uk
Feedback
IT specialist

IT specialist

Відкрити в Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
9 692
Підписники
-224 години
-327 днів
-12830 день
Архів дописів
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security 🔐 Kompyuterni dinamik bloklash Agar kompyuteringizga parol o‘rnatib, uni bloklash (WIN + L) xizmatidan foydalansangiz, u holda dinamik bloklash bunga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. Bu Bluetooth-adapteri bilan jihozlangan kompyuterni, unga biriktirilgan qurilma (masalan, smartfon, smart soat yoki braslet) ma’lum masofaga uzoqlashgan taqdirda bloklash imkonini beradi. Boshlanishiga qurilmani kompyuter bilan biriktiring. Bu Параметры (WIN + I) oynasidagi Устройства -> Bluetooth и другие устройства bo‘limida amalga oshiriladi. So‘ngra Параметры oynasidagi Учётные записи -> Варианты входа bo‘limiga o‘ting. Sahifa bo‘ylab pastga qarab, Динамическая блокировка bo‘limiga qadar tushing va Разрешить Windows автоматически блокировать устройство в ваше отсутствие bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating. Tayyor, bu yog‘i amalda kompyuterdan uzoqlashib, bloklanish jarayonini sinash qoladi xolos! 😉 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 6
00:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
IT sohasiga qiziqasizmi va uning sir-asrorlaridan bexabar qolib ketmaslikni xohlaysizmi 😄 Unda IT |FAOL kanaliga obuna bo'ling va quyidagi bepul imkoniyatlardan bepul foydalaning 👇 ⚡️IT va texnologiya sohasidagi eng yangi va muhim yangiliklar ⚡️Dasturlar va texnologiyalarning tahlillari va sharxlari ⚡️Foydali qo'llanmalar,dasturiy ta'minotlar va texnologuik resurslar @it_faoltexnologiya va kompyuter dunyosida sizning ishonchli yo'lboshchingiz
Показати все...
TensorPix - IT FAOL intro(Full HD).mp41.28 MB
👍 3🔥 1👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
School 21 bilan IT sanoatining bir qismiga aylaning 🔥 Kecha: kodlashni o‘rganasiz, maktab tizim ma’muriga yordam berasiz, skriptlarni yozasiz. Bugun: yoqtirmagan ishingizda zerikasiz Ertaga: eng yaxshi IT loyihalarini amalga oshirasiz. «Bugun» va «erta»ning o‘rtasida - School 21. O‘z ko‘nikmalaringiz oshiring, yangi bilimlarni o‘zlashtiring va IT hamjamiyatining bir qismiga aylaning. BEPUL! P. S. Bizda TBC Bank, PayMe, BRB, Truss Global Tas kabi yirik kompaniyalarda haq to‘lanadigan amaliyot mavjud 📲 21-school.uz sayti orqali School 21ga yozilish mumkin. 🗓 Navbatdagi saralash bosqichlarining boshlanishi: — 4-noyabr Samarqand shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi — 4-noyabr Toshkent shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi 👉🏻 Batafsil School 21 Telegram kanalida
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#excel #️⃣ Excel'ning yashirin imkoniyatlari: samaradorlikni oshiruvchi tezkor klaviatura birikmalari 1️⃣. Ctrl + Shift + L — jadval uchun filtrlarni faollashtirish/o‘chirish. 2️⃣. Alt + Enter — Matnni katakcha (yacheyka) ichidagi keyingi satrga o‘tkazadi. 3️⃣. F4 — Formula tarkibidagi muayyan katakcha havolasini nisbiy/aralash/mutlaq ko‘rinishga o‘tkazish (A1 / $A1 yoki A$1 / $A$1). 4️⃣. Ctrl + 1 — Katakchaning formatlash oynasini ekranga chaqirish. 5️⃣. Ctrl + Shift + ; — Joriy vaqtni katakchaga joylashtirish. 6️⃣. Ctrl + Shift + "+" — Yangi satr yoki ustunlarni joylashtirish/qo‘shish. 7️⃣. Ctrl + "-" — Satr yoki ustunlarni o‘chirish. 8️⃣. Ctrl + ` — Jadvaldagi barcha formulalarni aks ettirish. 9️⃣. Ctrl + Shift + U — Formulalar satrini kengaytirish/qisqartirish. 🔟. Ctrl + Tab — Ochilgan Excel oynalari bo‘ylab o‘tish. Yanada ko‘proq foydali tezkor klavishlar birikmalari ushbu havolada! ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 9
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Junior dasturchi bo‘lishdan charchadingizmi? Tezroq Middle darajasigacha o‘sishni xohlaysizmi? Keling va School 21 bilan o‘z karyerangizni oshiring. BEPUL Dasturlashning talabgir yo‘nalishlari va muhim tillarini o‘zlashtirish orqali, siz ikki va hatto uch greydga o‘sishingiz mumkin. Agar anchadan buyon o‘zingizni yangi yo‘nalishda sinab ko‘rishni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, masalan, GameDev, mobil ishlab chiqish yoki mashina tilida o‘rganish — bu bizda haqiqat. School 21da 9 ta dasturlash tilini va mashhur yo‘nalishlarni o‘rganish mumkin. Maktabda haq to‘lanadigan majburiy amaliyot mavjud. Samarqand kampusida esa oylik to‘lovi 100 000 so‘m bo‘lgan yotoqxona mavjud. O‘z qobiliyatingizni yuzaga chiqarish uchun munosib onlarni kutmang - bu vaqt allaqachon keldi. 21-school.uz saytida hozirning o‘zidayoq ariza qoldiring! 🗓 Navbatdagi saralash bosqichlarining boshlanishi: — 30 sentyabr va 4 noyabr kunlari Samarqand shahrida, arizalar muvofiq ravishda 25 sentyabr va 30 oktyabrga qadar qabul qilinadi — 4-noyabr Toshkent shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi 👉🏻 Batafsil School 21 Telegram kanalida
Показати все...
👍 4
00:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#mulohaza_uchun #hardware #texnologiya 🖥 Zamonaviy ekranlar Yaqindagina barchamiz tugmachali telefonlardan foydalanib yurardik, bugun esa monitorlar egiluvchan qilib ishlab chiqarilmoqda... 😯 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
1.mp42.76 MB
👍 10👏 1🤩 1
00:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#word 🔢 Word'da ro‘yxatlar raqamlanishini tekislaymiz Qoida bo‘yicha MS Word'da ro‘yxat raqamlari 10 tagacha satrdan iborat ro‘yxatda chiroyli ko‘rinishi mumkin bo‘lgan dastlabki turgan raqam bo‘yicha tekislanadi. Ikki yoki undan ortiq xonali raqamlar boshlanganida esa, ro‘yxatning ko‘rinishi unchalik qanoatlantirmasligi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun ro‘yxat raqamlanishini o‘ng tomon bo‘yicha tekislash lozim. Buni amalga oshirish uchun bosh menyuning Абзац bo‘limida opsiyalar ro‘yxatini kengaytirish uchun Нумерация tugmasi yonidagi pastga qaratilgan strelka ustiga bosing. Ochilgan oynada Определить новый формат номера'ni tanlang. Выравнивание blokidagi qiymatni По левому краю'dan По правому краю'ga o‘zgartiring. 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:Word'da ro‘yxatlarni tezkor yaratamiz • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
Выравниваем номера списков в Word.mp48.51 MB
👍 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Raqamli texnologiyalar maktabida IT mutaxassisligini bepul egallang School 21 da raqamli sohada tajribasiz ham kuchli IT mutaxassislariga aylanish mumkin. Ta’lim barcha ishtirokchilar bir-biridan o‘rganadigan "tengdosh-tengdoshga" usuli asosida amalga oshiriladi. Natijada, ishtirokchilar IT jamoalari uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni egallaydilar: stressga chidamlilik, vaqtni rejalashtirish va samarali aloqalarni o‘rnatish qobiliyati. Shuningdek, ta’lim jarayonida ta’sirli portfolio to‘playsiz va TBC Bank, PayMe, BRB, Truss Global Tas kabi IT-kompaniyalarda haq to‘lanadigan majburiy tajriba amaliyotini o‘taysiz! Hoziroq 21-school.uz saytiga ariza topshiring. 🗓 Navbatdagi saralash bosqichlarining boshlanishi: — 30 sentyabr va 4 noyabr kunlari Samarqand shahrida, arizalar muvofiq ravishda 25 sentyabr va 30 oktyabrga qadar qabul qilinadi — 4-noyabr Toshkent shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi 👉🏻 Batafsil School 21 Telegram kanalida
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#maslahat #bilasizmi #dasturlash ✍️ Barcha shpargalkalar bitta joyda Turli dasturlash tillari va kutubxonalar bo‘yicha keng qamrovli shpargalkalar to‘plami. Alfavit tartibida guruhlangan. Hatto PDF-fayllar ham mavjud. Kerakli ma’lumotlarni tezkor topish uchun ajoyib manba. 💾 Havolani saqlab qo‘yamiz. 📝 Manba: @bugfeature 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 3
#excel #maslahat 🤼 Matn bilan kurashamiz (yoxud matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazish usullari) 🤼
Samuray tunni 1C qarshisida o‘tkazib,
Ipak savdosi ma’lumotlarini yuklab oldi.
Jangchi chuqur qayg‘u va iztirobda,
Chunki sonlar matn formatida...
Korporativ tizimdan ma’lumotlarni yuklab olib, sonlarni matn formatida ekanligiga ko‘p guvoh bo‘lgandirsiz? Yoki matndan sonni ЛЕВСИМВ, ПРАВСИМВ va ПСТР funksiyalari orqali ajratib olib, son hali ham matnligicha qolganiga guvoh bo‘lgansiz, to‘g‘rimi? Odatda matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazishdan maqsad, ular bilan keyinchalik matematik amallarni bajarishdir. Biroq ba’zan shunday g‘alati holatlar bo‘ladiki, katakdagi sonlarga nisbatan formati Текстовый'dan Числовой'ga o‘tkazilgani bilan, bu besamar bo‘ladi! Quyida esa matn formatida kiritilgan sonlarni sonli ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha top usullarni keltirmoqdamiz: 🥊 1) Asoslar asosi ЗНАЧЕН () funksiyasi. Matnni songa o‘tkazadi. Toza, oddiy va ishchan usul. Yechimi: = ЗНАЧЕН(matnli katak havolasi) 🥊 2) 1 soniga ko‘paytiramiz Matnli qiymatni 1 soniga ko‘paytiramiz, va syurprizni qarangki, matn avtomatik ravishda songa qayta formatlanadi. Yechimi: = matnli katak havolasi * 1 🥊 3) Ikki minus belgisi Matn yoki havola oldidan ikki minus belgisini kiritasiz va ko‘paytirish bilan bo‘lgandagi kabi effekt qaytariladi. Yechimi: = --matnli katak havolasi Matnni qiynamang, uni sonli formatga oson o‘tkazing. 😉 📝 Manba: @helloexcel ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 6
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim 🇬🇧|🇷🇺 Windows'ning ingliz tilida o‘rnatilgan versiyasida dastur va fayllar tarkibidagi ruscha shriftlarni o‘qiladigan qilish Murojaat/savol: Assalomu alaykum, hurmatli adminlar! Menda Windows 7 Ultimate operatsion tizimining inglizcha versiyasi o‘rnatilgan. Biroq bir muammo mavjud, rus dasturchilari tomonidan yaratilgan dasturlarni o‘rnatishga yoki qandaydir rus tilidagi fayllarni ochishga uringanimda, shriftlarning odatiy ko‘rinishidan farqli ravishda, tizim tushunarsiz belgilarni ko‘rsatmoqda. Bunda matn kiritish tillari orasida rus tili mavjud va ruscha harflarni kiritish bilan bog‘liq muammo yo‘q. Elektron pochta orqali keluvchi xatlarning o‘qilishida ham hammasi joyida. Yuqorida keltirilgan muammoni qanday bartaraf etish borasida biror yo‘l-yo‘rig‘i bo‘lsa, iltimos ulashsangiz, oldindan rahmat! Javob: Vaalaykum assalom, muammoingizni tushundik va quyidagi ketma-ketlik bo‘ylab o‘tib, tizimni o‘zingiz uchun sozlab olishingizni tavsiya etamiz (buning uchun sizda tizimdan administrator sifatida foydalanish huquqi bo‘lishi lozim): 1️⃣. Start (Пуск) menyusini oching va unda Control Panel (Панель управления)'ni ishga tushiring (WIN+R → control → ENTER). 2️⃣. Viewed by: Category (Просмотр: Категория) ro‘yxatini ochib (oynaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan) → Small icons (Мелкие значки)'ga o‘zgartiriladi. 3️⃣. Control Panel (Панель управления) oynasida Region and Language (Язык и региональные стандарты) bandiga o‘ting. 4️⃣. Ochilgan muloqot oynasining (👇🏻 post ostidagi rasmda keltirilgan) Administrative (Дополнительно) varaqa (вкладка)siga o‘ting va Language for non-Unicode programs (Язык программ, не поддерживающих Юникод) bo‘limida Change system locale... (Изменить язык системы...) tugmasi ustiga bosib, ochilgan oynachadagi ro‘yxatdan Russian (Russia) (Русский (Россия))'ni tanlang. 5️⃣. Kiritilgan sozlamadan so‘ng tizimni qayta yuklash so‘raladi, bunga rozilik berasiz va muammoingiz hal bo‘lganini tekshirish uchun biror fayl yoki dasturni ochib tekshirasiz. E’tiboringiz uchun rahmat, bergan tavsiyamiz sizga foydali bo‘ldi, degan umiddamiz. 📌 P.S.: Post ostida biriktirilgan rasmdagi Region muloqot oynasi Windows 10 Pro operatsion tizimiga tegishli, yuqorida keltirilgan tavsiya Windows 8, 8.1 va 10 uchun ham o‘rinli. ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 7
Repost from IT specialist
#excel ↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma) Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi. Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz: 1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring. 2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting. 3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT + F11 4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) F5 Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor! 📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish. Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞. 📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉). ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Диққат! Танловда иштирок этинг ва қимматбаҳо совғаларни қўлга киритинг! “Трастбанк” хусусий акциядорлик банки “C7 Security” билан биргаликда CTF, яъни киберхавфсизлик бўйича мусобақа ташкил этмоқда. У икки босқичда ўтказилади. Онлайн тарзда бўлиб ўтадиган биринчи босқичдан муваффақиятли ўтган энг яхши 20 нафар мутахассис мусобақанинг ёпиқ оффлайн босқичида иштирок этиш имкониятига эга бўлади. Илк босқич жорий йил 24 август куни соат 12:00 дан 20:00 гача бўлган даврда онлайн тарзда ўтказилади. Унда иштирок этиш бепул. Ўзбекистондаги барча киберхавфсизлик бўйича мутахассислар қатнашишлари мумкин. Ғолибларга қимматбаҳо совғалар топшириш билан бир қаторда “Трастбанк” ХАБда фаолият юритиш таклифи ҳам берилади. Телефон:1287 +99877 477-47-89 Рўйхатдан ўтиш учун: https://forms.gle/WU17CdC5aPKxJSYB7 Каналга уланинг: @trustbankuz
Показати все...
👍 4
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim 🔑 Windows 8.1, 10, 11'ni tezkor aktivatsiya qilish Windows 8.1, 10 yoki 11'ni aktivatsiya qilish uchun KMS-aktivatorlar yoki tarkibida virusli fayllar bilan kelish ehtimolligi yuqori bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlarni yuklab olish shart emas. Microsoft tomonidan taqdim etiluvchi ko‘p marotaba o‘rnatiluvchi kalitlardan foydalanib aktivatsiyani Командная строка'da bir daqiqa mobaynida amalga oshirish mumkin. Saytga o‘ting va o‘zingizdagi Windows versiyasi (WIN + RwinverENTER) uchun kalitni nusxalab oling. Командная строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring va quyidagi buyruqlarni ketma-ket bajaring: • slmgr /ipk SAYTDAN_OLINGAN_KALIT slmgr /skms kms.digiboy.ir slmgr /ato ❗️Buyruq satrini administrator nomidan ishga tushirish uchun Пуск (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка(“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора(“Run as administrator”) menyu bandini tanlang. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Mini KMS Activator Ultimate dasturi Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud? Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash Aktivatsiya mavzusiga oid postlar Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi? Аntivirus va viruslarga oid postlar • Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz. • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 2
Repost from TgId: 1766253314
UEnter dasturlash va raqamli texnologiyalar bo‘yicha bepul kurslarga navbatdagi qabul boshlanganligini e’lon qiladi. O'qitish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: - 3D texnologiyalari; - Raqamli lazer texnologiyalari; - Python tilida dasturlash; - Java tilida dasturlash; - Arduino bilan ishlash; - UX/UI dizayni. Kurs jadvali bilan tanishish. Ariza yuborish. Kurslar "KLab Uzbekistan" loyihasi doirasida tashkil qilinadi. ___ UEnter объявляет очередной набор на бесплатные курсы по программированию и цифровым технологиям. Обучение будет проводиться по следующим направлениям: - 3D технологии; - Цифровые лазерные технологии; - Программирование на Python; - Программирование на Java; - Работа с Arduino; - UX/UI дизайн. Ознакомиться с графиком курсов. Записаться на курс. Курсы организуются в рамках проекта "KLab Uzbekistan". @uenteruz Telegram | Instagram | Facebook | Website
Показати все...
👍 2
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #internet ⌨️ Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish Bunda bizga 10 ta barmoqni butunlay qo‘llagan holda klaviaturaga qaramasdan matn kiritish usulini o‘zlashtirish imkonini beruvchi — Ratatype xizmati yordam berishi mumkin. Bu qanday ishlaydi: o‘z matn kiritish tezligingizni aniqlab olish uchun siz dastlab testdan o‘tasiz. U yakunlanganidan so‘ng siz tasniflanasiz va ko‘nikmangizni tasdiqlovchi sertifikatni olasiz. Keyingi qadamda ro‘yxatdan o‘tish, mos keluvchi kursni tanlash va ko‘nikmani shakllantirish uchun uning bosqichlaridan muntazam ravishda o‘tib borish talab etiladi. 📝 Manba: @iteach_tb ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Onlayn klaviatura trenajyorlari Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer) • Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
School 21 raqamli texnologiyalar maktabi, TBC Bank va payme: O‘zbekiston IT-sohasini rivojlantirishning yangi bosqichi Samarqand shahrida School 21, TBC bank va payme o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlar yangi avlod IT-mutaxassislarini tayyorlash uchun oʻz kuchlarini birlashtirmoqda. TBC Bank bosh direktori Davron Odilxoʻjaev IT-mutaxassislarini sifatli oʻqitish dolzarbligini bildirdi. School 21 boshqaruv direktori Zarina Luxmonova esa o‘quvchilar katta potentsialga ega ekanligini va ular top fintex jamoalarida amaliyot o‘tashini ta’kidladi.
Показати все...
👍 2
Repost from IT specialist
#excel Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari 📊 Shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование”) vositalari ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilishda aniqlikni ta’minlashga, tanqidiy muammolarni aniqlashga, shablon va tendensiyalarni aniqlashga yordam beradi. 📋 Ushbu vositaning barcha imkoniyatlari esa quyidagi maqolamizda keltirilgan. 📎 Namuna uchun faylni yuklab olish. ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston uchun hamyonbop serverlar Servercore bulutli provayderi O'zbekistondagi server va ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi negizida hamyonbop serverlarni ishga tushirdi. Ular kichik biznes va startaplar, shuningdek har qanday PET-loyihalari uchun javob beradi. Ularning yordami bilan siz veb-saytlar va ilovalarning xostingini tashkil qilishingiz, zaxira nusxalarini saqlashingiz va ta‘lim loyihalarini ishga tushirishingiz mumkin. Asosiy afzalliklari: — O'rnatish to'lovisiz 2 ta tarif rejasi — bir kun yoki bir oy uchun — narxi kuniga 84 433 so‘m yoki oyiga 1 490 000 so‘m — 2 daqiqadan boshlab tez ishga tushirish — 100 Mbit/s cheksiz trafik narxga kiritilgan
Показати все...
Repost from IT specialist
#powerpoint Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋 Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas. KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI F1 – Dastur ma’lumotnomasi CTRL + N – Yangi taqdimotni yaratish CTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish CTRL + C – Slayddan nusxa olish CTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirish CTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish CTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilish CTRL + S – Slaydni saqlash ESC – Slaydlar namoyishini yakunlash CTRL + D – Obyektning nusxasini yaratish CTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlash CTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish CTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalash CTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash CTRL + K – Giperhavola qo‘shish CTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llash CTRL + W – Hujjatni yopish CTRL + O – Hujjatni ochish CTRL + P – Hujjatni chop etish TAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish CTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish CTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirish CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish CTRL + F – Izlash CTRL + H – Izlash va almashtirish F4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlash F12 – … sifatida saqlash CTRL + F5 – Onlayn taqdimot MATNNI FORMATLASH CTRL + B – qalin shrift CTRL + I – kursiv shrift CTRL + U – ostiga chizilgan shrift F2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash CTRL + [ – shriftni kichraytirish CTRL + ] – shriftni kattalashtirish CTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash CTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash CTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirish CTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish CTRL + A – Barchasini belgilash ALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeks ALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeks F7 – Imloni tekshirish CTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish CTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish CTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish CTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish SHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish SLAYDLAR NAMOYISHI F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash SHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA N – keyingi slaydga o‘tish P – oldingi slaydga o‘tish B – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish W – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish CTRL + P – Ruchkani tanlash CTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlash CTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz: Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari • Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показати все...
👍 3