uk
Feedback
Sanjar Xo‘ja

Sanjar Xo‘ja

Відкрити в Telegram

HAYOT - MUSOBAQA MAYDONI EMAS... Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
12 757
Підписники
-124 години
-487 днів
-26230 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
star reaction 4👍 140 64🔥 15😁 5
Vaynlar mavzusi kitobxon odam bo‘libdi. Uning fikrlari, aytgan gaplari tanqid qilinsa to‘g‘ri edi. U odamning tana harakatlari, o‘zini tutishi kulgu qilinishi ayanchli. Agar shunchalik bir odamni kulgu qilishni xohlasa, plastik operatsiyalar orqali borgan sari Maykl Jeksonga o‘xshab ketayotgan missioner opa bor. Yarashmagan qiliqlar bilan yugurib yuribdi. Marhamat, uni ham parodiya qilaoladimi? @sanjar_xoja
Показати все...
👍 336😁 81🔥 40🤔 33 21😢 9
Turkiyada yuk tashuvchi mashinalarga qiziq gaplar yozish odati bor. Uch kun oldin shu gapni o‘qidim: "Kimgadir dard bo‘lgan narsa boshqalar uchun ne'mat". Bugun shuni misolini ko‘rdim. Qo‘shnim hayot qiyin bo‘lib ketganini aytib dardini yordi: "200 kvadrat metrli bir uyimni ijaraga berganman. Pulini ololmayapman. Boshqa bir uyim to‘rt oy bo‘sh turdi. O‘zim yashayotgan uydan boshqa 4ta uyni sotib yubormoqchiman. Charchab ketdim..." Bu qo‘shnimni oilasidagi har bir kishida alohida mashina bor. Yaxshiyam u mavzuda dardlashishga ulgurmay xayrlashdik. "Boshqalar ne'mat deb orzu qilgan narsalar kim uchundir dard"! @sanjar_xoja
Показати все...
👍 331😁 138🔥 39 20😢 17🤔 3🤨 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Youtubedagi kanalda siz uchun yangi video: https://youtu.be/XZCsTFB05LY?si=JSYX0xqZgfV6t0ha @sanjar_xoja
Показати все...
star reaction 50👍 172 26🔥 20🤨 2
00:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
8.95 MB
👍 99😁 26🔥 10😢 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Xotinidan shappat yegan Makron... Yevropa Ittifoqini boshqaradigan ikki davlat bor. Biri Germaniya, ikkinchisi Fransiya. Fransiya BMTda ham kuchli davlat. Ana shu davlatning Prezidenti videosini ko‘rgandirsiz. Bu voqeaga bog‘liq ba'zi gaplarni yozaman. Odamlarga baxtli ko‘rinayotgan, eri yo xotini ko‘z-ko‘z qilayotganlar ko‘p. "Erim xafa qilgandi, yarashish uchun bir pochka pul berdi", "xotinim ikkinchi xotinga sovchilikka bordi" deb quloqqa tepib video qilayotganlar ham bor. Ularning ko‘pchiligi kamera yoqilganda shunday. Kamera o‘chganida Makronga o‘xshash voqealar bo‘ladi. Anaqa... Asosiysi, Prezidentlar orasida xotinidan shappat yeydigan faqat Makron emas! Erkaklar huquqini himoya qilish tashkiloti qag‘ga qarayapti?!😉 @sanjar_xoja
Показати все...
😁 573👍 61🔥 31🤔 13 10🤨 6😢 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
star reaction 3👍 212🔥 32 23😢 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yangilik! "Qadam" kitobi sotuvda! Oʻzingizga yaqin kitob doʻkonidan soʻrashingiz mumkin. Yoʻq boʻlsa, siz soʻragach keltirishadi. "Doʻkonga borib yurmay. Kitobni oʻzi qoʻlimga kelsin" desangiz: https://asaxiy.uz/uz/product/sanzhar-huzha-adam-lotin-kirill "Internetda oʻralashmay. Bitta telefon qilganda kelsin" desangiz: +998956779911 "Men xorijdaman, Oʻzbekistondan tashqarida" desangiz, dunyoning har davlatiga (Shimoliy Koreyaga ham) yetkazish uchun: https://modazone.co/qadam2 "Endi, bir masala bor. Kitobni olsam, menga muammo boʻlmaydimi?" deysizmi? Yangi Oʻzbekistonda boʻlayotgan islohotlarga shubha bilan qaraydigan "negativ"misiz? 😉 Xotirjam boʻling. Kitob Oʻzbekistondagi "Tirilish" nashriyoti tarafidan bosmaga berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-may 176-sonli qarori talablari asosida kitob ruxsati olindi. Foydali va mazmunli mutolaa tilayman! @sanjar_xoja
Показати все...
👍 325😁 121🔥 32 14🤔 3🤨 2
00:48
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
14.62 MB
star reaction 1👍 126🔥 21 5😢 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Amerikalik yigit 9-qavatdan tushib omon qoldi. Tushish sababini politsiya surishtiryapti. Bu voqeaga bildirilgan izohlar ajoyib: "Agar qarzdorlikdan charchab o‘z joniga qasd qilgan bo‘lsa, qimmat mashina ustiga tushib qarzi yana-da ko‘paydi". @sanjar_xoja
Показати все...
😁 387😢 61👍 33🤔 14 5🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bu odamning videosi juda ko‘p oldimdan chiqyapti. Balki sizda ham shunday. Boshida samimiy suhbati orqali tanidim. Ajoyib edi. Endi uning samimiyatidan blogerlar foydalanyapti. Bunday davom etilsa, uzog‘i bir oyda qadrini yo‘qotadi. Kurashchi Diyorada shunday bo‘ldi, futbolchi Abduqodirda shunday bo‘ldi, endi bu kishi. Atrofdagilar o‘z manfaati uchun foydalanishga urinadi. Odam "yo‘q!" deyishni bilishi kerak. Bo‘lmasa o‘zi yutqazadi. @sanjar_xoja
Показати все...
star reaction 11👍 711🔥 66😢 22 13🤔 10😁 6
01:26
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
12.89 MB
👍 140🔥 16 11😢 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Тушунмадим, хуллас... Латифа бор, бир одам лотореядан ютуқ чиқишини сўраб роса дуо қилади. Лекин лоторея сотиб олмайди. Мубашшир Аҳмаднинг мухлисларидан дуо қилиш сўраляпти. Менимча, у иш шундоқ ҳам ҳар кун бўляпти. Ўзбекистон дунёвий давлат. Дунёвий нима қилинди? Таниқли бир шахс 7 кундан бери бедарак! Халқаро ташкилотларга ариза ёзиб, мухлислари орасида имзо йиғилса бўлади-ку! "Ундай қилсак, вазият оғирлашади, домлага қийин бўлади", дейилиши мумкин. 7 кундан бери на оиласи, на адвокатлар кўрди. Яна нима бўлиши мумкин? Энг камида Владислав Листьевга қилинган ишни такрорлаш керак. Владислав Листьев - россиялик журналист. Унга суиқасд бўлди. Эртасига Россиянинг барча каналларида ушбу расм ва ёзув кун давомида турди. Мубашшир Аҳмадга тегишли "Азон Глобал" ютуб каналида бир ярим миллионга яқин обуначи бор. Унинг медияси тинмай "Қаерда?" деб туриши керак. Энг камида Мубашшир Аҳмаднинг расмини 24 соатлик жонли эфирга қўйиш мумкин эди. Бу ишга яқинлари масъул эди. Хуллас, мен тушунмадим... @sanjar_xoja
Показати все...
😢 353👍 211🔥 42🤔 13🤨 7 5😁 2
Mubashshir Ahmadga qarshi og‘ir gaplar yozilyapti. Ular doim bor edi, doim shunday edi. Hozir qamoqdaligida emas, hamisha shunday yozishgan. Ularning kimligi aniq, niyati aniq. Asl muammo ular emas. Keling, bir tasavvur qilaylik. Mubashshir Ahmadni 10 mayda "podvol"ga olib ketilmadi, deylik. Aeroportda uni karnay-surnay bilan, zarto‘nlar bilan, "Prezident sovg‘asi" degan mashinalar bilan amaldorlar kutib oldi, deylik. Hozir atrofida qanchadan-qancha jurnalist-u blogerlarni ko‘rardingiz. Bugun jumada sha'niga maqtov yogilib, uning haqqiga duo qilinardi. Yana bir dunyo marosimlar, tadbirlar, uchrashuvlar davom etardi... Atrofida odamlar kapalakdek aylanib, rasm tushardi. Ijtimoiy tarmoq Mubashshir Ahmad bilan tushgan odamlarning rasmiga to‘lardi. Shunday bo‘lardi, to‘g‘rimi? Siz bu manzarani ko‘z oldingizga keltiring. Endi savol, qani o‘sha odamlar, blogerlar? Hozir Mubashshir Ahmadga nisbatan og‘ir gap yozayotganlar o‘sha vaqtda ham yomonlardi. Ularning bori shu. Aksincha, yaxshi kunda kanadek yopishib, musibatli vaqtda miq etmayotganlar xatarli. Dunyo yomonlar borligi uchun emas, yaxshilar jim turgani, beparvo bo‘lgani uchun buzilyapti! @sanjar_xoja
Показати все...
star reaction 5👍 671🔥 119😢 89😁 17 10🤔 5🤨 1
O‘zbekistondagi masjidlarda namoz o‘qilsa, "omiyn"ni pichirlab aytish targ‘ib qilinadi. Kimdir ovozini chiqarib aytsa, dashnomga qoladi. Imomlar bunga qattiq qaraydi. Sababi, ummat birligi! Juma va'zida Prezidentning adolatli siyosat olib borayotganiga uzun duolar qilinadi. Endi meni qiziqtirayotgan savol bor. Ummat birligiga targ‘ib qiladigan, Prezidentga duo qiladigan imomlar jim. Bugun ularning ustozi qamalganiga, undan hech bir xabar yo‘qligiga 5 kun bo‘ldi. "Ozod qil" emas, loaqal "holidan xabar ber" deyolmay jim turishiga sabab nima? Axir ular iymonda, e'tiqodda aka-uka emasmidilar? Qani ummat birligi? "Mubashshir Ahmadni qo‘llab gapirsam, boshimga tashvish tushadi", deb o‘ylashsa, demak o‘zi duo qilayotgan siyosatning adolatiga ishonmaydi. @sanjar_xoja
Показати все...
star reaction 122👍 835😢 111🔥 57 42😁 24🤨 1
Ishonmang! Mubashshir Ahmad vafoti haqida xabar chiqdi. Bunga ishonmang. Rasmiy maʼlumotgacha bu kabi gaplar yolg‘on! Rasmiylar esa juda katta xato qilyapti. Bilamiz, odamlar fikriga tupurib qo‘yishgan. Lekin bu masala jamoatchilik uchun juda nozik. Soat-soat, kunma-kun jarayon haqida aytilmasa, salbiy tus olishi mumkin. Jim turish, indamay yurish faqat zararga ishlaydi. Turli yolg‘on xabarlarga fursat berilgan bo‘ladi. Rasmiylardan jiddiyat va masʼuliyat talab qilaman! Mubashshir Ahmad qayerda?! @sanjar_xoja
Показати все...
👍 557😢 110🔥 56🤔 30 13😁 3
03:01
Відео недоступнеДивитись в Telegram
2 yil oldingi video. Referendum haqida. Toʻligʻi: https://youtu.be/bvkXXxvMKjk?si=dOwvvqhReIey0zRR @sanjar_xoja
Показати все...
13.41 MB
👍 118🔥 19 6😁 5🤔 1
02:15
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Bu sal kam 3 yil oldingi video. O‘sha vaqtda Saudiya Arabistoni Amerikadan olgan qurollarni qayerga ishlatishini aytmagan ekanman. Yamanga! Yamanda musulmonlar yashaydi. 2021-yildagi BMTning hisoboti bo‘yicha 2015-2021-yillarda Yamandagi urush oqibatida jami 377 ming kishi o‘lgan. Ularning orasida ayollar va bolalar ham bor. Tramp arab davlatlaridan yana o‘lpon yig‘ish uchun yo‘lga chiqyapti. Yana ularga qurol sotadi. To‘g‘rirog‘i qo‘g‘irchoqlarga qurolini oldirtiradi. Videoning to‘lig‘i: https://youtu.be/aNdTf7bItZ0?si=0sjAkgbXJQZgdzPE @sanjar_xoja
Показати все...
19.63 MB
👍 171😢 66😁 16🔥 15 6🤔 6🤨 3
13:54
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Munosabat @sanjar_xoja
Показати все...
33.92 MB
star reaction 159👍 436🔥 61😢 39 9😁 8🤔 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Va nihoyat... XDP oʻzining muxolifat rolida ekanidan xabardor boʻlib qoldi. Xayrli tong! @sanjar_xoja
Показати все...
star reaction 2😁 484🤔 28👍 23🔥 10😢 2 1