uk
Feedback
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Відкрити в Telegram

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
100 010
Підписники
Немає даних24 години
+337 днів
+1 60430 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar! Sizlarni barchangizni xalqimiz hayotida o‘ziga xos bayramga aylangan — “Bilimlar kuni” bilan chin dildan tabriklayman. So‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida ta’lim sohasiga tubdan yangicha ruh va mazmun kirib kelmoqda. Bu sa’y-harakatlar, avvalo, yosh avlodimizni Vatanga sadoqatli, bilimli va yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash, ularning iqtidorini rivojlantirish va nurli kelajagimiz uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda. Yangi O‘zbekiston g‘oyasining yuragida ham, avvalo, zamon talabiga javob beradigan, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish masalasi alohida o‘rin tutadi. Chunki ilm-ma’rifat taraqqiyot va yuksalishning asosiy garovidir. Bugun ta’lim maskanlarining ostonasidan ilk bor kirib kelayotgan qariyb 740 ming nafar bolajonlarimizning ko‘zlaridagi porloq umid va ulug‘ orzular nafaqat ularning ota-onalari, yaqinlari, balki barcha ustoz va murabbiylarimizning qalbida ham muxrlanib qoladi. Chunki bilim olishga qadam qo‘ygan har bir farzandimiz — bu yurtimizning ertangi kuni, bizning eng katta suyanchimiz va ishonchimizdir. Aziz o‘quvchilar! Sizlarga yana bir bor bugungi kun muborak bo‘lsin deyman. Ilm va ma’rifat dargohida katta zafarlar qozonishingizni, bilim cho‘qqilarini quloch ochib zabt etishingizni tilayman. E’zoza Karimova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
Repost from TgId: 1297184524
02:59
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Aziz ustozlar, qadrli yurtdoshlar! Barchangizni yangi o‘quv yilining boshlanishi — bilim va ma’rifat bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Bugun mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yurtimiz kelajagini bunyod etishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayonda fidokorona mehnat qilayotgan yuz minglab ustoz va murabbiylarimiz esa islohotlar samarasini avvalo o‘z faoliyatlari misolida kuzatib borishmoqda. Ta’lim — bu jamiyat taraqqiyotining eng asosiy poydevori, millatni yuksak marralarga eltuvchi eng qudratli kuchdir. Maktab va oliy ta’lim dargohlariga ilk qadam qo‘yayotgan har bir o‘quvchi va talabaning ko‘zida biz ertangi kunimizni, xalqimizning buyuk orzu-intilishlarini, Vatanimizning porloq istiqbolini ko‘ramiz. Shu bois, ta’lim dargohlariga kirib kelayotgan yoshlarimizni ilm va ma’rifat sari yetaklash, ularning qalbida ezgu orzularni uyg‘otish, yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘usini mustahkamlash bugun barchamiz uchun sharafli, ayni paytda ulkan mas’uliyatli vazifadir. Zero, bilim istab kelayotgan farzandlarimiz — bizning kelajagimiz, ertangi kunimizning suyanchi va ishonchli tayanchidir. Aziz ta’lim sohasi vakillari! Sizlarni bugungi bayram — yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan yana bir bor chin yurakdan qutlayman. Sizlarga mustahkam iroda, yuksak marralarni zabt etishda muvaffaqiyat va omad tilayman. Bilim va ma’rifat yo‘lida qo‘lga kiritgan har bir yutug‘ingiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilaversin! Hilola Umarova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari
Показати все...
IMG_9254.MP466.12 MB
01:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Bayramga_tuhfa Shahrisabz davlat pedagogika institutida yangi o'quv yili boshlanishi arafasida 1500 o‘rinli o‘quv binosi, 700 o‘rinli talabalar turar joyi hamda sport markazi foydalanishga topshirildi.
📊 Maʼlumot oʻrnida: yangi binoda 50 ta o‘quv-auditoriya, fizika, kimyo va biologiya yo‘nalishlariga moslashtirilgan 12 ta zamonaviy o‘quv-laboratoriya, 4 ta 150 o‘rinli ma’ruza zallari, ma'naviyat zali, 2 ta kompyuter xonalari hamda Axborot resurs markazi mavjud.
🔰 Talabalar turar joyi 5 qavatdan iborat boʻlib, 700 oʻringa moʻljallangan.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
IMG_9252.MP433.36 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқиВыступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества — Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of the Member-States of the Shanghai Cooperation Organization Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
04:28
Відео недоступнеДивитись в Telegram
✨✨✨✨ 📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida. O’tgan haftada amalga oshirilgan: ➖tadbirlar va kasbiy rivojlanish o’quv treninglari; ➖Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari; ➖hududlardagi o’rganish hamda muhim e’lonlar — hafta DAYJESTida.
24— 31-AVGUST, 2025-yil
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
Dayjest 29 1.mp471.63 MB
04:28
Відео недоступнеДивитись в Telegram
✨✨✨✨ 📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida. O’tgan haftada amalga oshirilgan: ➖tadbirlar va kasbiy rivojlanish o’quv treninglari; ➖Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari; ➖hududlardagi o’rganish hamda muhim e’lonlar — hafta DAYJESTida.
24— 31-AVGUST, 2025-yil
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
Dayjest 29 1.mp471.63 MB
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг Тяньцзинь саммити ўз ишини бошлади. — Начал свою работу Тяньцзиньский саммит Шанхайской организации сотрудничества с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
03:13
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев: "Биз барчамиз битта халқ, битта мамлакат, битта оиламиз! Ҳаммамизнинг тақдиримиз, келажагимиз, бахтимиз ва ютуғимиз ҳам ягона ва муштарак". — Президент Шавкат Мирзиёев: "Мы, граждане Узбекистана – единый народ, одна страна, одна семья. У нас общие судьба и будущее, счастье и достижения". Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
76.84 MB
00:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
ШҲТ саммити иштирокчиларини қутлаш маросими бўлиб ўтди. — Состоялась церемония приветствия участников саммита ШОС. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
45.67 MB
01:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli ustozlar, aziz yurtdoshlar! Barchangizni bugungi qutlugʻ ayyom — Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Jonajon Oʻzbekistonimizda hurmatli Prezidentimiz rahbariligida ulkan tarixiy islohotlarning guvohi hamda ishtirokchisi boʻlish bizga cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Albatta, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk maqsadlarimizga erishish oʻgʻil-qizlarimizning bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bogʻliq. Shunday ekan, fursatdan foydalanib kelajak bunyodkorlarini har tomonlama barkamol, bilimdon va maʻnaviy yetuk qilib tarbiyalash yoʻlida sidqidildan xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarimizga – siz fidoyi hamkasblarimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz. Mustahkam sogʻlik-salomatlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, ona yurtimiz tinch, xonadonlarimiz fayz-u barakaga toʻla boʻlsin! Yana bir bor bayram muborak, azizlar! Eʼzoza Karimova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Показати все...
34-Yilligi Mustaqillik 1.mp421.47 MB
Repost from TgId: 1297184524
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Aziz yurtdoshlar, hurmatli ustoz va murabbiylar! Sizlarni jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida Yangi Oʻzbekistonimiz barqaror taraqqiyot va keng qamrovli islohotlar yoʻlidan dadil borayotganini butun dunyo eʼtirof etyapti. Yangilanishlar har bir yurtdoshimiz, har bir oila hayotiga kirib borayotgani insonparvar siyosatning amaliy natijasidir. Jahonga ikki buyuk Renessansni taqdim etgan mamlakatimizda bugun ulugʻ ajdodlarga munosib vorislar kamol topyapti, buyuk kelajakka mustahkam poydevor qoʻyilyapti. Kuni kecha Mustaqillik tantanasida Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek: “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi”. Bu yoʻldagi eng muhim omil, shubhasiz, taʻlim-tarbiyadir. Bunda ustozlarimizning, taʼlim fidoyilarining oʻrni beqiyos. Qadrli hamkasblar! Eng ulugʻ va eng aziz bayramimizda barchangizni yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman! Istiqlolimiz bayrami barchamizga muborak boʻlsin! Hilola Umarova, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari
Показати все...
Repost from TgId: 1297184524
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Aziz yurtdoshlar, hurmatli ustoz va murabbiylar! Sizlarni jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida Yangi Oʻzbekistonimiz barqaror taraqqiyot va keng qamrovli islohotlar yoʻlidan dadil borayotganini butun dunyo eʼtirof etyapti. Yangilanishlar har bir yurtdoshimiz, har bir oila hayotiga kirib borayotgani insonparvar siyosatning amaliy natijasidir. Jahonga ikki buyuk Renessansni taqdim etgan mamlakatimizda bugun ulugʻ ajdodlarga munosib vorislar kamol topyapti, buyuk kelajakka mustahkam poydevor qoʻyilyapti. Kuni kecha Mustaqillik tantanasida Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek: “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi”. Bu yoʻldagi eng muhim omil, shubhasiz, taʻlim-tarbiyadir. Bunda ustozlarimizning, taʼlim fidoyilarining oʻrni beqiyos. Qadrli hamkasblar! Eng ulugʻ va eng aziz bayramimizda barchangizni yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman! Istiqlolimiz bayrami barchamizga muborak boʻlsin! Hlola Umarova, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari
Показати все...
Repost from TgId: 1297184524
#eslatma Xabaringiz bor joriy yilda Prezidentimizning “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Unga koʻra: 2025-yil 1-sentabrdan boshlab: – umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga; – umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi; – I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab: – umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi. Bu kabi oʻzgarish va imkoniyatlar sohaga katta e’tobor berilayotganidan dalolat. Boshqaruv kadrlari uchun moddiy ragʻbat tizimining yaxshilanishi ish samaradorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi, albatta. @hilola_umarova
Показати все...
Repost from TgId: 1297184524
01:12
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Boʻlgʻusi Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda hurmatli Prezidentimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar va yurtimiz sharafini himoya qilgan ilm-fan yulduzlarini buyuk ajdodlarimizga qiyosladilar. “Shu yilning o‘zida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Biz MDH mamlakatlari o‘rtasida kimyodan – ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda – uchinchi, IT va geografiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan o‘g‘il-qizlarimiz timsolida bo‘lg‘usi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni ko‘ramiz. Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, iste’dodli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, g‘ururimiz timsolidir”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari. Ukalarim va singillarim, bu katta mas’uliyat ekanligini his etyapsiz, deb o‘ylayman. Davlatimiz, xalqimiz va prezidentimiz ishonchini oqlash uchun ilm-fan yo‘lida mehnat qilishdan aslo to‘xtamang! @hilola_umarova
Показати все...
IMG_3413.MP426.61 MB
📖Bayramga tuhfa: Surxondaryoda 41 ta ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi 2025-yil 30-avgust sanasi — Surxondaryo ta’limi uchun tarixiy kun bo‘ldi. Sababi, viloyatning barcha tuman va shaharlari bo‘ylab umumiy hisobda 28 ta umumta’lim maktabi va 13 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy qiyofa kasb etdi va tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Jumladan, 📍Angor tumani "Xomkon" MFY: 120 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi. 19-son maktab ("Yuqori Tallashqon" MFY): 300 o‘rinli qo‘shimcha bino. 38-son maktab ("Kayron" MFY): 300 o‘rinli bino. 43-son maktab ("Bahor" MFY): Sportzal (12x24 m) qurildi. 8-son maktab ("Kayron" MFY): 240 o‘rinli bino. 📍Bandixon tumani 15-son maktab ("Bahoriston" MFY): 240 o‘rinli qo‘shimcha bino. 📍Boysun tumani "Tuzbozor" MFY: 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi 405 o‘rinli holda kapital ta’mirlandi. 4-son maktab ("Chorchinor" MFY): 270 o‘rinli yangi bino + 414 o‘rinli mavjud bino mukammal ta’mirlandi. 📍Denov tumani "Dunyotepa" MFY – 32-sonli MTT: 90 o‘rinli bino. "Minora" MFY – 23-sonli MTT: 90 o‘rinli bino. "Navnihol" MFY – 8-sonli MTT: 180 o‘rinli bino. 📍Jarqo‘rg‘on tumani "Paxtazavod" MFY – 3-sonli MTT: 90 o‘rinli bino. 47-son maktab ("Gulhovuz" MFY): 240 o‘rinli qo‘shimcha bino. 31-son maktab ("Qo‘ldovli" MFY): 300 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi. 📍Muzrabot tumani "Anorzor" MFY – 7-sonli MTT: 150 o‘rinli bino qurildi. 41-son maktab ("Buyuk Ipak yo‘li" MFY): 310 o‘rinli bino kapital ta’mirlandi. 📍Oltinsoy tumani "Xidirsho" MFY – 12-sonli MTT: 90 o‘rinli bino. 42-son maktab - "To‘xtamish" MFY: 120 o‘rinli bino. 2-son maktab - “Kumpaykal" MFY: 380 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi. 📍Qiziriq tumani "Istiqlol" MFY – 5-sonli MTT: 90 o‘rinli bino. 46-son maktab - "Buyuk Kelajak" MFY: 240 o‘rinli bino. 20-son maktab - "Bog‘bonlar yurti" MFY: 620 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi. 📍Qumqo‘rg‘on tumani "Ulug‘bek" MFY – 3-sonli MTT: 140 o‘rinli bino. 4-son maktab - "To‘g‘on" MFY: 240 o‘rinli yangi bino + 420 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi. 1-son maktab - "Ulug‘bek" MFY: 330 o‘rinli bino. 59-son maktab - "Cho‘kirli" MFY: 330 o‘rinli bino, 85% bajarilgan. 25-son maktab - "Gultepa" MFY: 360 o‘rinli yangi bino + 510 o‘rinli mavjud bino mukammal ta’mirlandi. 📍Sariosiyo tumani "Terakzor" MFY – 21-sonli MTT: 90 o‘rinli bino. 9-son maktab - "Yangi hayot" MFY: 570 o‘rinli yangi bino qurilmoqda, 180 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi. 📍Sho‘rchi tumani "Kushon" MFY – 35-sonli MTT: 90 o‘rinli bino. "Ko‘klam" MFY – 4 va 13-sonli MTTlar: 150 o‘rinli yangi bino sifatida birlashtirildi. 62-son maktab - "Kushon" MFY: 300 o‘rinli bino. 34-son maktab - "Egarchi" MFY: 400 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi, 300 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilmoqda. 📍Termiz tumani "Kelajak" MFY – yangi 90 o‘rinli MTT. "Ayritom" MFY – 11-sonli MTT: 90 o‘rinli bino rekonstruksiya qilindi. 📍Termiz shahar 19-son maktab ("Majnuntol" MFY): 300 o‘rinli bino. 📍Uzun tumani "Tojikobod" MFY – 20-sonli MTT: 90 o‘rinli bino. 47-son maktab - 150 o‘rinli qo‘shimcha bino. 57-son maktab: 180 o‘rinli bino qurildi. 📍Sherobod tumani 5-son maktabga 360 o‘rinli yangi bino qurildi va 520 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi. 👍Telegram   👍Facebook 👍Instagram 👍You tube 👍Twitter       👍Veb-sayt
Показати все...
Repost from TgId: 1297184524
00:40
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Bolalar kontentini rivojlantirish markazidan yangi loyiha — “Bolakay”da marrani KATTA olgan BOLAJONLAR bilan suhbat Mazkur markazning ilk loyihalaridan biri bo’lgan “Bolakay”da iqtidorli o‘quvchilarimiz bilan podkast shaklida muloqotlar tashkil etib borish maqsad qilingan. Unda ishtirokchi yoshlarning fikrlari, maqsadlari va erishayotgan natijalari haqida so‘z boradi. Bolalar kontentini rivojlantirish markazidan yangi loyihalarni kuzatib boring! @hilola_umarova
Показати все...
89.mp415.15 MB
07:51
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Мактабгача_таълим
✅ Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 14-DMTTga PRESS-TUR tashkil etildi. Unda bog‘chada yaratilgan sharoitlar, bolajonlarga erta yoshdan boshlab kasb-hunar sirlarini o‘rgatish jarayonlari namoyish qilindi.
Milliy telekanalining "Millar" dasturida shu haqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
002.mp476.03 MB
Repost from TgId: 1198840929
Robototexnika yo‘nalishida respublika chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 106-sonli zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Ziyoda Xolbekova (Toshkent) hamda 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Abduhakim Xolboyevga (Jizzax) eng iliq tabriklarimizni yo‘llaymiz. Zamin education loyihasi ishtirokchilari Respublika inklyuziv IT oromgohida beshinchi marta ishtirok etishmoqda, ammo bu safar bolalarni ilk bor yurtimizdagi 19 ta maktab-internatlarning hammasi o‘rtasida bolalarga yuqori natijalarni ko‘rsatish uchun katta rag‘bat va ishtiyoq bag‘ishlagan holda jamoaviy musobaqalar kutmoqda. Oromgohda jami 200 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etdi, 4000 dan ortiq o‘quvchi onlayn tarzda qo‘shilib, sun’iy intellekt asoslari, Digital Art dasturlash tillari, dron simulyatorlari, komikslar chizishni o‘rgandi. Ko‘plab ishtirokchilar uchun IT oromgoh o‘zlarini namoypn qilishda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Axir yuqori darajadagi musobaqalardan tashqari, har bir bola o‘zini har qanday tahdidlarni birgalikda yengishga tayyor bo‘lgan hamfikrlarning ulkan jamoasining bir qismidek his qilish imkoniga ega bo‘ldi. — Наши самые тёплые поздравления Зиёде Холбековой, ученице 106 специализированной школы-интерната (Ташкент) и Абдухакиму Холбоеву, ученику 1 специализированной школы-интернат (Джизак), ставшими победителями республиканского чемпионата по направлению «Робототехника»! Участники проекта Zamin education уже пятый раз принимают участие в Республиканском инклюзивном IT-лагере, но в этот раз ребят впервые ожидали командные соревнования среди всех 19 школ-интернатов республики, придав ребятам дополнительный стимул и азарт продемонстрировать высокие результаты. Всего в лагере приняло участие 200 школьников и более 4000 учащихся присоединялись онлайн, обучаясь основам искусственного интеллекта, языкам программирования, цифровому искусству (Digital Art), осваивая симуляции полётов дронов и технику рисования комиксов. Для многих участников IT-лагерь стал хорошей возможностью раскрыть свой потенциал. Ведь помимо высоких стандартов соревнований, каждый ребёнок имел шанс почувствовать себя частью огромного сообщества единомышленников, готовых преодолевать любые вызовы вместе. #ZaminEducation Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
Yurtimizdagi Ilk rivojlanish markazlariga didaktik materiallar yuborildiMaktabgacha taʼlim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rahbariyati tashabbusi bilan Ilk rivojlanish markazlariga didaktik o‘yinlar yuborildi. ➡️Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi – bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratish, bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. ➕Shuningdek, institutning ishchi guruhi Namangan, Andijon va Buxoro viloyatlariga amaliy yordam berish maqsadida yo‘l oldi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
01:23
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#xalqaro_hamkorlik Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish doirasidagi navbatdagi trening mashg‘ulotlari yakunlandi
Cambridge University press & assessment tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha mahalliy mutaxassislar uchun 18-30-avgust kunlari seminar-treninglar tashkil etildi.
Seminar-treningda 8 nafar xalqaro ekspertlar, 125 nafar mahalliy mutaxassislar ishtirok etishdi va sertifikat bilan taqdirlanishdi. 📹Seminar-trening jarayonlaridan videolavha 👍 Respublika ta’lim markazi
Показати все...
SD.mp442.86 MB