uk
Feedback
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Відкрити в Telegram

⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
14 812
Підписники
-524 години
+707 днів
+14530 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📝 Grokipedia — Ilon Mask va uning xAI kompaniyasidan yangi onlayn ensiklopediya ℹ️ Ilon Mask uzoq vaqtdan beri “Vikipediyani” “bir tomonlama” ekanligi uchun tanqid qilib keladi va shuning uchun sun’iy intellektga asoslangan o‘z alternativasini taqdim etdi. ✍️ Grokipediyadagi maqolalar foydalanuvchilar tomonidan tahrir qilinmaydi, balki Grok sun’iy intellekt modeli tomonidan yaratiladi va qo‘llab‑quvvatlanadi. Shu bilan birga, Mask Vikipediyani tanqid qilgan bo‘lsa-da, ayrim materiallar aynan undan olingan yoki moslashtirilgan; bunday sahifalarda “Wikipedia’dan moslashtirilgan” degan belgi mavjud. 📊 Hozircha Grokipediya faqat ingliz tilida 885 000 maqolaga ega, Vikipediyada esa taxminan 7 million inglizcha maqola mavjud. Shuningdek, Mask ensiklopediyasida hozircha rasm yo‘q. 💡 Loyiha darhol ishonchlilik va mustaqillik bo‘yicha savollarni keltirib chiqardi: tanqidchilar tahrirlash tizimi shaffof emasligini va ayrim maqolalar bahsli nuqtai nazarlarni aks ettirayotganini ta’kidlashmoqda. ✅ Grokipedia barcha foydalanuvchilar uchun butunlay bepul ochiq, ammo hozircha faqat beta-versiya v0.1 sifatida mavjud. ➡️ #ilonmask #grokipedia | Birinchi raqamli IT-Blog
Показати все...
🔥 8 3👍 3👾 2
🚀 Servercore Toshkentdagi ma’lumotlar markazida bulutli GPU-serverlarini ishga tushirdi. Serverlarda 24 GB xotirali NVIDIA A5000 videokartalar o‘rnatilgan — bu avvalgilardan ikki baravar kuchliroq. Bunday xotira katta AI modellar va ma’lumotlar bilan tez va qulay ishlash imkonini beradi. 🔹 Qayerda ishlatish mumkin: Sun’iy intellekt modellarini o‘qitish va ishlatishda, Ma’lumotlarni tahlil qilish va mashinaviy o‘rganishda, 3D modellashtirish va video tahrirlashda, Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlashda. 🔹 Afzalliklari: Buyurtmadan so‘ng server bir necha daqiqada ishga tayyor bo‘ladi. Faqat foydalanilgan vaqt uchun to‘lov qilinadi. Loyihani kengaytirish uchun qo‘shimcha GPU’larni osongina qo‘shish mumkin. Ma’lumotlar O‘zbekiston qonunlariga muvofiq mahalliy tarzda saqlanadi. 👉 GPU-serverni ijaraga olish: https://srv.cr/s8b1s
Показати все...
star reaction 1🗿 9 4 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
😂 Apple kompaniyasining sobiq xodimi endi “Sam Sung” bo‘lmaslik uchun familiyasini o‘zgartirdi 🇨🇦 Kanadalik Apple sobiq xodimining hikoyasi — brend tarixidagi eng kulgili voqealardan biri bo‘lib qolgan. 2012-yilda internetda Sam Sung nomi yozilgan vizitkasi tarqalganida, internet “Apple’ni sotgan” xodim haqidagi hazillar bilan to‘lib ketdi. Post Reddit’da chaqqonlik bilan virusga aylandi va Sam SungApple hamda Samsung o‘rtasidagi raqobat ramziga aylangan “tasodifiy afsona” bo‘ldi. 🍏 Dastlab Sam nima bo‘layotganini tushunmagan. Ammo Apple voqeadan xabar topgach, vizitkalar tezda yig‘ib olindi va Sam boshqa lavozimga o‘tkazildi. Hamkasblarga bu holatni muhokama qilish taqiqlanib, do‘konga kelgan jurnalistlardan “o‘sha mashhur xodim”ni bezovta qilmaslik so‘ralgan. 💻 “Men qo‘rqib ketgan edim va faqat ish joyimni saqlab qolishni istardim”, — deya eslaydi u. Mijozlarning e’tibori va bitmas-tuganmas savollaridan charchagan Sam 2013-yilda Apple’dan ketgan. Keyin u eski vizitkalari va formasini xayriya auksionida sotib, tushgan mablag‘ni ezgu maqsadlarga yo‘naltirgan. 🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 Oradan vaqt o‘tib, u “memga aylangan” o‘tmishini butunlay ortda qoldirishga qaror qilgan va familiyasini Struan deb o‘zgartirgan — bu uning Shotlandiyadagi sevimli joyi nomi. 📱📱 Hozirda sobiq Sam Sung o‘sha voqeani tabassum bilan eslaydi, lekin tan oladi: agar vaqtni orqaga qaytara olsa, o‘tmishdagi o‘ziga shunday degan bo‘lardi — “sarobni jiddiy qabul qilma, hazil bilan qabul qil.” ➡️ #apple #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
Показати все...
👍 22😁 11 3👾 3
🔥 13-noyabr sanasiga qadar Samarqand global miqyosdagi tadbirga mezbonlik qiladi 🏛 YuNESKO Bosh assambleyasining 42-sessiyasida biz ham ishtirok etish uchun shu yerdamiz. 🌐 Mahalliy va xorijiy jurnalistlar tadbirni muammosiz yoritishi uchun hamma sharoit yetarlicha. Sizlarni qiziqtiradigani esa bu albatta internet tezligi, u 2-skrinda. Wi-fi ham deyarli gigabit tezlikda. Istalgan jurnalist istalganicha foydalanishi uchun yetarlicha kompyuterlar ham bor. Xullas, shu yerdan kanalga yangiliklar tashlab turaman endi shu kunlarda. ➡️ #samarqand #unesco | Birinchi raqamli IT-Blog
Показати все...
🗿 23 7😁 2 1👾 1
📱 OnePlus o‘zining flagman modeli OnePlus 15ni taqdim etdi ℹ️ Yangi model dizayni jihatidan kompakt OnePlus 13Tga yaqinlashgan: to‘g‘ri, mat pardali ramkalar, tekis displey va dumaloq burchakli kvadrat kamera bloki. ⚙️ Ichida esa kutganimizdek Snapdragon 8 Elite Gen 5 chip o‘rnatilgan bo‘lib, u “kosmik sinf” aerogel bilan jihozlangan yangi sovutish tizimi bilan sovutiladi. 🔋 Batareya esa butunlay o‘sdi — 6000 mAh dan 7300 mAh gacha. ✅ Asosiy texnik xususiyatlari: - Displey: 6,78″ 1,5K LTPO OLED, 1-165 Hz - Chipset: Snapdragon 8 Elite Gen 5 - Kameralar: 50 Mp (IMX906, 1/1,56″) + 50 Mpx keng burchak (116°) + 50 Mp telefoto (3,5×) + 32 Mp selfie - Xotira varianti: 12+256 GB, 16+256 GB, 12+512 GB, 16+512 GB, 16+1024 GB - Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0 - Biometriya: displey ostida ultratovushli barmoq izi skaneri, yuzni aniqlash - Suvga chidamlilik: IP66/68/69/69K - Akkumulyator & zaryadlash: 7300 mAh, 120 W simli zaryad, 50 W simsiz zaryad 💵 Narxi: $562 ➡️ #oneplus | Birinchi raqamli IT-Blog
Показати все...
27👍 8❤‍🔥 4🆒 1👾 1
🏃‍♂️ Yuguruvchilar uchun “chit-kod”: Nike tezlik va bardoshlikni oshiruvchi robotlashtirilgan oyoq moduli taqdim etdi ℹ️ Loyiha Dephy robototexnika kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda va Project Amplify deb nomlanadi. 👟 Qurilma boldir va oyoq kiyimiga mahkamlanadi. Uning ichidagi elektromotor oyoqqa qo‘shimcha impuls beradi, bu esa yurish yoki yugurish paytida yuklamani kamaytiradi — xuddi kichik ekzoskeletga o‘xshaydi. Quvvat manbai sifatida akkumulyatorlar ishlatiladi, ular maxsus manjet yordamida oyoqqa o‘rnatiladi. 👟 Bunday gadjetdan professional sportda foydalanish taqiqlanadi. Nike uni ko‘proq havaskor sportchilar uchun mo‘ljallagan — uzoqroq yugurishni, tezroq harakatlanishni yoki uzoq masofani kamroq charchab bosib o‘tishni istaganlar uchun. ⏳ Hozircha Project Amplify sotuvda emas — loyiha hali erta sinov bosqichida. ➡️ #nike | Birinchi raqamli IT-Blog
Показати все...
IMG_7353.MP411.02 MB
14 5👾 5👍 1
black.sci (1).mp41.24 MB
black.sci.mp48.52 KB
🎮 O‘yinchilar maxsus flagmanlar: taqdim etildi — Nubia Red Magic 11 Pro va 11 Pro+ 📱 Yangi smartfonlar, tabiiyki, eng kuchli Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi. 🌬 Qurilmalarda maksimal unumdorlikni ta’minlash uchun ilg‘or sovitish tizimi qo‘llangan: grafit va mis plastinkalar, bug‘ kamerasi hamda takomillashgan ventilyator birgalikda ishlaydi. 11 Pro+ versiyasiga esa suyuq sovitish tizimi ham qo‘shilgan. 🔋 Batareyalar ham ulkan: 11 Pro — 8000 mA·soat, 11 Pro+ 7500 mA·soat. Bu uzoq davom etadigan o‘yin seanslari uchun yetarli. ⚙️ Texnik ma’lumotlar: • Displey: 6,85" 1.5K OLED, 144 Hz, sensor tezligi 360 Hz • Chipset: Snapdragon 8 Elite Gen 5 • Kameralar: 50 MP (f/1.88) + 50 MP ultrakeng + 16 MP selfi (kamerasi ekranning ostida) • Xotira: 12 + 256 GB, 16 + 512 GB / 12 + 256 GB, 16 + 512 GB, 16 + 1024 GB, 24 + 1024 GB • Qulayliklar: sensorli triggerlar, faol sovitish, 3.5 mm audio port • Biometriya: ultratovushli barmoq izi skaneri (ekran ostida) • Suvdan himoya: IPX8 • Batareya va zaryad: 8000 mA·soat – 80 W / 7500 mA·soat – 120 W (simli), 80 W (sim­siz) 💸 Narxi: 11 Pro — $690, 11 Pro+ — $790 ➡️ #nubia | Birinchi raqamli IT-Blog
Показати все...
🔥 34 6👾 3 2🗿 2
ADM STREET ART CHALLENGE: zavod devorlaridagi ilhom asarlari ADM STREET ART CHALLENGE muralchilar tanlovi final ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv muhiti haqiqatan ham samimiy va ilhomlantiruvchi – tabassum, muloqot va ijodiy energiyaga to‘la tarzda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning har biri o‘zini eng ijobiy tomondan namoyon etishdi – ularning barchasi san’at va ijodiy muhit rivojiga hissa qo‘shgan haqiqiy iste’dodli, ijodkor va yorqin shaxslardir. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tanlov nafaqat o‘zini namoyon qilish, balki yangi g‘oyalar bilan tanishish, tajriba almashish va bir-birining yutuqlaridan ilhomlanish imkoniyatiga aylandi. G‘olib va ishtirokchilarga ijodiy yutuqlar, yorqin loyihalar va yangi g‘alabalar tilab qolamiz!
Показати все...
00:25
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🔥 Pixel 10 Pro Fold JerryRigEverything studiyasida sinov vaqtida yonib ketdi ➡️ #google | Birinchi raqamli IT-Blog
Показати все...
IMG_0905.MP419.41 MB
🆒 26 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🚫 Na Samsung, na Honor — endi suratga olish sifati bo‘yicha yagona yetakchi bor 📱 iPhone 17 Pro’ning old kamerasi dunyodagi eng yaxshisi deb topildi — bu haqda nufuzli DxOMark portali xabar berdi. Kvadrat shakldagi yangi sensor nafaqat har qanday holatda foto va video suratga olish imkonini beradi, balki tasvir sifatining yuqori darajasini ham namoyon etadi. 📸 DxOMark sinovlari natijasiga ko‘ra, iPhone 17 Pro 154 ball to‘plagan — bu mutlaq rekord. Taqqoslash uchun, avvalgi yetakchilar — iPhone 16 Pro Max va Honor Magic6 Pro — 151 ball bilan cheklangandi. ℹ️ Yangi kamera bir vaqtning o‘zida besh yo‘nalish bo‘yicha rekord o‘rnatdi: suratga olishda fokus sifati, videoda esa fokus, ekspozitsiya va barqarorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha. 🍏 Shuningdek, oddiy iPhone 17 ham xuddi shu old kamera moduliga ega bo‘lgani uchun, bemalol aytish mumkinki — iPhone 17 liniyasi endi selfi va videoqo‘ng‘iroqlar sifati uchun yangi standartni belgiladi. ➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Показати все...
🗿 26👍 17👎 9 2 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Huawei O‘zbekiston talabalari uchun har yili o‘tkaziladigan ICT Competition 2025–2026 AKT bo‘yicha musobaqasida ishtirok etishga taklif etadi!🤖 Raqamli ko‘nikmalaringizni dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar bilan bir qatorda namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. O‘tgan yili ushbu musobaqa 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 210 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan edi. O‘zbekistonlik talabalar esa Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Xitoyda o‘tkazilgan Global finalda ilk bor qatnashdilar.🌐 Ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 31-oktabrgacha ochiq. Havola orqali o‘ting va global bosqichda o‘zingizni namoyon etish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot oling: https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2025/huawei-ict-competition-2025-2026-registration-launch 👈 👌👌👌 #Huawei приглашает студентов Узбекистана принять участие в ежегодных ИКТ соревнованиях ICT Competition 2025-2026!🤖 Не упустите свой шанс продемонстрировать свои цифровые навыки наряду со студентами из разных уголков мира. Ведь в прошлом году соревнования объединили более 210 000 студентов из более 100 стран и регионов. А студенты из Узбекистана успешно выступили в Региональном этапе соревнований в Саудовской Аравии и дебютировали в Глобальном финале в Китае.🌐 Регистрация открыта до 31 октября 2025г. Проходите по ссылке и узнайте больше о возможностях проявить себя на глобальной арене: https://www.huawei.com/uz/news/uz/2025/huawei-ict-competition-2025-2026-registration-launch 👈 #ICTheFuture #DigitalTalent #DigitalEducation #DigitalUzbekistan
Показати все...
2🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🍏 Endi iPhone 17 Pro’ning qanaqasini olishni bilasiz
Показати все...
😁 69 6👍 4 2👾 2