uk
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

Відкрити в Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
130 669
Підписники
-13524 години
-1 0747 днів
-3 36730 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi. ❓Stipendiyalar qaysi taʻlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi? “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi: bakalavriatda — 3-4 yilga qadar; magistratura (ordinatura) — 1-2 yilga qadar; doktorantura (aspirantura) — 3-4 yilga qadar. ❗️Boshqaruv kengashi qarori bilan: ayrim rivojlangan davlatlar taʼlim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari tayyorlov kursi va bakalavriatda oʻqishning umumiy muddati 4 yildan oshmasligi sharti bilan Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Asos: https://lex.uz/ru/docs/-7520218#-7524372 Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показати все...
4👍 2
Erasmus+ I2-PLEDGE loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda Tadbir Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi. Anjumanda Yevropa Ittifoqi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Gretsiya, Italiya, Germaniya va O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etmoqda. Konferensiya davomida ekspertlar tomonidan loyihaning amalga oshirilgan natijalari, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, biotibbiyot muhandisligi bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish, xalqaro tajriba almashinuvi hamda kelgusidagi barqaror hamkorlik istiqbollari yuzasidan taqdimot va muhokamalar o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
👍 10😁 3 2🔥 2👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Diqqat_tanlov ⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qiladi! “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilinadi. Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi. Tanlovga oid maʼlumotlar 📎veb-sayt orqali eʼlon qilib boriladi. Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Показати все...
17👍 4🤩 2
01:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasidan
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
9.40 MB
9👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qo‘qon davlat universitetida “UniverNews” onlayn axborot dasturi ishga tushirildi Qo‘qon davlat universiteti axborot xizmati tomonidan yangi medialoyiha – “UniverNews” informatsion dasturi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda universitet hayotiga oid so‘nggi yangiliklar, tadbirlar, intervyular va qiziqarli suhbatlarni onlayn tarzda 24/7 formatida kuzatib borish imkoniyati yaratildi. Mazkur loyiha orqali talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilik universitetning rasmiy Telegram va YouTube sahifalari orqali dastur efirini bevosita tomosha qilishlari mumkin: Telegram: https://t.me/Kokand_SU YouTube: https://youtube.com/live/jJTT8iBm9OM?feature=share
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
13👍 5😁 1
Jizzax davlat pedagogika universitetida pedagoglar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi Jizzax davlat pedagogika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Uzoqboy Begimqulov ishtirok etdi. Seminar davomida pedagoglar va ta’lim muassasalari rahbarlari uchun uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish, yangi metodik yondashuvlarni joriy etish hamda tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning samarali usullari muhokama qilindi. Shuningdek, universitetda professor-o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy mahoratini oshirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
🔥 11👍 10 8😁 1😱 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📢 4️⃣4️⃣4️⃣ Joriy yil 27–28-noyabr kunlari Toshkent shahrida oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, xalqaro hamkorlik va ilmiy nashrlar mavzusiga bag‘ishlangan ikki yirik xalqaro tadbir o‘tkaziladi: 🟢Erasmus+ Milliy ekspertlar jamoasining (HEREs) yillik xalqaro konferensiyasi“O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” mavzusida; 🟢Yillik ilmiy-ta’lim forumi“Ilmiy axborotdan foydalanish va nashr faolligi” mavzusida. Tadbirlar oliy ta’lim tizimida tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda Erasmus+ dasturi doirasida raqobatbardosh loyiha takliflarini ishlab chiqishga qaratiladi. Sana: 27–28-noyabr 2025-yil Joy: Sarbon universiteti, Toshkent shahri Format: oflayn va onlayn (O‘zbekiston viloyatlari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun) Rasmiy tillar: o‘zbek, ingliz, rus Asosiy yo‘nalishlar: ✔️Oliy ta’limda raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalar; ✔️Bolonya jarayoni va xalqaro hamkorlik; ✔️Erasmus+ dasturlari doirasida mintaqaviy loyihalar; ✔️Ilmiy nashrlar, bibliometrika va universitetlar reytingi; ✔️Kutubxonalarning zamonaviy axborot xizmatlaridagi o‘rni. Qo‘shimcha ma’lumot: Tadbir materiallari “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”, “INFOLIB” va “KUTUBXONA.UZ jurnallarida chop etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/Unddhxxsj9f4GdEt7 So‘nggi muddat: 20-noyabr 2025-yil Batafsil 👈 🔁 English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
👍 6 4
Namangan kasbiy ta’lim tizimi vakillari Germaniyada tajriba almashdilar Namangan viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi va texnikum rahbarlaridan iborat delegatsiya 2025-yil 10–12-noyabr kunlari Germaniyaning Leypsig shahriga xizmat safari uyushtirdi. Tashrifdan maqsad — Germaniyaning “Zentrum für Aus-und Weiterbildung Leipzig GmbH” (“ZAW-Leipzig”) markazi bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimini Namanganda joriy etish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishishdir. Safar davomida delegatsiya a’zolari ZAW-Leipzig markazidagi elektrotexnika, metallarga ishlov berish va gastronomiya (oshpazlik) yo‘nalishlarida tashkil etilgan o‘quv-amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, markaz rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Tashrif doirasida Leypsig shahridagi Savdo-sanoat palatasi, “Siemens Energy” va “Amazon BBG” korxonalariga ham borilib, dual ta’lim asosida yaratilgan sharoitlar hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish jarayonlari o‘rganildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
👍 7 1👏 1
Repost from TgId: 1445427429
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟦🟦🟦 🟦🟦 Hurmatli talabalar, abituriyentlar va o‘qituvchilar! 📚 Sizni Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlariga taklif qilamiz! 😎 Imtihonlarda yuqori natijalarga erishish uchun ayni imkoniyat — bilimlaringizni Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida sinab ko‘ring va puxta tayyorgarlik qiling! 🏢 2025-yil 3-dekabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha navbatdagi repetitsion test sinovlari o‘tkaziladi: Umumta’lim fanlari: ➕ matematika 🧑‍🔬 kimyo 🌎 geografiya Chet tillari: 🇺🇸 ingliz tili 🇸🇦 arab tili 🇹🇷 turk tili 🇩🇪 nemis tili 📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 🗓 Ro‘yxatga olish muddati - 25-noyabr soat 24:00 ga qadar ➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ ❗️ Joylar soni cheklangan! Shuning uchun imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 🤖 NATIJA BOT ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
Показати все...
16
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Toshkent shahrida bo‘lajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. — В преддверии седьмой Консультативной встречи глав государств Центральной Азии в Ташкенте опубликована статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Центральная Азия на пороге новой эпохи". Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
👍 14 5🔥 1
“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi Qashqadaryoda start oldi Ayni damda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining dzyudo turi bo‘yicha respublika final bosqichi qizg‘in tarzda davom etmoqda. Musobaqani viloyat boshqarma boshliqlari va mas’ul vakillar tantanali ravishda ochib berdi. Unda 11 ta jamoa, jami 200 nafarga yaqin ishtirokchi tatami ustida o‘z kuchini sinovdan o‘tkazmoqda. Sportchilar har bir g‘alaba uchun bor mahoratini ishga solmoqda. Dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi 14-noyabrgacha Shahrisabz shahrida davom etadi. #Sport #Barkamol_avlod #Dzyudo #Final
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
16👍 6🔥 1
O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi ta’lim forumi markaziy va xorijiy OAV nigohidaUzDaily.uz — O‘zbekiston va Xitoy ta’lim vazirlari Samarqandda hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qildilar; ➖ Yuz.uz — O‘zbekiston va Xitoy kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda; ➖ UzA — Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi; ➖ Yuz.uz — Узбекистан и Китай углубляют сотрудничество в сфере образования, науки и инноваций; ➖ Zamon.uz — Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi; ➖ UzA — O‘zbekiston va Xitoy yana bir sohada aloqalarni mustahkamlamoqda; ➖ UzA — Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xitoyning yetakchi universiteti bilan hamkorlik qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
1.mp450.25 MB
Китай_и_Узбекистан_объединяют_усилия_для_подготовки_кадров_нового.mp433.94 MB
03___11_OZBEK_XITOY_FORUMI.mp4129.55 MB
Poytaxtru.mp430.91 MB
Poytaxt_01.mp426.00 MB
Poytaxtuz.mp426.30 MB
3.mp449.41 MB
9👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bitiruvchilar bandligini taʼminlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat bilan bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishiga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, endilikda: 🔹 bitiruvchilar va ularni ishga olgan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtiriladi; 🔹 “Kelajakka qadam” dasturi tijorat banklari oʻrtasida kengaytiriladi; 🔹 oliy taʼlim dasturlariga biznes koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan fanlar kiritiladi; 🔹 bitiruvchilar bandligini monitoring qilish tartibi yangilanadi; 🔹 bitiruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap va innovatsion loyihalar grant mablagʻlari orqali qoʻllab-quvvatlanadi. Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratilib, u vakolatli tijorat banklari oʻrtasida taqsimlanadi. Ushbu mablagʻ bitiruvchilar amaliyotini moliyalashtirish, startap va innovatsion loyihalarga grantlar berish hamda tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun yoʻnaltiriladi. Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 7 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan, 5 milliard soʻmgacha bo‘lgan kreditlar taqdim etiladi. Har bir milliard soʻmlik kredit uchun tadbirkor kamida bitta bitiruvchini ishga qabul qilishi shart etib belgilangan. Shuningdek, talabalarning amaliyoti xarajatlarini moliyalashtirish uchun oliy taʼlim muassasasi, ish beruvchi va talaba oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Zaruratga koʻra, talabalar xorijdagi qisqa muddatli kurslarda ishtirok etish imkoniyatiga ham ega boʻladi. Qarorda “Kelajakka qadam” dasturida ishtirok etuvchi sakkizta tijorat banki roʻyxati va mablagʻ taqsimoti ham tasdiqlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
14👍 3
02:00
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#fan_biznes #innovatsion_gʻoya Professor yangi avlod qurilish materiali — keramika blok xomashyosini taqdim etdi Jizzax politexnika universiteti professori Baxtiyor Sobirov energiya tejamkor va ekologik xavfsiz qurilish materialini — yangi turdagi keramika blok xomashyosini ishlab chiqdi. Mazkur innovatsion xomashyo yengil, g‘ovakli, issiqlik va sovuqlikni o‘tkazmaydi, yonmaydi, chirimaydi hamda turli bakteriya va mikroblarga bardoshliligi bilan ajralib turadi. Bu loyiha haqida videolavhada batafsil ma’lumot beriladi. Mazkur ishlanma “O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari” loyihasi doirasida ilgari surilgan. 🔗 Boshqa innovatsion g‘oyalar taqdimoti — bu yerda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
1.asasas.mp47.93 MB
14👍 9
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston “Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qildi “Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “O‘zbekiston — oliy ta’limda global hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi” sarlavhali maqolasi chop etildi. 👉 Maqolani o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
15👍 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilik_yangiliklari ⚡️Prezident tomonidan Qonun (O‘RQ–1094-son, 11.11.2025-yil) imzolandi Qonun bilan Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
12👍 6
Toshkentda “E-TechExpo-2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda “O‘zekspomarkaz” majmuasida o‘tkazilayotgan “E-TechExpo-2025” xalqaro ko‘rgazmasida Innovatsion rivojlanish agentligi pavilyoni tashkil etilib, 20 dan ortiq startap va tijoratlashtirish loyihalari namoyish etildi. 11-noyabr kuni tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, elektrotexnika va robototexnika sohasidagi startap loyihalar, tijoratlashtirish ishlanmalari va Yoshlar akademiyasi a’zolarining loyihalari bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘rgazma doirasida 1,7 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi. Unda 500 dan ortiq innovatsion ishlanmalar, ilg‘or texnologik yechimlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yangi mahsulotlari namoyish qilindi. #E_TechExpo_2025
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
👍 11 8🤔 2🔥 1
#Fan_olimpiadasi #Xorijiy_tillar Xorijiy tillar fan olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon va arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarga omad tilab, olimpiada tartibi va jarayoni bilan tanishtirdilar. Olimpiada davomida talabalar o‘z bilim va mahoratlarini test, yozma ish, tarjima va suhbat bosqichlarida sinovdan o‘tkazadilar. Mazkur tanlov til o‘rganuvchi yoshlarning tafakkurini kengaytirish va ularning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
👍 8 5
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida xavfsizlik va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi muhokama qilindi 11-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda vazirlik markaziy apparati rahbar xodimlari, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda hududiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi va kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holati tanqidiy tahlil qilindi. Vazir ta’lim muassasalari rahbarlari va tyutorlarning har bir talaba bilan ishlash, ijara uylarida yashovchi yoshlarning holidan muntazam xabardor bo‘lish zarurligini ta’kidladi. Ularning yong‘in va sanitariya xavfsizligi talablariga muvofiqligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish belgilandi. Yig‘ilishda, shuningdek, ta’lim tashkilotlarida issiqlik tizimlarining uzluksiz ishlashi, kasbiy ta’lim muassasalarida qozonxona jihozlarini yangilash va ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, oliy ta’lim tashkilotlari moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ish haqi, stipendiya va shartnoma to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
18👍 7🤔 2🔥 1
Yashil energiya texnologiyalari va dual ta’lim markazi ochildi 10-noyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘ka fotoelektr stansiyasida Toshkent davlat texnika universiteti va “China Datang” korporatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan Yashil energiya texnologiyalari va dual ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz faoliyati “tarmoq – korxona – oliygoh” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilib, talabalarga ishlab chiqarish jarayonida amaliy bilim va tajriba orttirish imkonini yaratadi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda tomonlar ilmiy loyihalar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar. #Dual_taʼlim #ochilish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
👍 13 10