Edu.uz
Відкрити в Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Показати більше2025 рік у цифрах

130 837
Підписники
-13524 години
-1 1407 днів
-3 41530 день
Архів дописів
Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi bilan ikki tomonlama ilmiy hamkorlikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilindi
2025-yil 4-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Yaponiyaga amaliy tashrifi doirasida Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi (JST) vitse-prezidenti Shigeo Morimoto bilan uchrashuv oʻtkazdi. Suhbat chogʻida ikki mamlakat oʻrtasida fan, texnologiya, innovatsiyalar, oliy hamda kasbiy taʼlim sohalaridagi hamkorlikning hozirgi yoʻnalishlari va istiqboldagi imkoniyatlari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108392
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 9❤ 3😁 1
Repost from TgId: 1445427429
Фото недоступнеДивитись в Telegram
💧✒️
🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!
✳️ Hurmatli talabgorlar!
🇺🇸 Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🗓 iTEP imtihoni kuni: 16-dekabr
📍 Imtihon endilikda 9 ta viloyatlarda o‘tkaziladi
🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
USTIGA BOSING
💻 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 12-dekabrgacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.
📩 Ro‘yxatdan o‘tish:
➡️ https://registration.ilmiymarkaz.uz
💰 Imtihon narxi: 1 657 000 so‘m
📊 Natijalar: 2 (ikki) ish kun ichida e'lon qilinadi.
🎓 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!
📚 iTEP diagnostik test: 👉 https://www.iteptest.com/preview
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 10👍 3
Seulda “Global Sun'iy intellekt iste’dodlari va ta’lim forumi 2025" boʻlib oʻtdi
4-dekabr kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida nufuzli “Global Sun'iy intellekt iste’dodlari va ta’lim forumi 2025" (2025 Global AI Talent & Education Forum) boʻlib oʻtdi. Tadbirda dunyoning yetakchi kompaniya va tashkilotlari, vazirliklar, davlat idoralari, ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi ham forumda faol qatnashdi.
Forumning “Milliy strategiyalar va global taʼlim hamkorligi: Sunʼiy intellekt kadrlari tayyorlash uchun global strategiyalar va hamkorlik tarmogʻi” nomli panel sessiyasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov soʻzga chiqdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108321
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 13❤ 6
03:48
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlar tufayli Yangi O‘zbekiston energetikasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
119.42 MB
❤ 7👍 2
Repost from Rasmiy xabarlar I Официальные новости
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.
📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
❤ 7👍 3
Markaziy tashkilotlar
Vazirliklar
Hokimliklar
Qo‘mitalar
Agentliklar
Inspeksiyalar
Markazlar
Boshqa tashkilotlar
Aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalar
Banklar va sug‘urta kompaniyalari
Uyushmalar
Sport federatsiyalari
Oʻzbekiston va Yaponiya munosabatlari yangi bosqichda
4-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Yaponiyaning Taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Fukuda Kaoru bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Markaziy Osiyo — Yaponiya formatida oʻtkaziladigan yigʻilish doirasida memorandum imzolash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108222
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 9👍 3
02:04
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Qiziqarli g‘oya yoki tashabbusingiz bormi?
Unda “Kelajak uchun” forumida ishtirok eting!
Eng ilg‘or tashabbuslar rag‘batlantiriladi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
➡️ Batafsil: kelajakuchun.gov.uz
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Kelajak.mp424.71 MB
❤ 5👍 2🤔 1
01:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Kasbiy ta’lim mutaxassislari Xitoyda malaka oshirmoqda
⛩️ Xitoyning Anhuy suv xo‘jaligi va gidroenergetika texnika kolleji taklifiga binoan 1–8-dekabr kunlari “Yangi energiya transport vositalari” yo‘nalishida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Ushbu kurslarda O‘zbekistonning Andijon, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi texnikumlarning jami 14 nafar mutaxassisi malaka oshirmoqda.
🖇️ Shuningdek, dasturda “BYD Uzbekistan” zavodidan 6 nafar mutaxassis ham ushbu kurslarda qatnashmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Anhui_2_tel.mp421.07 MB
❤ 8👍 4
Namangan davlat texnika universiteti talabalaridan iborat “Yoʻl posboni” guruhi harakat xavfsizligini taʼminlashda kirishdi
Universitetning Transport fakulteti yuqori bosqich talabalaridan iborat 75 nafar yigit-qiz tanlab olinib, ularga “Yoʻl posboni” guvohnomalari va maxsus kiyim-boshlar topshirildi.
Namangan viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan yoʻriqnoma va mashgʻulotlardan soʻng ushbu talabalar viloyat yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlashga kirishdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
6.mp429.30 MB
❤ 20
O‘zbekistonlik talabalar farmatsevtika bo‘yicha xalqaro olimpiadada 1-o‘rinni egallashdi
Xalqaro olimpiada joriy yil 27–28-noyabr kunlari Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Olimpiada Osiyo Fanlar akademiyasi akademigi, Xalqaro fanlar akademiyasining Ozarbayjon bo‘limi akademigi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Bayan Sagindikova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.
Unda Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya universitetlaridan kelgan talabalardan iborat 9 ta jamoa ishtirok etib, ularning ichida Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalaridan iborat jamoa 1-o‘rinni egalladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108149
#xalqaro_olimpiada #natija
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 12👍 5👏 3😁 2
Repost from TgId: 1297184524
O‘zbek tili sertifikati bo‘yicha aprobatsiya imtihoni o‘tkazildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda uni xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda.
Davlatimiz rahbari soha mas’ullari oldiga o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasi bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish vazifasini qoʻygan edi.
Ayni shu kunlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonining baholash mezonlari, topshiriqlar formati masalalari, umuman, imtihon uchun ishlab chiqilgan “Uzbek language proficiency test” – “Oʻzbek tili bo‘yicha bilim darajasi testi” platformasining ishlash mexanizmini tekshirib ko‘rish maqsadida aprobatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda.
Imtihon xalqaro CEFR mezonlari asosida 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalarini qamrab olgan holda elektron shaklda tashkil etildi. Aprobatsiya jarayonida jami 379 nafar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etdi.
Natijalar tahliliga ko‘ra, imtihon topshiriqlari mazmuni va formati, baholash mezonlari, imtihon davomiyligi hamda platforma funksional imkoniyatlari qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi.
Tilshunoslar, soha mutaxassislari, ziyolilar, pedagoglardan oʻz takliflarini bildirishi, jarayonda faol ishtirok etishini kutamiz. Buning uchun (95) 515-68-68 raqamlari yoki Agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin.
@hilola_umarova
❤ 28
00:33
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Konstitutsiya_33
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-bob 33-modda
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1204(1).mp437.68 MB
❤ 10👍 6🔥 1
#dayjest #korrupsiya
Oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda
🔵O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; 🔵Buxoro davlat texnika universiteti; 🔵Qarshi davlat texnika universiteti; 🔵Urganch davlat universiteti; 🔵Samarqand davlat tibbiyot universiteti; 🔵Toshkent arxitektura-qurilish universiteti; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; 🔵Buxoro davlat pedagogika instituti; 🔵Guliston davlat universiteti; 🔵Termiz iqtisodiyot va servis universiteti; 🔵Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti; 🔵Buxoro davlat universiteti; 🔵Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti; 🔵Andijon davlat tibbiyot instituti; 🔵Jizzax politexnika instituti; 🔵Samarqand davlat pedagogika instituti; 🔵Samarqand iqtisodiyot va servis instituti; 🔵Osiyo texnologiyalar universiteti; 🔵Navoiy innovatsiyalar universiteti; 🔵Samarqand davlat chet tillar instituti; 🔵Toshkent farmasevtika instituti.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_1822.MP413.76 MB
IMG_1819.MP442.08 MB
IMG_1820.MP459.83 MB
IMG_1823.MP42.50 MB
❤ 8👍 2🔥 1
Repost from TgId: 1445427429
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⭕️⭕️⭕️
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi va “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan TOEFL IBT xalqaro imtihon kunlari belgilandi:
🖥 Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences) ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
➡️ TOEFL iBT - xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatidan joy olgan.
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallar va yo‘riqnomalar bilan tanishish www.ets.org sayti orqali amalga oshiriladi.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 8👍 3
01:09
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ikki kun oldin Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlab, 29 nafar odam jarohat olgan edi. Bugun Prezidentimiz Sirdaryoga tashrifi doirasida shifoxonaga kelib, ulardan xabar oldi, yaqinlari bilan suhbatlashdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bolnitsiya_tg.mp475.09 MB
👏 19👍 10❤ 4😁 1
00:57
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Ogohlik
Is gazidan zaharlanishni oldining olish uchun nimalar qilish kerak?Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
is gazi_uzb_tg_Bilasizmi_.mp45.00 MB
❤ 10👍 5🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
💨 Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi
“Kelajak uchun” forumi istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni. Undan asosiy maqsad soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlashdir.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil14 iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘tkaziladi. Buning uchun mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizim yo‘lga qo‘yildi, kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi ishga tushirildi.
Muhokamalarda eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar “Top-50” va “Top-10” tarzida saralanadi.
G‘olib deb topilgan 10 ta eng ilg‘or tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi. Yakunda ma’qullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Forumda qatnashib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z taklifingizni yo‘llang! Aynan Sizning tashabbusingiz g‘olib deb topilishi mumkin.
“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumida ishtirok etish uchun kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi yoki QR-kod orqali havolaga o‘ting.
📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71-203-03-08 (ichki raqam 197, 109)
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 8❤ 5😁 1
YUNESKO va Yevropa Ittifoqi koʻmagi bilan kasbiy taʼlim boʻyicha Samarqand viloyati hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti ochildi
2025-yil 3-dekabr kuni Samarqand shahrida YUNESKO va Yevropa Ittifoqi koʻmagi bilan modernizatsiya qilingan Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti huzuridagi Samarqand viloyat hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqi, YUNESKO, Kasbiy taʼlim agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Samarqand viloyati hokimligi vakillari loyiha doirasida taʼmirlangan binolar, oʻqituvchilar malakasini oshirish xonalari va zamonaviy jihozlar bilan yaqindan tanishdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107775
#kasbiy_taʼlim #xalqaro_hamkorlik
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 11👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
EʼLON!
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi.
Tadbir joriy yilning 11-dekabr sanasida soat 11:00da vazirlikning maʼmuriy binosida boʻlib o‘tadi.
Tadbir davomida vazirlik faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xavflarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
🗺 Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet koʻchasi 7-uy. Moʻljal: “Beruniy” metro bekati.
#KorrupsiyasizSoha #OchiqEshiklarKuni
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 8👍 3
Yaponiyada Oʻzbekiston bilan taʼlim va ilm-fandagi strategik sheriklikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilinmoqda
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Yaponiyada xizmat safari bilan boʻlib turibdi. Safar doirasida Yaponiyaning yetakchi universitetlari va taʼlim muassasalari rahbarlari, shuningdek, JICAning yuqori darajadagi mutasaddilari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107776
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 14👍 7😁 2😱 1
