozlashtirishni yo‘lga qo‘ydim. Aynan shu mashg‘ulotlar hozirgi ovozimni shakllantirishda eng katta o‘rinni egalladi.
Har kim o‘z ovozini chiroyli holga keltira oladi. Buning uchun faqat ikkita narsa kerak:
1. Bilim
2. Tajriba
Agar siz bu ikki asosga amal qilsangiz, nafaqat ovozingiz, balki jamiyatdagi o‘rningiz, kasbingizdagi yutuqlaringiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz ham o‘zgaradi.
Bugun sizga oddiy yoki yoqimsiz tuyulayotgan ovoz, ertaga millionlab odamlarning sevimli ovoziga aylanishi mumkin — agar mehnat va sabr bilan uni sayqalasangiz.
@umarhalil
👍 45🕊 11🔥 7❤🔥 5😍 4❤ 3🤩 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#ЯНГИ_БЕМОРИМИЗ_ШИФОИЙ_УЗДА_ХИСОБОТИМИЗ....
ОНАСИНИ СМС си
👇👇✅
Тошкент юнсоботдан
Кизм 22.02.2025 тугилди тугма
Почка йетишмовчили бн 2 ойли булди пучка ишламаяпти туркияда
Пересатка бн ота и онани пучкасини куйиларкан унга 40.000 $ кетаркан шунга кулиладан кеса аллох кодир килганича канча бусаям йордан берилар.
@SAXIYLAR_UZ
BEMOR BOLAJONLAR UCHUN.
♻️Alloh yo‘lida yaqinlaringizga ham ulashing!
Oqil kishi o‘zi uchun dini va dunyosida manfaat beradigan narsalarga haris bo‘ladi. Zero, hadisi sharifda: “Sizlarni yaxshilaringiz insonlarga manfaatlirog‘ingizdir”.
Hurmatli kanalimiz va guruhimiz a’zolari, ushbu xayrli ishlarda faol bo‘ling. Solih amallarni bajarish orqali ulkan ajrga erishing!
Albatta, Alloxning raxmati yaxshilik kiluvchilarga yakindir.
A’rof surasi (56 - oyat)
@SAXIYLAR_UZ
KARTALARI
Xamkor bank Uzkard
👇👇
5614 6818 1370 2556 ✅
Ashurova Z.
👇👇
5614 6818 2020 4620✅
Ashurova Z. nomida
Xumo Agrobank
👇👇
4073 4200 5525 1403✅
Ashurova Z.
Уз Кард
8600 1204 2526 9142
ХАМКОР БАНК.
PAYNET RAKAM
👇👇
+998 77 702 37 17 ✅
Uz Mobail
Гурух рахбари бош
👇👇
ADMIN @Firdavs188
Exson xisobot
👇👇
@Shifoiy_uz 👁👁✅xisobot kiring ko‘ring ishonch uchun!!!
👆👆
@Saxiylar_uz rasmiy.
@AZAN_UZZ
🍂🍂🍂🍂🍂
👍 14🙏 6❤ 3🔥 3🕊 3😢 2❤🔥 1
#Hikoya
Dardim yohud menga hayot bag'ishla 10-qism (2-fasl)
Muallif: Shamsinur
Suxandon: Omar Xalil
👉 @umarhalil 👈
7bc3221a-2d94-4641-93db-8a8b7c24d4f7.m4a20.91 MB
👍 21❤ 10🔥 3🕊 2🤩 1😍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Diqqat!
17-may kuni soat 21:00 da ovozli suhbat boʻlib oʻtadi!
Muhokama qilinadigan mavzular juda qiziqarli boʻladi — albatta ishtirok eting!
Savollar bilan chiqish, fikr almashish va foydali maʼlumotlar olish uchun ajoyib imkoniyat!
@umarhalil
🔥 42👍 19❤🔥 9⚡ 5💋 3❤ 2🥰 2👏 2😇 2🗿 2🍓 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Youtube sahifamizga yangi hikoyamiz chiqdi. Dardim yohud menga hayot bag'ishla 10-qism (2-fasl)
Havola: https://youtu.be/tkSB7iRU7Aw?si=BF9oVeYcj3QL8dAG 👈
👉 @umarhalil 👈
🕊 23👍 13🔥 9❤ 8🙈 5🤩 1😍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Biz qalbimizni hech qachon tushuna olmaydigan koʻngillar bilan sinaldik.
👉 @umarhalil 👈
💯 63❤🔥 23❤ 14🔥 12👍 8😢 4💔 2🤩 1🐳 1🍓 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ba’zida yurak sukutda yig’laydi.
Ba’zida so’zlar topilmaydi, lekin ichingizda nolalar bor.
Shunday paytda bir og’iz so’z, bir jumla, bir duo yuragingizni quchib oladi..
Bizning kanalda har kuni Allohga yaqinlashtiruvchi, yurakni yupatuvchi, dardga najot bo’ladigan so’zlar chiqadi.
Bu joy - yuragingiz sokin joy topadigan manzil bo’lsin!
Kanal egasi 17 yoshida Qur’oni tamomlab hofiza bo’lgan, hozirda hadis, fiqh fanidan toliba 🌸
Ulanish uchun🌟
https://t.me/+G3eA2PfCKQwwZGIy
😍 28❤ 10💯 7❤🔥 5👍 3🔥 1🤩 1🕊 1🙈 1😡 1
Repost from TgId: 2272217162
00:29
Видео недоступноПоказать в Telegram
Nutqdagi aksent nima degani?
Boshqa tilning alifbosidagi harflarning mahraji va uning talaffuzdagi manerasi asosida boshqa tilning soʻzlarini gapirish oʻzgacha aksentni hosil qiladi.
Buni yaxshiroq tushunishingiz uchun yuqorida qiziqarli yumor animatsiya orqali zoʻr ochib berilgan. Ingliz tilida afrika va hindcha aksent bilan muloqot qilish 😅
Omar Xalil notiqlik maktabi
AQOdpJuoPHybdmJKW1uwAdv2BVx0OqDYzC5AwySYhUlDIvsLjjRjDksQBLoCPQO.mp45.59 MB
🔥 13😁 11👍 6🤣 4❤ 2🤓 2
Qaysi mavzuda suhbat qilishimizni xohlaysiz?Anonymous voting
- Chiroyli va ta’sirchan gapirish
- Parazit so’zlarsiz ravon gapirish
- Qo’rquv va hayajonni yengish
🔥 18👍 8💯 6❤ 4🕊 2
Jonli muloqot qilamiz?Anonymous voting
- Ha, albatta
- Vaqtga qarab qo’shilaman!
🔥 32👍 10❤ 5🕊 3🥱 3
🎙 Parazit soʻzlardan qanday qutulish mumkin?
Har kuni muloqot qilamiz. Gapiramiz, eshitamiz, yozamiz. Lekin koʻpchiligimiz sezmagan holda nutqimizga parazit soʻzlarni aralashtirib yuboramiz: aniq-da, shu gap-da, qanaqadir, mana endi, eee, nima edi, toʻgʻrisi, masalan, bilasizmi, degan manoda... Bu kabi soʻzlar foydasiz toʻldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi va nutqimizni chalkashtiradi, hatto e'tiborni asosiy fikrdan chalgʻitadi.
📌 Parazit soʻzlar nima uchun paydo boʻladi?
* Gapni davom ettirish uchun vaqt yutishga urinayotganimizda.
* Ishonchsizlik yoki fikrni aniq ifodalashdagi qiyinchiliklarda.
* Oʻzimiz sezmagan holatda yillar davomida shakllangan odatlar tufayli.
🧠 Bu muammo emasdek tuyulishi mumkin, ammo...
Parazit soʻzlar bizni:
* Nutqimizni loʻnda, ravon qilishdan to‘sadi.
* Jiddiy auditoriyaga ishonchsiz va noaniq koʻrinishimizga sabab boʻladi.
* Tinglovchining e’tiborini chalgʻitadi.
🔍 Yechim bormi? Albatta bor!
1. Oʻz nutqingizni tahlil qiling– Suhbatda yoki taqdimotda oʻzingizni yozib oling. Soʻzlaringizni eshiting va parazit soʻzlarni aniqlang.
2. O‘rinbosar so‘zlar o‘rniga pauza qiling – Har safar “aniq-da” yoki “eee” deyishga uringaningizda to‘xtab, chuqur nafas oling. Bu tabiiy ko‘rinadi.
🧩 Esingizda boʻlsin: Har bir so‘z — bu kuch. Parazit so‘zlar esa bu kuchni yemiradi. Shunchaki so‘zlar emas, balki aniq va toza fikr yetkazish — bu muvaffaqiyatli muloqotning kalitidir.
📢 Sizda eng koʻp ishlatiladigan parazit soʻz qaysi? Izohlarda yozib qoldiring! 👇
👍 27❤🔥 7❤ 6🔥 3🕊 3
#Hikoya
Dardim yohud menga hayot bag'ishla 9-qism (2-fasl)
Muallif: Shamsinur
Suxandon: Omar Xalil
👉 @umarhalil 👈
Dardim 9-qism | Omar Xalil.mp318.20 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
Youtube sahifamizga yangi hikoyamiz chiqdi. Dardim yohud menga hayot bag'ishla 9-qism (2-fasl)
Havola: https://youtu.be/ZBrsnsHnLFo?si=-YXR2ysMDCmdIY90 👈
👉 @umarhalil 👈
Sayqallanmagan nutq
• Oʻrta rezonator
• Sheva manerasi
• Artikulyatsiya zaif
• Talaffuz ravon emas
• Jumlalar noaniq
Avval.mp30.23 KB
Keyin.mp35.40 KB
❤ 34👍 32🔥 5👨💻 5⚡ 3🕊 3💯 3❤🔥 1🤩 1🤣 1🙈 1
Sayqallanmagan nutq
• Oʻrta rezonator
• Sheva manerasi
• Artikulyatsiya zaif
• Talaffuz ravon emas
• Jumlalar noaniq
Avval.mp30.23 KB
Keyin.mp35.40 KB
Sayqallanmagan nutq
• Oʻrta rezonator
• Sheva manerasi
• Artikulyatsiya zaif
• Talaffuz ravon emas
• Jumlalar noaniq
Avval.mp30.23 KB
Keyin.mp35.40 KB
“Kamera qarshisida gapira olmayman” deganlar uchun
“Gapirmoqchiman… lekin tilim kalimaga kelmaydi.”
“Kamera yoqilsa – boshimda hech narsa qolmaydi.”
“Biror tanish ko‘rsa, kulib yuboradigandek tuyuladi…”
Agar bu hislar sizga tanish bo‘lsa — bilin, siz yolg‘iz emassiz.
Kamera oldida o‘zingizni erkin tutmaslik — bu tug‘ma qo‘rquv emas. Bu faqat o‘rganilmagan ko‘nikma.
Kamera qarshisida bemalol gapirish uchun 5 oddiy maslahat:
1. Kamerani dushman emas, do‘st sifatida qabul qiling.
U sizni hukm qilmaydi. Uni yaqin do‘stingizning ko‘zlari deb tasavvur qiling.
2. Zo‘r gapirish shart emas.
Qisqa, oddiy jumlalar — aynan shu soddalik odamlarni o‘ziga tortadi.
3. Avvaldan yozib ko‘ring — jonli efir shart emas.
Videoni 2–3 marta yozing, kerak bo‘lsa tahrir qiling. Vaqt o‘tgan sayin ishonchingiz ortadi.
4. Xatolardan qo‘rqmang.
Eng mashhur blogerlar ham xato qiladi. Muhimi — o‘zingizni emas, tajribangizni o‘stiring.
5. Kamera oldida emas, go‘yoki uni unutib gapiring.
Do‘stingizga bir fikrni tushuntirayotgandek gapiring. Sun’iylik emas — halollik va samimiyat yuraklarga yetadi.
Va eng asosiysi — boshlang!
Bugun birinchi videongizni yozib ko‘ring.
Qisqa bo‘lsin, sodda bo‘lsin — lekin u sizniki bo‘ladi.
Shu kichik qadamlar ertaga sizni kuchli, ishonchli blogerga aylantiradi.
@umarhalil
👍 42❤ 14🔥 7🥰 2😇 2🦄 2❤🔥 1🕊 1
