IT specialist
Відкрити в Telegram
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
Показати більше2025 рік у цифрах

9 694
Підписники
-524 години
-307 днів
-12930 день
Архів дописів
Repost from KOMPYUTER AKADEMIYASI
00:57
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
3A4920F45FB5D602EB697FBEFC5D19B3_video_dashinit.mp42.56 MB
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat
Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida 🗑
Faraz qilaylik siz yaqinda Windows operatsion tizimini qayta o‘rnatdingiz. Tabiiyki, operatsion tizim ishga tushganidan so‘ng, kompyuterning ichki qurilmalari uchun drayverlar va ish jarayonida kerak bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar va tizim uchun yordamchi dasturlar qo‘shimcha tarzda o‘rnatiladi.
Ba’zi bir drayverlar hamda dasturiy ta’minotlar o‘rnatiluvchi .EXE faylining ichida hajmi kichraytirilgan holda keladi va o‘ziga kerak bo‘ladigan fayl va papkalarni Temp papkalariga ajratib oladi. Shu bilan birga, ba’zi dasturiy ta’minotlar o‘rnatib bo‘linganidan so‘ng, ushbu vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘chirib tashlaydi, ba’zilari esa yo‘q. Vaqt o‘tib asta-sekin C diskining hajmi noma’lum sabablarga ko‘ra to‘lib qolganiga hayron ham qolamiz.
👉🏻 Batafsil…
📌 C diskining asta-sekin to‘lib borishining asosiy sababchilardan biri hisoblangan: C diskidagi Users papkasidagi joriy foydalanuvchiga tegishli Рабочий стол, Мои документы, Загрузки, Изображения, Мои видеозаписи va Моя музыка kabi papkalarni D diskiga mohirona o‘tkazish haqidagi ushbu maqolamizni ham albatta o‘qib ko‘ring!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Repost from IT specialist
#excel
🧮 Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
Ushbu sodda, ammo foydali funksiyalar turli xil masalalarning yechimi uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Keltirilgan funksiyalardan istalganini qo‘llab ko‘rish uchun, natija chiqarilishi lozim bo‘lgan yacheykaga tenglik belgisini kiriting. So‘ngra formulaning nomlanishini kiriting (masalan, МИН yoki МАКС), yumaloq qavslarni oching va zaruriy argumentlarni kiriting. Siz xatoga yo‘l qo‘ymasligingiz uchun Excel sintaksisni eslatib turadi.
Argumentlar deb funksiya ishlaydigan ma’lumotlarga aytiladi. Ularni qo‘shish uchun kerakli yacheykalarni belgilash yoki zaruriy qiymatlarni qavs ichiga qo‘lda kiritish talab etiladi.
Argumentlarni ko‘rsatishning muqobil usuli ham mavjud. Funksiya nomlanishidan keyin bo‘sh qavslar qo‘shilsa va “Вставить функцию” (fx) tugmasi bosilsa, qo‘shimcha ko‘rsatmalari bilan kiritish oynasi paydo bo‘ladi. Agar sizga qulay bo‘lsa, unda ma’lumotlarni kiritishda ushbu usuldan ham foydalanishingiz mumkin.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#learn_english_with_software #smartfon #android
🇬🇧 iTranslate — onlayn tarjimon va lug‘at bo‘lib, sayohatlar va boshqa turli holatlarda do‘stingiz bo‘lishi mumkin. Dunyo bo‘ylab odamlar bilan turli tillarda muloqot qilish va matnlarni tarjima qilish uchun ushbu ilovadan foydalanish qulay va osondir.
Pro-versiya.
📎 iTranslate v5.12 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Mavzuga doir mobil ilovalar:
• Duolingo
• Drops
• Memrise
• Busuu
• HelloTalk
• Полиглот 16/32 va boshqalar
• English LinDuo
• Rosetta Stone
• English Galaxy
• Lingvist
• IELTS Test
• English Level Checker
• English Tenses
• English Grammar in Use
• 4 pics 1 word
• Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
• Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#excel
Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin? 🌬
Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.
Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).
📍
Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.
Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области'ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#smartfon #android #dasturlash
📱⌨️ Mimo — rus yoki ingliz tiliga qalaysiz, agar til borasida muammoingiz bo‘lmasa, u holda ushbu mobil ilova bilan dasturlashni o‘rganish endi yanada oson va qulay!
⏱ Kuniga atigi 5 daqiqa vaqt ajratish orqali siz kod yozishni, ilovalar, o‘yinlar, saytlar yaratish va boshqa ko‘plab narsalarni o‘rganishingiz mumkin.
✅ HTML, CSS, JavaScript, SQL, Python, Kotlin, Swift va boshqa dasturlash tillarini 0 dan o‘zlashtiring! (Pochta manzili yoki Facebook-akkaunt orqali ro‘yxatdan o‘tish maqsadga muvofiq).
Pro-versiya.
📎 Mimo Pro v3.121 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• SoloLearn mobil ilovasi
• Основы HTML и CSS mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#operatsion_tizim
Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi? 🖥📈
1️⃣. “Мой компьютер” belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
2️⃣. Ochilgan kontekstli menyudan “Свойства”ni tanlang.
3️⃣. Oynaning chap tomonida keltirilgan “Дополнительные параметры системы” bandiga murojaat eting.
4️⃣. “Быстродействие” bo‘limi tarkibidagi “Параметры” tugmasini bosing.
5️⃣. “Параметры быстродействия” oynasida “Обеспечить наилучшее быстродействие” bandini tanlang.
6️⃣. Dastlab “Применить”, so‘ngra “OK” tugmalarini bosing.
🚫 “Обеспечить наилучшее быстродействие” bandini tanlash orqali Windows 10’ning barcha animatsiyalari faolsizlantiriladi.
📍Tizimdan foydalanish juda noodatiy bo‘lib qolmasligi uchun, “эффекты разворачивания и сворачивания” kabi ba’zi funksiyalarni faol holatda qoldirish mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
• Windows'da bajarilayotgan jarayon uchun prioritet belgilash
• Windows 10 bo‘yicha maslahatlar: har kunlik qo‘llaniluvchi vazifalarni tezroq va qulayroq bajaramiz!
• Windows 10'ni tezkor ishga tushirish
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
• Kompyuterning to‘liq qotib qolishi
• Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish
• Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
00:13
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
okbkRlRhEInY5jZDgRedIQf2DQD3ogBL0NgSnA.mp41.99 MB
Repost from IT specialist
#maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi
🙋🏻♂️🙋🏻♀️ Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:
💻 Kompyuter dasturlari:
01. Straighforward Macmillan Beginner;
02. Straighforward Macmillan Elementary;
03. Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;
04. Straighforward Macmillan Intermediate;
05. Straighforward Macmillan Upper Intermediate;
06. Straighforward Macmillan Advanced;
07. Basic Grammar in Use, Third Edition;
08. Cambridge Advanced Learners Dictionary;
09. ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at);
10. WordWeb 10.02 Free (x86/x64);
11. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.
📱Mobil ilovalar:
01. Duolingo;
02. Drops;
03. Memrise;
04. Busuu;
05. HelloTalk;
06. Полиглот 16/32 va boshqalar;
07. English LinDuo;
08. Rosetta Stone;
09. English Galaxy;
10. Lingvist;
11. IELTS Test;
12. English Level Checker;
13. English Tenses;
14. English Grammar in Use;
15. 4 pics 1 word;
16. Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar;
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:
• Xorijiy tillarni o'rganishga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar;
• CV nima? + Namuna;
• Kompyuterni yaxshi o'rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?
• Dasturlashni o'rganish uchun ingliz tilini bilish kerakmi?
• Udemy - onlayn taʼlim platformasi;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar;
• List of English & IELTS Channels to follow;
• Top 10 onlayn lug‘atlar;
• Interactive glossaries;
• Uz-En, En-Uz lug‘at;
• O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
• Filmdan parchani topish va yuklab olish;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak;
• Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
• Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
• Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
• Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
• Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
• Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
• Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
• Bu shunchaki imtihon!
• Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
• Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
• Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
• Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
• “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
• IELTS va TOEFL nima farqi bor?
• Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
• Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?
• Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film
🤝 Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi
📍Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!” 😉
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaФото недоступнеДивитись в Telegram
2023-yilda dasturchilar o'rtacha 500 dollardan pul topishadi! 🤓
25-oktabr kuni Toshkentda PROWEB o'quv markazida OCHIQ DARS o‘tkazadi, unda siz dasturchi kasbi va talabga ega sohaning istiqbollari haqida bilib olasiz.
— Dasturlash nima;
— Istiqbol va imkoniyatlar;
— Dasturchilarning maoshi;
— Aniq misollar;
— Kurs dasturi.
📆 Sana: 25-oktabr
🕑 Vaqt: 12:30 | 15:00 | 17:00 | 19:00
📥 Yozilish: @proweb_info_bot
Repost from IT specialist
#excel
↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)
Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.
Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:
1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.
2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.
3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi:
ALT + F11
4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) → F5 → Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz → O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi → Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!
📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.
Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.
📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#bilasizmi #operatsion_tizim #hardware
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? ⌨️😣
Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.
Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?
• Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;
• ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;
• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;
• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;
• CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;
• Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;
• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;
• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;
• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.
🤝 @featureuz blogi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
📌 P.S.:
Kompyuteringiz qanday konfiguratsiyada bo‘lishidan qat’i nazar, u dastlab ishga tushirilgan payt ham imkon qadam uning “nafasini rostlab olishiga”, ya’ni barcha kerakli dasturlarni yuklab olishiga 2-3 daqiqa vaqt berish kerak.
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan buyruqlar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#excel #maslahat
↔️ “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!
Jadval sarlavhasi yuqorisidagi yacheykalarning birlashtirilishi odatda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi:
• bunday jadvalga filtr o‘rnatishda u birlashtirilgan diapazondan faqat eng chap ustunning qiymatlarini ko‘rsatadi;
• sarlavhada birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo‘lsa, ustunlarni kesish va ularni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi;
• ustunlarda har doim ham chegara ustiga ikki marta bosish orqali avtomatik kenglikni tayinlab bo‘lmaydi.
Jadvalning funksionalligini yo‘qotmasdan, uning sarlavhasini qanday qilib chiroyli qilish mumkin?
— 1-qadam
“Birlashtirilishi” lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz (bu xuddi birlashtirilgan kabi ko‘rinsa-da, aslini olganda unday bo‘lmaydi).
— 2-qadam
Формат ячеек
(CTRL + 1) muloqot oynasining Выравнивание varaqasidagi по горизонтали: sohasida по центру выделения variantini tanlaymiz.
OK'ni bosamiz. Endi vizual ravishda sarlavha birlashtirilgandek ko‘rinadi, lekin barcha yacheykalar butunligini va ularga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha funksionalni o‘zida saqlab qoladi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaФото недоступнеДивитись в Telegram
Dunyodagi eng kuchli dasturlash tilini professional bilan o'rganing!
🐍 Python - o'rganish uchun oson til bo'lib, dasturlash sohasiga endi kirib kelayotgan boshlovchilar uchun ko'p imkoniyatlarni taqdim etadi.
✅Ushbu dasturlash tili orqali yaratilgan dasturlarni deyarli barcha sohada uchratish mumkin. Avtomobilsozlikdan tortib tibbiyotgacha barcha dasturiy ta'minotlarda Pythondan keng foydalanishadi.
Python:
👩💻 O'rganish oson;
🌐 Ko'p sohalarda ishlata olish;
🔹 Yuqori talabga ega dasturlash tili hisoblanadi.
Siz ham Python tilida mahoratli dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? Unday bo'lsa biz bilan bog'laning 🦾
Python dasturlash tili kursiga qabul boshlandi.
📲 Bog'lanish:
Telefon: +(998) 94 612 1444
Support: @oscaredu
Repost from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Microsoft Office bo'yicha bepul dars va dasturlarga havolalar:
• Microsoft Word dasturi bo'yicha boshlang'ich kurs
• Microsoft Excel dasturi bo'yicha boshlang'ich kurs
• Microsoft PowerPoint dasturi bo'yicha boshlang'ich kurs
• "Excel - formula ustasi" kursi
• Excel dasturiga bag'ishlangan bot: @ExcelDarsBot
💾 Microsoft Office dasturlari
#⃣ Bulardan tashqari kanalimizdan kerakli dastur boʻyicha turli maʼlumotlarni tegishli heshteglar orqali ham topishingiz mumkin:
• Word > #word
• Excel > #excel
• PowerPoint > #ppt yoki #powerpoint
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Repost from IT specialist
#word
🧾 Word'da jadvallarni birlashtirish
Jadvallarni birlashtirish uchun shunchaki ularning orasini ajratib turuvchi barcha belgi/simvollarni o‘chirish yetarlidir.
Agar jadval, misol uchun, boshqa sahifada joylashgan bo‘lsa — shunchaki uni almashinish buferiga kesib oling (Вырезать,
CTRL + X), kursorni kerakli jadvalning ostiga o‘rnating va boshqa sahifadan kesib olingan ikkinchi qismini joylashtiring (Вставить, CTRL + V).
Bunday holatda, agar birlashtirilayotgan jadvallar bir xil miqdordagi ustunlarga ega bo‘lsa, ikkinchi jadvalning kengligi birinchisiga moslashtiriladi.
📝 Manba: @hacks_office
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
• Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#operatsion_tizim #word #excel #powerpoint
⌨️ Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
•
CTRL + C – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini almashinish buferiga vaqtinchalik nusxalash.
• CTRL + X – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini (odatda boshqa biror joyda qo‘llash uchun) almashinish buferiga vaqtinchalik qirqib olish.
• CTRL + V – almashinish buferiga nusxalab yoki qirqib olingan biror obyektni biror joyda qo‘llash/joylashtirish.
• CTRL + N – Проводник dasturiga tegishli oynalarda, joriy oynaning alohida nusxasini ochish / qolgan amaliy dasturlarda yangi hujjatni yaratish;
• CTRL + S – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatni diskka saqlash uchun qo‘llaniladi;
• F12 – MS Office amaliy dasturlarida Сохранить как... funksiyasini chaqirish uchun qo‘llaniladi (bunda hujjatni boshqa nom bilan saqlash yoki shunchaki saqlash joyini o‘zgartirish mumkin);
• CTRL + W | CTRL + F4 – MS Office amaliy dasturlari (va boshqa aksariyat dasturlarda) joriy ochilgan hujjatni yopish (dasturning o‘zi yopilmaydi) / Проводник dasturiga tegishli oynalarni yopish uchun qo‘llaniladi (ALT + F4 kabi).
• CTRL + Y – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi bekor qilingan harakatni qaytarish;
• CTRL + Z – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi amalga oshirilgan harakatni bekor qilish;
• CTRL + HOME – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning boshiga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining boshiga o‘tish.
• CTRL + END – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning oxiriga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining oxiriga o‘tish.
• WIN + E – Проводник (Explorer) dasturi oynasini chaqirish (Windows 7'da "Мой компьютер" oynasidagi disklarni ko‘rsatadi, Windows 10'da esa "Быстрый доступ" oynasini chaqiradi, bu esa biroz noqulay, buni Windows 7'dagi kabi ochilishini sozlash uchun maqola).
• WIN + D – ishchi stol (Рабочий стол)ga tezkor o‘tish uchun barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish, yoki barcha oynalarni yana o‘z joyiga tiklash/qaytarish.
• WIN + HOME – faol turgan oynadan boshqa barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)га tushiradi. Qayta bosilganida barcha oynalar yana o‘z joyiga, ya'ni faol turgan oynaning ortiga qaytadi.
• ALT + TAB – ochilib turgan oynalar bo‘ylab o‘tishga imkon beradi. ALT klavishini bosib, ushlab turgan holda bir necha marotaba TAB klavishi bosiladi, kerakli oynaning tasviri ustiga kelgan paytda klavishlar qo‘yib yuboriladi.
📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija00:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya #smartfon
Sizda ham ba’zida qo‘lingizni yuqoriga qaratib smartfonda u-bu nima kuzatganingdizda, tushib ketib yuzingizni mayib qilganmi? 📱😣
Yapon ixtirochisi bu uchun ilg‘or yechim o‘ylab topdi. Qurilma yotgan holda telefoniga “yopishib qolishni” xush ko‘ruvchi har bir foydalanuvchida bo‘lishi shartdir! 😉
Bozorlarimizda qachon paydo bo‘larkan endi bu matax?! 🤔
ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
E6QvCpaTvNzYPgZX.mp43.56 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#smartfon #android
🗂 Total Commander — это менеджер для быстрой и удобной работы с файлами и папками со встроенным архиватором. Android 6.0+.
📎 Total Commander v3.23 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• ES File Explorer mobil ilovasi
• Total Commander kompyuter dasturi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#bilasizmi #mulohaza_uchun #hardware
Dastlabki qattiq disk (1973-yil) ikkita 30 MB'lik modullardan iborat bo‘lib, 30-30 deb nomlangan, bu Winchester miltig‘i uchun foydalanilgan 30-30 patroni belgilanishiga o‘xshash bo‘lgan – shuning uchun ushbu disklar vinchesterlar deb atala boshlagan.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
