UzReport.news
Відкрити в Telegram
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Показати більше2025 рік у цифрах

26 304
Підписники
-1324 години
-1187 днів
-59930 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Avstraliya Bosh vaziri qurol qonunlarini kuchaytirmoqchi
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanesening so'zlariga ko'ra, xususiy mulkdagi qurollar soni cheklanishi va litsenziyalar vaqti-vaqti bilan qayta tekshirilishi kerak. O'zgarishlar Milliy Vazirlar Mahkamasiga muhokama uchun taqdim etiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/avstraliya-bosh-vaziri-qurol-qonunlarini-kuchaytirmoqchi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Jidda–Toshkent reysi bortdagi tibbiy holat sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Ma’lum qilinishicha, parvoz davomida yoshi katta ayol yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan. Ekipaj — havo kemasi komandiri Degtev Roman Olegovich va ikkinchi uchuvchi Smirnov Yegor Denisovich tezkor qaror qabul qilib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yaqin aeroportga qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyotga shifokorlar brigadasi chaqirilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jidda-toshkent-reysi-bortdagi-tibbiy-holat-sabab-bahraynga-qo-nishga-majbur-bo-ldi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
02:52
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Joriy etilgan tartibni buzgan dorixonalarga chora ko‘riladi
10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilib, unga ko‘ra 15 ta tuman va shaharlardagi barcha tibbiyot tashkilotlarida elektron retsept rasmiylashtiriladigan bo‘ldi. Bemorlarga tayinlangan dori vositalari to‘g‘risidagi maʼlumot, ya‘ni xalqaro patentlanmagan yoki original dori nomi, kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi elektron retseptga bevosita shifokor tomonidan kiritiladi hamda elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlanadi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Joriy_etilgan_tartibni_buzgan_ dorixonalarga_chora_ko‘riladi.mp47.26 MB
❤ 1👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Elektron retsept” tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tunu kun ishlaydigan 1003 qisqa raqamli “Call-markaz” faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar u orqali “Elektron retsept” tizimi bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha maslahat va tushuntirishlar olish imkoniga ega.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/elektron-retsept-tizimini-joriy-etish-masalalari-muhokama-qilindi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Vitkoff Zelenskiy bilan uchrashuvda erishilgan yutuqlarni e'lon qildi
Berlinda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda harbiy harakatlarga chek qo'yish borasida "sezilarli yutuqlarga" erishildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/vitkoff-zelenskiy-bilan-uchrashuvda-erishilgan-yutuqlarni-elon-qildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezident Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari – O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik yo'lladi
"Sizlar ulkan azmu shijoatingiz, bukilmas iroda va intilishingiz bilan Osiyoning milliy sporti jadal rivojlanayotgan Eron, Yaponiya, Tailand, Indoneziya kabi davlatlari jamoalarini ham ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldingiz", deyiladi tabrikda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-yoshlar-o-rtasida-v-paraosiyo-o-yinlari-g-oliblari-o-zbekiston-sport-delegatsiya
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 37❤ 3
01:05
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
Jahon banki O‘zbekistonga 250 mln dollar kredit ajratadi.mp43.99 MB
👎 3❤ 2👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Konservativ partiya Chili prezidentlik saylovlarida g'alaba qozondi
O'ng qanot Respublika partiyasidan Xose Antonio partiyasi Chili prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g'alaba qozondi. U yuz minglab noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishga va'da berdi va Pinochetdan keyingi birinchi o'ng qanot prezident bo'ladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/konservativ-partiya-chili-prezidentlik-saylovlarida-galaba-qozondi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida birinchilikni qo‘lga kiritgan parasportchilar tantanali kutib olindi
BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi vatanimizga qaytib keldi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/v-yoshlar-para-osiyo-o-yinlarida-birinchilikni-qo-lga-kiritgan-parasportchilar-tantanali-k
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 26❤ 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
AQSH universitetidagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
AQSHning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan fojiali otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzoqov halok bo‘lgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili maʼlum qilib, marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/aqsh-universitetidagi-otishmada-o-zbekistonlik-talaba-halok-bo-ldi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😱 7❤ 6👎 2
02:35
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Toshkentda «avtomoyka»da qoldirilgan Malibu olib qochildi
Egasi yuvish uchun qoldirgan Malibu’ni avtomobil yuvish shoxobchasi xodimi olib qochib ketgan. U ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qo‘lga olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Мои видео.mp422.27 MB
❤ 3😱 1
03:50
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Yalpi majlisda davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi yutuq va muammolar muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vaziri Akbar Toshqulovning Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy holatlar kelib chiqishining oldini olish hamda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. Taʼkidlanishicha, bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 770 dan ortiq, davlat xizmatlari markazlari orqali esa 500 dan ortiq xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Shu yilning 9 oyida ushbu markazlar tomonidan 19,7 milliondan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yalpi_majlisda_davlat_xizmatlarini_ko‘rsatishdagi_yutuq_va_muammolar.mp47.70 MB
❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $17 mlrddan oshdi
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida transchegaraviy pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga $17,3 mlrd miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushdi. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 25% yoki $3,5 mlrdga ko‘p.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/o-zbekistonga-xorijdan-pul-o-tkazmalari-hajmi-17-mlrddan-oshdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 7❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Abduraim Hamidov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Butun hayoti va mehnat faoliyatini qishloq xo‘jaligi sohasi taraqqiyotiga bag‘ishlagan taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Abduraim Hamidov shu yil 10-dekabr kuni 82 yoshida vafot etdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-shavkat-mirziyoyev-akademik-abdulla-ubaydullayev-vafoti-munosabati-bilan-hamdard
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 28👍 10😢 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
180 dan ortiq noqonuniy muhojirlar Belarusdan Polshaga yer osti tunneli orqali kirishgan
Mamlakat chegara xizmati xabar berishicha, 180 dan ortiq noqonuniy muhojirlar Belarusdan Polshaga yer osti tunneli orqali kirishgan. Bu Polsha chegarachilari tomonidan 2025-yilda aniqlangan to'rtinchi tunneldir.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/180-dan-ortiq-noqonuniy-muhojirlar-belarusdan-polshaga-yer-osti-tunneli-orqali-kirishgan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
01:46
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
video_2025-12-13_11-54-31.mp467.37 MB
👍 57🔥 11❤ 2
00:55
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Qibray tumanida issiqxonalarni gazlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Toshkent viloyatida issiqxona xo‘jaliklarining energiya samaradorligi va ekologik xavfsizligini oshirish bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda. Jumladan, Maxsus komissiya tomonidan Qibray tumanidagi issiqxonalarning joriy faoliyati o‘rganilib, mavjud isitish tizimlari, uskunalarning texnik holati, energiya iste‘moli hajmlari, shuningdek, ekologik talablarga rioya etilishi ko‘rib chiqildi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Qibray_tumanida_issiqxonalarni_gazlashtirish_jarayonlari_o‘rganildi.mp43.49 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi
Respublikada chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20 mlrd so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik uchun jami 231 mingta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Shundan so‘ng, abonentlarga mavjud qarzdorlikni bartaraf etish uchun besh kun muddat berilgan va ushbu davrda 9 mlrddan ortiq to‘lovlar amalga oshirilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/chiqindi-xizmatidan-qarzdor-205-mingga-yaqin-abonentning-elektr-to-loviga-vaqtincha-cheklo
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 6👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Vitkoff Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan uchrashadi
Stiven Vitkoff shu hafta oxiri Berlinda Ukraina, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchilari bilan uchrashadi. Oq uy ilgari agar muzokaralar "vaqt sarflashga arziydigan bo'lsa", o'z vakilini yuborishini e'lon qilgan edi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/vitkoff-zelenskiy-va-yevropa-yetakchilari-bilan-uchrashadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
05:33
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Yil sarhisobi: Maktabgacha va maktab ta‘limi tizimida qanday ishlar amalga oshirildi?
Ma‘lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 8–10 yilda maktabgacha ta‘lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga, oliy o‘quv yurtlariga kirish o‘rtacha balli 69,8 dan 80,9 ballga ko‘tarilgan. Yangi turdagi maktabgacha ta‘lim tashkilotlarini tizimga kirib kelishi natijasida davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlar soni 8 barobarga oshib, 38 mingtani tashkil etmoqda.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yil_sarhisobi_Maktabgacha_va_maktab_ta‘limi_tizimida_qanday_ishlar.mp414.02 MB
❤ 2
