uk
Feedback
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

Відкрити в Telegram

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuzinstagram.com/xushnudbekyoutube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevx.com/xushnudbecktiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
629 440
Підписники
-14624 години
+6 5987 днів
-7 21130 день
Архів дописів
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev koʻp tomonlama biznes forumida ishtirok etdi. Qoʻshma iqtisodiy loyihalar taqdimot qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston – Yaponiya investitsiya tashabbuslari: ➖ “Sumitomo”, “Chubu Electric Power”, “Shikoku Electric Power” kompaniyalari tomonidan JBIC va NEXI koʻmagida Oʻzbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish; ➖ “Toyota Susho” ishtirokida AT infratuzilmasini modernizatsiya qilish; ➖ “Sojitz” kompaniyasi tomonidan koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish; ➖ “JOGMEC” ishtirokida yangi oʻta muhim mineral konlarini oʻzlashtirish. Yetakchilar huzurida tegishli loyihalar boʻyicha hujjatlar almashildi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
star reaction 7
01:35
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Tokio shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammiti boshlandi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
IMG_2587.MOV34.01 MB
star reaction 6
🎡 Kelgusida O’zbekistonda ham Disneyland ochilishi mumkin Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning The Walt Disney Company kompaniyasi vitse-prezidenti, “Emmi” mukofotining 7 karra sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuvida ushbu masala muhokama qilindi. Unga ko’ra, kompaniya bilan hamkorlikdagi quyidagi loyihalarga qiziqish bildirilmoqda: 🔹 Gollivud mutaxassislari bilan birgalikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlash; 🔹 O‘zbekistonda Disney’ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etish; 🔹 Xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan Cinema Park kreativ parkini tashkil etish; 🔹 Kelgusida Disneyland tematik bog‘ini barpo etish.
“Maqsadimiz — O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish… Janob Vashington mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish bildirdi hamda barcha tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi”, - deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kalandarova Malikaxon Pirnazarovna 5 yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi etib saylandi. Bunga qadar u Sudyalar oliy kengashining sudyasi edi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Shavkat Mirziyoyev Akasaka saroyida Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi xonim nomidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sharafiga o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.  👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
IMG_2518.MP46.38 MB
star reaction 5
05:00
Відео недоступнеДивитись в Telegram
❗️Bir yilda 72 kishiga 616 mln so’m evaziga soxta “prava” tayyorlab bergan shaxslar ushlandi Aniqlanishicha, Davlat xizmatlari markazining mutaxassisi jinoiy sheriklari bilan birga fuqarolarga soxta haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirib berish bilan shug’ullangan. Ular bu ishni ikki xil usulda amalga oshirishgan:
1️⃣-usul – jinoiy guruhning mijoz topish bilan shug‘ullanuvchi vakillari fuqarolardan qalbaki haydovchilik guvohnomasi uchun olingan 500-1000 AQSh dollari evaziga turli shaxslar orqali eski turdagi haydovchilik guvohnomasini qo‘lbola usulda tayyorlab, fuqarolarga taqdim etgan. So‘ngra, tuman DXM xodimiga pora berish yo‘li bilan eski turdagi haydovchilik guvohnomalarini topshirib, o‘rniga yangi turdagilari rasmiylashtirilishiga erishishgan. 2️⃣-usul jinoiy guruhning mijoz topish bilan shug‘ullanuvchi vakillari fuqarolardan qalbaki guvohnoma uchun olingan 10 ming dollarga qadar bo‘lgan mablag‘ evaziga ularning “prava”si mavjud bo‘lgani to‘g‘risida hududiy YHXBlar ma’lumotnomalarini soxtalashtirib, ularga soxta QR kodli imzolarni qo‘yib fuqarolarga taqdim etishgan. So‘ngra, ular tuman DXM xodimiga pora berish yo‘li bilan ushbu soxta ma’lumotnomalarni taqdim etib, guvohnoma rasmiylashtirilishiga erishishgan.
📄 Bundan tashqari, yuqoridagi holatlar bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan viloyatlarda o‘tkazilgan tekshirishda yana 1 ming 200 dan ortiq qalbaki haydovchilik guvohnomalari aniqlandi. ❌ Hozirda barcha fuqarolarning qalbaki hujjatlar asosida qo‘lga kiritgan haydovchilik guvohnomalari bekor qilingan va hujjatlarni qalbakilashtirgan hamda ularni sotib olgan fuqarolarning o‘zini ham jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
IMG_1250.MP426.33 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️ 11-sinf o’quvchisi Dilafro’z Sobirova Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutdi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi! Ma’lumot uchun, Dilafruz Sobirova IELTS imtihonidan 8.0 ballni, SAT imtihonidan 1540 ballni qo’lga kiritgan, nemis tilidan Multilevel imtihonida ham B2 darajani olgan. Dilafro’zning o’ziga, ota-onasiga va ustozlariga ming rahmat! Yurtimizga foydasi tegadigan yetuk mutaxassis bo’lsin, deb duodamiz. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
star reaction 43
Shavkat Mirziyoyev bugun kun davomida bir qator uchrashuvlar o’tkazdi, jumladan: ➖ Yaponiya Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi; ➖ Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga; ➖ Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso; ➖ Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri Ryosey Akazavani qabul qildi. 19-dekabr uchun mo’ljallangan tadbirlar davom etmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
star reaction 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
AQSh Green Card dasturini vaqtincha to’xtatib turadi. Qachon qayta tiklanishi ma’lum qilinmadi Mamlakat Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem X ijtimoiy tarmog‘ida Trampning ko‘rsatmasiga binoan AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmatlariga “Green card” dasturini to‘xtatib turishni buyurganini ma’lum qildi. Bunga Braun universitetida sodir bo’lgan otishma sabab bo’lgani aytildi. Ushbu otishmada asli portugaliyalik Klaudio Nevesh gumonlanmoqda. U AQShga Green Card lotereyasi bilan borgan. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
star reaction 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Shavkat Mirziyoyev hamda Yaponiya Imperatori Naruxito. Davlatimiz rahbarining 19-dekabr kungi uchrashuvlari Imperator bilan uchrashuvdan boshlandi. Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Imperator Naruxitoga Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif qildi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
star reaction 240
01:04
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
IMG_2450.MP422.75 MB
star reaction 3
🇺🇿🇯🇵Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga yetib keldi “Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 19-20-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Naruxito, bosh vaziri Sanae Takaichi va boshqa rasmiylar, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Shuningdek, Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
IMG_2438.MP48.21 MB
star reaction 3
💰2026-yilda davlat byudjetidan tibbiyot sohasiga ajratiladigan mablag’ miqdori oshiriladi Bugun Senatda 2026-yil uchun davlat byudjeti to’g’risidagi qonun ma’qullandi. Unga ko’ra: ➖ 2026-yilda davlat byudjeti xarajatlari 402,6 trln so‘mni, daromadlari esa 368,9 trln so‘mni tashkil etmoqda; ➖ Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 78,6 trln so‘m, xarajatlari 74,4 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda; ➖ Mazkur qonunda 2026-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 515,8 trln so‘m, xarajatlar esa 567,6 trln so‘m miqdorida shakllantirilgan. Bunda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi vazifasi nazarda tutilgan; ➖ Davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 55 foizi yoki 220,0 trln so‘mi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Shundan: 🔹 ta’limga: 100 trln so‘m; 🔹 tibbiyotga: 49 trln so‘m (joriy yilga nisbatan 11,4 foizga ko’p). ➖ Qonunga asosan, kelgusi yilda inflyatsiya darajasi 7 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
star reaction 58
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🏆 SQB va “Mutolaa” hamkorligida o’tkazilgan BookChallenge g‘oliblari taqdirlandi Onlayn test natijalariga ko‘ra, g’oliblar quyidagicha mukofotlandi: 🥇1-o‘rin — Lobar Shakirova (Navoiy) — 15 mln so‘m; 🥈2-o‘rin — Alisher Shokirov (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi) — 10 mln so‘m; 🥉3-o‘rin — Sardor Tojitdinov (Andijon) — 5 mln so‘m 💰Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 340 mln so‘mni tashkil etdi. Shundan 310 mln so‘mlik qismi 4-o‘rindan boshlab 2 ming nafar ishtirokchiga “Mutolaa” ilovasi uchun premium obuna tarzida taqdim etildi. Reklama
Показати все...
star reaction 8
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ismailov Olimjon Xamitovich sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar sudining raisi etib tayinlandi. Bunga qadar u Oliy sud raisining o‘rinbosari edi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
star reaction 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
➖ “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Sidiqov Baxodirjon Baxromovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi; ➖Sanginov Abdug‘ani Abdurahmonovich "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar u "O‘zbekgidroenergo" AJ raisi edi. Ikkala rahbarlar ham o’z tashkilotlarida hurmat bilan kuzatib qo’yildi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
✈️ Shavkat Mirziyoyev 🇯🇵Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Saidaliyev Abrorxo‘ja Rustamxo‘ja o‘g‘li Toshkent shahri Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Mirzo Ulug’bek tumani hokimining birinchi o‘rinbosari edi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
star reaction 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ismatov Davron Raximdjonovich Toshkent shahri Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i edi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🏆Marrani “Mutolaa”dan boshlang!Marra — davomiy kitob mutolaasini ragʻbatlantiruvchi tizim. Har kuni kamida 5 daqiqa kitob oʻqib, belgilangan marralarga erishing va yutuqlaringizni bilimlarga almashing. 🌳 “Marra” tizimi oʻziga xos gʻoya ustiga qurilgan. Siz davomiy kitob mutolaa qilish orqali ilovada bir nihol ekasiz va oʻqiganingiz sari niholingiz ham oʻsib boraveradi. Nihol o’sib daraxtga, daraxtlar esa donishmandlik bogʻiga aylanib, ilovada yashil makoningiz yaraladi. 🔥 Bu tizim kitobxonlarga kitob mutolaa qilish odatini shakllantirish va koʻproq kitob oʻqishga yordam berishiga ishonamiz!
‼️ Sinab koʻrish uchun ilovaning oxirgi versiyasini yangilab oling.
🔵Marrani “Mutolaa”dan boshlang! Mutolaa” ilovasini yuklab oling. Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...