uk
Feedback
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Відкрити в Telegram

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
100 010
Підписники
Немає даних24 години
+337 днів
+1 60430 день
Архів дописів
📰📰📰📰📰📰📰 #Seminar_trening ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun Ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) dasturi bo‘yicha o‘quv treninglariga start berildi. Bugun mazkur treninglarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o'rinbosari Sardor Radjabov, UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, mas’ullar va ishtirokchi ustozlar qatnashishdi.
⚡️Dastur doirasida UNESCOning rasmiy platformasida o‘zbek tilida joylashtirilgan “Ijtimoiy-hissiy murabbiy” nomli onlayn platformaning taqdimoti ham o‘tkazildi.
📊 Ma'lumot o'rnida: ushbu dastur ilk bora amaliyotga joriy etilmoqda hamda bu galgi o‘quvlarda 40 nafar professor ustozlar o‘z bilim va mahoratlarini oshirishlari ko‘zda tutilgan. 2 kun davom etadigan o‘quv kurslarida: ➖ Empatiya (o‘z- o‘zini anglash, o‘ziga rahmdil bo‘lish ko‘nikmalarni shakllantirish), ➖Ta’lim oluvchilar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatish, ➖ “Ijtimoiy-hissiy murabbiy” onlayn platformasi bilan tanishish va ishlash rejalashtirilgan. ➖ Shuningdek, ustozlar o‘quv mashg‘ulotlari doirasida sho‘balarga bo‘lingan holda taqdimotlar bilan ishlaydilar va namoyish etadilar. 🌐 JONLI EFIR 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показати все...
01:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
✅✅✅✅ #Seminar_trening 🔴 Surxondaryo viloyatida “Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda
➖ Termiz davlat Pedagogika institutida bo‘lib o‘tayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan:
➖mezonlarga asoslangan baholash tizimining o'ziga xos jihatlari, ➖baholash mezonlarini belgilash tartibi, ➖yangi baholash tizimini amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha batafsil ma'lumot berilmoqda. 📊 Tadbir davomida o‘qituvchilar amaliy mashg‘ulotlarda baholash mezonlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning yutuqlarini xolisona baholash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показати все...
IMG_8748.MOV60.12 MB
📰📰📰📰📰📰📰 #Maktabgacha_taʼlim KIOCA agentligi va Dong-Eui universiteti mutaxassislari tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan uchrashdiNukus shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Janubiy Koreya mutaxassislari 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari bilan uchrashdi. ◾️Uchrashuvda sentabrdan dekabrgacha sinov tariqasida o‘tkaziladigan o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim tajribasining mazmuni, nazariy va amaliy jihatlari haqida ota-onalarga batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda loyiha ishlarining uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan koreyalik hamkorlar tomonidan yaratilgan o‘quv muhiti, metodik yondashuvlar va didaktik vositalar bevosita joyida ko‘zdan kechirildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Ўқитувчилар_олимпиадаси ⚡️RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHIGA START BERILMOQDA ⚡️Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan O‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda. ➖Matematika – 22-avgust kuni ➖Biologiya hamda Informatika va axborot texnologiyalari – 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 💠Quyida olimpiada tashkil etilgan hududlardagi manzillar bilan tanishing: ✅ Qoraqalpogʻiston RespublikasiAndijon viloyatiBuxoro viloyatiJizzax viloyatiQashqadaryo viloyatiNavoiy viloyatiNamangan viloyatiSamarqand viloyatiSurxondaryo viloyatiSirdaryo viloyatiToshkent viloyatiFargʻona viloyatiXorazm viloyatiToshkent shahri 📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi. ❗️Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tkazish soat 9:00 da to‘xtatiladi. ✅Olimpiada jarayonlarini Fan olimpiadalari markazining rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показати все...
03:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Maktabgacha_taʼlim #Ёзги_соғломлаштириш ✅ Poytaxtimizning Sergeli tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 81-sonli DMTTda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida tarbiyalanuvchilarning to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha zaruriy sharoitlar yaratilgan. ⏺Tashkilotda Dolzarb 90 kunlik doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatlardan lavhalar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показати все...
IMG_8750.MOV17.30 MB
Repost from TgId: 1297184524
02:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#GinnesRekordi Missiya bajarildi – O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi! “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi. Bu jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarimizni tabriklayman. Bugun oʻzbek yigit-qizlari birgalikda harakat qilsa barcha vazifalarni uddalay olishini yana bir bor isbotlashdi. @hilola_umarova
Показати все...
IMG_3220.MOV25.06 MB
Repost from TgId: 1297184524
02:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#GinnesRekordi Missiya bajarildi – O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi! “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 ming nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 mingta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi. Bu jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarimizni tabriklayman. Bugun oʻzbek yigit-qizlari birgalikda harakat qilsa barcha vazifalarni uddalay olishini yana bir bor isbotlashdi. @hilola_umarova
Показати все...
IMG_3220.MOV25.06 MB
00:38
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Мактабгача_таълим ✅ Xorazm viloyati, Xiva shahrida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Jajji nurli yulduzlar” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hududdagi 15 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari jamoasi o‘zaro kuch sinashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, nominatsiyalar kesimida:
“Sehrli harakat” nominatsiyasida — 12-son DMTT tarbiyalanuvchisi Maryamjon Vaisova, “Ajdodlar merosi” nominatsiyasida — 7-son DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi, “Jajji xonanda” nominatsiyasida — 15-son DMTT tarbiyalanuvchisi Nurilla Raxmanov, “Mo‘jizaviy kuylar” nominatsiyasida — 12-son DMTT tarbiyalanuvchisi Amirbek Nosirov g‘olib, deb topildi. 🌐 G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz! Xorazm viloyati MMTB Axborot xizmati
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показати все...
хива1.mp421.61 MB
00:33
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik 👍 O‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha mahalliy mutaxassislar uchun seminar-treninglardan videolavha. ⌛️ O‘quvlar 30-avgustga qadar davom etadi.
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показати все...
Sequence_telegram.mp45.24 MB
📰📰📰📰📰📰📰 #Seminar_trening ✈️ Norvich til taʼlimi instituti mutaxassislari ishtirokida malaka oshirish o‘quv kurs dasturlari va kontentlari ishlab chiqilmoqda ✅Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Britaniya Kengashi va Norvich Til Ta‘limi instituti hamkorligida pedagog kadrlar uchun malaka oshirish kurslari dasturini ishlab chiqish yuzasidan o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi. Mazkur treninglarda 100 soatlik o‘quv reja va dasturlari hamda undagi kontent materiallarini takomillashtirish, bu yo'nalishda xalqaro hamkorlik va zamonaviy tendensiyalar muhokama qilinadi. Shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirish dasturi xorijlik mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqiladi.
Seminar Norvich til taʼlimi institutining malakali mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
🔴 Mashg‘ulotlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o‘tmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni
kuzating
Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Показати все...
03:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Maktabgacha_taʼlim 📖Surxondaryoda “Ilk rivojlanish markazlari” tashkil etilmoqda ✅“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan yangi o‘quv yilida viloyatimizning Jarqo‘rg‘on va Sherobod tumanlarida ilk rivojlanish markazlari faoliyat boshlaydi va 480 nafar bolalar maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinadi. 🔹 Markazlarning maqsadi: ➡️ Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarga teng imkoniyat yaratish; ➡️ Ularning jamiyatga moslashuvini ta’minlash; ➡️ Har tomonlama kamolotiga ko‘maklashish.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari ushbu markazlarga birinchi navbatda qamrab olinadi va xizmatlar mutlaqo bepul bo‘ladi.
🫥Markazlar ikki yo‘nalishda ishlaydi: ➡️O‘yin guruhi – 3-6 yoshli bolalar uchun 3,5-4 soatlik qisqa muddatli guruhlar; ➡️Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati – pedagoglar 2-7 yoshli maxsus ehtiyojli bolalarga uyida ta’lim-tarbiya beradi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показати все...
IMG_4231.MP471.68 MB
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 #Xalqaro_hamkorlik ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNICEF va Cambridge University Press & Assessment tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha mahalliy mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil etildi. Bugun mazkur tadbirning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda vazirning birinchi o'rinbosari Sherzod Karimov ishtirok etib, seminar ishida omad tiladi.
📊 Ma'lumot oʻrnida: mashgʻulotlar Kembrij tashkilotining 8 nafar xalqaro ekspertlari tomonidan olib boriladi.
Unda 125 nafar mahalliy mutaxassislarning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish yuzasidan salohiyati oshiriladi. Seminar-trening davomida: ➖o‘quv dasturini loyihalash modellari, ➖ o‘quv dasturining bosh maqsadlari, mazmun qamrovi, o‘quv dasturini muvozanatlash, o‘zaro kesishuvchi xususiyatlar, ➖o‘quv dasturini o‘quvchiga yo‘naltirish yo‘llari, tenglik - xilma xillik – inklyuzivlik - mansublik xususiyatlari kabi mavzular muhokama etiladi. ⌛️ O‘quvlar 30-avgustga qadar davom etadi. 🌐 JONLI EFIR
Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Показати все...
03:58
Відео недоступнеДивитись в Telegram
✨✨✨✨ 📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida. O’tgan haftada amalga oshirilgan: ➖tadbirlar va kasbiy rivojlanish o’quv treninglari; ➖“Ustozlar forumi” ning ikkinchi bosqichi; ➖hududlardagi o’rganish hamda muhim e’lonlar — hafta DAYJESTida.
10— 17-AVGUST, 2025-yil
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
Dayjest 27.mp464.58 MB
✈️Vazir Namanganda — hududlardagi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Namanganda bo‘lib, bir qator ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandi. ✔️ Vazir dastlab Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etiladigan Pedagogik mahorat markazi loyiha taqdimoti bilan tanishdi. ✍️ Shuningdek, tumanidagi 84-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Namangan tumanida 1975-yilda tashkil etilgan 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rnida esa 320 o‘rinli yangi bino barpo etish taklifi bildirilgani va uni 2026-yil investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 🤔 Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabi ham vazir e’tiborida bo‘ldi. 2135 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan ushbu muassasa sobiq bitiruvchisi homiyligida kapital ta’mirdan chiqarilmoqda. Qisqa muddat ichida zamonaviy qiyofa kasb etgan maskanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuqori baholandi. 🌐 O‘rganish davomida vazir Uychi tumanidagi 17- hamda Kosonsoy tumanidagi 3-umumta’lim maktablarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Bizni kuzating: Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Показати все...
03:31
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Ibrat "Ta’lim fidoyilari — turing, dunyo turguncha!"
➡️Bu shunchaki shior emas, balki kelajak avlodni tarbiyalashdek buyuk va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan ustozlarimizga bo‘lgan e’tirofdir.
➖Mazkur videorolikda ta’lim tizimida duch kelinayotgan muammolar haqida so‘z boradi. ➕Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan tayyorlangan video sizni ham fikrlashga chorlaydi, degan umiddamiz. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
7.mp4265.11 MB
✅✅✅✅ ✈️Andijon: o‘rganishlar davom etmoqda ✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Andijonda bo‘lib, ta'lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Xususan, vazir dastlab Asaka tumanidagi "Jasorat maktabi" sifatida tanlab olingan 25-IDUMda yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.
📍 Shuningdek, Asaka tumanidagi metodik tayanch sifatida tanlab olingan 9-DMTT tarbiyachilari bilan suhbat qurib, bugungi kun tarbiyachisi bolajonlarni ham ma'nan ham jismonan barkamol etib voyaga yetkazishga alohida e'tibor qaratishi lozimligini ta'kidladi. O‘rganish ishlari davomida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik Mahorat instituti na'munasida Bobur shahrida qad rostlayotgan "Andijon Pedagogik mahorat markazi" yangi binosining qurilish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣 Chuqur o‘zlashtirilgan bilim — 100 foizlik natija! 🤩Agentlik tizimidagi Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari ajoyib natijaga erishdi — 60 nafar o‘quvchining barchasi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi! 🔼 Shundan 42 nafari davlat granti, 18 nafari to‘lov-shartnoma asosida talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi. 📌 Bu yutuq — nafaqat mehnat va intilish, balki ta’lim tizimidagi yangi bosqichning yorqin ifodasidir! ❗️Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
02:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Maktabgacha_taʼlim Xorazm viloyatida “Ilk rivojlanish markazlari” tashkil etiladi 📍 Xorazm viloyatining 3 ta Hazorasp, Yangibozor va Qo‘shko‘pir tuman markazlarida bittadan “Ilk rivojlanish markazi” ish boshlaydi. ⏺Loyiha bo’yicha: Qo‘shko‘pir tumanidagi 25-son maktabning 3 ta guruh xonasida — 6 ta guruh; Hazorasp tumanidagi Pedagogika kollejining 4 ta xonasida — 8 ta guruh; Yangibozor tumanidagi Pedagogika kollejining 3 ta xonasida — 6 ta o‘yin guruhi tashkil etiladi.
➡️Ushbu markazlar orqali maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan 716 nafar bola ta’limga jalb etiladi. Shundan: 310 nafari — “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan bolalar; 406 nafari — nogironligi bo‘lgan bolalardir.
✨ Bu markazlar bolalarning ilk rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratadi va ularning kelajakda sifatli ta’lim olishiga zamin hozirlaydi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Показати все...
IMG_4126.MP445.91 MB
Chet tili imtihonlari avgust oyida ham oʻtkazilishi belgilandi ✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham oʻtkaziladi. 📆 Avgust oyidagi imtihonda: 🌐 Tillar: ingliz, nemis, fransuz tillari 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 15–18-avgust kunlari 💳 To‘lov muddati: 19-avgust 📝 Imtihon sanasi: 28-avgust 💻 Ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi. 📍 Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay hududni tanlab, imtihonda aynan shu hududda ishtirok etishlari mumkin.
Bizni kuzating
Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Показати все...
✅✅✅✅ ✈️ Vazir Farg‘onada: hududdagi ta'lim muassasalari faoliyati va qurilish jarayonlari o‘rganilmoqda ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Dang‘ara tumanida joylashgan 2-DMTTda boʻldi hamda yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayoni, amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi. 🔰 Shuningdek, muassasaning pedagogik jamoasi hamda tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashdi.
📊 Ma'lumot o'rnida: mazkur taʼlim tashkiloti 1960-yilda qurilgan bo‘lib, ayni damda bu yerda 160 nafar bolajonlar tarbiyalanishmoqda.
➖ Vazir E‘zoza Karimova soha masʼullariga ushbu taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash va imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi. 🔰 Shundan so‘ng, vazir Qo‘qon shahar 20-maktab va 51-DMTTda bo‘ldi. Maktabning 900 o‘rinli mavjud binosi mukammal ta’mirdan chiqqan bo‘lib, 990 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilmoqda. Mazkur ta'lim muassasalaridagi holat, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganib, pedagoglarning fikrlariga quloq tutdi. Shuningdek, Farg‘ona shahar 25-maktab va Quva tumanida joylashgan 5-maktab faoliyatini ko’zdan kechirdi. Shu kuni vazir Muhammad al Xorazmiy maktabi va hududiy malaka oshirish markazining qurilish jarayonlari bilan ham tanishdi. 🔴 O‘rganishlar davom etmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Показати все...