Kun.uz | Rasmiy kanal
Відкрити в Telegram
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
Показати більше2025 рік у цифрах

80 264
Підписники
-3424 години
-1107 днів
-1 23930 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Boylar “o‘yini” yoxud oshkora kamsitish: maktablarda urfga kirayotgan “Sekret Santa” odamlarga qanday ta’sir qilyapti?
Bu o‘yin maktab o‘quvchilaridan tortib, talabalar, jamoalar orasida ham urfga aylanmoqda. Uning tarixi va o‘yin bilan bog‘liq holatlar haqida bilasizmi?
👉 https://kun.uz/21927783
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 19👍 10❤ 8😐 6😁 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qo‘lbola bombalar va o‘q otish maydonidagi mashg‘ulotlar. Politsiya Bondi-Bichdagi hujum tafsilotlarini ochiqladi
Yangi sud hujjatlariga ko‘ra, Bondi-Bichda otishma uyushtirishda gumonlanayotgan shaxslar o‘t ochishdan oldin odamlarga qarata portlovchi qurilmalar uloqtirgan, biroq ular ishlamagan. Shuningdek, ular hujumdan bir necha hafta oldin o‘q otishni mashq qilishgan.
👉 https://kun.uz/42587096
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 14😐 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin
«Gazprombank» iqtisodiy prognozlash markaziga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan gaz olish hajmini 3 milliarddan 12 milliard kub metrgacha oshirishi kutilmoqda.
👉 https://kun.uz/56065024
Kun.uz rasmiy kanali
😁 38👍 20🤯 12❤ 8😐 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Vens: Ukraina baribir Donbassni boy berishini tushunib turibdi
Shu bilan birga, AQSh vitse-prezidenti Rossiya Donbassni to‘liq bosib olishi uchun bir yil yoki undan ko‘proq vaqt ketishini aytgan.
👉 https://kun.uz/65941658
Kun.uz rasmiy kanali
😐 12👍 10🤯 7❤ 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Eko-stiker rangi hududga mos kelmasa haydovchi jazolanadi
Eko-stiker rangi mos kelmaydigan hududga kirilganda haydovchilarga tegishli tartibda jarimalar qo‘llanadi.
👉 https://kun.uz/95351057
Kun.uz rasmiy kanali
😁 34🤯 17❤ 8👍 5
00:55
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ukraina razvedkasi Lipetskda ikki qiruvchi yoqib yuborilganini ma’lum qildi
Ukraina razvedka boshqarmasi Su-27 samolyotlari diversant orqali yo‘q qilingani va ularning umumiy qiymati 100 million dollarga borishini ma’lum qilgan.
👉 https://kun.uz/78605711
Kun.uz rasmiy kanali
аэродром - 720WebShareName.mp49.19 MB
🔥 30❤ 17👍 14🤯 7
01:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
«Bu meni dahshatga soldi». Putin Imomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
Rossiya prezidenti Qobiljonning o‘ldirilishida aybdor bo‘lganlar jazolanishiga va’da bergan.
👉 https://kun.uz/07422054
Kun.uz rasmiy kanali
Встреча_Владимира_Путина_с_Президентом_Таджикистана_Эмомали_Рахмоном.mp48.51 MB
😭 66😐 19❤ 18👍 17👏 5🤯 4🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Credit House” ishi bo‘yicha sud boshlanmoqda
Joriy yil 25 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi yakunlanayotgan yilning eng yirik firibgarlik ishini ko‘rib chiqa boshlaydi. Sud majlislari jadvalidan ko‘rinishicha, jabrlanuvchilar soni 1 766 nafarni tashkil etadi.
👉 https://kun.uz/39269926
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 17👍 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Semenyo – qishki transferlardagi asosiy aktiv. U qaysi klubga o‘tadi?
Yanvarning ilk kunlari Angliya matbuotida Antuan Semenyo yangiliklarning asosiy qahramoniga aylanishi kutilmoqda. APLning «Manchester Siti», «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Tottenhem» kabi top-klublari «Bornmut» vingeri uchun raqobatga kirishgan.
👉 https://kun.uz/26132176
Kun.uz rasmiy kanali
😁 8❤ 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
Sankt-Peterburg shahridagi uchrashuvda joriy yildagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
👉 https://kun.uz/24563110
Kun.uz rasmiy kanali
👍 116🔥 29❤ 23👏 18😐 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
YouTube monetizatsiyasi. O‘zbekiston uchun cheklovlar olib tashlanishiga nimalar to‘sqinlik qilyapti?
AQSh elchisi Jonatan Xenikning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda YouTube uchun monetizatsiyaning cheklanganicha qolayotganiga bir qator tartibga soluvchi va texnik omillar ta’sir qilyapti. Bunga shaxsiy ma’lumotlarni saqlashga doir qoidalar, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, to‘lov tizimlarini tartibga solish hamda tilni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq talablar kiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar YouTube monetizatsiyasi ochilsa, o‘zbekistonliklar daromadi yiliga 50 mln dollargacha oshishi mumkin.
👉 https://kun.uz/72833348
Kun.uz rasmiy kanali
👍 39❤ 18👏 7😭 4
07:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Putinning «katta rejalari», yangi aviatashuvchi qurishni boshlagan Fransiya va G‘arbiy sohilda yana noqonuniy posyolkalar – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/55532317
Kun.uz rasmiy kanali
Фабрика форматов22.12.XD.mp449.66 MB
❤ 12😁 1🤯 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yangi yil arafasi biroz quruq va iliq o‘tadi
Dekabrning o‘tayotgan ikki xaftaligidagi tinimsiz yog‘ingarchilik va yuqori namgarchilikdan so‘ng tabiat biroz dam oladi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
❤ 10😁 8🤯 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Avtomobillardan biri yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab, xavfsizlik choralariga amal qilmasdan, chap tomonga qayrilib yuborgan. Shu yo‘nalishda ortdan kelayotgan boshqa avtomobil esa unga kelib urilgan.
👉 https://kun.uz/30612269
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 13🤯 5😭 4😁 2👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hafta davomida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
23–26 dekabr kunlari ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari –3…+2 bo‘ladi, kunduzi asta-sekin +5…+10 darajagacha ko‘tariladi.
👉 https://kun.uz/73818717
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 12
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Rossiya maslahat uchrashuvlariga qo‘shiladimi? | "Geosiyosat"
Rasmiy Moskva Markaziy Osiyo yetakchilarining maslahat uchrashuvlari formatiga qo'shilishni ko'rib chiqmoqda. Bundan 20 yil oldin, Rossiyaning Markaziy Osiyo hamdo'stligi tashkilotiga a'zo bo'lishi tashkilotning intihosi bilan tugagan edi. O'tgan hafta mintaqa yetakchilari Yaponiyada bo'lib qaytdi. Bundan tashqari, Putinning yillik matbuot anjumanidagi bayonotlari ham xalqaro hamjamiyat diqqat markazida turibdi.
Global maydondagi dolzarb mavzular – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturi muhokamasida.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
❤ 25😐 11🤯 4😭 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Moskva janubida avtomobil portlatildi
RF qurolli kuchlari Bosh shtabi operativ tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Fanil Sarvarov halok bo‘lgan.
👉 https://kun.uz/76379392
Kun.uz rasmiy kanali
👏 45🔥 10😁 7😭 7❤ 4👍 4😐 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
«Barsa» qishki chempion, «MY» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
Yakshanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
📹 👉 https://kun.uz/96009310
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 8😁 1🤯 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Andijonda bozor rastasi quladi: tadbirkorlardan biri jarohat oldi
Xo‘jaobod tumanida kiyim-kechak bozorida savdo rastasi qulagani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazildi. Tuman hokimligiga ko‘ra, hodisa 21 dekabr kuni soat 11:00 atrofida sodir bo‘lgan va bir kishi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
👉 https://kun.uz/52482647
Kun.uz rasmiy kanali
😭 19❤ 9🤯 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda ulushli qurilish (uy-joyni qurilish jarayonida ulush asosida sotish) tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda. Muhokamaga qo‘yilgan loyihada developerlar uchun qo‘shimcha talab va cheklovlar joriy etish, ulushdorlarning puli hamda huquqlarini himoya qilishga qaratilgan kafolat mexanizmlarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
👉 https://kun.uz/63307535
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 11👍 4👏 1
