Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Відкрити в Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Показати більше2025 рік у цифрах

18 609
Підписники
-924 години
-117 днів
-45330 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
1-yanvardan O‘zbekiston fuqarolari va korxonalariga AQShda ro‘yxatga olingan kompaniyalarga investitsiya kiritish uchun hukumat ruxsati talab etilmaydi. Behzod Hoshimovning fikricha, valyuta rejimining yumshatilishi o‘zbekistonliklarga dunyoning eng yirik moliya bozoriga kirish imkonini yaratadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/trade-us/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 8
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Olimjon Ismailov Toshkent shahri sudi raisi etib tayinlandi. Maxmud Eshimbetov Qoraqalpog‘iston ma’muriy sudi raisiligiga saylandi. Ulugbek Almamedov esa Toshkent shahri ma’muriy sudi raisi bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/judges/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 3❤ 1👎 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston prezidenti Yaponiyaga rasmiy tashrifini imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi. “O‘zbek va yapon xalqlarining mentalitet, urf-odat va oilaviy qadriyatlari o‘xshashligi” ta’kidlangan uchrashuvdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev imperatorga mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/japan-emperor/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 31❤ 13🤔 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar va prokuratura noroziligidan so‘ng, Toshkent sudi apellyatsiya shikoyati bo‘yicha jazo muddati qisqartirilgach ozod qilingan Akmal Shukurov ishini ko‘rib chiqdi. Sudlanuvchining qamoq jazosi qayta tiklandi, ammo bitta modda yumashatildi va muddat qisqartirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/court/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 13❤ 2🤔 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Benjamin Battonning sirli hikoyasi”, “Yetti”, “Janob Smit va Smit xonim” hamda “Manfur kimsalar” singari filmlar yulduzi Bred Pitt 18-dekabrda 62 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta aktyorning filmografiyasi asosida test tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/brad-pitt/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 8👍 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston prezidenti Yaponiyaga rasmiy tashrifini mamlakatda ishlayotgan va o‘qiyotgan vatandoshlar bilan uchrashuvdan boshladi. Davlat rahbari ularga muvaffaqiyat tiladi va ularning bilim hamda tajribasi vatan farovonligiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/arrival/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 101❤ 17🤔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
AQSh prezidenti Donald Tramp xalqqa murojaat bilan chiqib, o‘z ma’muriyatining muvaffaqiyatlari haqida gapirdi va iqtisodiy muammolarda o‘zidan oldingi prezidentni aybladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u “pala-partishliklarni meros qilib olgan”, ammo hozirda AQSh “dunyodagi eng jozibali mamlakat”ga aylandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/trump-address/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 9🤔 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
PA rahbari Saida Mirziyoyeva Urgutdagi poliklinika va suv ta’minoti holati bilan tanishdi. U tibbiyotdagi muammolarni hisobotlar bilan baholab bo‘lmasligini aytdi: “Yuklama nihoyatda katta, sharoit esa izohsiz”. O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida savdo va tibbiyot markazini qurish rejasi taqdim etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/urgut/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 65❤ 13🤔 4😢 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbol terma jamoalari uchun moliyaviy to‘lovlarni tasdiqladi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 727 mln dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston ham boshqa davlatlar kabi eng kamida 10,5 mln dollar oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/football/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 8
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Cyenatorlar 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun va fiskal siyosatning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi. YAIM 6,6% ga o‘sishi, inflyatsiya 7% dan oshmasligi, budjet taqchilligi YAIMga nisbatan 3% (qariyb 60 trln so‘m) bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy soliqlar o‘zgarishsiz qoladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/budget-2026/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 1🤔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Shaharlarning qiyofasi tartibsiz qurilishlardan emas, aniq rejalardan iborat bo‘lishi kerak, dedi qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov. Uning aytishicha, bosh rejalarni ishlab chiqishda funksional zonalarga ajratish amaliyoti joriy etilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/master-plan/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 2❤ 1🤔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Changan brendi O‘zbekistondagi butun modellar qatori uchun 0% muddatli to‘lov dasturini taqdim etdi. Taklifga UNI-T, UNI-K, CS55 Plus krossoverlari va qulay to‘lov shartlarini tanlash imkoniyati mavjud bo‘lgan UNI-V sedani kiritilgan (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/changan/
👍 4❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Litsenziyaga ega bo‘lmagan holda xorijga ishga yuborish xizmatlarini reklama qilgan Crystalvisa Consulting, Humo Group Central hamda Compony B2B kompaniyalariga moliyaviy jarimalar qo‘llanildi. Qolaversa, qonun buzilishini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan majburiy ko‘rsatma berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/reklama/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 8❤ 1
Fotoreportaj: qorli Toshkent manzaralari
Kecha Toshkentda kun boʻyi yogʻgan yomgʻir tundan boshlab qorga ulandi, bu — yangi mavsumning ilk qori! Gazeta fotomuxbiri Murod Yusuf, anʼanaga koʻra, poytaxt koʻchalaridan fotoreportaj tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/first-snow/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 12👍 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq yong‘in sodir bo‘ldi, bu o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga ko‘p. Oqibatda 67 kishi halok bo‘ldi, yana 102 kishi tan jarohati oldi, dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari. Aksariyat yong‘inlar aholi xonadonlarida sodir bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/fires/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 5❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarning eng ko‘p e’tirozlariga sabab bo‘layotgan o‘quv markazlari va muddatli to‘lov platformalari nomlarini ochiqladi. 2024−2025-yillarda nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati yuzasidan 1200 ga yaqin murojaat qabul qilingan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/nno/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi Xorvatiya va Serbiyaga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni ogohlantirdi. U yerda ishlayotgan fuqarolardan ish haqi to‘lanmasligi, hujjatlar bilan bog‘liq muammolar va deportatsiya bilan tahdid qilish holatlari bo‘yicha ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/17/croatia-serbia/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 6❤ 1👎 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Toshkent apellyatsiya sudi oktabr oyida firibgarlik, bezorilik va Boris Avakyanga og‘ir tan jarohati yetkazishda ayblanib, sakkiz yilga qamalgan Akmal Shukurovga chiqarilgan hukmni o‘zgartirdi. Koloniya jazosi ozodlikni cheklash bilan almashtirildi va u sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/akmal-shukurov/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 17🤔 8❤ 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Fido Biznes O‘zbekiston mikromoliyaviy xizmatlar bozori qanday qilib texnologik yetuklikning yangi bosqichiga chiqayotgani haqida so‘zlab berdi. FB NKO platformasi mikromoliya tashkiloti jarayonlarini birlashtiradi va iABS bazasidagi mikromoliya banki formatiga o‘tishni soddalashtiradi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/fido-biznes/
👍 1
