uk
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

Відкрити в Telegram

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
112 379
Підписники
-16224 години
-1 4977 днів
-6 82630 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oliy ta’lim sohasida maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bo‘yicha muhim yangilik! 🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining “Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan oʻtkazildi (ro‘yxat raqami: 3716, 01.12.2025 yil). ✅ Unga ko‘ra, 6 ta yo‘nalish doirasida 31 ta mezon bo‘yicha indikatorlar belgilandi. ✔️Barcha indikatorlar “muvofiq” yoki «muvofiq emas” tarzida baholanadi. ✅ Bunda: 🔹 50% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”; 🔹 50% dan 70% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”; 🔹 70% va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi. ❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi. Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
❗️Endi bogʻcha tarbiyachilari va psixologlar ham kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi Hukumatning 2025-yil 24-noyabrdagi 740-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan ‘‘Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy Reglamentiga’’ oʻzgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra 2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi lavozimiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyer-tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi. Stajyor-tarbiyachilar, shuningdek psixologlar bir yilga ishga qabul qilinadilar, muddat yakunlangandan soʻng, faqat kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda oʻqituvchi yoki mos ravishda psixolog tarbiyachi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Xodjayev Baxshillo Kamolovich —Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlandi. U bunga  qadar mazkur universitetda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
“Attestatsiya bo‘yicha apellyatsiyada o‘qituvchilar ishtiroki rasman cheklandi” mazmunidagi xabarlar yuzasidan RASMIY MUNOSABAT Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-noyabrdagi VM-740-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ning tegishli bandlariga kiritilgan oʻzgarishlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Nizomga kiritilgan oʻzgarishlar pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lib, test dasturi boʻlgan test.uzedu.uz maxsus platformasi orqali test sinovlari jarayonining oʻzida ham pedagog tomonidan murojaat yuborish (e’tiroz bildirish) imkoniyati yaratilgan. Murojaatlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish maqsadida Nizom talablariga muvofiq, apellyatsiya komissiyasi tarkibiga muammoli holatlarga aniqlik kiritish uchun jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishlar pedagogning apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishdagi jarayonni to‘liq tartibga solib, ularni apellyatsiya shikoyatini berish huquqini saqlab qolgan. Bundan tashqari, apellyatsiya komissiyasi qarori komissiya tomonidan murojaatni koʻrib chiqish yakunlangan zahoti murojaatchining shaxsiy kabinetiga murojaatga javob shaklida yuboriladi hamda uning soʻroviga koʻra, apellyatsiya komissiyasi qarorining tegishli qismidan koʻchirma taqdim etilishi va bevosita tegishli tashkilotga tashrif buyurgan holda o‘zining murojaati natijalariga oid hujjatlar bilan tanishib ketishiga monelik ko‘rsatmaydi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
📣 Maktab maslahatchiligiga ishga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan test sinovi spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari tasdiqlandi ❗️Xabaringiz bor, Respublika “Kelajak markazlari” tomonidan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari maslahatchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish boʻyicha nomzodlar roʻyxatga olinmoqda. 📌Tanlov ishtirokchilarini baholash uchun test sinovi spetsifikatsiyasi, suhbat bosqichining oʻtkazilish tartibi va baholash mezonlari tasdqilandi. 👉 Test sinovi spetsifikatsiyasida test topshiriqlari mazmuni, qamrovi, formati, baholanadigan kognitiv koʻnikmalari, topshiriq turlari, baholash mezoni va sinovlarni oʻtkazish tartibi aks etgan. Unga koʻra: ➖ tanlov ikki bosqichda (test sinovi va suhbat) tashkil etiladi; ➖ test imtihoni vaqtida nazoratchi tomonidan qoidabuzarlik aniqlaganda, nomzod testdan chetlashtiriladi va natijasi bekor qilinadi; ➖ alohida taʼlimga ehtiyoji bor talabgorlar uchun qoʻshimcha (15 foiz) vaqt beriladi; ➖ koʻrishda imkoniyati cheklangan talabgorlarga savollarni oʻqib berish uchun maxsus texnik yordamchi bilan kelishiga ruxsat etiladi; Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning: ➖ oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish, oliygohlarga yoʻnaltirish, loyiha, trening va tarmoq toʻgaraklarini tashkil etish, sohaga doir istiqboldagi rejalari va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish va ijtimoiy-madaniy koʻnikmalari baholanadi; ➖ suhbat bosqichida talabgorlarga 5 ta savoldan iborat bilet tanlash imkoni beriladi va unga tayyorlanish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi (zarurat tugʻilsa, suhbat davomida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin); Maʼlumot uchun: bugungi kunga qadar maktab maslahatchiligiga ishga kirish uchun 6 000 nafardan ortiq nomzodlarning hujjatlari qabul qilindi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
Davlat_umumiy_o‘rta_ta’lim_muassasalari_maktab_maslahatchisi_lavozimiga.pdf5.98 MB
❗️“Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar ro'yxati qisqartirildi Prezident Farmoniga asosan yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 2026-yil 1-martdan boshlab: ➖abituriyentlarni “Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari, ichki ishlar organlari xodimlari, fan olimpiadalari g‘oliblari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tatbiq etiladigan imtiyozlardan tashqari “Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlariga kirishdagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilishi to‘xtatiladi; ➖Universitetda “Yurisprudentsiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi. Ma'lumki, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab TDYU qoshidagi akademik litseyda qabul tartibi va parametrlari, shuningdek, oʻqish uchun toʻlov miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilangan holda, toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy qilingan edi. ♦️Yangi Farmon bilan ushbu tartibga ham o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra TDYU huzuridagi akademik litseylarning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari "yurisprudentsiya yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega. (Avval faqat TDYU edi endi barcha yurisprudentsiya yo‘nalishidagi oliygohlarga kirish mumkin. Avval super ham bor edi, endi faqat oddiy kontrakt bilan) 📌 Bunda mazkur tartib 2025/2026 o‘quv yiliga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. (Ya'ni 2026/2027 o'quv yilidan boshlab ushbu litseylarga qabul qilinadiganlar mazkur imtiyozdan foydalana olmaydi) 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
❗️Huquq fanidan davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi 2026/2027-o'quv yilidan boshlab joriy etiladi 2025-yil 26-noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–232-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra ta’limning barcha bosqichlarida yuridik ta’limni rivojlantirish maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab: ➖umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–7-sinflarida tarbiya fani doirasida o‘quvchilarning huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan mavzularda vizual (komiks) kontentlardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi; ➖“Yurisprudentsiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha dars berishga ruxsat etiladi; ➖huquq fanidan bilim darajasini baholash bo‘yicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari asosida davlat namunasidagI sertifikat berish tartibi joriy etiladi. (2026-yil mart oyiga qadar Hukumat qarori loyihasi tayyorlanadi) 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
PF-232 Yuridik ta'lim.pdf14.52 MB
⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan maqsadli stajirovka tashkil etish tartibi belgilandi Hukumat qarori (743-son, 26.11.2025 y.) bilan “Istiqlolli mutaxassislarning “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🔰 Nizomga ko‘ra, maqsadli stajirovkaga yuborish bo‘yicha nomzodlarni saralab olish Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi. ✅ Buyurtmachi tashkilotlar har yili 10-noyabrgacha kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlar to‘g‘risida lavozim va yo‘nalishlar kesimida Agentlikka ma’lumotlar taqdim etadi. 📝 “El-yurt umidi” jamg‘armasi Boshqaruv kengashi 15-yanvargacha stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalarini tasdiqlaydi. ⏭️ Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda quyidagilar inobatga olinishi lozim: 🔹 stajirovka dasturiga mos mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi, shu jumladan oxirgi 12 oy davomida ushbu sohada ishlagan bo‘lishi; 🔹 davlat tilini bilishi; 🔹 stajirovka o‘tash rejalashtirilgan xorijiy tashkilotning shartsiz taklifnomasi mavjudligi. 📜 Saralash tartibi quyidagicha: ▪️ test sinovlari; ▪️ nomzodlar bilan suhbat. ▶️ Test sinovlaridan 71 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichga ega nomzodlar suhbat jarayoniga jalb etiladi. 📁 G‘olib deb topilgan mutaxassislar, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Agentlik, buyurtmachi tashkilot va moliyaviy (qo‘shimcha) kafil o‘rtasida shartnoma tuziladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
❗️Maktabgacha taʼlim tizimidagi 3 ming nafardan ortiq psixologlar kaskad usulida o‘qitiladi Joriy yilgi davlat dasturida taʼlim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 27–28 noyabr kunlari “Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish, shuningdek tarbiyalanuvchilar shaxsiyatini shakllantirish” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbir Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Mazkur kurs psixolog-trenerlar uchun zarur boʻlgan zamonaviy ilmiy-amaliy bilim va kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz. Ikki kunlik oʻquv-seminar natijasida maktabgacha taʼlim tizimidagi 3 ming nafardan ortiq psixologlarni kaskad usulida oʻqitish jarayoniga zamin yaratiladi. Psixologlar uchun yaratilgan 20 dan ortiq metodik resurslar, jumladan, diagnostika, psixosomatika, neyropsixologiya, kasbga yoʻnaltirish, korreksiya va profilaktika, trening dasturlari va ota-onalar uchun resurslar amaliyotda yaxshi samara berishiga ishonamiz", – dedi Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Yuliya Risyukova.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad maktabgacha taʼlim psixologlarining huquqiy va axloqiy masʼuliyatini oshirish, ulardagi kasbiy soʻnishning oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini yaxshilash, zamonaviy yondashuvlar va metodlar orqali ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish hisoblanadi. Seminarda 5 ta oʻzbek va 1 ta rus guruhlarida mahorat darslari tashkil etilib, unda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 170 nafar maktabgacha taʼlim psixologlari hamda 22 nafar trenerlar ishtirok etmoqda. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
Turmush o‘rtog‘ining kontraktini oylik maoshi hisobidan to‘laganlarga daromad solig‘i solinmaydimi? 📑Soliq kodeksi 378-moddasida Soliq solinmaydigan daromadlar turlari keltirilgan. Shundan 16-band 2-xat boshida keltirilishicha:   “O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlov. Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi”.   📌Bundan kelib chiqadiki, agar o‘zining, farzandlarining, yigirma olti yoshga toʻlamagan erining (xotinining) taʼlim olishi uchun oylik maoshidan to‘lov qilinsa, daromad solig‘i to‘lanmaydi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
Repost from TgId: 2420142780
Aptis ESOL — endi Oʻzbekistonda! 🇺🇿 Aptis ESOL for Teachers hamda Aptis ESOL Advanced xalqaro sertifikati boʻyicha onlayn muloqot!!!
🎙27-noyabr soat 17:00 dan 18:00 ga qadar xalqaro Aptis ESOL for Teachers hamda Aptis ESOL Advanced sertifikatlariga tayyorlanishga aloqador barcha savollarga javob olish maqsadida Britaniya Kengashi masʼullari bilan birgalikda bizning kanalda onlayn muloqot oʻtkaziladi.
Aptis ESOL – bu Britaniya Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan, Malaka va Imtihonlarni Tartibga Solish Idorasi (Ofqual) tomonidan tartibga solinadigan toʻrt koʻnikma asosida kompyuterda topshiriladigan ingliz tili imtihoni. Oʻzingizni qiziqtirgan savollarni izohlarda qoldiring. Ushbu muloqot oʻqituvchilar va oʻquvchilarga birdek foydali hisoblanadi. Muloqotimiz samarali boʻlishi uchun maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilariga ushbu onlayn muloqot boʻyicha xabardor qiling. Eng birinchilardan boʻlib milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlish uchun kanalimizga aʼzo boʻling. 🔴 Aptis ESOL | 🔵 British Council
Показати все...
⚡️Attestatsiyadan o‘tadigan texnikum va akademik litsey o‘qituvchilari diqqatiga! 🔰Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti tomonidan O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayoniga oid o‘quv adabiyotlari hamda sinov materiallari spetsifikatsiyasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Ushbu 153 ta metodik majmua pedagoglarning attestatsiya jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. ➡️Mazkur o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun o‘tkaziladigan attestatsiya imtihonlarida ishtirok etuvchi nomzodlar uchun tavsiyaviy manba bo‘lib, ularning bilim hamda pedagogik kompetensiyalarini baholash mezonlariga mos tayyorgarlik ko‘rishga ko‘mak beradi. Metodik majmualar 👉 bu yerda 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
Agar maktabda 1 shtat MMIBDOʻ boʻlsa, maktab maslahatchisi lavozimi deb bu shtat qisqaradimi? 📃Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-dabirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qaroriga asosan maktab maslahatchisi lavozimi joriy etilgan. ➡️Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 30-sentyabrda 368-son buyrugʻi tasdqilandi. 📌Ushbu buyruqqa koʻra 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimini har bir umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga 1 ta shtat birligida ajratish hisobiga boʻshaydigan 3 400 ta shtat birliklarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ogohlantirilishi belgilangan. ❗️Aynan shu qoidaga koʻra maktabda MMIBDOʻ lavozimining shtat birligi 1 shtat etib belgilanadi. Undan ortiqcha qismi esa (0,5 shtat, 1 shtat yoki 1.5 shtat) qisqartiriladi. 🔎Demak maktabda oʻzi 1 shtat birligi MMIBDOʻ lavozimi boʻlsa, bu shtat birligi qisqarmaydi. 🔎Agar shtat birligi 1.5 yoki undan yuqori boʻlsa, aytganimizdek, 1 shtatdan ortiqcha qismi qisqartiriladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
📢 Tashkent Tech — 11-sinf o‘quvchilari uchun bepul FOUNDATION dasturi! Toshkentda yangi davlat texnologiya universiteti — Tashkent Tech o‘zining Foundation tayyorlov dasturiga bepul qabulni ochdi! 🚀 Bu dastur sizga: ✨ Germaniya oliygohlari o‘quv dasturi asosida o‘qish ✨ Matematika, fizika va ingliz tilidan bepul tayyorgarlik ✨ Muhandislik yo‘nalishlari bilan yaqin tanishish ✨ 1-kursga kirishda qo‘shimcha ustunlik olish imkonini beradi! 📝 Test sinovlari: 📅 29–30 noyabr 📍 Toshkent, InnoTexnoPark (Olmazor t., Qamarniso 8) Shaxsni tasdiqlovchi hujjat kifoya. Bu — zamonaviy texnologik universitetga kirish uchun real imkoniyat. Bilimingizni sinang va muhandislik kelajagini bugunoq boshlang! 💡 Arizalar qabuli ochiq 🌐 Roʻyxatdan oʻtish: - t.me/tashkent_tech_bot - tashkenttech-edu.uz 📞 +998 77 288 82 82 📱 Telegram: t.me/tashkent_tech_uz
Показати все...
🏛 O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi 📃“O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–354-son, 26.11.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi. Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi. 📌Universitetda dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi. 🎓Ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
⚡️ MILLIY SERTIFIKAT UCHUN BEPUL DIAGNOSTIK TEST Baholash akademiyasi tomonidan TARIX fanidan milliy sertifikat uchun onlayn diagnostik test tashkil etilmoqda. 🟢 Diagnostik test 29-NOYABR kuni www.nTest.uz platformasida oʻtkaziladi. 🟢 Testlar Bilim va malakalarni baholash agentligi talabalari asosida tajribali testologlar tomonidan shakllantirilgan. 🟢 Diagnostik testda ishtirok etish MUTLAQO TEKIN. 🟢 Diagnostik test natijasi onlayn tekshiriladi. Natijalar Rash modeli asosida baholanib, darajangiz aniqlab beriladi. ©️Diagnostik test Baholash akedemiyasi jamoasi tomonidan shakllantirilgan. ✍️ Roʻxatdan oʻtish uchun telegramdagi kanalimizga aʼzo boʻling va www.ntest.uz platformadan roʻyxatdan oʻtish tartibi bilan tanishing. Ushbu xabarni 5 ta Tarix fani oʻqituvchilari guruhiga yuborib qo‘ying. Kanal linki: @nTestuz
Показати все...
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgiladigan hududlar RO‘YXATI yangilandi.
Показати все...
❗️Bugun “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi uchun hujjat topshirishning oxirgi kuni 📃Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovini e'lon qilgan edi. Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar qabul qilinadi. Bugun soat 23:59 ga qadar hujjatlarni yuborish mumkin. 📌Platformaga yuklangan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan nomzodlarga bu haqda platforma orqali bildirishnoma yuboriladi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni tahrirlash imkoniyati 2025-yil 26-noyabr 23:59 ga qadar taqdim etiladi. 🖼Eslatma: nomzodlarga platformadagi shaxsiy profillari orqali yuborilayotgan bildirishnomalarni muntazam ravishda tekshirib borish tavsiya etiladi. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
⚡️ Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi. ✅ Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq tasdiqlangan 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan 1 320 ta o'rindan vakant qolgan o'rinlar uchun qo'shimcha tanlov o'tkazilishi belgilandi. Bunda: 📌 2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali online ro‘yxatdan o‘tadilar. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 11-dekabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi. 🗓 Test sinovlari o‘tkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyent shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi. Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin. ❗️Eslatma: O'zbekiston Respublikasi Prezidenitning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son qaroriga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi. Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok etmaydi. 🎓 Abituriyentlarning oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketlik tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
⚡️2026-yilda taʼlimga 100,3 trln soʻm ajratilishi rejalashtirilgan 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi va Budjetnoma ishlab chiqildi Unga ko‘ra avvalgi yillar kabi ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini taʼlim xarajatlari (45,6%) tashkil etmoqda. 2026-yilda taʼlimga 100,3 trln soʻm ajratilishi rejalashtirilgan boʻlib, 2025-yilda kutilayotgan xarajatlarga nisbatan 8,1 trln soʻmga koʻproqni tashkil etadi. 👉 Batafsil Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...