Ta'lim nazorati
Відкрити в Telegram
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Показати більше2025 рік у цифрах

112 334
Підписники
-35724 години
-1 6297 днів
-6 85030 день
Архів дописів
RASMIY MUNOSABAT
❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktyabrdan boshlab Toshkent shahridagi maktablarda tibbiy niqob taqish tartibi joriy etilishi bilan bogʻliq xabarlar tarqalmoqda.
❓Xoʻsh, bu qanchalik asosli?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Atabekov bu masalaga quyidagicha oydinlik kiritdi:
💬 Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masala notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Avvalo, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining shu yil 26-sentyabrdagi qarori asos qilib koʻrsatilyapti. Hujjat sanasiga eʼtibor bering: u sentyabr oyida imzolangan. Aslida, har yili mavsumiy oʻtkir respirator kasalliklar va gripp avj olishidan oldin bu kabi qarorlar qabul qilinib, joylardagi muassasalarga tegishli tavsiyalar berib kelinadi.Qarorda epidemik vaziyat murakkablashganda tibbiy niqob taqish belgilangan. Hozir epidemik vaziyat barqaror, shunday ekan, maktablarda yoppasiga niqob taqish zarurati yoʻq. Agar guruhda kasallangan bolalar boʻlsa, oʻsha bemor bilan muloqotga kirishish ehtimoli bor joylardagina niqob taqish tavsiya etiladi. 📌 Havo-tomchi yoʻli bilan yuqadigan kasalliklarda imkon qadar ijtimoiy masofa saqlash va muloqot davrida niqobda boʻlish maqsadga muvofiq. ❗️Hujjatda aytib oʻtilgan tibbiy niqob taqish tartibi joylarda vaziyatga qarab hal qilinadi. Buni zinhor yoppasiga shunday tartib joriy qilinyapti, deb talqin qilmaslik kerak. ✅ Shu maʼnoda, mazkur qarorga joylardagi epidemik vaziyat qay darajada murakkab yoki murakkab emasligidan kelib chiqib, tegishli chora qabul qilish uchun moʻljallangan odatiy hujjat sifatida qaralishi zarur. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Toifa testlarida qatnashadigan boshlang‘ich ta‘lim o'qituvchilari ro‘yxati
📆 3-7-noyabr kuni bo'lib o'tadigan testlarda umumtaʼlim maktablarining Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari ishtirok etishadi.
Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar test topshiradigan sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin:
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi
➖Andijon viloyati
➖Buxoro viloyati
➖Jizzax viloyati
➖Qashqadaryo viloyati
➖Navoiy viloyati
➖Namangan viloyati
➖Samarqand viloyati
➖Sirdaryo viloyati
➖Surxondaryo viloyati
➖Fargʻona viloyati
➖Xorazm viloyati
➖Toshkent viloyati
➖Toshkent shahri
🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
RASMIY MUNOSABAT
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar ona tili va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari oldidan “test savollari va ularning javoblari sotilayotgani” haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
❌ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan test materiallari oldingi imtihonlarda qo‘llanilgan savollar bo‘lib, ularning yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari bilan hech qanday aloqasi yo‘q.
Agentlik aholini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarga ishonmaslikka va faqat rasmiy manbalar orqali aniq axborot olishga chaqiradi.
✅ Shuningdek, shubhali holatlar yuzasidan quyidagi havola orqali Agentlikka yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz:
👉 https://gov.uz/oz/uzbmb/anti-corruption
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Xusanov Azimjon Nozimjonovich — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʻlim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mirgatsiya agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️O‘qituvchilarga dars soatlari taqsimlash bo‘yicha mezonlarga o‘zgartirishlar kiritildi
Umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
➖oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
➖dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga koʻra);
➖birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
➖ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
➖oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
➖qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar (o‘qituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi boʻyicha mazkur bandning ikkinchi – oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda taalluqliligiga koʻra tegishli ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan oʻqituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega bo‘ladi);
➖oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar;
➖oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;
➖oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilar uchun);
➖oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.
➖Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha dars soatlarini taqsimlashda oʻqituvchilarning boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlangʻich sinflarda oʻqitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinadi.
➖Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Sinflarni_komplektlash_hamda_tarifikatsiya_roʻyxatlarini_shakllantirish.pdf8.26 KB
⚡️5-may – “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori (23.10.2025-y.) qabul qilindi.
📃Qarorga ko‘ra, kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilgacha isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi, jumladan:
➖ xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish;
➖ 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish;
➖ kasbiy ta’lim tizimida dual ta’lim ulushini amaldagi 9 foizdan 40 foizga yetkazish;
➖kasbiy sertifikatga ega ishlab chiqarish ta’limi ustalari ulushini 30 foizga yetkazish;
➖ xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafargacha oshirish.
Endilikda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi.
📝 2026-yildan boshlab 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi. Uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda o‘tkaziladi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Yangi o‘quv yilidan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda bepul o‘qiydi, dual ta’lim kengayadi
“Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 23.10.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlar bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim (ish joyida o‘qitish) ulushi esa 9 foizdan 40 foizga yetkaziladi.
Kasbga yo‘naltirish tizimi2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi. 5 yoshdan “Atrofimizdagi kasblar” o‘yinlari, 1–4-sinflarda “Kasblar alifbosi”, 5–6-sinflarda “Kasblar olami”, 7–9-sinflarda esa “Mening kelajakdagi kasbim” fanlari joriy qilinadi. 2028-yildan 9-sinf yakuniy imtihonlari natijasiga ko‘ra o‘quvchilar texnikumlarga yo‘naltiriladi.
O‘qituvchi va ustalarni qo‘llab-quvvatlash2026-yildan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining maoshi birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar darajasiga tenglashtiriladi. Har bir ustaga 20 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmasligi belgilandi. Texnikum direktorlariga ustalar uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida EKOIHning 15 baravarigacha oylik belgilash vakolati beriladi. Har yili eng yaxshi 50 nafar usta va o‘qituvchi xorijda malaka oshiradi.
Dual ta’limdagi imtiyozlarDual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga har oy bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Ushbu davr mehnat stajiga qo‘shiladi. Dual ta’limni tashkil etgan ish beruvchilarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.
Milliy tanlov va reyting2026-yildan boshlab Prezident sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi. Milliy reytingda eng yuqori 50 talikka kirgan texnikumlarning har biri BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
Moratoriy va moliyalashtirish tartibi2030-yilgacha texnikumlarni tugatish, ularning yer maydonlari va binolarini xususiylashtirishga moratoriy e’lon qilinadi. 2026-yil 1-sentyabrdan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda to‘liq davlat budjeti hisobidan o‘qiydi, 11-sinfni bitirgan talabgorlar esa to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
ПҚ-316.pdf10.12 MB
❓O‘qituvchi kuzgi attestatsiyada 86 balldan past ball olsa, olayotgan ustamasidan mahrum bo‘ladimi?
🔎Savol: Bahorgi attestatsiyada 88 ball bilan 1 toifani va 70%lik ustamani qoʻlga kiritdim. Endi kelayotgan attestatsiyada oliy toifa olsam-u lekin, 86 balldan past olsam 70 foizlik ustama toʻlanmaydimi?Javob: Toʻlanadi. 📄Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarorining 48-bandiga ko’ra, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazilgandan soʻng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha 70 foiz ustama belgilanadi. 🖼Bunda qoʻshimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi. Belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball eʼtiborga olinmaydi. ❗️Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega boʻlishlari mumkin. Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi. 📌Ustamaning amal qilish muddati ikki yil boʻlib, muddat yakunlangandan soʻng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkin boʻladi. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
70 фоиз кўрсатма.pdf2.09 KB
